1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.03.00 Mahalliy ijroiya organlarining tuzilmasi va shtatlari;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.09.00 Xizmat turar joyi;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.10.00 Uy-joy qurilishi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat;
3.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari uchun xizmat uy-joylarini qurish, taqsimlash, foydalanish, saqlash va taʼmirlashni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Joylardagi ijro hokimiyati organlari va davlat organlarining hududiy boʻlinmalari rahbarlari uchun xizmat uy-joylari qurish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2693-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari uchun xizmat uy-joylarini qurish, taqsimlash, foydalanish, saqlab turish va taʼmirlashni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari ushbu qaror bilan tasdiqlangan nizom talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlasinlar, bunda quyidagilarga alohida eʼtibor bersinlar:
xizmat uy-joylarining qatʼiy hisobini olib borish va ularni oqilona taqsimlash;
xizmat uy-joylari massivlari hududlarini zarur tarzda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish;
xizmat uy-joylaridan maqsadli foydalanilishini, shuningdek ularning yaxlitligini va saqlanishini taʼminlash;
xizmat uy-joylarini belgilangan muddatlarda taʼmirlash;
koʻrsatiladigan uy-joy-kommunal xizmatlar haqini oʻz vaqtida va toʻliq toʻlash.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Bosh prokuratura va Milliy xavfsizlik xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Joylardagi ijro hokimiyati organlari va davlat organlarining hududiy boʻlinmalari rahbarlari uchun xizmat uy-joylari qurish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2693-qaroriga muvofiq qurilayotgan xizmat uy-joylarini taqsimlash, ulardan foydalanish, saqlash va taʼmirlashni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida idoraviy nizomlarni oʻn kun muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 19-may,
299-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-maydagi 299-son qaroriga ILOVA
Joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari uchun xizmat uy-joylarini qurish, taqsimlash, foydalanish, saqlab turish va taʼmirlashni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Joylardagi ijro hokimiyati organlari va davlat organlarining hududiy boʻlinmalari rahbarlari uchun xizmat uy-joylari qurish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2693-son qaroriga muvofiq joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari (keyingi oʻrinlarda rahbarlar deb ataladi) uchun ushbu qaror doirasida qurilayotgan (keyingi oʻrinlarda — xizmat uy-joylari) xizmat uy-joylarini qurish, taqsimlash, foydalanish, saqlab turish va taʼmirlashni tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom talablarini bajarish xizmat uy-joylarini qurish, taqsimlash, foydalanish, saqlab turish va taʼmirlash boʻyicha barcha ishtirokchilar uchun majburiy hisoblanadi.
3. Xizmat uy-joylarini qurish, obodonlashtirish, taqsimlash, koʻchirib kiritish, foydalanish, saqlab turish va taʼmirlashni tashkil etish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
2-bob. Xizmat uy-joylarini qurish
4. “Qishloq qurilish invest” IK MCHJ xizmat uy-joylari, shuningdek suv taʼminoti, kanalizatsiya tarmoqlari va ularga olib boradigan avtomobil yoʻllarini qurish buyurtmachisi, “Qishloq qurilish loyiha” MCHJ esa — bosh loyiha tashkiloti hisoblanadi.
Xizmat uy-joylari, shuningdek suv taʼminoti, kanalizatsiya tarmoqlari va ularga olib boradigan avtomobil yoʻllarini qurish boʻyicha bosh pudrat tashkilotlari pudrat tashkilotlarining eng yaxshi takliflarini tanlash asosida, tender savdolari oʻtkazilmasdan aniqlanadi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
“Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK va “Oʻzbektelekom” AK tegishli ravishda xizmat uy-joylarining elektr, gaz taʼminoti va aloqa tarmoqlarini qurish boʻyicha buyurtmachilar hisoblanadi.
5. Xizmat uy-joylarini qurish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Joylardagi ijro hokimiyati organlari va davlat organlarining hududiy boʻlinmalari rahbarlari uchun xizmat uy-joylari qurish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2693-son qarori bilan belgilangan manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
6. Xizmat uy-joylarining tashqi suv taʼminoti, kanalizatsiya, elektr va gaz taʼminoti, aloqa tarmoqlari va avtomobil yoʻllari tegishli ravishda markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK va “Oʻzbektelekom” AKning oʻz mablagʻlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan barpo etiladi.
