1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.14.00 Bozorlarda savdo;
4.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar;
2.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish;
3.Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar koʻrsatish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2019-yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 27-martdagi PQ-2853-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2019-yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 27-martdagi PQ-2853-son qarorining 20-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qaror talablariga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 12-may,
282-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 282-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 8-son, 61-modda):
a) Oʻzbekiston Respublikasi bozorlarida savdo faoliyatini tashkil etish qoidalarida:
28-bandning ikkinchi xatboshiga “Bozor hududida yer uchastkalari ajratishga” soʻzlaridan keyin (dehqon (oziq-ovqat) bozorlari hududida qonun hujjatlariga muvofiq zamonaviy savdo majmualari qurish uchun yer uchastkalari ajratish bundan mustasno)” soʻzlari qoʻshilsin;
42-bandning ikkinchi xatboshiga “100 ta va undan koʻp turgʻun” soʻzlaridan keyin “(dehqon (oziq-ovqat) bozorlari uchun 50 ta va undan ortiq savdo oʻrinlari)” soʻzlari qoʻshilsin;
46-bandning birinchi xatboshidagi “biroq har yili Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan eng kam miqdorlardan past boʻlmagan miqdorda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) Oʻzbekiston Respublikasida savdo komplekslari faoliyatini tashkil etish qoidalarining 37-bandidagi “biroq har yili Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan eng kam miqdorlardan past boʻlmagan miqdorda” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-iyuldagi 213-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 7-son, 48-modda) bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalarini doimiy va vaqtincha saqlash joylarini tashkil etish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 23-bandiga “vaqtincha saqlash” soʻzlaridan keyin “(avtotransport vositalarining dehqon (oziq-ovqat) bozorlarining avtomobillar toʻxtash joyida vaqtincha toʻxtab turishi bundan mustasno)” soʻzlari qoʻshilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 20-son, 363-modda)