1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.03 Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatiga ruxsat. Litsenziyalash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Dori vositalarini va tibbiyot buyumlarini sotish, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-fevraldagi PQ-2773-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun litsenziya berish boʻyicha hududiy komissiyalar toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun litsenziya berish boʻyicha hududiy komissiyalarning namunaviy tarkibi 3-ilovaga muvofiq;
Farmatsevtika faoliyatini (dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish bundan mustasno) litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq;
Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalashda elektron axborot almashinuvi sxemasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish huquqi uchun oldin berilgan litsenziyalar ularning amal qilish muddati tugaguniga qadar amal qiladi;
dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun berilgan litsenziyalar farmatsevtika faoliyatining boshqa yoʻnalishlarini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalardan alohida beriladi va Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududida amal qiladi.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
2017-yil 15-maygacha boʻlgan muddatda Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash boʻyicha hududiy komissiyalarni (keyingi oʻrinlarda hududiy komissiyalar deb ataladi) tuzilishini, shuningdek ular faoliyatini tashkil etish choralari koʻrilishini;
hududiy komissiyalarning va tegishli ravishda ularning ishchi organlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, sogʻliqni saqlash hududiy boshqarmalari va Toshkent shahri Sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasining faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlasinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishi, shu jumladan dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxini belgilash tartibi qoʻpol ravishda buzilganligi oqibatida litsenziyasining amal qilishi toʻxtatilgan dorixonalar va filiallarning manzillari reyestrlari va xodimlari reyestrlari maʼlumotlar bazasini ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan ishlarni amalga oshirish uchun xarajatlarni qoplash manbalarini belgilash yuzasidan takliflar kiritsin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-iyundagi 236-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalovchi organlar roʻyxatida:
a) “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi” boʻlimining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin;
“Farmatsevtika faoliyati (dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish bundan mustasno)”.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 12-may,
284-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 284-sonli qaroriga 1-ILOVA
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash tartibini belgilaydi.
2. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari (keyingi oʻrinlarda — litsenziyalovchi organ deb ataladi) tomonidan litsenziya talabgorining davlat roʻyxatidan oʻtgan manzili boʻyicha amalga oshiriladi.
3. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash Davlat xizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda markaz deb ataladi) yoki Oʻzbekiston Respublikasi interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatish yagona portali (keyingi oʻrinlarda Yagona portal deb ataladi) orqali amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
4. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faqat dorixonalar va ularning filiallari orqali amalga oshiriladi.
5. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
6. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun litsenziya (keyingi oʻrinlarda litsenziya deb ataladi) besh yil muddatga beriladi.
Litsenziya besh yildan kam muddatga faqat litsenziya talabgorining arizasiga binoan berilishi mumkin.
7. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun litsenziya olish farmatsevtika faoliyatining boshqa qismlariga litsenziya olish huquqini cheklamaydi.
Litsenziyani yoki unga doir huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
2-bob. Litsenziya talablari va shartlari
8. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishda quyidagilar litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
a) dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shuningdek dori vositalari va tibbiy buyumlar muomalasini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga majburiy rioya etish;
b) yuridik shaxs shtatida kamida bir xodim — oliy farmatsevtik maʼlumotga ega boʻlgan, qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishi, shu jumladan dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxini belgilash tartibi qoʻpol buzilganligi oqibatida litsenziyasining amal qilishi toʻxtatilgan dorixonalarning xodimlari reyestriga (keyingi oʻrinlarda xodimlar reyestri deb ataladi) kiritilmagan dorixona mudirining mavjudligi;
v) litsenziat tomonidan dorixona filiali ochilishida — yuridik shaxs shtatida kamida bir xodim — oliy farmatsevtik maʼlumotga yoki farmatsevt assistenti (yordamchisi) ixtisosligi boʻyicha oʻrta maxsus kasbiy maʼlumotga ega boʻlgan dorixona filiali mudirining mavjudligi;
g) xodimlar reyestriga kiritilmagan shaxslardan dorixona va dorixona filiali xodimlari tarkibini shakllantirish;
d) belgilangan tartibda dorixona va/yoki dorixona filiali mudiri malakasini oshirish;
e) dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana sotish uchun moʻljallangan, oʻziga mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda tegishli boʻlgan, mazkur Nizomga 2-ilovada nazarda tutilgan talablarga muvofiq hamda qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishi, shu jumladan dori vositalari va tibbiyot buyumlarining narxini belgilash tartibi qoʻpol buzilganligi oqibatida litsenziyasining amal qilishi toʻxtatilgan dorixona, dorixona filialining manzillari reyestriga kiritilmagan bino (xonalar)ning mavjudligi;
j) mazkur Nizomga 2-ilovada belgilangan talablarga muvofiq moddiy-texnik bazaning mavjudligi;
z) dorixona mudiri oʻzgarishi, dorixona filiali mudiri oʻzgarishi, dorixona filiali yopilishi haqida mazkur holat yuz bergandan soʻng oʻn kun muddatda litsenziyalovchi organga mazkur Nizomga 3-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha tuzilgan yozma ravishda xabarnoma taqdim etish;
i) mazkur Nizomda belgilangan holatlar, muddatlar va miqdorlarda yigʻim va davlat bojlarini toʻlash.
9. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori bevosita markazga oʻzi kelib yoki Yagona portal orqali elektron tarzda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
mazkur Nizomga 4-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha litsenziya berish toʻgʻrisida ariza (keyingi oʻrinlarda ariza deb ataladi);
litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlaydigan maʼlumotlar.
Litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizada litsenziya talabgorining elektron manzili koʻrsatilganligi uning arizasi boʻyicha qabul qilingan qaror haqida Yagona portal orqali elektron shaklda xabarnoma olishga boʻlgan roziligi hisoblanadi.
10. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilmagan boshqa hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahri Sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi tegishli hududiy komissiyalarning ishchi organi (keyingi oʻrinlarda — ishchi organ deb ataladi) hisoblanadi.
Ishchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan farmatsevtika faoliyatini litsenziyalashda elektron axborot almashinuv sxemasiga muvofiq mustaqil oladi.
12. Bevosita murojaat etilgan holatlarda markaz xodimi litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan davlat xizmati pasportiga muvofiq ariza toʻliq toʻldirilganligini tekshiradi.
Ariza roʻyxatga olingandan soʻng markaz xodimi litsenziya talabgoriga qayd etish raqamini koʻrsatgan holda ariza qabul qilinganligi haqida yozma maʼlumot beradi yoki ariza nusxasiga tegishli belgini qayd etadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
13. Markaz xodimi oʻzi kelganida ariza qabul qilingan kunda, arizada qayd etilgan maʼlumotlarni maxsus shaklga tushirib, Yagona portal orqali tegishli litsenziyalovchi hamda ishchi organga yuboradi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
14. Litsenziya talabgori oʻzi yashamaydigan joydan boshqa joydagi markazga oʻzi kelib murojaat qilgan hollarda ariza markaz tomonidan tegishlicha ishchi organga Yagona portal orqali yuboriladi.
Litsenziya talabgori arizani markazga elektron saqlovchida taqdim etgan taqdirda markaz xodimi markazning oʻziga oʻzi xizmat qilish uchun ajratilgan xonasida ariza Yagona portal orqali joʻnatilishida yordam beradi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
15. Yagona portal orqali joʻnatilgan ariza noyob roʻyxatga olish raqami berilgan holda avtomatik ravishda roʻyxatga olinadi.
4-bob. Arizani koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
16. Litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun litsenziya talabgoridan ariza taqdim etilgan kunda qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yigʻim undiriladi. Dorixonalar filiali ochilishi bilan bir vaqtda litsenziya berish toʻgʻrisida ariza berilgan taqdirda belgilangan yigʻim har bir filial uchun undiriladi.
Litsenziya olish uchun Yagona portal orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
17. Litsenziya berish haqidagi ariza talabgor tomonidan Yagona portal orqali berilgan taqdirda, arizani koʻrib chiqish yigʻim summasining 10 foizi miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamiga, qolgan qismi litsenziya beruvchi organning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Markazga oʻzi kelib murojaat qilingan taqdirda litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻimning 20 foizi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
Litsenziya talabgori berilgan arizani rad etgan taqdirda toʻlangan yigʻim summasi qaytarib berilmaydi.
18. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
19. Litsenziya berish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish, ular yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun litsenziyalovchi organda dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun litsenziya berish boʻyicha hududiy komissiyalar (keyingi oʻrinlarda hududiy komissiya deb ataladi) tashkil etiladi.
Hududiy komissiya toʻgʻrisidagi nizom va uning namunaviy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
20. Ariza markazga taqdim etilgan sanadan boshlab ishchi organ:
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
ikki kun mobaynida muddatda litsenziya talabgorining litsenziya talab va shartlariga muvofiqligini mazkur Nizomga 5-ilovadagi shakl boʻyicha joyiga chiqib oʻrganish oʻtkazuvchi ishchi organning vakolatli vakili familiyasi, ismi va otasining ismining bosh harflari, oʻrganish oʻtkazish sanasi va vaqti haqida markazni Yagona portal orqali yozma ravishda xabardor qilishi shart. Bunda markaz xodimi zudlik bilan litsenziya talabgorini oʻrganish oʻtkazish sanasi va vaqti, shuningdek vakolatli vakil haqida xabardor qiladi;
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
yetti kun mobaynida hujjatlarni koʻrib chiqadi va vakolatli xodimning oʻz vaqtida joyiga chiqib oʻrganishini taʼminlaydi. Vakolatli vakil litsenziya talabgoriga oʻz xizmat guvohnomasini koʻrsatib, litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini oʻrganish tartibini unga tushuntiradi. Vakolatli vakil oʻrganish ishlarini bir ish kuni davomida tugatishi shart;
oʻn kun mobaynida litsenziya talabgorining mazkur Nizomning 8-bandida qayd etilgan litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligini koʻrsatgan holda, litsenziyaning talab va shartlariga mosligini oʻrganish boʻyicha xulosani, shuningdek hududiy komissiya yigʻilishi bayonnomasi loyihasini hududiy komissiyaga taqdim etadi.
Vakolatli vakillar sifatida yuqori malakaga ega tegishli ixtisoslik mutaxassislari hamda sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining mutaxassislari jalb qilinishi kerak.
21. Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgori tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun shartnoma asosida ishchi organning vakolatli vakillarini jalb qilish huquqiga ega.
22. Hududiy komissiya, unga ishchi organning xulosasi taqdim etilgan kundan eʼtiboran ikki ish kuni mobaynida ishchi organning xulosasini koʻrib chiqib, imzolangan bayonnomani litsenziyalovchi organga kiritadi.
23. Litsenziyalovchi organ hududiy komissiya bayonnomani imzolagan kunda, litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni koʻrsatgan holda, uni tasdiqlaydi.
Hududiy komissiya tomonidan tasdiqlangan bayonnoma litsenziyalovchi organning litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori hisoblanadi.
24. Hududiy komissiya litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan soʻng ikki ish kuni mobaynida qabul qilingan qaror haqidagi xabarnomani Yagona portal orqali:
belgilangan tartibda litsenziya talabgoriga yuborish (topshirish) uchun markazga;
(24-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
tegishli hisobni yuritish uchun tegishli ishchi organga yuboradi.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi toʻgʻrisidagi xabarnomada litsenziya bank hisob raqami rekvizitlari va litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlash muddatlari koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Litsenziya berish rad etilgani toʻgʻrisidagi xabarnomada rad etishning sabablari, qonunchilikning aniq normalari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish va hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
26. Litsenziyalar ishchi organ tomonidan rasmiylashtirilib, litsenziyalovchi organ rahbari yoki u yoʻqligida uning oʻrinbosari tomonidan imzolanadi va belgilangan tartibda litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan soʻng uch kun muddatda beriladi.