7. Xizmat uy-joylarini qurish uchun quyidagi namunaviy loyihalar qoʻllaniladi:
0,06 gektar yer uchastkasida joylashadigan bir qavatli besh xonali uy-joylar — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari rahbarlari uchun;
0,04 gektar yer uchastkasida joylashadigan va hovlisida qoʻshimcha binolari boʻlgan ikki qavatli toʻrt xonali uy-joylar — tuman (shahar) hokimliklari rahbarlari uchun.
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, tuman va shaharlar hokimliklari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda Qurilish vazirligi bilan kelishgan holda buyurtmachiga xizmat uy-joylarini qurish uchun xizmat uy-joylarini oluvchilar faoliyatining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olib, qoʻshimcha inshootlar boʻlmagan va muhandislik-transport kommunikatsiyalari bilan toʻliq taʼminlangan yer uchastkalari ajratiladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
9. Qurilish vazirligi “Qishloq qurilish invest” IK va “Qishloq qurilish loyiha” MCHJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda qurilish-montaj ishlari va loyiha yechimlarining sifatli bajarilishi, shuningdek shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish, texnik va mualliflik nazoratini taʼminlaydi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi xizmat uy-joylari, shuningdek ularning muhandislik-transport kommunikatsiyalari qurilishi uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini tizimli asosda tekshiradi.
3-bob. Xizmat uy-joylari massivlari hududlarini obodonlashtirish
11. Xizmat uy-joylari massivlari hududlarini obodonlashtirish ishlari obodonlashtirish maqsadlari uchun mahalliy budjet parametrlarida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
Xizmat uy-joylari massivlari hududlarini obodonlashtirishda yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya mablagʻlaridan ham foydalanish mumkin.
Xizmat uy-joylari massivlari hududlarini obodonlashtirish ishlari, shuningdek vakolatli organlari va hududiy tashkilotlar koʻmagida hasharlar oʻtkazish orqali ham amalga oshirilishi mumkin.
12. Tuman (shahar)lar hokimliklarining obodonlashtirish boshqarmalari:
xizmat uy-joylari massivlari hududlarida tegishli tartibni va mazkur Nizom va qonunchilikning boshqa hujjatlari talablarining qatʼiy bajarilishini;
xizmat uy-joylari massivlari hududlaridagi barcha turdagi yashil ekinlarni sugʻorish, parvarish qilish hamda ularni yangilashni;
xizmat uy-joylari massivlari hududlarining toza saqlanishini taʼminlashi shart.
13. Ixtisoslashtirilgan sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari xizmat uy-joylari massivlari hududlaridan maishiy chiqindilar uchun konteynerli axlat toʻplash punktlarini hamda ularning oʻz vaqtida olib ketilishini belgilangan tartibda tashkil qiladi.
4-bob. Xizmat uy-joylarini foydalanishga topshirish
14. Qurilishi yakunlangan xizmat uy-joylari qabul komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda foydalanish uchun qabul qilinadi.
Qurilishi yakunlangan xizmat uy-joylarini foydalanishga qabul qilish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari qarorlari bilan ishchi va davlat komissiyalari tashkil etiladi.
Komissiyalar tarkibi shaharsozlik normalari va Qurilishi yakunlangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish” SHNK 3.01.04-04 qoidalariga muvofiq tuziladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
15. Qurilishi yakunlangan xizmat uy-joylarini qabul qilishda aniqlangan kamchiliklar bosh pudratchi tashkilot tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan bartaraf etiladi.
16. Qabul komissiyasi aʼzolari qurilishi yakunlangan xizmat uy-joylarini qabul qilishda texnik shartlar, loyiha-smeta hujjatlari, shuningdek shaharsozlik norma va qoidalaridan chetga chiqishlarni aniqlashgan taqdirda qabul qilish hujjati aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgandan soʻng, belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
17. Qurilishi yakunlangan xizmat uy-joylarini qabul qilish ishlari nihoyasiga yetkazilgach, qabul komissiyasi raisi tuman (shahar) hokimiga komissiyaning qabul qilish toʻgʻrisidagi dalolatnomasini ushbu hujjatni tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun koʻrib chiqishga kiritadi.
