1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.01.00 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet vakolatlarini kengaytirish va mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishdagi masʼuliyatini oshirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi “Mahalliy budjetlarni shakllantirishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-5075-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash hamda mahalliy budjetlarning daromad bazasini kengaytirish va xarajatlarini maqbullashtirishda ularning manfaatdorligini oshirishni taʼminlaydigan mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet vakolatlari va majburiyatlarini belgilashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish maqsadida:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang)]
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklariga quyidagilarni taʼminlash yuklatilsin:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-apreldagi PF-5398-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 06/18/5398/1004-son)
oʻz hududidagi soliq toʻlovchilarni toʻliq qamrab olish va soliqlar yigʻiluvchanligini oshirish, yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, ishlamayotgan, iqtisodiy nochor korxonalarni faoliyatini qayta tiklash orqali mahalliy budjet daromadlarini koʻpaytirish;
tegishli budjetlarning tasdiqlangan daromadlari rejasini bajarishni, qonunchilik doirasida xarajatlarni, shu jumladan, ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni oʻz vaqtida va toʻliq moliyalashtirilishini taʼminlash;
budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdorini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ish haqini oshirish toʻgʻrisidagi farmonlari va boshqa normativ-hujjatlarda belgilangan miqdorlar doirasida oshirish;
budjet tashkilotlarida amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan shtat normativlaridan ortiqcha shtat birliklari kiritmaslik.
2. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.06.00 Vazirlar Mahkamasining komissiyalari va boshqa organlari. Zaxira jamgʻarmasi]
2017-yilning 1-iyulidan boshlab Toshkent shahri tumanlari budjetlarining umumiy hajmidan 1 foiz miqdorida tuman hokimliklari zaxira jamgʻarmalari shakllantiriladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-apreldagi PF-5398-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 06/18/5398/1004-son)
tuman budjetlarida belgilangan aylanma kassa mablagʻlarining chorak yakuni bilan saqlanishi va xarajatlarning qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishini gʻaznachilik boʻlinmalari taʼminlaydi.
3. Toshkent shahri hududida budjetlararo munosabatlarni amalga oshirishda:
foydalanilmagan maqsadli ijtimoiy transfertlar joriy moliyaviy yil oxirida tegishli yuqori turuvchi budjetga qaytarilishi lozim;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-sonli qarori tahririda)
qonun hujjatlariga muvofiq moliya yili mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining vakolatiga kiruvchi muayyan xarajatlar Toshkent shahar mahalliy budjetiga berilganda, ularni moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan oʻzaro hisob-kitoblar orqali mablagʻlar ajratiladi;
tasdiqlangan daromadlar parametrlari bajarilmasligi natijasida quyi mahalliy budjetlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan daromadlar bilan xarajatlar oʻrtasidagi moliya yili mobaynidagi vaqtinchalik kassa uzilishlari — aylanma kassa mablagʻlarini jalb qilish va yuqori budjetdan olinadigan qisqa muddatli foizsiz budjet ssudalari orqali qoplanadi, bir moliya yilidan ortiq boʻlgan davrdagi kassa uzilishlari — yuqori budjetdan 2 yilgacha boʻlgan muddatga yillik 2 foizli budjet ssudalari olish orqali qoplanadi.
4. Toshkent shahar hokimligi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, 2017-yil uchun tasdiqlangan Toshkent shahar mahalliy budjeti parametrlariga oʻrnatilgan tartibda oʻzgartirish kiritsin, bunda Toshkent shahri shahar va tumanlar budjetlarining parametrlari moliya yili uchun bir marta tasdiqlanadi va ularning daromadlarini oshirish yoki kamaytirishga aniqlik kiritish taqiqlanadi.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisiga, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlariga quyidagi vakolatlar berilsin:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-apreldagi PF-5398-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 06/18/5398/1004-son)
zarur hollarda mahalliy budjetlar parametrlariga tasdiqlangan budjet parametrlari doirasida oʻzgartirish kiritish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlarning tegishli Xalq deputatlari kengashiga taklif kiritish;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-apreldagi PF-5398-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 06/18/5398/1004-son)
tegishli budjetlar har chorak yakunida shakllantiriladigan daromadlar rejasidan orttirib bajarilgan qismini mustaqil tasarruf etish;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-apreldagi PF-5398-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 06/18/5398/1004-son)
mahalliy budjet xarajatlari, jumladan, belgilangan normativlar doirasida budjet tashkilotlari va ularning shtat birliklarini optimallashtirish hisobiga moliya yili davomida boʻshab qolgan mablagʻlarni boshqa zarur xarajatlarga yoʻnaltirish;
oʻz vazifalarini vijdonan, shuningdek, alohida muhim va masʼuliyatli ishlarni bajarayotgan budjet tashkilotlari rahbarlari, hokimlik, moliya, gʻaznachilik va soliq organlari xodimlarini erishilgan natijalar asosida yiliga bir oylik lavozim ish haqi miqdorida tegishli ravishda tegishli budjetlarining qoʻshimcha mablagʻlari hisobidan bir martalik mukofotlash.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-apreldagi PF-5398-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 06/18/5398/1004-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.03.00 Budjetlarni balanslashtirish]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni doirasida 2 ta shtat birligidan iborat budjet inspektorlari lavozimlari joriy etilsin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
mahalliy budjetlar parametrlarining budjet toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, belgilangan normativlar hamda mazkur qaror asosida shakllantirilishi va ijro qilinishini monitoring qilish;
budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi, shtatlar jadvalini sifatli tuzilishi hamda uning ijrosi boʻyicha nazoratni taʼminlash;
mahalliy budjetlarda aylanma kassa mablagʻlarining saqlanishi, daromadlar prognozining oshirib bajarilishi va erkin qoldiq mablagʻlari miqdorlarining toʻgʻri aniqlanishi ustidan monitoring qilish;
mahalliy budjetlar ijrosi toʻgʻrisidagi moliyaviy hisobotlarni normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartibda va muddatlarda Xalq deputatlari Kengashi va yuqori moliya organiga taqdim etilishini taʼminlash;
mahalliy budjetlar hisobidan budjet tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan davlat xaridlarini, shu jumladan, eʼlonlar berish muddatlari belgilanishi hamda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzilishi maqsadga muvofiqligini nazorat qilish.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 7-iyun,
PQ-3042-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 24-son, 491-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 06/18/5398/1004-son)