Litsenziya talabgori mazkur Nizomga 4-ilovaning XI boʻlimida qayd etilgan litsenziya talab va shartlariga rioya etishini tegishli belgilarni qoʻyish orqali tasdiqlagan taqdirda, litsenziya bitimini imzolash talab etilmaydi.
27. Litsenziya maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi.
Litsenziya blankasi namunasi mazkur Nizomga 6-ilovada koʻzda tutilgan namunaviy shakl asosida litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi.
Litsenziyalar blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Litsenziyalar blankalari litsenziyalovchi organ buyurtmanomasiga binoan “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan bosmaxona usulida tayyorlanadi. Litsenziyalar blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi, shuningdek berilgan, toʻxtatib turilgan, qayta tiklangan, qayta rasmiylashtirilgan, bekor qilingan va amal qilishi tugatilgan litsenziyalar haqidagi maʼlumotlar ishonchli va oʻz vaqtida tegishli axborot resurslariga kiritish uchun litsenziyalovchi organ rahbari javob beradi.
28. Agar litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi xabarnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlamasa, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
29. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida belgilangan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziyalovchi organning litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
30. Litsenziya berishning rad etilishiga asos boʻlgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ tomonidan hujjatlarni takroran koʻrib chiqish hamda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish, litsenziya talabgorining rad etilishiga sabab boʻlgan holatlarni bartaraf etganligi toʻgʻrisidagi arizasi uni tasdiqlovchi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi. Litsenziya talabgorining arizasi qayta koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Litsenziya talabgorining arizasi takroran koʻrib chiqishda ilgari yuborilgan litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomada qayd etilmagan yangi asoslar bilan litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi va litsenziyalovchi organ tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Litsenziya berishning rad etilishiga asos boʻlgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi ariza va uni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar mazkur Nizomning 3-bobida nazarda tutilgan tartibda taqdim etiladi. Bunda ishchi organning mazkur Nizomning 20-bandida belgilangan tartibda amalga oshirishi lozim boʻlgan harakatlari muddati besh kundan oshib ketmasligi lozim.
31. Ishchi organ dorixona mudiri, dorixona filiali mudiri oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi xabarnomani olgan kundan eʼtiboran bir oy muddatda taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va ular mazkur Nizomning 8-bandi “v”, “g”, “d” va “e” kichik bandlarida belgilangan litsenziya talab va shartlariga muvofiq ekanligi aniqlangan taqdirda reyestrga tegishli oʻzgartirishlarni kiritadi.
32. Litsenziat tomonidan dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish bilan shugʻullanish uchun berilgan litsenziya doirasida dorixona filiali ochilgan taqdirda litsenziat litsenziyalovchi organga mazkur Nizomning 9-bandida belgilangan tartibda tegishli ariza bilan murojaat qiladi.
33. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish bilan shugʻullanish uchun berilgan litsenziya doirasida dorixona filiali ochilgan taqdirda dorixona maydoni, filiali mavjud boʻlgan dorixonalarga qoʻyiladigan sanitariya-epidemiologik meʼyorlarga mos boʻlishi kerak.
34. Ariza koʻrib chiqilganligi uchun litsenziatdan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Litsenziyat Yagona portal orqali murojaat etganda, ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi;
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Ariza koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim dori vositalari va tibbiy buyumlarini chakana realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi ochiladigan filiallar soni barobaridagi miqdorda undiriladi.
Litsenziatning litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi Yagona portal orqali taqdim etilganda, arizani koʻrib chiqish yigʻim summasining 10 foizi miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamiga, qolgan qismi litsenziya beruvchi organning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(34-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Markazga oʻzi kelib murojaat qilingan taqdirda litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun belgilangan yigʻimning 20 foizi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(34-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
35. Arizani koʻrib chiqish mazkur Nizomning 4-bobida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
36. Dorixona filiali uchun litsenziya quyidagi qoʻshimcha talablarni nazarda tutgan holda, mazkur Nizomning 27-bandiga muvofiq rasmiylashtiriladi:
“tire” belgisi orqali litsenziatga dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish bilan shugʻullanish uchun berilgan litsenziya roʻyxat raqami hamda ochilayotgan filial tartib raqamini koʻrsatish;
38. Litsenziat oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda mazkur Nizomning 9-bandida belgilangan tartibda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
(38-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Yangidan yuzaga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida faoliyatning ayni bir litsenziyalanadigan turini (uning qismini) amalga oshirish uchun litsenziyaga ega yuridik shaxslar boʻlmish litsenziatlar qoʻshib yuborilgan taqdirda, mazkur Nizomning 9-bandida belgilangan tartibda litsenziyani qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Litsenziyaning amal qilishi litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun tugatilgan taqdirda, litsenziya qayta rasmiylashtiriladi.
Mazkur Nizomning 27-bandiga muvofiq ravishda rasmiylashtirilgan litsenziya litsenziat tomonidan markazga bevosita taqdim etiladi. Markaz xodimi litsenziyani olgan kundan eʼtiboran uch kun muddatda uni litsenziyalovchi organga taqdim etadi.
(38-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
Ishchi organ koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni qonun hujjatlariga muvofiq tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatiga olish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali oladi.
40. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza Yagona portal orqali taqdim etilganda arizani koʻrib chiqish yigʻim summasining 10 foizi miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamiga, qolgan qismi litsenziya beruvchi organning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(40-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Markazga oʻzi kelib murojaat qilingan taqdirda litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun belgilangan yigʻimning 20 foizi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
41. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza markaz olgan kundan yoki litsenziyaning amal qilishini litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan yoki Yagona portal orqali litsenziyalovchi organ tomonidan olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
42. Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqib, litsenziyani mazkur Nizomning 27-bandiga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish jarayonida litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlarni elektron tarzda kiritadi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda ilgari berilgan litsenziyaning amal qilish muddati oʻzgarmaydi.
43. Litsenziya yoʻqotib qoʻyilgan yoki u yaroqsiz holga kelib qolgan taqdirda dublikat beriladi. Dublikat olish uchun litsenziat ariza bilan markazga oʻzi kelib yoki Yagona portal orqali litsenziyalovchi organga ariza va litsenziya yoʻqotib qoʻyilganligini tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qiladi.
(43-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
Litsenziya dublikati berishda litsenziya berganlik uchun nazarda tutilgan yigʻim summasining yarmi miqdorida toʻlov undiriladi.
Litsenziya dublikatini olish uchun Yagona portal orqali murojaat etilganda, ushbu bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
44. Litsenziyaning amal qilish muddati litsenziatning arizasiga binoan uzaytirilishi mumkin. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish mazkur Nizomning 2, 3 va 4-boblarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza organga mazkur Nizomning 9-bandiga muvofiq litsenziyaning amal qilish muddati tugagunga qadar ikki oydan kechikmasdan berilishi kerak. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziya olish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
7-bob. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
45. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazorat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
46. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilganligi holatlari boʻyicha bergan murojaatlari asosida maxsus vakolatli organ — Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi qarori boʻyicha litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishining tekshirishlarini oʻtkazish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan tekshirish oʻtkazishda tegishli ixtisoslik boʻyicha mutaxassislarni jalb qilish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda paydo boʻladigan masalalar boʻyicha litsenziatdan zarur axborotni soʻrash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etishni yuklovchi qarorlar chiqarish va litsenziat aniqlangan bunday buzilishlarni bartaraf etishi shart boʻlgan muddatlarni belgilash;
litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish yoki bekor qilish toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti tomonidan taqdim etilgan tegishli materiallar, shu jumladan tekshirish uchun xarid qilish va nazorat ostida olish boʻyicha materiallar asosida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalarining tekshiruv hujjatlari asosida dori vositalari va tibbiy buyumlarga narx belgilash tartibi qoʻpol ravishda buzilganligi uchun dorixona, dorixona filialiga berilgan litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida belgilangan tartibda qaror chiqarish;
47. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda litsenziyalovchi organning tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi.
8-bob. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va bekor qilish
48. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22, 23 va 24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Amal qilishi toʻxtatib turilgan, toʻxtatilgan va bekor qilingan litsenziyalar haqidagi maʼlumotlar litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli axborot resurslariga kiritiladi.
49. Litsenziyaning amal qilishi belgilangan tartibda toʻxtatilishiga olib keladigan, litsenziya talablari va shartlarini qoʻpol ravishda buzilishi holatlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
muntazam ravishda (bir yil davomida ikki va undan ortiq marta) litsenziya talablari va shartlari, shu jumladan dori vositalari va tibbiy buyumlariga narx belgilash tartibi buzilishi;
dori vositalari va tibbiy buyumlarni muvofiqlik sertifikatlarisiz saqlash va (yoki) realizatsiya qilish;
Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan, sifatsiz, qalbakilashtirilgan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini saqlash va (yoki) realizatsiya qilish;
dori vositalari va tibbiy buyumlarning farmatsevtik maʼlumotga ega boʻlmagan shaxs tomonidan realizatsiya qilinishi;
dorixonaga oliy farmatsevtik maʼlumotga ega boʻlmagan shaxs, dorixona filialiga farmatsevtik maʼlumotga ega boʻlmagan shaxsning mudirlik qilishi;
dorixona filiali tomonidan litsenziyalanadigan faoliyat litsenziyasiz amalga oshirilishi.
50. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyalovchi organ qarorining asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida uning koʻrgan zarari miqdorida javob beradi.
9-bob. Litsenziyalar reyestri
51. Litsenziyalovchi organ “Litsenziya” axborot tizimi kompleksi orqali litsenziyalar reyestrini yuritadi.
a) litsenziatlar toʻgʻrisidagi tashkilotning nomi va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, tashkiliy-huquqiy shakli, tashkilot rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismini (mavjud boʻlgan holda) oʻz ichiga oladigan asosiy maʼlumotlar;
b) dorixona mudiri, dorixona filiali mudiri haqidagi maʼlumotlar:
familiyasi, ismi, otasining ismi (mavjud boʻlgan xolda);
pasportga oid maʼlumotlar (seriyasi, roʻyxat raqami, berilgan vaqti, pasportni bergan organning nomi);
dorixona mudiri uchun — oliy farmatsevtik maʼlumot haqidagi diplomi maʼlumotlari (seriyasi, roʻyxat raqami, berilgan sanasi, kim tomonidan berilgan), farmatsevti assistenti (yordamchisi)ning oʻrta maxsus maʼlumot haqidagi diplomi maʼlumotlari;
mutaxassislik nomi;
v) litsenziyalanadigan faoliyat turi amalga oshiriladigan manzil (manzillar), ish telefoni, faks;
g) litsenziya berilgan sana va tartib raqami;
d) litsenziyaning amal qilish muddati;
e) litsenziyalanadigan faoliyat turi;
j) litsenziyani qayta rasmiylashtirish, amal qilish muddatini uzaytirish, uning amal qilish muddatini toʻxtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
z) litsenziyaning amal qilishini toʻxtatishning asoslari va sanasi;
i) litsenziyani bekor qilishning asoslari va sanasi.
53. Litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestrini yuritish vakolatini ishchi organga berish huquqiga ega.
54. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytida “Litsenziya” axborot tizimi kompleksida joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq boʻladi.
10-bob. Manzillar va xodimlar reyestri
55. Litsenziyalovchi organ qonun hujjatlari talablari buzilganligi, shu jumladan dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxini belgilash tartibi qoʻpol ravishda buzilganligi oqibatida litsenziyaning amal qilishi toʻxtatilgan dorixona, dorixona filialining manzillari reyestri va xodimlari reyestrini shakllantiradi.