18. Tuman (shahar) hokimi komissiyaning qurilishi yakunlangan xizmat uy-joylarini foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisidagi dalolatnomasini tasdiqlash haqida qaror qabul qiladi.
19. Tuman (shahar) hokimining qurilishi yakunlangan xizmat uy-joylarini foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisida komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarori Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filiali tomonidan ushbu uylarga egalik qilish huquqini davlat roʻyxatiga olish uchun asos hisoblanadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 689-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
5-bob. Xizmat uy-joylarini jihozlash
20. Xizmat uy-joylari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mebel, maishiy texnika va boshqa xoʻjalik jihozlarining minimal roʻyxatiga (keyingi oʻrinlarda minimal roʻyxat deb ataladi) muvofiq jihozlanadi.
21. Xizmat uy-joylarini jihozlash uchun mebel, maishiy texnika va boshqa xoʻjalik jihozlari joylardagi ijro hokimiyati organlari tomonidan mahalliy budjet va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar mablagʻlari hisobidan minimal roʻyxat asosida sotib olinadi.
22. Zarurat boʻlganda minimal roʻyxatga kiritilmagan mebel, maishiy texnika va boshqa xoʻjalik jihozlari xizmat uy-joylarida yashaydigan rahbarlar va ularning oila aʼzolari tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan xarid qilinadi.
6-bob. Xizmat uy-joylarini taqsimlash va egalariga topshirish
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Joylardagi ijro hokimiyati organlari va davlat organlarining hududiy boʻlinmalari rahbarlari uchun xizmat uy-joylari qurish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2693-son qarorining 3-ilovasi bilan tasdiqlangan roʻyxatga kiritilgan joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari lavozimiga koʻra xizmat uy-joylarini olish huquqiga ega.
24. Xizmat uy-joylari joylardagi ijro hokimiyatining tegishli organlari birinchi rahbarlarining qarori bilan taqsimlanadi.
25. Qabul qilingan qaror asosida xizmat uy-joylari balans taʼminotchisi rahbarlarga xizmat uy-joyi uchun order beradi va bu order shartnoma boʻyicha begʻaraz foydalanish uchun taqdim etilgan xizmat uy-joyiga joylashishda asos boʻladi.
Order faqat haqiqatan boʻsh turgan xizmat uy-joyi uchun berilishi mumkin.
Orderni olishda barcha oila aʼzolarining pasportlari (tugʻilgani haqida guvohnoma) yoki ularning oʻrnini bosadigan boshqa hujjatlari taqdim etilishi kerak.
Order bevosita xizmat uy-joy beriladigan rahbarga topshiriladi.
Uy-joyni begʻaraz foydalanish uchun berish va berilgan xizmat uy-joyiga koʻchib kirish toʻgʻrisida shartnoma tuzilgandan soʻng order balans taʼminotchisiga qatʼiy hisobda turadigan hujjat sifatida saqlash uchun topshirilishi kerak.
26. Xizmat uy-joyi beriladigan rahbar balans taʼminotchisi bilan uy-joyni begʻaraz foydalanish uchun taqdim etish toʻgʻrisida shartnoma tuzadi.
Shartnomada tomonlarning huquqlari, majburiyat va javobgarligi, shuningdek xizmat uy-joyini berish, saqlab turish, foydalanish, taʼmirlash, koʻchib kirish va qaytarish tartibi belgilanadi.
27. Xizmat uy-joylari joylardagi ijro hokimiyatining tegishli organlariga biriktiriladi va ular boʻlinmaydi, almashtirilmaydi va xususiylashtirilmaydi.
28. Xizmat uy-joylaridan belgilangan maqsaddan tashqari foydalanish yoki ularni ijaraga berish taqiqlanadi.
7-bob. Xizmat uy-joylaridan foydalanish, ularni saqlash va taʼmirlash
29. Xizmat uy-joylaridan foydalanadigan rahbarlar va ularning oila aʼzolari ushbu uylarni tegishli holatda saqlashi shart.
