1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Toshkent shahrining Yashnobod tumanida innovatsiya texnoparkini tashkil qilish toʻgʻrisida
Yuqori texnologiyalarni rivojlantirish, ilmiy-texnologik va innovatsiya tadbirkorligining barqaror rivojlanishini taʼminlash, kichik innovatsiya korxonalarini tashkil etish, milliy va xorijiy bozorlarda raqobatdosh, ilmiy-hajmdor mahsulotlar ishlab chiqarishni va yetkazib berishni yoʻlga qoʻyish uchun qulay muhit shakllantirish maqsadida:
1. Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Fan va texnologiyalar agentligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 1-ilovaga muvofiq qatnashuvchilar tarkibi bilan “Yashnobod” innovatsiya texnoparkini (keyingi oʻrinlarda — “Yashnobod” texnoparki) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
2. Belgilab qoʻyilsinki, “Yashnobod” texnoparki quyidagi tamoyillar asosida tashkil etiladi:
“Yashnobod” texnoparki rezidentlarini, butun Toshkent shahri hududida ilmiy, texnologik va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini nazarda tutuvchi, Toshkent shahri hududi chegarasida eksterritoriallik holda joylashtirish;
ilmiy-hajmdor mahsulotlarni ishlab chiqarishning yaxlit innovatsiya zanjirini amalga oshirish uchun ilm-fan, oʻquv va ishlab chiqarish tashkilotlarining faoliyatini integratsiyalash;
innovatsiya loyihalarini davlat, ilmiy tashkilotlar va taʼlim muassasalari, tadbirkorlik subyektlari, tijorat banklari, xalqaro moliya institutlar va donor mamlakatlar kreditlari hamda venchur fondlarining moliya resurslari hisobiga birgalikda moliyalashtirish;
xizmat koʻrsatishning, jumladan ilmiy laboratoriyalar, kerakli reagent va sarflash materiallari bilan taʼminlash, litsenziya va patentlar olishni tashkil qilish, ilmiy va innovatsiya ishlanmalarini tijoratlashtirishni oʻz ichiga olgan yaxlit infratuzilmani yaratish.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalar agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining “Yashnobod” texnoparkining ilmiy ishlanmalar va tadqiqotlar, sanoat-tajriba sinovlarini oʻtkazish va innovatsiya mahsulotlari namunalarini oʻzlashtirish boʻyicha quyidagi yoʻnalishlarda ixtisoslashtirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin:
kimyo texnologiyasi, biotexnologiya, farmatsevtika va tibbiyot biotexnologiyasi, oʻsimliklarni himoya qilish vositalari;
materialshunoslik, metallga ishlov berish texnologiyasi, zilzilabardoshlilik, qurilish materiallari;
oziq-ovqat sanoati;
energiya tejamkorlik, muqobil va energiyaning qayta tiklanadigan manbalarini ishlab chiqarish, elektron oʻlchash asboblari, robototexnika, mashinasozlik, elektrotexnika.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.01.00 Umumiy qoidalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
4. “Yashnobod” texnoparkining asosiy vazifa va funksiyalari etib quyidagilar belgilansin:
patent sofligini inobatga olgan holda, innovatsiya ishlanmalarini, ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan yuqori texnologiyali va raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun sanoat-tajriba va kichik innovatsiya korxonalarini tashkil etish;
innovatsiya ishlanmalarning sanoat-tajriba sinovlarini oʻtkazish va ishlab chiqarishda intellektual mulk obyektlaridan foydalanishning huquqiy himoyasini taʼminlash;
mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tatbiq etish imkoniyatlarini hisobga olgan holda, zamonaviy xorijiy va mamlakatimiz texnologiyalarini transfer qilishni taʼminlash;
yuqori texnologiyali va innovatsiyali ishlab chiqarishni tashkil etishga qiziqqan mahalliy va xorijiy investorlarni, shuningdek, ushbu maqsadlar uchun imkoniyat va resurslarga ega boʻlgan tadbirkorlarni jalb etish;
ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlanmalarining samaradorligini oshirish, ularning faoliyat koʻrsatishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yuqori malakali mutaxassislarni hamda talabalarni jalb etish maqsadida oliy taʼlim muassasalari, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va ishlab chiqarish sohasidagi subyektlar oʻrtasida oʻzaro uzviy va amaliy aloqalarni taʼminlash;
innovatsiya ishlanmalari natijalarini tegishli tarmoqlar mahalliy ishlab chiqaruvchilar amaliy faoliyatiga keng joriy etish.