56. Litsenziyalovchi organ qonun hujjatlari buzilganligi, shu jumladan dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxini belgilash tartibi qoʻpol ravishda buzilganligi oqibatida litsenziyasining amal qilishi toʻxtatilganligi toʻgʻrisidagi sudning qarorini olgan kundan eʼtiboran bir kun muddatda qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan tuzilgan tekshiruv dalolatnomasi asosida manzillar reyestri va xodimlar reyestriga dorixona va dorixona filiallari manzillari va xodimlari haqidagi maʼlumotlarni kiritadi.
57. Manzillar reyestri va xodimlar reyestri litsenziyalar reyestrining bir qismi hisoblanadi va quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
a) tashkilotning toʻliq nomi va uning soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
b) qonun hujjatlari talablari buzilganligi, shu jumladan dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxini belgilash tartibi qoʻpol ravishda buzilganligi aniqlangan dorixona, dorixona filialining toʻliq manzili;
v) qonun hujjatlari talablarini buzgan, shu jumladan dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxini belgilash tartibini qoʻpol buzgan xodimlarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
g) qonun hujjatlari talablari buzilganligi, shu jumladan dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxini belgilash tartibi qoʻpol ravishda buzilganligi oqibatida litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan sudning nomi, qaror qabul qilingan sana va roʻyxat raqami.
58. Litsenziyalovchi organ mazkur Nizomning 55-bandida koʻzda tutilgan manzillar reyestri va xodimlar reyestriga kiritilgan maʼlumotlarni ular kiritilgan vaqtdan eʼtiboran uch yil oʻtganidan soʻng reyestrdan chiqarib tashlaydi.
59. Manzillar reyestri va xodimlar reyestridagi maʼlumotlar tanishish uchun ochiq boʻladi.
11-bob. Litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlash tartibi
60. Litsenziya berilganligi yoki uning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun litsenziya talabgori, litsenziat tomonidan eng kam oylik ish haqining oʻn baravari miqdorida davlat boji toʻlanadi.
Litsenziya berilganligi yoki uning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun Yagona portal orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan davlat boji summasining 90 foizi undiriladi.
(60-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
61. Litsenziya talabgori tomonidan ariza Yagona portal orqali taqdim etilgan taqdirda davlat boji summasining 10 foiz miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamiga, qolgan qismi Respublika budjetiga yoʻnaltiriladi.
(61-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Markazlarga oʻzi kelib murojaat qilingan taqdirda, toʻlanadigan davlat bojining 20 foizi miqdoridagi mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
murojaat shaklidan (elektron shaklda yoki oʻzi kelgan holda) qatʼi nazar davlat boji summasining 20 foizi budjetdan tashqari Rivojlantirish va sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasining hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 398-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/398/3124-son)
12-bob. Yakuniy qoida
62. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
Dori vositalari va tibbiy buyumlarini chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun moddiy-texnika bazaga, binoga (xonaga) qoʻyiladigan
TALABLAR
I. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun binoga (xonaga) qoʻyiladigan talablar
1.1. Egalik qilish huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq (ijara shartnomasi va boshqalar) bino (xona) mavjudligi;
1.2. Xonalari joylashgan manzil aniqlangan qonun hujjatlari buzilishi, shu jumladan dori vositalari va tibbiy buyumlar narxini belgilash tartibi qoʻpol ravishda buzilishi oqibatida amal qilishi toʻxtatilgan dorixonalarning manzilli reyestriga kiritilmagan boʻlishi kerak.
1.3. Dorixona va uning filiallari quyidagicha joylashtirilishi mumkin:
alohida binolarda (faqat birinchi qavatda);
turar joy binolari yoki noturar joy xonalariga taqab qurilgan binolarga (faqat birinchi qavatda) qurilgan binolarda;
koʻp qavatli jamoat binolari va turar joy binolarining birinchi qavatida.
1.4. Dorixona va ularning filiallari turar joy binolari va jamoat binolarining birinchi qavatida joylashganda, ular dorixonaga tashrif qiluvchilar uchun alohida koʻchadan kirish eshigi hamda tovarlarni qabul qilish va boʻsh idishlarni olib ketish uchun moʻljallangan, hovli tomonga qaratilgan xizmat eshigi boʻlishi kerak. Xizmat eshigi oldida tovar tashuvchi avtomobillar uchun tovar tushirish va ortish maydonchasini koʻzda tutish maqsadga muvofiq boʻladi.
1.5. Dorixona va dorixona filiallarining barcha xonalari ular bajaradigan funksiyalariga qarab bir-biri bilan oʻzaro funksional bogʻliq holda hamda boshqa maqsadda foydalaniluvchi xonalardan ajratilgan blokni tashkil qilib, alohida kirish eshigiga ega boʻlgan holda joylashtirilishi zarur. Dorixona omborxonasi binoning pastki qismida, xona balandligi 2,4 metrdan kam boʻlmagan holda joylashtirilishi mumkin.
1.6. Dorixona xonalari ishlab chiqarish (tovarlarni qabul qilish, tayyorlash, saqlash va berishga jalb etilgan barcha xonalar) va maʼmuriy-maishiy (idora, buxgalteriya, kiyinish xonasi, hojatxona va shu kabilar) xonalarga boʻlinadi.
1.7. Dorixona va uning filiallari binolarining minimal zarur tarkibi va maydoni:
T/r
Binolar nomi
Dorixonalarning tayyor dorilar bilan savdo qiluvchi maydoni kamida (kv.m)
1.
Tashrif buyuruvchilarga xizmat koʻrsatish zali jumladan:
16
xodimlar ish joyi uchun asbob-uskunalarni joylashtirish hududi
Ovqatlanish, maxsus kiyim, shaxsiy buyumlarni saqlash uchun qoʻshimcha xona
4
7.
Hojatxona
2
Jami:
12
Hammasi
34/54
* — filialga ega boʻlgan dorixonalar uchun.
1.8. Mazkur talablarning 1.7-bandiga muvofiq, dorixona filiali mavjud boʻlgan tayyor dori vositalari shakli (TDSh) dorixonalar umumiy maydoni kamida 54 m.kv boʻlgan, filialga ega boʻlmagan TDSh dorixonalari yoki filiallar umumiy maydoni kamida 34 m.kvdan boʻlishi kerak.
1.9. Qishloq vrachlik punktlari binosida dorixona filiallari kamida 8 m.kv kam boʻlgan maydonda joylashtirilishi mumkin.
II. Dorixona xonalari va asbob-uskunalariga qoʻyiladigan talablar
2.1. Dorixonaga kirish joyida 1,0 m. kenglikdagi pandus bilan jihozlangan boʻlishi kerak (istisno tariqasida 0,9 m. boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi). 0,7 — 0,9 m. balandlikdagi qoʻl ushlagichlar oʻrnatilishi lozim, pandus qiyaligi 1:10 nisbatdan yuqori boʻlmasligi kerak (ShNK 2.07,02-07, SanKiN № 0266-09, ShNK 2.08.02-09), shuningdek oyoq kiyimini tozalash moslamalari (reshetka, skrebka va boshqalar) oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Moslamalar zarur boʻlganda, ammo bir kunda bir martadan kam boʻlmagan holda tozalab turiladi.
2.2. Xona devori, shifti va pollari dezinfeksiyalovchi moddalar bilan nam tozalashga yoʻl qoʻyiladigan xolda taʼmirlangan boʻlishi kerak. Taʼmirlovchi vositalar sifatida suvga chidamli boʻyoq, emal va och rangli glazurlangan kafel plitkalari (mayolika) qoʻllanilishi mumkin. Pollar keramik glazurlanmagan (terrakotli) plitkalar yoki choklari payvandlangan lenolium bilan qoplanadi.
2.3. Dorixona asbob-uskunalari tibbiyot vositalari taʼsiriga va baʼzi xollarda kimyoviy reaktivlar taʼsiriga turgʻun materiallardan ishlangan, tashqi va ichki tomoni tekis boʻlishi kerak. Asbob-uskunalar va dorixona mebellari tozalashga xalaqit bermaydigan va yorugʻlik tushishini toʻsmagan xolda joylashtirilishi kerak. Ishlab chiqarish xonalarida ish faoliyatiga taalluqli boʻlmagan asbob-uskunalarni joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
2.4. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlash xonasi zarur miqdorda javon, taglik, tovar qoʻygichlar va boshqalar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak. Dori vositalarini polda tovar qoʻygichsiz joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Stellajlar shunday joylashtirilishi lozimki, tashqi devorlardan 0,6-0,7 m masofada, shiftdan 0,5 m, poldan 0,25 m dan kam boʻlmagan masofada boʻlishi zarur. Derazalarga nisbatan stellajlar ular oraligʻiga yorugʻlik tushadigan darajada joylashtiriladi. Stellajlar oraligʻidagi masofa 0,75 m dan kam boʻlmagan holda va erkin harakatlanishni taʼminlaydigan darajada joylashtiriladi.
Dorixona omborxonasi va dorixona toza holda boʻlishi taʼminlanishi uchun (bir kunda bir mahal), yuvishga ruxsat etilgan vositalarni qoʻllagan xolda nam tozalash usuli bilan muntazam ravishda tozalash ishlari olib borilishi zarur.
2.5. Yoz kunlari oftobga qarab joylashgan oyna va vitrinalar, oftobdan himoyalangan moslamalar (jalyuza, markizlar va sh.q.) bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
2.6. Xonani shamollatish uchun ishlatiladigan derazaning yuqori qismi va fortochkasi katakchasi 2 x 3 mm dan katta boʻlmagan oʻlchamdagi yechiladigan metall yoki plastmassa setka bilan himoyalanadi.
2.7. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlash xonasida plakat va devoriy gazeta osish, gullarni oʻstirish, polga gilam solish, pardalar osishga yoʻl qoʻyilmaydi. Buning uchun yoʻlak, xodimlar dam olish xonasi, kabinetlardan foydalanish mumkin.
Xonada ish uchun kerak boʻladigan maʼlumotlar jadvali va stendlar dizenfeksiya qilinadigan va namlik bilan tozalanadigan materiallardan tayyorlanishi kerak.
2.8. Tashrif buyuruvchilarga xizmat koʻrsatish hududlaridagi dorixona xodimining ish joyida toʻgʻridan toʻgʻri tomchi orqali oʻtuvchi infeksiyalardan xodimlarni himoya qiluvchi moslama oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Xona devorining qoʻl yuvish moslamasi oʻrnatiladigan qismi 1,6 m balandlikda va tomonlari 20 sm kenglikda boʻlishi koʻzda tutilgan xolda glazurlangan plitka yoki boshqa namlikni koʻtaruvchi material bilan ishlov berilishi shart.
2.9. Dorixona (filiallar) maxsus dorixona mebellari, ishlab chiqarish asbob-uskunalari, termolabil dori vositalarini saqlaydigan sovutgich, dori vositalari savdosi va ular toʻgʻrisida maʼlumotlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
2.10. Dori vositalarini realizatsiya qilish (savdo zali) va saqlash xonasiga kerakli haroratni taʼminlaydigan konditsioner oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Tayyor dori vositalarini saqlash xonalari havo haroratini qayd etuvchi asboblar va termometrlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak. Termometr saqlash xonasi devoriga poldan 1,5 — 1,7 m balandlikda va eshikdan 1 m masofada hamda isitish asboblaridan uzoqda oʻrnatiladi.