Xizmat uy-joylarining yaxshi holatda saqlanishi uchun masʼuliyat rahbar va uning oila aʼzolari zimmasiga yuklanadi.
30. Xizmat uy-joylaridan ushbu uylarda yashaydigan rahbarlar va ularning oila aʼzolari tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan foydalaniladi, saqlanadi va taʼmirlanadi.
31. Xizmat uy-joylarini faqat belgilangan muddatlarda, ayrim holatlarda belgilangan muddatgacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari bilan kelishgan holda mukammal taʼmirlashga yoʻl qoʻyiladi.
32. Xizmat uy-joylari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari mahalliy budjeti mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mukammal taʼmirlanadi.
33. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari xizmat uy-joylarini mukammal taʼmirlash ishlari buyurtmachilari hisoblanadi.
34. Tashqi muhandislik tarmoqlari va inshootlardan “Suvoqova” DUK, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” va “Oʻzbektelekom” AK tashkilotlari tomonidan foydalaniladi va saqlanadi.
8-bob. Koʻrsatiladigan kommunal xizmatlar uchun toʻlovlar
35. Xizmat uy-joylarida yashaydigan rahbarlar kommunal xizmatlar bilan barcha kommunal xizmatlar turlarini jismoniy shaxslar (aholi) uchun belgilangan tariflar boʻyicha koʻrsatish haqida shartnomalar tuzadi.
36. Koʻrsatiladigan kommunal xizmatlar uchun toʻlovlar xizmat uy-joylarida yashayotgan rahbarlar va ularning oila aʼzolari tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan, belgilangan tartibda toʻlanadi.
Rahbarlar yoki ularning oila aʼzolari uy-joy-kommunal xizmatlar haqini vijdonan va oʻz vaqtida toʻlashi va qarz hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymasligi lozim.
37. Joylardagi ijro hokimiyati organlari xizmat uy-joylarida yashaydigan rahbarlardan uy-joy-kommunal xizmatlar uchun toʻlovlarni belgilangan tartibda ish haqidan ushlab qolish shaklida qabul qilishi va keyinchalik bu mablagʻlarni kommunal xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar hisob-raqamiga ularning yozma arizasiga binoan oʻtkazishi mumkin.
9-bob. Xizmat uy-joylaridan koʻchirib chiqarish
38. Xizmat uy-joylarini rahbarlar va ularning oila aʼzolari rahbar egallab turgan lavozimdan boʻshagach boʻshatishi lozim.
39. Uy-joyni begʻaraz foydalanish uchun berish toʻgʻrisidagi shartnomani bekor qilish va xizmat uy-joyidan rahbar va uning oila aʼzolarini koʻchirib chiqarish tartibi shartnoma bilan belgilanadi.
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
40. Xizmat uy-joylarini qurish, taqsimlash, foydalanish, saqlash va taʼmirlashni tashkil etishda paydo boʻladigan kelishmovchilik va bahslar qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
41. Mazkur Nizomning bajarilishini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari hamda boshqa davlat organlari oʻz vakolatlari doirasida nazorat qiladi.
42. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining IX bobi.
Joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari uchun xizmat uy-joylarini qurish, taqsimlash, foydalanish, saqlash va taʼmirlashni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari uchun xizmat uy-joylarini qurish, obodonlashtirish, taqsimlash, koʻchirib kiritish, foydalanish, saqlash va taʼmirlashni tashkil etish
1. Xizmat uy-joylar qurish uchun yer uchastkalari ajratish.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2693-son qarorida belgilangan manbalar hisobidan moliyalashtirish nazarda tutilganini hisobga olgan holda, buyurtmachi, bosh loyihachi va pudratchi tashkilot oʻrtasida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va xizmat uy-joylarni qurish uchun shartnomalar tuzish.
3. Namunaviy loyihalarni joy bilan bogʻlash va xizmat uy-joylarini qurish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.
4. Xizmat uy-joylarini eng yaxshi takliflarni tanlash asosida pudratchi bosh tashkilotlarni tender savdolari oʻtkazmasdan belgilash hisobga olingan holda qurish.