5. “Yashnobod” texnoparkining Muvofiqlashtiruvchi kengashi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tashkil qilinsin.
Muvofiqlashtiruvchi kengashning asosiy funksiyalari etib, quyidagilar belgilansin:
“Yashnobod” texnoparkini rivojlantirish, innovatsiya ishlanmalari asosida “startapplar” tashkil etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga koʻmaklashish boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari, tijorat banklari, ilmiy va taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshirish;
“Yashnobod” texnoparki rezidentlariga innovatsiya jarayonlarining barcha bosqichlarida moliyalashtirishga, shu jumladan innovatsiya mahsulotlarining salohiyatli isteʼmolchilari, tijorat banklari, homiylar, shu jumladan xorijiy mablagʻlarini jalb qilishga koʻmaklashish;
“Yashnobod” texnoparki maʼmuriyati faoliyatiga, shu jumladan, innovatsiya faoliyatini yuritadigan rezidentlarni jalb qilish, yangi ishlab chiqarishni tashkil etish uchun ishlab chiqarish xonalari va yer uchastkalari ajratish masalalarida koʻmaklashish;
yuqori texnologiyali loyihalarni amalga oshirayotgan kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining innovatsiya ishlanmalarini keyinchalik ularga texnopark rezidenti maqomini berish maqsadida tanlab olish va ekspertizadan oʻtkazish;
“Yashnobod” texnoparki rezidentlari hisoblangan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga ichki bozorda barqaror kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish hamda innovatsiya mahsulotlarini eksportga yoʻnaltirishga koʻmaklashish.
Muvofiqlashtiruvchi kengashga quyidagi huquqlar berilsin:
xoʻjalik yurituvchi subyektlarga “Yashnobod” texnoparki rezidenti maqomini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish va keyinchalik ularni Maʼmuriyat tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish;
maʼmuriyatning, shuningdek, texnopark qatnashchilarining innovatsiya loyihalarini amalga oshirish va amaliyotga joriy etish boʻyicha olib borilayotgan ishlari, “Yashnobod” texnoparki rezidentlari faoliyatiga qulay shart-sharoit yaratish boʻyicha hisobotlarini eshitish;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining tavsiyanomasiga koʻra texnopark direksiyasi maʼmuriyati boshligʻini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish haqida qaror qabul qilish;
“Yashnobod” texnoparki maʼmuriyati shtat jadvalini tasdiqlash, texnopark boshligʻining ish haqi hajmi va moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga texnoparkda innovatsiya faoliyatini kengaytirish borasidagi qonunchilik bazasini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish;
Belgilab qoʻyilsinki, Muvofiqlashtirish kengashining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari “Yashnobod” texnoparkining barcha ishtirokchilari uchun bajarilishi majburiy hisoblanadi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
6. Belgilansinki:
texnoparkning faoliyat koʻrsatish muddati keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilni tashkil etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi Muvofiqlashtiruvchi kengashning “Yashnobod” texnoparki faoliyatini muvofiqlashtirish va uni ilmiy-metodologik taʼminlash ishlari boʻyicha ishchi organi hisoblanadi;
Toshkent shahar va Yashnobod tumani hokimliklari “Yashnobod” texnoparki faoliyatiga koʻmaklashadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
7. Belgilab qoʻyilsinki:
istisno tariqasida, “Yashnobod” texnoparki rezidentlariga innovatsiya ishlab chiqarishini va “startapplar” tashkil qilish uchun Yashnobod tumani hududidan yer maydonlari ajratish Yashnobod tumani hokimligining tavsiyanomasiga binoan Toshkent shahar hokimligi tomonidan amalga oshiriladi;
“Yashnobod” texnoparki ishtirokchilari hisoblangan ilmiy va oliy taʼlim muassasalari texnopark rezidentlariga ilmiy ishlab chiqarish binolari, shu jumladan laboratoriyalar, konstruktorlik byurolari, tajriba-sinov ishlab chiqarish, texnik xizmat koʻrsatish komplekslarini, shuningdek, foydalanilmayotgan davlat mulki binolarini ijaraga berishlari mumkin va ijara toʻlovlaridan tushgan pul mablagʻlarni, oʻrnatilgan tartibda balansda saqlovchi ixtiyorida qoladigan mablagʻlardan tashqari, “Yashnobod” texnoparki direksiyasiga yoʻnaltiriladi;
Muvofiqlashtiruvchi kengash qaroriga muvofiq “Yashnobod” texnoparki rezidentlari tomonidan sanoat-tajriba va kichik innovatsiya ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun Toshkent shahar hokimligi tomonidan keyinchalik “Yashnobod” texnoparki maʼmuriyatiga berish sharti bilan foydalanilmayotgan binolar, inshootlar va yer maydonlari Yashnobod tumani hokimligiga tezkor boshqarish uchun ajratiladi;
8. Yashnobod tumani hokimligi va “Yashnobod tuman kommunal taʼmirlash- avariya tiklash xizmati” masʼuliyati cheklangan jamiyati laboratoriyalarining bir qismi hamda rahbariyat maʼmuriyatini joylashtirish maqsadida Yashnobod tumani, Majnuntol koʻchasi, 5-uy manzilida joylashgan binoni berilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
9. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Yashnobod” texnoparki va uning rezidentlari rivojlanishini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha asosiy vakolatli bank hisoblanadi.