2.11. Dorixona (filiallar) dizenfeksiyalar ishlarini profilaktikasini oʻtkazish uchun koʻchma kvars lampalar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
2.12. Dorixonaning omborxona xonalari binoning pastki qavatida joylashgan boʻlishi mumkin. Bunda omborxona xonalari balandligi 2,4 m dan past boʻlmasligi kerak
2.13. Dorixona va ularning filiallari xonalarini tabiiy shamollatish qishki va oʻtish davrida 1/50 dan kam boʻlmagan hajmda, derazaning yuqori qismi va fortochkasi yordamida, yilning yozgi davrida esa ochiq derazalar yordamida amalga oshiriladi.
III. Dorixona xonalarini yoritish va sanitariya jihatidan obodonlashtirish
3.1. Dorixona xonalarini markaziy suvli isitish tavsiya etiladi. jamoat va aholi turar joy binolaridagi dorixona (filiallar) binoning isitish tizimiga ulanadi.
3.2. Silliq devorga oʻrnatiladigan changdan tozalash uchun qulay radiatorlar ayniqsa afzal hisoblanadi.
3.3. Dorixona (filiallar) binolaridagi issiqlik suv taʼminoti, havoni almashtirish, ventilatsiya va isitish taʼminotini loyihalashda mazkur bandga va KMK 2.10.04-96 “Qurilish issiqlik texnikasi”, KMK 2.04.05-97 “Isitish, ventilatsiya va havo almashtirish” bandlarida qoʻyilgan talablarga rioya etish kerak.
3.4. Alohida binoda joylashgan hamda qishloq joylarda joylashgan dorixonalar avtonom isitilishi mumkin. Xonani yonuvchi gaz asboblari yoki ochiq spiralli elektr isitgich asboblari bilan isitishga yoʻl qoʻyilmaydi.
3.5. Binoni isitish davrida savdo zalida havo harorati 16°S dan yuqori boʻlmagan darajada boʻlishi kerak.
3.6. Dorixona xonalarini 1 soat ichida bir marotabadan kam boʻlmagan havo almashtirishni taʼminlaydigan tabiiy umumalmashtiruvchi ventilatsiya ishlatishga yoʻl qoʻyiladi
3.7. Issiqlik tashuvchi sifatida 70° S dan kam boʻlmagan haroratda suvli isitish tizimini qoʻllash mumkin.
3.8. Isitish asboblari tizimini deraza tagiga oʻrnatish kerak boʻladi.
3.9. Ventilatsiya tizimi uskunalarini, shuningdek pastki qavatda oʻrnatish mumkin.
3.10. Dorixona (filiallar) xonalarini sunʼiy yoritishni KMK 2.01.05-98 “Sunʼiy va tabiiy yoritish” va mazkur band talablariga muvofiq loyihalashtirish kerak.
2. Retseptura boʻlimi, tayyor dori vositalari boʻlimi***, retseptsiz sotish, optika
300
l.l.
G-0.8
* G — gorizontal sirti, V — vertikal sirti;
** l.l. — lominatsiyalangan lampa;
*** — xonada joyni yoritish uchun shtepsel uzatgich talab etiladi.
3.11. Dorixona va filiallar xonalarini yoritilishi choʻgʻlanma lampa va lyuminatsiyalangan lampalar orqali amalga oshiriladi, bunda lyuminatsiyalangan yoritgichlar shovqinni pasaytirishni tartibga soluvchi apparat bilan komplektlangan boʻlishi kerak.
3.12. Xona shiftiga oʻrnatilgan umumiy yoritqichlar yopiq nur tarqatish moslamalari bilan qoplangan boʻlishi kerak.
3.13. Dorixona va ularning filiallari ichki va tashqi telefon aloqasi bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
3.14. Dorixona va ularning filiallarining savdo zalida va ovqatlanish xonasida tabiiy yorugʻlikni yetarli darajada taʼminlash uchun minimal tabiiy yorugʻlik koeffitsiyenti KEYo 1,5 protsentni koʻzda tutish kerak.
3.15. Dorixona va ularning filiallarining suv taʼminoti vodoprovod tarmogʻi yoki mahalliy suv manbasi orqali amalga oshiriladi.
3.16. Ichki suv tarmogʻi issiq va sovuq suvni ovqatlanish xonasi hamda sanitariya xonasiga yetkazib berilishini taʼminlashi lozim.
3.17. Dorixona va ularning filiallari ishlatilgan suvni chiqarish uchun kanalizatsiya tizimiga ulangan boʻlishi kerak, kanalizatsiya boʻlmaganda chiqarish tizimi sifatida chuqur oʻralar qoʻllaniladi. Qattiq holdagi chiqindilar uchun germetik qopqoqli axlat idishlar oʻrnatiladi.
Dori vositalari va tibbiy buyumlarini chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
(tashkilotning rasmiy blankasida)
Dorixona mudiri, dorixona filiali mudiri oʻzgarganligi toʻgʻrisida litsenziyalovchi organning XABARNOMASI
I. Litsenziat toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotlar: 1.1. Litsenziatning toʻliq nomi: 1.2. Litsenziat soliq toʻlovchisining identifikatsiya raqami: 1.3. Litsenziatning joylashgan joyi (pochta manzili): 1.4. Litsenziya faoliyati amalga oshirilayotgan manzil: 1.5. Berilgan litsenziya raqami: II. ....toʻgʻrisidagi xabarnoma: 2.1. Oʻzgarishlar: □ dorixona mudiri; □ dorixona filiali mudiri; □ dorixona filiali yopilishi 2.2. Yangi tayinlangan xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi (mavjud boʻlganda): 2.3. Pasportga oid maʼlumotlar (seriyasi, raqami, pasportni bergan organning nomi). 2.4. Dorixona mudiri uchun — oliy farmatsevtik maʼlumoti toʻgʻrisida, diplom toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (berilgan sanasi, kim tomonidan berilgan), farmatsevt (yordamchisi) assistentining oʻrta maxsus kasb-hunar maʼlumoti, diplom toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. 2.5. Mutaxassislik nomi: 2.6. Yangi tayinlangan xodimni litsenziat shtatiga qabul qilish sanasi: 2.7. Ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruqning sanasi va raqami: 2.8. Filial yopilishi munosabati bilan litsenziya faoliyati toʻxtatilayotgan manzil: 2.9. Litsenzion faoliyati tugatilgan dorixona filiali yopilish sanasi: 2.10. Litsenziya berilgan sana va raqami: 2.11. Filial yopilishi sababi: III. Almashtirilayotgan xodim (mudir) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. 3.1. Ishdan boʻshatilgan dorixona, dorixona filiali mudirining familiyasi, ismi, otasining ismi (mavjud boʻlganda), 3.2. Pasportga oid maʼlumotlar (seriyasi, raqami, berilgan sanasi, pasportni bergan organning nomi): 3.3. Dorixona, dorixona filiali mudirining ishdan boʻshatish sanasi:
__________________________________
_____________________________________________
(litsenziat rahbari)
(imzo)
(familiyasi, ismi va otasining ismi bosh harflari)
Dori vositalari va tibbiy buyumlarini chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishga litsenziya berish uchun ARIZA
I. Murojaatning maqsadi: 1.1. □ litsenziya berish; 1.2. □ muddatini uzaytirish; 1.3. □ qayta rasmiylashtirish; 1.4. □ litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish. II. Ariza beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar: 2.1. Yuridik shaxsning toʻliq nomi: 2.2. Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (INN): III. Ariza beruvchining joylashgan joyi (pochta manzili): 3.1. Koʻcha: 3.1.1. Berk koʻcha raqami: 3.1.2. Proyezd raqami: 3.1.3. Kvartira raqami: 3.2. Uy raqami: 3.2.1. Kvartira raqami: 3.3. Shahar: 3.4. Posyolka: 3.5. Qishloq (ovul): 3.6. Tuman: 3.7. Viloyat: 3.8. Respublika: 3.9. Pochta indeksi: IV. Aloqa qilish uchun maʼlumotlar: 4.1. Uyali telefon kodi bilan: 4.2. Aloqa telefoni kodi bilan: 4.3. Elektron pochta manzili: V. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun litsenziya amalga oshiriladigan joy manzili (manzillari): □ ushbu arizaning 3-boʻlimida koʻrsatilgan manzil boʻyicha: □ boshqa manzil boʻyicha: 5.1. Koʻcha: 5.1.1. Boshi berk koʻcha raqami: 5.1.2. Proyezd raqami: 5.1.3. Kvartira raqami: 5.2. Uy raqami: 5.2.1. Kvartira raqami: 5.3. Shahar: 5.4. Posyolka: 5.5. Qishloq (ovul): 5.6. Tuman: 5.7. Viloyat: 5.8. Respublika: 5.9. Pochta indeksi: VI. Dorixona (dorixona filiali) mudiri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar: 6.1. Yangi tayinlangan xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi (mavjud boʻlganda): 6.2. Pasportga oid maʼlumotlar (seriyasi, raqami, pasportni bergan organning nomi): 6.3. Dorixona mudiri uchun — oliy farmatsevtik maʼlumot, diplom toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (berilgan sanasi, kim tomonidan berilgan), farmatsevt (yordamchisi) assistenti uchun — oʻrta maxsus kasb-hunar maʼlumoti, diplom toʻgʻrisidagi maʼlumotlar: 6.4. Mutaxassislik nomi: 6.5. Yangi tayinlangan xodimni litsenziat shtatiga qabul qilish sanasi: 6.6. Ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruqning sanasi va raqami: 6.7. Dorixona (dorixona filiali) mudirining malaka oshirganligi toʻgʻrisidagi sertifikat haqida maʼlumotlar (raqami, berilgan sanasi, kim tomonidan berilgan): VII. Ushbu arizaning 5-boʻlimida koʻrsatilgan manzil boʻyicha litsenziya faoliyati amalga oshiriladigan bino (xonalar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar: □ Mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosidagi taalluqliligi; □ ijaraga olingan; 7.1. Mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida taalluqli boʻlganda quyidagilar koʻrsatilsin: 7.1.1. Obyektning (bino, xonalar) kadastr raqami: 7.2. Bino (xonalar) ijaraga olingan taqdirda tuzilgan shartnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: 7.2.1.Ijara shartnomasi raqami: 7.2.2. Ijara shartnomasi imzolangan sana: 7.2.3. Ijara muddati (davri) 7.2.4. Ijarachi nomi: VIII. Litsenziya talabgorining litsenziya talab va shartlariga muvofiqligini joyiga chiqib oʻrganish uchun joʻnab ketayotgan ishchi organning vakolatli vakili familiyasi, ismi va otasining ismi bosh harflari, oʻrganish oʻtkazish sanasi va vaqti haqida litsenziatni xabardor qilish usuli: 8.1. Uyali aloqa yordamida (raqami kodi bilan koʻrsatiladi): 8.2. SMS boʻyicha — maʼlumot yordamida (raqam kodi bilan koʻrsatiladi): 8.3. Elektron pochta orqali (manzil koʻrsatiladi): IX. Boshqa hollarda keltiriladigan maʼlumotlar: 9.1. Litsenziyaning amal qilish muddati uzaytirilganda: 9.1.1. Litsenziya raqami: 9.1.2. Litsenziyaning amal qilish sanasi: 9.2. Litsenziya qayta rasmiylashtirilganda: 9.2.1. Litsenziya raqami: 9.2.2. Yangi tashkiliy-huquqiy shakli: 9.2.3. Litsenziatning yangi nomi: 9.2.4. Litsenziatning yangi joylashgan joyi manzili (pochta manzili): 9.2.5. Oʻzgartirishlar davlat roʻyxatiga olinishi sanasi: 9.3. Litsenziya amal qilishining toʻxtatilishi: 9.3.1. Litsenziya raqami: 9.3.2. Litsenziya amal qilishining toʻxtatilishi sababi: X. Bank rekvizitlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar: 10.1. Xizmat koʻrsatuvchi bank nomi: 10.2. Bank kodi MFO: 10.3. Hisob-kitob raqami: XI. Litsenziya talablari va shartlarga rioya etilishining tasdiqlanishi: □ litsenziya talablari va shartlari bilan tanishdim va rioya etishga vaʼda beraman; □ bino (xona) dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish amalga oshiradigan binoga, moddiy-texnik bazaga qoʻyiladigan talablarga toʻliq mosligini tasdiqlayman; □ ushbu arizaning 5-boʻlimida koʻrsatilgan bino (xona) aniqlangan qonun hujjatlari buzilishi, shu jumladan dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxini belgilash tartibi qoʻpol ravishda buzilganligi oqibatida litsenziyaning amal qilishi toʻxtatilgan dorixona, dorixona filialining manzillari reyestriga kiritilmaganligini tasdiqlayman; □ ushbu arizaning 6-boʻlimida koʻrsatilgan xodim (dorixona mudiri, dorixona filiali mudiri) aniqlangan qonun hujjatlari talablari buzilganligi, shu jumladan dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxini belgilash tartibi qoʻpol ravishda buzilganligi oqibatida litsenziyaning amal qilishi toʻxtatilgan dorixona xodimlari reyestriga kiritilmaganligini tasdiqlayman; □ dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishga litsenziya olish uchun taqdim etilayotgan (ariza va ilova qilinayotgan hujjatlardagi) maʼlumotlar haqiqiyligini tasdiqlayman; □ notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilganda menga litsenziya berish rad etilishi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob berishim menga maʼlum.
