Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining
qoʻshma qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi toʻgʻrisidagi nizomga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 28-oktabrdagi 5005-IV/KQ-842-IV-sonli “Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qoʻshma qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 10-iyulda qabul qilingan 843-I/515-I-sonli Qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 13-mayda qabul qilingan 132-III/KQ-15-III-sonli Qoʻshma qarori tahririda) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi toʻgʻrisidagi nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 5, 219-modda) 29-bandi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Parlament komissiyasi tomonidan tasdiqlangan nodavlat notijorat tashkilotlaridan, ommaviy axborot vositalaridan va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan qaytarilgan moliyaviy mablagʻlardan foydalanish tartibiga muvofiq Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi oʻz hisobvaraqlarida jamlangan boʻsh mablagʻlar qoldiqlarini:
nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻshimcha ravishda qoʻllab-quvvatlashga;
belgilangan tartibda tijorat banklarining depozit hisobvaraqlariga vaqtincha joylashtirishga yoʻnaltiradi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 10-iyulda qabul qilingan 843-I/515-I-sonli Qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 13-mayda qabul qilingan 132-III/KQ-15-III-sonli Qoʻshma qarori tahririda) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 5, 219-modda) 4-bandiga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:
quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi va oʻn toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi hisobvaraqlarida boʻsh mablagʻlar qoldiqlari sifatida jamlanadigan, qaytarilgan moliyaviy mablagʻlaridan foydalanish tartibini belgilaydi;
qaytarilgan boʻsh mablagʻlarning qoldiqlarini Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan holda tijorat banklarining depozit hisobvaraqlariga vaqtinchalik joylashtirish, shuningdek hisoblab chiqariladigan foizli depozit toʻlovlarni sarflash tartibi va shartlarini belgilaydi”;