Tijorat banklariga “Yashnobod” texnoparkida amalga oshirilayotgan innovatsiya loyihalariga 2 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatgacha, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan 50 foizdan oshmaydigan stavka boʻyicha imtiyozli kreditlar berish tavsiya etilsin.
Garov sifatida xarid qilinayotgan (tashkil etilayotgan) uskuna hamda “Yashnobod” texnoparki maʼmuriyati kafolati etib belgilansin.
10. “Yashnobod” texnoparki maʼmuriyati va rezidentlari amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida butun faoliyat koʻrsatish davrida quyidagilardan:
yer soligʻi, foyda soligʻi, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi, yagona soliq toʻlovi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari umumtaʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamgʻarmasiga majburiy toʻlovlardan;
oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatga muvofiq, loyihani amalga oshirish doirasida oʻz ehtiyoji uchun chetdan olib kelinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskuna, xomashyo, materiallar, reaktivlar, butlovchi buyumlar hamda qurilish materiallari uchun bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kunlik muddatda “Yashnobod” innovatsiya texnoparki toʻgʻrisidagi Nizom, texnopark maʼmuriyati tarkibi, “Yashnobod” texnoparki rezidentlariga yer maydonlari ajratish tartibi, 2017-2018-yillarda “Yashnobod”texnoparkida amalga oshirilishi taklif etilayotgan innovatsiya loyihalari roʻyxatini tasdiqlashni oʻz ichiga olgan “Yashnobod” texnoparki faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
13. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 5-iyun,
PF-5068-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyundagi PF-5068-son Farmoniga 1-ILOVA
“Yashnobod” innovatsion texnoparki ishtirokchilari
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyundagi PF-5068-son Farmoniga 2-ILOVA
“Yashnobod” innovatsion texnoparki Muvofiqlashtiruvchi kengashi
TARKIBI
1.
G.K. Saidova
iqtisodiyot vaziri, Muvofiqlashtiruvchi kengash rahbari
2.
B.S. Yoʻldoshev
Fanlar akademiyasi prezidenti, Muvofiqlashtiruvchi kengash rahbari oʻrinbosari
3.
N.B. Xusanov
Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari
4.
I.U. Majidov
oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari
5.
D.R. Turdiyev
Yashnobod tumani hokimi
6.
S.R. Xolmurodov
TIF Milliy banki raisi
7.
Sh.N. Rahimov
“Oʻzvinosanoatxolding” XK raisi
8.
F.X. Boqiyev
“Oʻzeltexsanoat” AK raisi
9.
M.M. Doʻsmurotov
“Oʻzfarmsanoat” AK raisi
10.
O.B. Rustamov
“Oʻzbekoziqovqatxolding” XK raisi
11.
N.S. Otajonov
“Oʻzagrotexsanoatxolding” XK raisi
12.
B.K. Zaripov
“Oʻzqurilishmateriallari” AJ raisi
13.
F.G. Pak
“Oʻzkimyosanoat” AJ raisining birinchi oʻrinbosari
14.
A.Yu. Umarov
innovatsion rivojlanish vazirining oʻrinbosari v.b., Muvofiqlashtiruvchi kengash kotibi
Izoh: Ishchi komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalar bajarishi yuklangan shaxslar kiritiladi.