_____________________________________________
__________________________________
(tashkilot rahbari)
(imzo) familiyasi, ismi va otasining ismining bosh harflari)
Litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini oʻrganish boʻyicha XULOSA
I. Umumiy maʼlumotlar: 1.1. Oʻrganish oʻtkazilgan sana: 1.2. Oʻrganish oʻtkazilgan joy: II. Ishchi organning vakolatli vakili toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotlar: 2.1. Oʻrganish oʻtkazgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi: 2.2. Xizmat guvohnomasi berilgan sana va raqami: 2.3. Ish joyi: 2.4. Aloqa telefoni kodi bilan: III. Oʻrganish oʻtkazilishi tartibini tushuntirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar: □ litsenziya talabgoriga litsenziya talablari va shartlariga muvofiqlikni oʻrganish tartibi toʻgʻrisida tushuntirish berildi. Litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga muvofiqlikni oʻrganish tartibi tushuntirilgan shaxsning (litsenziya talabgorining rahbari, dorixona mudiri, dorixona filiali mudirining) familiyasi, ismi, otasining ismi: IV. Litsenziya talabgori toʻgʻrisida maʼlumotlar: 2.1. Litsenziya talabgorining toʻliq nomi: 2.2. Joylashgan joyi (pochta manzili): 2.3. Litsenziya faoliyatini amalga oshirish uchun rejalashtirilgan bino manzili: 2.4. Arizada koʻrsatilgan litsenziya faoliyati: 2.5. Aloqa telefoni kodi bilan: V. Litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga muvofiqlikni oʻrganish natijalari boʻyicha maʼlumotlar: 5.1. Dorixona (dorixona filiali)ning moddiy-texnik bazasi 5.1.1. Bino egasi (mulkdor): 5.1.2. Bino, qurilmalar va koʻp yillik ekinlarga huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma seriyasi №________dan ________________ 5.1.3. Binodan ijara shartnomasi asosida ______dan №_____ muddatgacha “____”________ “___” ________ foydalaniladi. 5.1.4. Bino va xonalarning joylashgan joyi: 5.1.5. Tegishli taʼmirlash mavjudligi: 5.1.6. Sanitariya-texnik h�lati:
5.1.7. Suv bilan taʼminlanishi: __________________________________________________________________
5.1.12. Telefon (shahar raqami kodi bilan): 5.2. Dorixona (dorixona filiali) ning tashqi bezagi: 5.2.1. Peshlavha: 5.3. Binoning umumiy maydoni: _______ metr kvadrat. 5.4. Bino (xona) toʻgʻrisidagi maʼlumot:
Shaxsiy buyumlar va maxsus kiyim va ovqatlanish uchun xona
4
7.
Hojatxona bilan qoʻl yuvish moslamasi
2
* Filiallari bor dorixonalar uchun.
5.5. Jihozlar va asbob-uskunalar
Asbob-uskunalar nomi
Soni, ta
Kanselyariya stoli stul kitob javoni hujjatlar saqlash uchun seyf ustki va maxsus qiyimlar saqlash uchun javon vitrina va peshtaxtalarning sanitariya rejimini taʼminlash uchun xoʻjalik inventari va dezinfeksiyalovchi vositalar stellaj Taglik va tovar qoʻygich sovutgich, markasi ______________ havo parametrlarini qayd etish uchun asbob — termometr, psixrometr yoki gigrometr (nomi, markasi):__________________________ konditsioner: nomi, markasi_______________ xonalarga ishlov berish uchun kvars lampasi ________ quyoshdan himoya uchun moslamalar (jalyuzlar, markizlar) ________ boshqa texnik vositalar (kompyuter, kseroks, telefon/faks):____________ farmatsevtika faoliyati uchun normativ adabiyotlar _______________
VI. Dorixona, dorixona filiallari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
T/r
Familiyasi, ismi, otasining ismi
Lavozimi
Ishga qabul qilinganligi toʻgʻrisida maʼlumot (buyruqning rafqami, mehnat daftarchasidagi sana)
Maʼlumoti, (diplom raqami, kim tomonidan, qachon berilgan, seriyasi)
Umumiy staji
Malaka oshirgan kurslari (sertifikat raqami, kim tomonidan, qachon berilgan)
1.
2.
VI. Xulosa:
��
7.1. Dorixona (dorixona filiali) bino, xonalar soni, jihozlanganligi, maydoni va tarkibi, ularning parametrlari, moddiy texnik bazasi, asbob-uskunalar va xodimlari
(litsenziya talabi va shartlariga muvofiq/muvofiq emas)
7.2. Mulohaza: 7.3. Takliflar:
Vakolatli vakil
(imzo)
__________________________________________
(familiyasi, ismi, otasining ismi)
VII. Litsenziya talabgorining oʻtkazilgan tekshirish boʻyicha roziligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
□ Tanishdim va roziman: _______________________________________________________________________
(litsenziya talabgorining familiyasi, ismi, otasining ismi va imzosi)
□ Tanishdim va rozi emasman: ___________________________________________________________________
(rozi emaslik sabablari koʻrsatiladi) (litsenziya talabgo�ining familiyasi, ismi, otasin�ng ismi va imzosi)
□ Imzo qoʻyishdan bosh tortdi: ___________________________________________________________________
(Ishchi organ vakolatli vakilining familiyasi, ismi, otasining ismi va imzosi)
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-oktabrdagi 862-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 09/18/862/2097-son)
Dori vositalari va tibbiy buyumlarini chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Seriya _____ №_______
(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Gerbi tasviri) ______________________________________________________ (litsenziyalovchi organ nomi)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 284-son qaroriga 2-ILOVA
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun litsenziya berish boʻyicha hududiy komissiya toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Dori vositalari va tibbiy buyumlarini chakana realizatsiya qilish uchun litsenziya berish boʻyicha hududiy komissiya (keyingi oʻrinlarda hududiy komissiya deb ataladi) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzurida tashkil etiladi.
Hududiy komissiya dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun litsenziya berish (amal qilish muddatini uzaytirish), amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
2. Hududiy komissiya oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
3. Hududiy komissiyaning shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan namunaviy tarkib asosida shakllantiriladi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qarori bilan tasdiqlanadi.
4. Hududiy komissiya faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahri Sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi hududiy komissiyalarning ishchi organi funksiyasini bajaradi.
2-bob. Hududiy komissiyaning asosiy funksiyalari
6. Quyidagilar hududiy komissiyaning asosiy funksiyalari hisoblanadi:
litsenziya talabgorining dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish huquqiga litsenziya berish (amal qilish muddatini uzaytirish), amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizasini koʻrib chiqish;
dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish huquqiga litsenziya berish (amal qilish muddatini uzaytirish), amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga dublikat berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun litsenziyalash boʻyicha hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish uchun ekspert guruhlarini shakllantirishda ishchi organga koʻmaklashish;
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qilish;
ishchi organ tomonidan litsenziya talabgorlari hujjatlari boʻyicha tayyorlangan ekspert xulosalarini oʻrganish va ular boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilish;
dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish boʻyicha litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishi tekshirilishini tashkil etish;
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasida nazarda tutilgan litsenziyalovchi organ vakolatlarini amalga oshirishda unga koʻmaklashish;
litsenziya talabgori tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun shartnoma asosida ekspertlarni jalb qilishda litsenziyalovchi organga koʻmaklashish;
ishchi organiga tegishli oʻrganishlarni amalga oshirish uchun litsenziya talabgori joylashgan manzilga borishda ishchi organning vakolatli vakilini aniqlashda koʻmaklashish;
ishchi organ bilan samarali axborot almashinuvini tashkil etish, shu jumladan litsenziya berish uchun zarur boʻlgan, boshqa vakolatli mavjud boʻlgan hujjatlar va axborotni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi vositasida, shu jumladan elektron shaklda olishda ishchi organga koʻmaklashish;
litsenziya talabgori joylashgan joyda tegishli oʻrganishlarni amalga oshirish bilan bogʻliq ishchi organning sarf-xarajatlarini shartnoma asosida qoplash;
Davlat xizmatlari markazi tomonidan taqdim etilgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiyasi qilishni amalga oshirish boʻyicha litsenziya talabgoriga litsenziya berishni rad etishni inkor etish bilan bogʻliq masalalarini koʻrib chiqish;
(6-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
litsenziya talabgorining ishchi organning harakati (harakatsizligi) boʻyicha shikoyatlarini koʻrib chiqish;
ishchi organ tomonidan litsenziya berish, litsenziyani qayta rasmiylashtirish, hujjatlarni koʻrib chiqish, litsenziatning litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa tayyorlash, muddatlar va tartibiga ishchi organning rioya etishini nazorat qilish.
7. Mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan funksiyalardan tashqari hududiy komissiya aʼzolari quyidagi qoʻshimcha funksiyalarni bajaradi:
hududiy komissiya raisi — yigʻilishlar oʻtkazadi, hududiy komissiya aʼzolarining xulosalarini, alohida fikrlarni oʻrganadi, hududiy komissiya qarorlarini oʻz vaqtida imzolaydi;
hududiy komissiya kotibi — taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi, litsenziya faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini oʻrganish maqsadida litsenziya talabgori joylashgan joyga vakolatli vakilning oʻz vaqtida yetib borishini taʼminlaydi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Davlat bosh sanitariya vrachlari — xulosalarni oʻrganadi, zarurat tugʻilganda komissiya aʼzolariga ishchi organ vakolatli vakilining xulosasini tushuntiradi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri adliya boshqarmalari boshliqlari — davlat xizmatlari, jumladan Davlat xizmatlari markazi tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishi tartibiga rioya etilishini oʻrganadi;
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari boshliqlari — binoga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq, dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun ijara shartnomalari bilan bogʻliq maʼlumotlarni oʻrganadi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Davlat soliq boshqarmalari boshliqlari — nazorat-kassa mashinalari va terminallar mavjudligini oʻrganadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hududiy organlari boshliqlari — isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi masalalarini oʻrganadi.
8. Hududiy komissiya aʼzolari majlis oʻtkazilganiga qadar majlis materiallari bilan tanishib chiqishi, kun tartibi masalalarini muhokama qilishga tayyor boʻlishlari shart.