5. Tashqi muhandislik kommunikatsiyalari va infratuzilmani markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK va “Oʻzbektelekom” AKning oʻz mablagʻlari, shuningdek Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan barpo etish.
Xizmat uy-joylarini qurish parametrlari aniqlangandan soʻng
Shartnoma tuzilgach va binolarni loyihalashtirishga topshirgandan soʻng
Kalendar jadval boʻyicha
Kalendar jadval boʻyicha
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari,
“Qishloq qurilish invest” IK,
“Qishloq qurilish loyiha” MCHJ,
“Oʻztransgaz” AK,
“Oʻzbekenergo” AJ,
“Oʻzbektelekom” AK,
Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor idora va tashkilotlar
II bosqich
Obodonlashtirish
1. Xizmat uy-joylarining bosh rejalarini hisobga olib, ularni obodonlashtirish ishlarini bajarish uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.
2. Massivlarni mahalliy budjetlar hisobidan obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun mablagʻ ajratish.
3. Landshaft dizayni, yoʻlaklar, yoritish, yashil ekinlarni sugʻorish va oʻtkazish tizimlari tuzilishini hisobga olib, massivlarni obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish.
4. Massivlarni obodonlashtirish uchun zarur holatlarda:
yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya mablagʻlaridan foydalanish;
vakolatli organlar va hududiy tashkilotlar koʻmagida hasharlar tashkil etish.
5. Tumanlar (shahar) hokimliklarining obodonlashtirish boshqarmalari:
xizmat uy-joylari massivlari hududlarida tegishli tartibni va mazkur Nizom va qonunchilikning boshqa hujjatlari talablarining qatʼiy bajarilishini;
xizmat uy-joylari massivlari hududlaridagi barcha turdagi yashil ekinlarni sugʻorish, parvarish qilishni taʼminlaydi.
6. Ixtisoslashtirilgan sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari xizmat uy-joylari massivlari hududlarida maishiy chiqindilar uchun konteynerli axlat toʻplash punktlarini hamda ularning oʻz vaqtida olib ketilishini belgilangan tartibda tashkil qiladi.
Massivlar bosh rejalari tasdiqlangandan soʻng
Loyiha-smeta hujjatlari ishla chiqilgandan soʻng
Kalendar jadval boʻyicha
Zarurat boʻlganda
Foydalanish davrida
Foydalanish davrida
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari,
Moliya vazirligi,
obodonlashtirish boshqarmasi,
ixtisoslashtirilgan sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari, manfaatdor idora va tashkilotlar
III bosqich
Foydalanishga topshirish
1. Qurilishi yakunlangan xizmat uy-joylarini qabul qilish komissiyasini tashkil etish.
2. Qurilishi yakunlangan xizmat uy-joylarini qabul qilish komi?siyasining dalolatnomasini asmiylashtirish va tasdiqlash.
3. Hokimlarning qurilishi yakunlangan xizmat uy-joylarini foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisida qarorlar chiqarish
4. Xizmat uy-joylari kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish.
Qurilish nihoyasiga yetguniga qadar
Qurilish nihoyasiga yetgach
Qabul qilish dalolatnomasi tasdiqlangandan soʻng
Hokimlar qarorlari qabul qilingach
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari,
“Qishloq qurilish invest” XK,
manfaatdor idora va tashkilotlar
IV bosqich
Jihozlash
1. Xizmat uy-joylarini minimal roʻyxatni hisobga olgan holda jihozlash uchun mebel, maishiy texnika va boshqa xoʻjalik buyumlariga boʻlgan ehtiyojni aniqlash.
2. Xizmat uy-joylarini minimal roʻyxat boʻyicha jihozlash uchun mebel, maishiy texnika va boshqa xoʻjalik buyumlarini sotib olish.
3. Zarur hollarda minimal roʻyxatga kiritilmagan mebel, maishiy texnika va boshqa xoʻjalik buyumlari xizmat uy-joylarida yashaydigan rahbarlar va ularning oila aʼzolari tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan xarid qilinadi.
