1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.03.00 Favqulodda holat rejimi (shuningdek, 16.03.03.00ga qarang);
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Favqulodda vaziyatlar. Ommaviy tartibsizliklar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Ichki ishlar organlari yongʻin xavfsizligi boʻlinmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda izchil amalga oshirilgan kompleks chora-tadbirlar natijasida aholi hayoti va sogʻligʻi, davlat mulki, jismoniy va yuridik shaxslar mulkining ishonchli himoyasini taʼminlaydigan yaxlit yongʻin xavfsizligi tizimi shakllantirildi.
Lekin yongʻin xavfsizligi sohasida qabul qilingan qonun hujjatlariga qaramay, bugungi kunda mamlakatimizda aholi, tadbirkorlar, davlat organlarining yongʻinlarning oldini olish va ularni bartaraf etish masalalariga tegishli munosabat shakllanmadi, shu bilan birga, ichki ishlar organlarining yongʻin xavfsizligini taʼminlash sohasidagi nazorat faoliyatining shakl va usullari zamon talablariga javob bermaydi. Xususan, quyidagilar bu boradagi tizimli kamchiliklar sirasiga kiradi:
yongʻin xavfsizligi inspektorlarining oʻz funksional majburiyatlarini lozim darajada bajarmayotgani, malakasiz xatti-harakatlarga yoʻl qoʻyayotgan holatlari kuzatilmoqda, ushbu lavozimlarga tegishli oliy maʼlumoti yoʻq xodimlarni qabul qilish tizimi paydo boʻlgani, inspektorlar aholi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan toʻlaqonli hamkorlik qilmayotgani bunga sabab boʻlmoqda;
tizimga, shu jumladan, shoshilinch xizmatlar bilan hamkorlik qilish va yongʻin oʻchirish boʻlinmalarining kuchlari va vositalarini boshqarish sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish ishlari talab darajasida yoʻlga qoʻyilmagan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-aprelda qabul qilingan “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq hamda barcha darajadagi boʻgʻinlarning yongʻin xavfsizligini taʼminlash faoliyatini takomillashtirish maqsadida:
1. Yongʻin xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirishdagi quyidagi asosiy yoʻnalishlar ijrosini taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy boʻlinmalarining eng muhim vazifasi deb hisoblansin:
birinchidan, yongʻinlar profilaktikasining ilgʻor shakl va usullarini joriy etish va ulardan samarali foydalanish orqali yongʻin xavfsizligi xizmati tizimini takomillashtirish, har bir inspektor oʻz xizmat majburiyatlarini “Yongʻin xavfsizligini taʼminlash — eng ustuvor vazifa” tamoyili asosida soʻzsiz bajarishini taʼminlash;
ikkinchidan, Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati (keyingi oʻrinlarda — DYOXX) boʻlinmalarining yongʻin nazorati va yongʻin profilaktikasini amalga oshirish boʻyicha faoliyatini tashkil etishning yongʻin xavfsizligi inspektorlarining asosiy vazifa va funksiyalarini aniq belgilash va taqsimlashni nazarda tutadigan sifat jihatdan yangi tartibni oʻrnatish;
uchinchidan, aholi bilan yaqindan ishlash, davlat organlari, tadbirkorlik subyektlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorlik qilish orqali yongʻin xavfsizligini taʼminlash tizimiga ishonchni oshirish;
toʻrtinchidan, yongʻin oʻchirish kuchlari va vositalarini boshqarish, shuningdek, yongʻinga qarshi nazorat faoliyati sohasiga zamonaviy ilmiy-texnika yutuqlari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish;
beshinchidan, yongʻin xavfsizligi boʻlinmalarining kadrlar salohiyatini yaxshilash, xodimlarning kasb tayyorgarligi va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, sohada xalqaro hamkorlikni kengaytirish;
oltinchidan, DYOXX shaxsiy tarkibida yuksak xizmat intizomini taʼminlash, uni moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy-huquqiy muhofaza qilish orqali samarali xizmat qilish uchun sharoitlar yaratish.
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
2. Qayd etilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining “Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga ularga qarashli obyekt va hududlarda yongʻin xavfsizligi talablariga rioya etilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklatilgan.
Yuqorida koʻrsatilgan mansabdor shaxslar har chorakda yongʻin xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazishi, ular doirasida oʻziga qarashli obyekt va hududlarning yongʻinga qarshi holatini tanqidiy tahlil qilib borishi shartligi belgilab qoʻyilsin.