9. Hududiy komissiya qonun hujjatlarida belgilangan boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
3-bob. Hududiy komissiyaning huquqlari va majburiyatlari
10. Hududiy komissiya quyidagi huquqlarga ega:
oʻz vakolatlari doirasida davlat boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalaridan zarur materiallarni soʻrash;
zarur hollarda, ishchi organdan dorixona faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aniqlashtirish uchun qoʻshimcha hujjatlarni soʻrash;
litsenziya talabgori tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ekspertiza qilish uchun sanitariya-epidemiologiya nazorati organlari mutaxassislarini ishchi organning vakolatli vakili sifatida ekspert sifatida shartnoma asosida jalb etish;
ishchi organ faoliyatini tashkil etish va nazorat qilish.
11. Litsenziyalovchi organ, hududiy komissiya, ishchi organ, shuningdek ularning aʼzolari qonun hujjatlarida belgilangan hollardan tashqari dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tashkil etishga yoki ular faoliyatida muassis (ishtirokchi) sifatida qatnashishga haqli emas.
12. Hududiy komissiya:
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda litsenziya talabgorini litsenziyalovchi organ tomonidan qabul qilingan qarordan xabardor qilishi;
litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilishiga olib kelgan holatlar litsenziat tomonidan bartaraf etilishi muddatini belgilash boʻyicha taklifni litsenziyalovchi organning koʻrib chiqishi uchun kiritishi;
Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatishga olib kelgan holatlar litsenziat tomonidan bartaraf etilgan taqdirda koʻrsatib oʻtilgan holatlar bartaraf etilganligi haqida tasdiqnoma olingandan keyin uch kun muddatda litsenziyaning amal qilishini tiklash toʻgʻrisidagi qarorni tayyorlash va litsenziyalovchi organga kiritishi shart.
Hududiy komissiya qonun hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlarni ham amalga oshiradi.
4-bob. Hududiy komissiyaning ish tartibi
13. Hududiy komissiyaning majlislari ishchi organ tomonidan ekspert xulosalari hamda litsenziya berish va litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish belgilangan muddatlar hisobga olingan holda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror koʻrsatilgan bayonnoma loyihasi bilan birgalikda tegishli arizalar ishchi organ tomonidan kiritilishiga qarab oʻtkaziladi.
14. Hududiy komissiyaning majlislari hujjatlarning tushishiga qarab, biroq oyida kamida ikki marta oʻtkaziladi. Zarur hollarda navbatdan tashqari majlislar oʻtkazilishi mumkin.
15. Ekspert xulosasi hamda ishchi organ tomonidan tayyorlangan hududiy komissiyaning tegishli qarori loyihasi bilan birgalikda litsenziyalar berish yoki litsenziyalar berishni rad etish toʻgʻrisidagi taklif hududiy komissiyalar aʼzolariga tanishish uchun majlis boshlanishidan kamida 3 kun oldin yetkaziladi.
16. Hududiy komissiyaning majlisi majlisda uning aʼzolarining kamida 1/2 qismi ishtirok etganda oʻtkaziladi. Hududiy komissiyaning qarori oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
17. Hududiy komissiya komissiya aʼzolaridan biri komissiyaning qaroriga rozi boʻlmaganda u oʻz fikrini yozma bayon qilishga haqlidir, ushbu fikr bayonnomaga ilova qilinadi.
18. Hududiy komissiyaning qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
19. Hududiy komissiyaning raisi boʻlmaganda uning funksiyasini rais oʻrinbosari bajaradi.
20. Hududiy komissiya har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha Vazirlar Mahkamasiga belgilangan shakl boʻyicha oʻz faoliyati toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
21. Hududiy komissiya aʼzolari hududiy komissiya majlislarida ishtirok etishlari shart.
22. Mazkur Nizom buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 284-son qaroriga 3-ILOVA
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun litsenziya berish boʻyicha hududiy komissiyaning
NAMUNAVIY TARKIBI
lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, hududiy komissiya raisi
lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, hududiy komissiya raisining oʻrinbosarlari
lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari boshliqlari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi, hududiy komissiya kotibi
lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Davlat bosh sanitariya vrachlari
lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri adliya boshqarmalari boshliqlari
lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri boshqarmalari boshliqlari
lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Davlat soliq boshqarmalari boshliqlari
lavozimi boʻyicha
—
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy organlari boshliqlari
Izoh. Hududiy komissiyalar aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga tayinlangan yoki tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 284-son qaroriga 4-ILOVA
Farmatsevtika faoliyatini (dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish bundan mustasno) litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom farmatsevtika faoliyatining quyidagi yoʻnalishlari (ularning qismlarini) litsenziyalash tartibini belgilaydi (keyingi oʻrinlarda farmatsevtika faoliyati deb ataladi):
a) dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish;
b) dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash;
(1-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 885-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/885/2129-son)
(1-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 885-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/885/2129-son)
d) dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish;
e) dorivor oʻsimlik xomashyosini qadoqlash va ulgurji realizatsiya qilish.
Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash litsenziya talabgorining xohishiga koʻra umumiy yoki tezlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.
Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalashning umumiy tartibi mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalashning tezlashtirilgan tartibi mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan oltinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
2. Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi (keyingi oʻrinlarda litsenziyalovchi organ deb yuritadi) tomonidan Davlat xizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda markaz deb ataladi) yoki Oʻzbekiston Respublikasi Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali (keyingi oʻrinlarda Yagona portal deb ataladi) orqali amalga oshiriladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
Litsenziyalar berish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish, ularning muddatlarini uzaytirish, ular yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun litsenziyalovchi organda ekspert komissiyasi tuziladi. Ekspert komissiyasi tarkibi va u toʻgʻrisidagi nizom litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi. Bunda ekspert komissiyasi tarkibiga majburiy tartibda tegishli ixtisoslik mutaxassislari va davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining mutaxassislari kiritiladi.
3. Farmatsevtika faoliyatining yoʻnalishlari — dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, dori vositalari va tibbiy buyumlarni tayyorlash va dori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilishni amalga oshirish huquqiga litsenziyalar faqat yuridik shaxslarga beriladi, bunda dori vositalari va tibbiy buyumlarni tayyorlashga litsenziyalar faqat dorixonalarga beriladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 885-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/885/2129-son)
Farmatsevtika faoliyatining yoʻnalishi — dorivor oʻsimlik xomashyosini qadoqlash va ulgurji realizatsiya qilishni amalga oshirish huquqiga litsenziyalar yuridik va jismoniy shaxslarga beriladi.
Ushbu Nizomning 1-bandi “a” kichik bandida koʻrsatilgan farmatsevtika faoliyati yoʻnalishiga litsenziya olish litsenziatlarga ular ishlab chiqargan dori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish huquqini beradi. Ushbu Nizomning 1-bandi “b” kichik bandida koʻrsatilgan farmatsevtika faoliyati yoʻnalishiga litsenziya olish litsenziatlarga ular tayyorlagan dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish huquqini beradi.
4. Farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
5. Litsenziya besh yil muddatga beriladi. Litsenziya faqat litsenziya talabgorining arizasiga koʻra besh yildan kam muddatga berilishi mumkin.
6. Yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan farmatsevtika faoliyati faqat litsenziyada belgilangan faoliyat yoʻnalishi (uning qismi) boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
Farmatsevtika faoliyatining bir necha yoʻnalishlarini (ularning qismlarini) amalga oshirishga litsenziya berilganda litsenziyada ushbu yoʻnalishlarning har biri (ularning qismlari) koʻrsatiladi.
7. Farmatsevtika faoliyatini amalga oshirishning litsenziya talablari va shartlari quyidagilardan iborat:
a) dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, jumladan dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxini davlat tomonidan tartibga solishning belgilangan tartibiga, shuningdek dori vositalarini ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash va ulgurji realizatsiya qilish doirasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga majburiy rioya qilish;
b) ekologiya va sanitariya qoidalari, normalari va gigiyenik normativlarga majburiy rioya qilish;
v) faoliyatni litsenziyada koʻrsatilgan doirada, shuningdek litsenziya bitimiga muvofiq manzilda (manzillarda) amalga oshirish;
g) dori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish bilan shugʻullangan taqdirda shtatida farmatsevtik maʼlumotga ega boʻlgan, shuningdek lavozim majburiyatlariga muvofiq malakasini oshirganligi toʻgʻrisida sertifikatga va ish tajribasiga ega boʻlgan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilot omborxonasi mudirining mavjudligi;
d) dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullangan taqdirda shtatida maxsus maʼlumotga ega boʻlgan, lavozim majburiyatlariga muvofiq malakasini oshirganligi toʻgʻrisida sertifikatga va ish tajribasiga ega boʻlgan, dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish va sifat nazoratiga masʼul boʻlgan kamida ikki nafar mutaxassisning mavjudligi;
e) dori vositalari va tibbiy buyumlarni tayyorlash faoliyati bilan shugʻullangan taqdirda yuridik shaxs shtatida oliy farmatsevtik maʼlumotga ega boʻlgan, shuningdek lavozim majburiyatlariga muvofiq malakasini oshirganligi toʻgʻrisida sertifikatga va ish tajribasiga ega boʻlgan dorixona mudirining mavjudligi;
j) litsenziyalanayotgan faoliyat turini amalga oshirish uchun moʻljallangan, oʻziga mulk huquqi bilan yoki boshqa ashyoviy asosida tegishli boʻlgan va tegishli sanitariya qoidalari, normalari va gigiyenik normativlarga, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq xonalarning mavjudligi;
z) litsenziyalanadigan aniq faoliyat turini amalga oshirish uchun shart- sharoitlar yaratish, shu jumladan tegishli moddiy-texnika bazadan, asbob-uskunalardan, boshqa texnik vositalardan foydalanish;
i) dori vositalari va tibbiy buyumlarni tayyorlashni, shuningdek dorivor oʻsimlik xomashyosini qadoqlash va ulgurji realizatsiya qilishni amalga oshirish uchun vakolatli nazorat-tahlil laboratoriyasi bilan majburiy shartnoma tuzish;
k) mazkur Nizom bilan belgilangan hollarda, muddatlarda va miqdorlarda yigʻimlar, davlat bojlarini toʻlash.
8. Farmatsevtika faoliyatining tegishli yoʻnalishini (uning bir qismini) amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnika bazaga, shu jumladan asbob-uskunalarga va boshqa texnika vositalariga, shuningdek xodimlarga qoʻyiladigan talablar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi va Internetda majburiy eʼlon qilinadi.
3-bob. Litsenziya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
9. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori markazga yoki Yagona portal orqali elektron shaklda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
a) litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan shaklga muvofiq litsenziya berish toʻgʻrisida ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bankning nomi va bankdagi hisob raqami;
(9-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-noyabrdagi 934-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2018-y., 09/18/934/2197-son)
jismoniy shaxslar uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjatga oid maʼlumotlari, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (mavjud boʻlganda);
(9-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-noyabrdagi 934-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2018-y., 09/18/934/2197-son)
yuridik yoki jismoniy shaxslar amalga oshirishni moʻljallayotgan faoliyatning litsenziyalanadigan yoʻnalishi (uning bir qismi) va faoliyatning koʻrsatib oʻtilgan yoʻnalishi (uning bir qismi) amalga oshiriladigan muddat;
litsenziya olish tartibi — umumiy yoki tezlashtirilgan tartib;
(9-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
litsenziyalovchi organning qabul qilgan qarori toʻgʻrisida xabarnoma olish shakli;
litsenziya talabgorining elektron manzili va boshqa rekvizitlar;
b) ushbu Nizomning 8-bandi talablariga muvofiq litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan shakl boʻyicha moddiy-texnika baza, asbob-uskunalar, boshqa texnik vositalar va xodimlarning mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
10. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
11. Litsenziyalovchi organ farmatsevtika faoliyatini belgilangan tartibda litsenziyalashda ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va maʼlumotlardan tashqari boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan litsenziya berish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni mustaqil ravishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda, jumladan elektron shaklda elektron axborot hamkorligi tizimiga muvofiq oladi.
