1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.02.00 Protsess ishtirokchilari, ularning huquq va majburiyatlari. Sud ish yurituvida qatnashishga monelik qiladigan holatlar. Rad qilishlar;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.04.00 Sud protsessida advokatlarning ishtiroki;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoyat-protsessual qonunchilik]
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizlik xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
Qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari boʻyicha tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishlarda advokatlarning majburiy ishtirokini taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 8-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2757-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktabrdagi PF-4848-son “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 13-yanvardagi 1, 4, 2-qq, 1, 2016-02, 01-02/20-1-son qarori (roʻyxat raqami 2757, 2016-yil 28-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 4-son, 41-modda) bilan tasdiqlangan Qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari boʻyicha tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishlarda advokatlarning majburiy ishtirokini taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandidan “, shu jumladan muqobil tekshirishlar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Adliya vaziri M. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2017-yil 8-iyun,
4-son
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Toshkent sh.,
2017-yil 8-iyun,
68-son
Bosh prokuror I. ABDULLAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 8-iyun,
13-QQ-son
Ichki ishlar vaziri A. AZIZOV
Toshkent sh.,
2017-yil 8-iyun,
22-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 8-iyun,
2017-28-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. TOXIRIY
Toshkent sh.,
2017-yil 8-iyun,
01-02/4-23-son
Kelishilgan:
Advokatlar palatasi raisi R. AXMEDOV
2017-yil 8-iyun
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 23-son, 485-modda)