1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.14.00 Bozorlarda savdo]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar koʻrsatish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
BOZORLAR FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH VA MAHSULOTLAR SOTISH UCHUN ZARUR SHART-SHAROITLAR YARATISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, keyingi vaqtlarda respublikada bozorlar faoliyatini tartibga soluvchi zarur meʼyoriy-huquqiy baza yaratildi, ularni tartibga keltirish, isteʼmolchilarning huquqini taʼminlash, shuningdek, bozorlarda savdoni tashkil etishni takomillashtirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Biroq shunga qaramay, bozorlarda hamon sotuvchilarning faoliyati va xaridorlar uchun maqbul sharoitlar yaratilmagan, olib-sotarlarga qarshi kurash olib borilmayapti, belgilangan sanitariya normalari va qoidalariga zarur darajada rioya qilinmayapti, noqonuniy yigʻimlar undirilishiga yoʻl qoʻyilmoqda, koʻpchilik hollarda bozorlar hududida mahsulotlarning sifati va isteʼmol xususiyatlarini aniqlaydigan laboratoriyalar mavjud emas, bozorlarning rahbarlarini vijdonli va sofdil mutaxassislardan tanlash ishlari boʻshashtirib yuborilgan.
Respublikaning bir qancha tumanlari va shaharlari hokimlari bozorlar faoliyatini takomillashtirishga, savdo uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlashga, isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatish madaniyatini oshirishga zarur eʼtibor bermayaptilar, yangi savdo oʻrinlari tashkil etish va ularning moddiy bazasini mustahkamlashda zarur tashabbus koʻrsatmayaptilar.
Bularning barchasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan zarur nazoratning yoʻqligi oqibatida kelib chiqqan.
Bozorlarda savdoni tashkil etishni tartibga solish va uning tizimini takomillashtirish, ularning moddiy bazasini mustahkamlash, xizmat koʻrsatish madaniyatini oshirish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning ushbu mahsulotlarni keltirish, saqlash va sotishlari uchun ularga shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent shahar Hamza tumani (Muhammadxoʻjayev) va Samarqand shahar Siyob tumani (Rafiqov) hokimlari bozorlar faoliyatini tashkil etish va ular ustidan nazorat oʻrnatish boʻyicha qoniqarsiz ishi uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilinsin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.04.00 Intizomiy javobgarlik / 05.05.04.01 Intizomiy jazolar]
Toshkent shahar Shayxontohur tumani (Odilov), Jizzax viloyati Zomin tumani (Soibnazarov), Buxoro shahar (Kamolov) hokimlariga bozorlar ishiga rahbarlik qilish ishlari boʻshashtirib yuborilgani uchun hayfsan eʼlon qilinsin.
Toshkent shahrining Sobir Rahimov (Toshpoʻlatov), Chilonzor (Qosimov), Yakkasaroy (Mirqosimov) tumanlari, Qarshi (Qorayev), Urganch (Yusupov), Ohangaron (Rasulov), Yangiyoʻl (Qoraboyev) shaharlari hokimlariga bozorlarni nazorat qilish boʻshashtirib yuborilganligi va bozorlar hududida zarur tartib taʼminlanmaganligi qatʼiy koʻrsatib oʻtilsin.
[OKOZ:
1.20.00.00.00 Kadrlar masalalari, mukofotlar, faxriy unvonlar, esdalik nishonlar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlash, amnistiya va afv etish masalalari hamda fuqarolik berish boʻyicha individual aktlar / 20.01.00.00 Lavozimga tayinlash, ishdan boʻshatish boʻyicha qarorlar]
Yuqorida sanab oʻtilgan tumanlar va shaharlar hokimlari bozorlar ishini tubdan yaxshilash yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar koʻrilmagan taqdirda ularga nisbatan egallab turgan lavozimlaridan ozod qilishgacha boʻlgan javobgarlikning qatʼiy choralari qoʻllanilishi toʻgʻrisida ogohlantirilsinlar.
Bozorlarning zarur darajada ishlashini tashkil etish uchun shaxsiy javobgarlik respublika shaharlari va tumanlari hokimlari zimmasiga yuklansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
3. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bevosita ularni yetishtiruvchilar tomonidan dehqon bozorlariga belgilangan tartibda tashib keltirilishi va sotilishi borasida biron-bir cheklashlar taqiqlansin. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ularni yetishtiruvchilar tomonidan bozor hududiga erkin tashib keltirilishiga va sotilishiga toʻsqinlik qiluvchi bozorlarning mansabdor shaxslari qonunchilikka muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilishgacha javob beradilar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining XIII1 bobi (“Tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashish bilan bogʻliq jinoyatlar hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa jinoyatlar”.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.05.00 Bojxona rejimi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.07.00.00 Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali valyuta, tovarlar va transport mahsulotlarini olib oʻtish]
4. Belgilab qoʻyilsinki, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini jismoniy shaxslar tomonidan respublika tashqarisiga chiqarish bojxona organlariga mahsulotni olib ketuvchi shaxs pasportini, yukning bojxona deklaratsiyasini va fitosanitariya sertifikatini koʻrsatgan holda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bozorlar barcha daromadlarining, shu jumladan, bir martalik yigʻimning va koʻrsatilgan xizmatlar haqining toʻliq tushishi, shuningdek, daromadlar tegishli qismining mahalliy budjetlarga oʻz vaqtida ajratilishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarni tashuvchi avtotransport respublikaning butun hududi boʻylab erkin harakatlanishini taʼminlasin. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tashiyotgan avtotransportning erkin harakatlanishiga noqonuniy toʻsqinlik qiluvchi mansabdor shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda qatʼiy javobgarlikka tortilsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi bilan birgalikda:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.05 Sanitariya-epidemiologik nazorat. Sanitariya talablarini buzganlik uchun javobgarlik;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.08.00 Sanitariya-epidemiologiya xavfsizligi]
bozorlar hududida belgilangan sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni taʼminlasin;
dehqon bozorlari hududiga keltirilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifati va isteʼmol xususiyatlarining belgilangan talablarga muvofiqligi ustidan doimiy nazoratni tashkil etsin;
bir oy muddatda bozorlardagi barcha nazorat-oʻlchov vositalarini xatlab chiqsin hamda ular huzurida ishlab turgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini aniqlash boʻyicha laboratoriyalarni attestatsiyadan oʻtkazsin va ularning texnologik jihozlanganligini yaxshilash chora-tadbirlarini koʻrsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat mulki qoʻmitasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda bozorlar faoliyatini tartibga soluvchi normalarni xatlovdan oʻtkazsinlar, respublikada bozorlar tashkil qilishni, ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni va ular faoliyatini tartibga soluvchi yagona normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqsinlar, Hukumat qarorlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.