1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi;
2.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
Aktuar xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 30-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1975-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 7-apreldagi 42-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1975, 2009-yil 26-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 26-son, 309-modda) bilan tasdiqlangan Aktuar xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 23-may,
51-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 23-maydagi 51-son buyrugʻiga ILOVA
Aktuar xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“14. Aktuar hisoboti ikki nusxada tuziladi (buyurtmachi va aktuar tashkilot uchun bittadan), aktuar xizmatlarini bevosita koʻrsatgan aktuariy tomonidan imzolanadi, aktuar tashkilotning rahbari tomonidan imzolanadi va ushbu tashkilotning muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlanadi. Aktuar hisobotining varaqlari raqamlangan, tikilgan va aktuar tashkilotning muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlangan boʻlishi lozim.”.
“25. Aktuar xulosasi ikki nusxada tuziladi (buyurtmachi va aktuar tashkilot uchun bittadan), aktuar xizmatlarini bevosita koʻrsatgan aktuariy tomonidan imzolanadi, aktuar tashkilot rahbari tomonidan imzolanadi va ushbu tashkilotning muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlanadi. Aktuar xulosasining varaqlari raqamlangan, tikilgan va aktuar tashkilotning muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlangan boʻlishi lozim.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 22-son, 436-modda)