3. Belgilansinki:
DYOXX Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida yagona davlat yongʻin nazorati organi hisoblanadi;
DYOXXning davlat yongʻin nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslari yongʻin xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish boʻyicha tadbirlarni oʻtkazishda oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun shaxsan javobgardir.
tuman (shahar) va obyektlar yongʻin xavfsizligi boʻlimlari (boʻlinmalari)da davlat yongʻin nazoratini va yongʻinlar profilaktikasini amalga oshirish boʻyicha mustaqil boʻlinmalar (guruhlar) tashkil etish va yongʻin xavfsizligi inspektorlari lavozimlarini yongʻin oʻchirish boʻlinmalari tarkibidan chiqarish toʻgʻrisida;
yongʻin xavfsizligi inspektorlarining javobgarligini oshirish maqsadida ularning har biriga xizmat hududi doirasida muayyan sektorni biriktirish toʻgʻrisida;
DYOXX yongʻin texnikasi parki va maxsus jihozlarini uzluksiz yangilash maqsadida har yili 38 ta asosiy yongʻinni oʻchirish avtomobili, strelasining uzunligi 35 metrgacha boʻlgan 6 ta yongʻin avtonarvoni, 1000 ta yongʻinni oʻchirish yenglari komplekti, nafas olish aʼzolarini himoya qiladigan 300 ta apparat va boshqa yongʻin-texnika mulkini xarid qilish toʻgʻrisida;
DYOXX texnika xizmatining hududiy boʻlinmalariga jismoniy va yuridik shaxslarning maxsus texnikasi va jihozlariga texnik xizmat koʻrsatish, taʼmirlash va diagnostika xizmatlari koʻrsatish huquqini berish toʻgʻrisida.
oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlardagi yongʻin xavfsizligi boshqarmalari (boʻlimlari, boʻlinmalari) namunaviy tuzilmalari 8, 9, 10-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziriga:
Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, shartnoma asosida xizmat koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar hisobidan ichki ishlar organlari yongʻin xavfsizligi boʻlinmalari xodimlarining qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish;
DYOXXning shartnoma asosida xizmat koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar hisobidan taʼminlanadigan boʻlinmalarning tuzilmasi va shtat birliklariga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
6. Haftaning har chorshanba kuni “Yongʻinlar profilaktikasi kuni” deb belgilansin va DYOXXga quyidagi vazifalar yuklansin:
aholi, tashkilotlar va taʼlim muassasalari oʻrtasida yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlariga rioya etish toʻgʻrisida keng tushuntirish ishlari olib borish, yongʻinlarning oldini olish va muvaffaqiyatli bartaraf etish tadbirlariga jamoatchilikni keng jalb qilish;
mahalla faollari bilan birgalikda uyma-uy yurib, tushuntirish ishlarini amalga oshirish, ularning yakunida yongʻinga qarshi holat boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida muhokama qilish;
barcha darajadagi hokimlar bilan birgalikda sodir boʻlgan yirik va oʻziga xos xususiyatli yongʻinlarning sabablarini, yongʻin vujudga kelishiga olib kelgan shart-sharoitlarni hamda tegishli hududlardagi obyektlarning yongʻinga qarshi holatini chuqur va tanqidiy tahlil qilishni tashkil etish, uning yakunida yongʻinning oldini olish va uni bartaraf etish uchun sharoitlar yaratishga qaratilgan “Yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va tasdiqlash;
oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda yongʻin xavfsizligini mustahkamlash, ularning rahbarlari bilan yongʻin-taktik oʻquv va mashgʻulotlar, tushuntirish ishlarini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, internet tarmogʻida yongʻinlar, ularning sabablari hamda yongʻinlarning oldini olish va yongʻin sodir boʻlganda qanday harakat qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yoritish;
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan kelishilgan holda muayyan markaziy va viloyat telekanallarida yongʻin bilan bogʻliq voqealarni, ularning vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlarini yoritishga bagʻishlangan maxsus axborot koʻrsatuvi, shuningdek, voqealarni yoritish guruhlari tomonidan tayyorlanadigan yongʻin sodir boʻlgan joylardan ularni bartaraf etish boʻyicha tezkor reportajlarni efirga uzatish.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklari huzurida yongʻin xavfsizligi boʻyicha komissiyalar tashkil etilsin va quyidagilar ularning asosiy vazifalari etib belgilansin:
yongʻin xavfsizligini taʼminlash, yongʻin kelib chiqishi sabablari va sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
tasdiqlanadigan reja-jadvallarga muvofiq, tizimli asosda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari raislari ishtirokida mahallalar hududida yongʻinga qarshi mashqlar oʻtkazish, bunda yongʻinni oʻchirish avtomobillari oʻtish yoʻllari va suv manbalari holatini oʻrganish;
davlat organlari, tadbirkorlik subyektlari va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining yongʻinlar profilaktikasi sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
sohada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni baholash va monitoring qilish, ularning samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
qishloq joylar va olis aholi punktlarida koʻngilli yongʻin oʻchirish boʻlinmalarini tashkil etishga koʻmaklashish, ularni moddiy va ijtimoiy ragʻbatlantirish.