12. Litsenziya talabgori litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlarni koʻrsatgan holda markazga oʻzi kelgan holda yoki Yagona portal orqali beradi. Litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlarni koʻrsatgan holda Yagona portal orqali elektron shaklda berilganda, ariza litsenziya talabgorining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Litsenziya talabgori arizada u tomonidan berilgan arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabarnoma olish shaklini koʻrsatadi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
Yagona portal orqali berilgan ariza bevosita davlat xizmatini koʻrsatuvchi litsenziyalovchi organga yoʻllanadi.
Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya olish uchun Yagona portal orqali elektron shaklda taqdim etilgan, zarur maʼlumotlar koʻrsatilgan ariza uning olinganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma bilan ekspert komissiyasining masʼul kotibi tomonidan qabul qilinadi, shuningdek Yagona portal tomonidan avtomatik ravishda noyob roʻyxat raqami berilib qayd etiladi.
Litsenziya talabgori tomonidan ariza zarur maʼlumotlar koʻrsatilgan holda markaz orqali berilganda, markaz xodimi mazkur arizani qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziyalovchi organga yoʻllaydi.
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
13. Notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
4-bob. Arizani koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
14. Ariza umumiy tartibda koʻrib chiqilganligi uchun litsenziya talabgoridan ariza berilgan kunda qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yigʻim undiriladi. Ariza tezlashtirilgan tartibda koʻrib chiqilgan taqdirda, ushbu xatboshida nazarda tutilgan yigʻimdan tashqari eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida qoʻshimcha toʻlov undiriladi. Litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza bir vaqtning oʻzida filial ochish bilan birga berilgan hollarda arizaning koʻrib chiqilganligi uchun belgilangan yigʻim, litsenziya berish masalasini tezlashtirilgan tartibda koʻrib chiqish uchun ariza berilganda esa qoʻshimcha toʻlov har bir ochilayotgan filial uchun undiriladi.
Litsenziya olish uchun Yagona portal orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza Yagona portal orqali berilganda, arizani koʻrib chiqish yigʻim summasining 10 foizi miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamiga, qolgan qismi litsenziya beruvchi organning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Markazga oʻzi kelib murojaat qilingan taqdirda, litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻimning 20 foizi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Litsenziyani olish haqidagi ariza tezlashtirilgan tartibda koʻrib chiqilganligi uchun toʻlangan toʻlov summasining 20 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga, qolgan qismi litsenziya beruvchi organning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Litsenziya talabgori berilgan arizani rad etgan taqdirda, toʻlangan yigʻim summasi qaytarib berilmaydi.
Tezlashtirilgan tartib boʻyicha litsenziya olish haqidagi ariza oʻz vaqtida koʻrib chiqilmagan taqdirda, qoʻshimcha toʻlov summasi litsenziya talabgoriga qaytarilishi shart.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
15. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab, ular qaysi usulda taqdim etilishidan qatʼi nazar, umumiy tartib boʻyicha oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda, tezlashtirilgan tartib boʻyicha esa besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
16. Litsenziya talabgorining barcha zarur hujjatlar bilan birgalikdagi arizasi ular olingan kunda ekspert komissiyaga koʻrib chiqish uchun kiritiladi. Bunda elektron shaklda taqdim etilgan maʼlumotlar ekspert komissiyasiga koʻrib chiqish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash orqali kiritilishi mumkin.
17. Litsenziya talabgorining litsenziyalanadigan faoliyat yoʻnalishi (uning bir qismini) amalga oshirish uchun yaratilgan sharoitlarning belgilangan litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini aniqlash uchun ekspert komissiyasi tomonidan joyning oʻziga borib ekspertiza oʻtkaziladi.
Yaratilgan sharoitlarning litsenziyalanadigan faoliyat yoʻnalishi (uning bir qismini) amalga oshirish uchun muvofiqligining ekspertizasi litsenziyalovchi organning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Ekspertiza yakunlari boʻyicha ekspert tomonidan litsenziya talabgorining belgilangan litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi toʻgʻrisida litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan shaklga muvofiq xulosa tayyorlanadi.
Yaratilgan sharoitlarning litsenziyalanadigan faoliyat yoʻnalishini (uning bir qismini) amalga oshirish uchun muvofiqligi joyning oʻziga borib ekspertiza qilingan taqdirda ekspert ekspert xulosasini asoslash uchun zarur hujjatlardan nusxa olish huquqiga ega.
Taqdim etilgan maʼlumotlar va ekspertiza yakunlari boʻyicha ekspert komissiyasi tomonidan litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror tayyorlanadi.
Litsenziyalovchi organ tegishli xulosalar tayyorlash uchun shartnoma asosida qoʻshimcha ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega.
Ekspert komissiyasining qarori litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi va litsenziyani berish yoki berishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Litsenziyalovchi organ qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi xabarnomani litsenziya talabgoriga u tomonidan arizada koʻrsatilgan shaklda bank hisob raqami rekvizitlari va davlat boji toʻlash muddatlari koʻrsatilgan holda taqdim etadi.
18. Litsenziya davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisida maʼlumot olinganligidan va litsenziya bitimi imzolangandan keyin litsenziya talabgori tomonidan arizada koʻrsatilgan shaklda beriladi.
Litsenziya bitimi litsenziyalovchi organ va litsenziatning oʻzaro huquq va majburiyatlarini belgilovchi hujjat hisoblanadi va unda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan farmatsevtika faoliyati yoʻnalishi (uning bir qismi) nomi;
dori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar uchun — dori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilot omborxona mudirining familiyasi, ismi, otasining ismi, dori vositalari va tibbiy buyumlarni tayyorlash faoliyati bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar uchun — dorixona mudirining familiyasi, ismi, otasining ismi;
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
litsenziyaning amal qilish muddati, uning amal qilish muddati tugaydigan sana koʻrsatilgan holda;
litsenziyalanadigan faoliyat yoʻnalishi (uning bir qismi) amalga oshiriladigan manzil (manzillar);
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi;
litsenziya talablari va shartlari buzilishi roʻyxati, jumladan dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxini belgilash sohasida, litsenziyani amal qilishini toʻxtatib turish yoki toʻxtatishga olib keluvchi buzilishlar;
tomonlarning rekvizitlari.
Litsenziya qayta rasmiylashtirilgan taqdirda, litsenziya bitimiga bir vaqtda oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar kiritiladi yoki yangi litsenziya bitimi tuziladi.
Filial ochilgan (yopilgan), faoliyatining yoʻnalishini (uning bir qismini) amalga oshirish manzili oʻzgargan, dori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilot omborxona mudiri, dori vositalari va tibbiy buyumlarni tayyorlash faoliyati bilan shugʻullanuvchi dorixona mudiri oʻzgargan taqdirda, litsenziya bitimiga oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar kiritiladi yoki mazkur Nizomning 6-bobida nazarda tutilgan tartibda yangi litsenziya bitimi tuziladi.
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusxadan tuziladi.
Litsenziya qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Litsenziyalar blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Blankalar shakli litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi va uning buyurtmanomasiga binoan “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan bosmaxona usulida tayyorlanadi. Litsenziyalar blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi, shuningdek berilgan, toʻxtatib turilgan, qayta tiklangan, qayta rasmiylashtirilgan, bekor qilingan, shuningdek amal qilishi tugatilgan litsenziyalar toʻgʻrisida tegishli axborot resurslariga ishonchli va oʻz vaqtida maʼlumotlarni kiritib borish uchun litsenziyalovchi organ rahbari javob beradi.
Shuningdek berilgan, toʻxtatib turilgan, qayta tiklangan, qayta rasmiylashtirilgan, bekor qilingan, shuningdek amal qilishi toʻxtatilgan litsenziyalar toʻgʻrisidagi maʼlumot “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi elektron reyestriga kiritiladi.
19. Agar litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi xabarnoma yoʻllangan vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlamasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
20. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida belgilangan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziyalovchi organning litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
21. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda litsenziya berishning rad etilgani toʻgʻrisidagi xabarnoma litsenziya talabgoriga rad etishning sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda arizada koʻrsatilgan shaklda yoʻllanadi. Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
Litsenziya berishning rad etilishiga asos boʻlgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ tomonidan hujjatlarni takroran koʻrib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab umumiy tartibda berilgan arizalar boʻyicha oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda, tezlashtirilgan tartibda berilgan arizalar boʻyicha esa besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Bunda takroran taqdim etilgan hujjatlar ular qabul qilingan kunda ekspert komissiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.
Taqdim etilgan hujjatlar va qayta ekspertiza yakunlari boʻyicha ekspert komissiyasining litsenziya berish yoxud litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori tuziladi.
Litsenziya talabgorining arizasi qayta koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Litsenziya talabgorining arizasini qayta koʻrib chiqishda oldin litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
22. Litsenziat oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga markazlar yoki Yagona portal orqali tegishli maʼlumotlarni va amaldagi litsenziyaning aslini ilova qilgan holda elektron shaklda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza taqdim etishi shart.
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Litsenziatlar — yangi paydo boʻlgan yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi sanasida aynan bir xil litsenziyalanadigan faoliyat yoʻnalishiga litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslarning birlashishida litsenziya mazkur Nizomning 5-bobida koʻrsatilgan tartibda qayta rasmiylashtirilishiga ruxsat etiladi.
Litsenziyalovchi organ koʻrsatilgan tasdiqlovchi maʼlumotlarni qonun hujjatlariga muvofiq tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali oladi.
Litsenziyalanuvchi faoliyat yoʻnalishining qismi(lari)ga litsenziyaning amal qilishi muddati toʻxtatilgan taqdirda, litsenziya qayta rasmiylashtiriladi.
Litsenziat — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yashash joyi oʻzgargan taqdirda, litsenziat qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga markazlar yoki Yagona portal orqali tegishli maʼlumotlarni va amaldagi litsenziyaning aslini ilova qilgan holda elektron shaklda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza taqdim etishi shart.
(22-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
23. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilguniga qadar unda koʻrsatilgan faoliyatni oldin berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Litsenziya qayta rasmiylashtirilganda litsenziyalovchi organ elektron shaklda shakllantiriladigan “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksidagi litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlarni kiritadi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyani qayta rasmiylashtirish yoki litsenziyalanuvchi faoliyat yoʻnalishining qismi(lari)ga litsenziyaning amal qilishi toʻxtatilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi ariza litsenziyalovchi organ tomonidan olinganligi haqida litsenziatga bildirishnoma yuborilgan kundan boshlab umumiy tartib boʻyicha besh kun mobaynida, tezlashtirilgan tartib boʻyicha esa bir ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
(23-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi umumiy tartibda koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Ariza tezlashtirilgan tartibda koʻrib chiqilgan taqdirda, ushbu xatboshida nazarda tutilgan yigʻimdan tashqari eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida qoʻshimcha toʻlov ham undiriladi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza Yagona portal orqali taqdim etilganda, arizani koʻrib chiqish yigʻim summasining 10 foizi miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamiga, qolgan qismi litsenziya beruvchi organning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(23-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Markazga oʻzi kelib murojaat qilingan taqdirda litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun toʻlangan yigʻimning 20 foizi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(23-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
Litsenziyani tezlashtirilgan tartibda qayta rasmiylashtirish uchun toʻlangan toʻlov summasining 20 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga, qolgan qismi litsenziya beruvchi organning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Tezlashtirilgan tartib boʻyicha litsenziyani qayta rasmiylashtirish haqidagi ariza oʻz vaqtida koʻrib chiqilmagan taqdirda, qoʻshimcha toʻlov summasi litsenziya talabgoriga qaytarilishi shart.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
24. Litsenziyalovchi organ taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yangi blankada litsenziyani rasmiylashtiradi. Ayni bir vaqtda litsenziya bitimiga tegishli oʻzgartirishlar rasmiylashtiriladi.