Qurilish nihoyasiga yetgach
Qurilish nihoyasiga yetgach
Zarurat boʻlganda
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari,
manfaatdor idora va tashkilotlar
Joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari va ularning oila aʼzolari
V bosqich
Taqsimlash va koʻchirib kiritish
1. Xizmat uy-joylarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2693-son qarorining 3-ilovasi bilan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq taqsimlash toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish.
2. Qabul qilingan qaror asosida xizmat uy-joyi uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish va order berish.
3. Rahbarlar va xizmat uy-joylari balans taʼminotchisi oʻrtasida yollash shartnomasini tuzish.
4. Xizmat uy-joylariga joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari va ularning oila aʼzolarini joylashtirish.
Xizmat uy-joylari foydalanishga topshirilgach
Taqsimlagandan soʻng
Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgandan soʻng
Shartnoma tuzilgach
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari,
manfaatdor idora va tashkilotlar
VI bosqich
Foydalanish, saqlash va taʼmirlash
1. Xizmat uy-joylarida yashaydigan rahbarlar va ularning oila aʼzolari xizmat uy-joylari holatini tegishli ravishda saqlaydi.
2. Xizmat uy-joylaridan ushbu uylarda yashaydigan rahbarlar va ularning oila aʼzolari tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan foydalaniladi, saqlanadi va taʼmirlanadi.
3. Xizmat uy-joylarini faqat belgilangan muddatlarda, ayrim hollarda belgilangan muddatgacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari bilan kelishgan holda mukammal taʼmirlashga yoʻl qoʻyiladi.
4. Xizmat uy-joylari mahalliy budjet mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mukammal taʼmirlanadi.
Xizmat uy-joylaridan foydalanish davrida
Belgilangan muddatlarda
Belgilangan tartibda
Joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari va ularning oila aʼzolari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari,
“Yagona buyurtmachi xizmati” XK
VII bosqich
Kommunal xizmatlar uchun toʻlovlar
1. Xizmat uy-joylarida yashaydigan rahbarlar kommunal xizmatlar bilan barcha kommunal xizmatlar turlarini jismoniy shaxslar (aholi) uchun belgilangan tariflar boʻyicha koʻrsatish haqida shartnomalar tuza?i.
2. Koʻrsatiladigan kommunal xizmatlar uchun toʻlovlar xizmat uy-joylarida yashayotgan rahbarlar va ularning oila aʼzolari tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
Xizmat uy-joylaridan foydalanish davrida
Xizmat uy-joylaridan foydalanish davrida
Joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari va ularning oila aʼzolari
VIII bosqich
Koʻchirib chiqarish
1. Rahbar va uning oila aʼzolari xizmat uy-joyini boʻshatgani toʻgʻrisidagi zarur hujjatlarni rasmiylashtirish.
2. Egallab turgan lavozimidan boʻshagan rahbardan xizmat uy-joyini qabul qilib olish.
3. Koʻrsatilgan kommunal xizmatlar uchun hisob-kitoblarni taqqoslash va qarzlarni toʻlash.
Lavozimdan boʻshaganda
Joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari va ularning oila aʼzolari
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari uchun xizmat uy-joylarini qurish, taqsimlash, foydalanish, saqlash va taʼmirlashni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Xizmat uy-joylarini jihozlash uchun mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mebel, maishiy texnika va boshqa xoʻjalik buyumlarining
minimal roʻyxati
T/r
Buyumlar nomi
Oʻlchov birligi
Soni
bir qavatli besh xonali uy uchun
ikki qavatli toʻrt xonali uy uchun
1.
Muzlatgich
ta
1
1
2.
Televizor
ta
1
1
3.
Ikki kishilik krovat
ta
1
1
4.
Bir kishilik karavot
ta
3
2
5.
Oshxona mebeli
toʻplam
1
1
6.
Mehmonxona uchun stol ( 6 stul va idish-tovoqlar shkafi bilan)
toʻplam
1
1
7.
Mehmonxona uchun yumshoq mebel (divan va ikkita kreslo)
toʻplam
1
1
8.
Kiyim shkafi
ta
2
2
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 21-son, 394-modda, 35-son, 931-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son; 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)