Belgilab qoʻyilsinki:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, shahar va tumanlar hokimlarining oʻrinbosarlari tegishlicha yongʻin xavfsizligi boʻyicha komissiyalar raislari hisoblanadi;
komissiya tarkibiga hududiy yongʻin xavfsizligi boshqarmalari (boʻlimlari, boʻlinmalari), davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari rahbarlari kiradi;
komissiya majlislari har chorakda kamida bir marta, shuningdek, yongʻin xavfsizligi sohasidagi vaziyatdan kelib chiqib oʻtkaziladi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi komissiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot-tahlil va boshqa materiallarni tayyorlash, umumlashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish uchun masʼul ishchi organ hisoblanadi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (A. Aripov):
bir oy muddatda Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yongʻin xavfsizligi boʻyicha komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlasin;
ikki oy muddatda DYOXXni maxsus yongʻin-texnika va tadqiqot uskunalari, aloqa vositalari va xizmat kiyimi bilan bosqichma-bosqich taʼminlash, yongʻin xavfsizligi boʻlinmalari bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlashni nazarda tutadigan kompleks dasturlarni tasdiqlasin;
ikki oy muddatda korxonalar, shu jumladan, bozor va yirik savdo majmualarining yongʻinga qarshi holati uchun masʼul shtatda turuvchi va shtatdan tashqari mansabdor shaxslarining faoliyatini tashkil etish va moddiy ragʻbatlantirish, shuningdek, ushbu obyektlarning yongʻindan himoya tizimlari va vositalarini belgilangan talablarga muvofiq holatga keltirish tizimini tanqidiy qayta koʻrib chiqsin va samarali mexanizmini yaratsin;
uch oy muddatda yongʻin xavfsizligi inspektorlari, shuningdek, yuksak kasb mahorati namoyish etayotgan, yongʻinlarning oldini olishga va oʻchirishga salmoqli hissa qoʻshayotgan yongʻin oʻchirish boʻlinmalarining oddiy xodimlari tarkibi va xizmatchilarini moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin;
uch oy muddatda koʻngilli yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalari va yosh yongʻin oʻchiruvchilar drujinalarini tashkil etish va faoliyatini taʼminlash masalalarini koʻzda tutuvchi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar ijrosini taʼminlasin;
2017-yilning 1-sentabriga qadar Yongʻin oʻchirish kuch va vositalarini boshqarish va muvofiqlashtirish markazlari, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa markazlari faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksini tasdiqlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (A. Ramatov):
ikki oy muddatda 11-ilovada* keltirilgan roʻyxat boʻyicha yongʻin-texnika mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan davlat unitar korxonasini tashkil etish masalasi koʻrib chiqilsin va tegishli takliflar kiritilsin;
* 8 — 11-ilovalar berilmaydi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi (B. Zokirov) bilan birgalikda bino, inshoot va boshqa obyektlarni loyihalashtirish va qurishda zamonaviy yongʻinga qarshi himoya texnik vositalari qoʻllanishi taʼminlansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (U. Rozuqulov) ikki oy muddatda yongʻin xavfsizligi boʻlinmalarining avtomobillar va boshqa maxsus texnika bilan manzilli taʼminlanishi, shuningdek, yirik ishlab chiqarish korxonalari va savdo majmualari (bozorlar) tomonidan mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yongʻin avtotexnikasi va jihozlari xarid qilinishini koʻzda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini tasdiqlash uchun kiritsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga (A. Azizov):
a) Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (X. Mirzohidov) va “Oʻzbekkino” milliy agentligi (O. Musayev) bilan birgalikda har chorakda markaziy va hududiy telekanallarda:
mavzuga doir koʻrsatuvlar, yongʻin xavfsizligi talablariga rioya etilishini taʼminlamayotgan korxonalar va ularning rahbarlari tanqid qilingan reportajlar, hududiy yongʻin xavfsizligi boʻyicha komissiyalar raislari, yongʻin xavfsizligi organlari vakillari, sohadagi qonun hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarning bevosita ishtirokida dolzarb masalalar muhokamasiga bagʻishlangan tematik koʻrsatuvlar, jumladan, “tok-shou”lar;
aholining yongʻin sodir boʻlganda qanday harakat qilishi hamda yongʻinlarning oldini olish masalalari toʻgʻrisida maʼlumot beruvchi videolavhalar va hujjatli filmlar uzatilishini taʼminlasin;
b) Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (M. Hazratqulov) bilan birgalikda bosma ommaviy axborot vositalarida yongʻin xavfsizligi sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, oʻtkazilgan tekshiruvlar natijalari, aniqlangan yongʻin xavfsizligi talablari buzilishi holatlarini yongʻinga yoʻl qoʻygan shaxslarni koʻrsatgan holda yoritilishini tashkil etsin.
12. Belgilab qoʻyilsinki:
DYOXX boshqaruv organlari va boʻlinmalarini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi, tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida tashkil etiladigan boʻlinmalar bundan mustasno;
tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida tashkil etilgan DYOXX boʻlinmalari shu tashkilotlarning mablagʻlari hisobidan taʼminlanadi;
DYOXX boʻlinmalari faoliyatini moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda DYOXX xarajatlar smetasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi, shartnomalar asosida tashkil etilgan boʻlinmalar bundan mustasno.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (A. Azizov):
ikki hafta muddatda DYOXX boʻlinmalarining shtat jadvali, 2017 — 2025-yillarda ofitserlar tarkibi lavozimlarini toʻldirish reja-jadvallarini tasdiqlasin;
ikki oy muddatda yongʻin xavfsizligi inspektorlariga malaka talablari va ularning kasb layoqatini baholashning reyting tizimini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
ikki oy muddatda “Yongʻindagi jasorat uchun” va “Yongʻindan saqlash xizmati aʼlochisi” idoraviy koʻkrak nishonlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar boʻyicha takliflar kiritsin.
14. Moliya vazirligi (B. Xoʻjayev) Ichki ishlar vazirligi (A. Azizov) bilan birgalikda 2018-yilga moʻljallangan Davlat budjeti parametrlarini ishlab chiqishda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining yigʻma xarajatlar smetasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritgan holda DYOXXning 2018-yilgi xarajatlar smetasini tasdiqlash va roʻyxatga olishni nazarda tutsin.
15. Ichki ishlar vazirligi (A. Azizov) Mehnat vazirligi (A. Abduhakimov) va Moliya vazirligi (B. Xoʻjayev) bilan birgalikda ikki oy muddatda xorij tajribasini oʻrganish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga DYOXX kasbiylashtirilgan qismlari xizmatchilari alohida lavozimlarining umumbelgilangan pensiya yoshini kamaytirish toʻgʻrisida asoslangan takliflar kiritsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmayotgan va ushbu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha chetdan olib kelinadigan asbob-uskunalar, texnika, aloqa tizimlari va vositalari, dasturiy mahsulotlar va boshqa moddiy-texnik vositalar 2025-yilning 1-yanvariga qadar bojxona toʻlovlaridan ozod qilinsin (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlari bundan mustasno).
17. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Mahmudov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri A.A. Azizov zimmasiga yuklansin.
Ushbu hujjatga muvofiq yongʻin xavfsizligini barcha darajada taʼminlashga doir faoliyatni takomillashtirish maqsadida:
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, joylardagi davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga ularga qarashli obyektlar va hududlarda yongʻin xavfsizligi talablariga rioya etish boʻyicha shaxsiy javobgarlik yuklatildi;
yuqorida qayd etilgan mansabdor shaxslar har chorakda oʻzlariga qarashli obyekt va hududlardagi yongʻinga qarshi holatni tanqidiy tahlil qilishi zarurligi belgilandi.
Qarorda haftaning har chorshanba kuni “Yongʻinlar profilaktikasi kuni” deb belgilandi va Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatiga quyidagi asosiy vazifalar yuklandi:
barcha darajadagi hokimlar bilan birgalikda yuz bergan katta yongʻinlar sabablari va ularning paydo boʻlishiga olib kelgan sharoitlarni chuqur va tanqidiy tahlil qilish va ushbu tahlil yakunlari boʻyicha yongʻinlarning oldini olishga qaratilgan “Yoʻl xaritalari” tasdiqlanadi;
davlat ahamiyatiga ega alohida obyektlarda yongʻin xavfsizligini mustahkamlash, shuningdek, yongʻin-taktik oʻquv mashgʻulotlar va ushbu obyektlar rahbarlari oʻrtasida tushuntirish ishlarini tashkil etishga doir kompleks tadbirlar oʻtkazish;
markaziy va viloyat telekanallarida yongʻinlar bilan bogʻliq hodisalarni yoritish boʻyicha maxsus axborot koʻrsatuvlarini, shuningdek, yongʻin sodir boʻlgan joylardan va ularni bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar haqida tezkor reportajlar tayyorlab efirga uzatish.
Mazkur qarorga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shahar va tumanlar hokimliklari huzurida yongʻin xavfsizligi boʻyicha komissiyalar tashkil etilishini alohida taʼkidlash zarur.
Yongʻin xavfsizligini taʼminlash, yongʻin sodir boʻlishiga olib keladigan sabab va sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish, yongʻinlarning oldini olish sohasida davlat organlari, tadbirkorlik subyektlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, qishloq joylarda va olis aholi punktlarida koʻngilli yongʻin boʻlinmalarini tashkil qilishga koʻmaklashish va ularni moddiy va ijtimoiy ragʻbatlantirish komissiyalarning asosiy vazifalari hisoblanadi.