25. Litsenziyaning amal qilish muddati litsenziatning arizasiga koʻra uzaytirilishi mumkin. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziya olish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati tugaguniga qadar ikki oydan kechikmasdan berilishi kerak.
26. Litsenziya yoʻqotilgan yoki u yaroqsiz holga kelgan taqdirda, dublikat beriladi. Dublikat olish uchun litsenziat markazlar yoki Yagona portalga ariza va litsenziya va/yoki litsenziya bitimi yoʻqotib qoʻyilganligini tasdiqlovchi hujjat bilan, shuningdek, litsenziya berganlik uchun nazarda tutilgan yigʻim summasining yarmi miqdorida toʻlov toʻlab umumiy tartibda yoki ushbu xatboshida nazarda tutilgan toʻlovdan tashqari eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida qoʻshimcha toʻlov toʻlab tezlashtirilgan tartibda koʻrib chiqilishi uchun murojaat qiladi.
Ariza Yagona portal orqali berilganda, arizani koʻrib chiqish yigʻim summasining 10 foizi miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamiga, qolgan qismi litsenziya beruvchi organning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga birinchi va ikkinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Markazga oʻzi kelib murojaat qilingan taqdirda litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun toʻlangan yigʻimning 20 foizi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
Litsenziya dublikatini tezlashtirilgan tartibda olish uchun toʻlangan toʻlov summasining 20 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga, qolgan qismi litsenziya beruvchi organning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Tezlashtirilgan tartib boʻyicha litsenziya dublikatini olish haqidagi ariza oʻz vaqtida koʻrib chiqilmagan taqdirda, qoʻshimcha toʻlov summasi litsenziya talabgoriga qaytarilishi shart.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
6-bob. Litsenziya bitimiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoki yangi litsenziya bitimi tuzish
27. Filial ochilgan (yopilgan), faoliyatni amalga oshirish manzili oʻzgargan, dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilot omborxonasi mudiri yoki dori vositalari va tibbiy buyumlar tayyorlash bilan shugʻullanuvchi dorixona mudiri oʻzgargan taqdirda, litsenziat litsenziyalovchi organga markazlarga oʻzi kelgan holda yoki Yagona portal orqali litsenziya bitimiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoxud yangi litsenziya bitimini tuzish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qiladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
28. Litsenziya bitimiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoxud yangi litsenziya bitimini tuzish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagi maʼlumotlar ilova qilinadi:
filial ochish, faoliyatni amalga oshirish manzilini oʻzgartirish uchun — mazkur Nizomning 9-bandi “b” kichik bandida koʻrsatilgan maʼlumotlar va litsenziya bitimi;
dori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilot omborxonasi mudiri oʻzgargan taqdirda — yangi xodimning Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan talablarga muvofiqligi haqidagi maʼlumot va litsenziya bitimi;
litsenziya bitimini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
29. Litsenziya bitimiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoxud yangi litsenziya bitimini tuzish toʻgʻrisidagi ariza, filialni yopish yoki amalga oshiriladigan faoliyatning yoʻnalishlarini (uning qismlarini) qisqartirish toʻgʻrisida arizalardan tashqari, mazkur Nizomning 15 —17-bandlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
30. Litsenziya bitimiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoxud yangi litsenziya bitimini tuzish toʻgʻrisidagi arizani umumiy tartibda koʻrib chiqish uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yigʻim undiriladi. Ariza tezlashtirilgan tartibda koʻrib chiqilgan taqdirda, ushbu xatboshida nazarda tutilgan yigʻimdan tashqari eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida qoʻshimcha toʻlov ham undiriladi.
Litsenziya bitimiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoxud yangi litsenziya bitimini tuzish toʻgʻrisidagi ariza Yagona portal orqali elektron shaklda berilganda, arizani koʻrib chiqish yigʻim summasining 10 foizi miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamiga, qolgan qismi litsenziya beruvchi organning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(30-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan birinchi va ikkinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Markazlarga oʻzi kelib murojaat qilingan taqdirda litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun toʻlangan yigʻimning 20 foizi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
Litsenziya bitimiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoxud yangi litsenziya bitimini tuzish toʻgʻrisidagi arizani tezlashtirilgan tartibda koʻrib chiqish uchun toʻlangan toʻlov summasining 20 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga, qolgan qismi litsenziya beruvchi organning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Litsenziat oʻzi bergan arizani rad etgan taqdirda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Litsenziya bitimiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoxud yangi litsenziya bitimini tuzish uchun davlat boji undirilmaydi.
31. Quyidagilar litsenziya bitimiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoxud yangi litsenziya bitimini tuzishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
litsenziat tomonidan zarur darajada rasmiylashtirilmagan hujjatlarning taqdim etilishi;
litsenziat tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda haqiqiy boʻlmagan yoki notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi;
litsenziatning litsenziya talablari va shartlariga muvofiq emasligi.
32. Ekspertiza jarayonida litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarini buzilishi faktlari aniqlangan hollarda litsenziya bitimiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoxud yangi litsenziya bitimini tuzishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi va aniq muddatlari koʻrsatilgan holda buzilishlarni bartaraf etish haqida koʻrsatma beriladi.
Agar litsenziya bitimiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoxud yangi litsenziya bitimini tuzishni rad etishga sabab boʻlgan koʻrsatma litsenziat tomonidan bajarilmasa litsenziyalovchi organ belgilangan tartibda litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish huquqiga ega.
33. Litsenziya bitimiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoxud yangi litsenziya bitimini tuzishni rad etish, shuningdek litsenziatning arizasini takroran koʻrib chiqish mazkur Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
34. Litsenziya bitimiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishda yoxud yangi litsenziya bitimini tuzishda litsenziyalovchi organ “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksidagi litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlarni kiritadi.
7-bob. Litsenziya bitimi talablariga rioya etilishini nazorat qilish
35. Litsenziya bitimi talablariga rioya etilishi yuzasidan nazorat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
36. Litsenziyalovchi organ oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini belgilangan tartibda rejali tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga litsenziat tomonidan rioya etilishi yuzasidan qisqa muddatli tekshirishlarni jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilganligi faktlari toʻgʻrisidagi murojaatlari asosida maxsus vakolatli organning — Oʻzbekiston Respublikasi nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashining qaroriga koʻra qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkazish;
litsenziatdan zarur axborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etishni yuklovchi qarorlar chiqarish va litsenziat aniqlangan bunday buzilishlarni bartaraf etishi shart boʻlgan muddatlarni belgilash;
litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish;
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan farmatsevtika faoliyati litsenziyasiz amalga oshirilishining aniqlangan holatlari toʻgʻrisidagi materiallarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni koʻrish uchun belgilangan tartibda soliq organlariga yuborish.
37. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda litsenziyalovchi organning tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi.
8-bob. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va litsenziyani bekor qilish
38. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, uni bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22, 23 va 24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Toʻxtatib turilgan, bekor qilingan, shuningdek amal qilishi toʻxtatilgan litsenziyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli axborot resurslariga kiritiladi.
39. Litsenziyaning amal qilishini belgilangan tartibda toʻxtatishga olib keluvchi litsenziya talabi va shartlarining qoʻpol ravishda buzilishlari quyidagilardan iborat:
litsenziya talablari va shartlarini, jumladan dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxini belgilash boʻyicha tartibning muntazam (bir yil davomida ikki va undan ortiq marta) buzilishi;
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni muvofiqlik sertifikatisiz saqlash va (yoki) realizatsiya qilish;
roʻyxatdan oʻtkazilmagan, sifatsiz, qalbakilashtirilgan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish;
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilmagan, sifatsiz, qalbakilashtirilgan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini saqlash va (yoki) realizatsiya qilish;
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilot omborxonasiga farmatsevtik maʼlumotga ega boʻlmagan shaxsning mudirlik qilishi;
litsenziya faoliyati litsenziya bitimida koʻrsatilmagan manzilda amalga oshirilishi.
40. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyalovchi organ qarorining asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida uning koʻrgan zarari miqdorida javob beradi.
9-bob. Litsenziyalar reyestri
41. Litsenziyalovchi organ “Litsenziya” axborot tizimi kompleksida litsenziyalar reyestrini yuritadi.
a) litsenziatlar toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar, ular quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
yuridik shaxslar uchun — tashkilotning nomi va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, tashkiliy huquqiy shakli, tashkilot rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi;
jismoniy shaxslar uchun — litsenziatning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning pasportiga oid maʼlumotlari, uy manzili, telefoni;
b) litsenziyalanadigan farmatsevtika faoliyati yoʻnalishi (uning bir qismi) amalga oshiriladigan manzil, ish telefoni, faks;
v) litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami;
g) litsenziyalarning amal qilish muddati;
d) farmatsevtika faoliyatining litsenziyalanadigan yoʻnalishi (uning bir qismi);
e) litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, amal qilish muddatini uzaytirish, toʻxtatib turish va tiklashning asosi va sanasi;
j) litsenziyalarning amal qilishi toʻxtatilishining asosi va sanasi;
z) litsenziyalarni bekor qilishning asosi va sanasi.
Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar litsenziyalovchi organning “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksidagi veb-saytida joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq boʻladi.
10-bob. Litsenziya berilganligi uchun davlat boji
43. Farmatsevtika faoliyatiga litsenziya berilganligi yoki uning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun eng kam oylik ish haqining oʻn baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Farmatsevtika faoliyatiga litsenziya berilganligi yoki uning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun Yagona portal orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan boj summasining 90 foizi undiriladi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Markazlarga oʻzi kelib murojaat qilingan taqdirda, davlat bojining 20 foizi, Yagona portal orqali elektron shaklda murojaat qilingan taqdirda, davlat bojining 10 foizi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(44-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
elektron shakldagi murojaatda — 10 foizi litsenziya beruvchi organning hisob raqamiga oʻtkaziladi;
20 foizi murojaat qilish shaklidan (elektron shaklda yoki oʻzi kelgan holda) qatʼi nazar — budjetdan tashqari Rivojlantirish va sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasining hisob raqamlariga oʻtkaziladi;
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 398-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/398/3124-son)
qolgan mablagʻlar respublika budjetiga yoʻnaltiriladi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
45. Mazkur Nizom talablarini buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Farmatsevtika faoliyatini (dori vositalari va tibbiy buyumlarning chakana realizatsiya qilish bundan mustasno) litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Farmatsevtika faoliyatini (dori vositalari va tibbiy buyumlarning chakana realizatsiya qilish bundan mustasno) tezlashtirilgan tartibda tezlashtirilgan tartibda litsenziyalash
SXEMASI
(1-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
Farmatsevtika faoliyatini (dori vositalari va tibbiy buyumlarning chakana realizatsiya qilish bundan mustasno) litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Farmatsevtika faoliyatini (dori vositalari va tibbiy buyumlarning chakana realizatsiya qilish bundan mustasno) tezlashtirilgan tartibda litsenziyalash
1. Nizomda nazarda tutilgan maʼlumotlarni koʻrsatgan xolda ariza tayyorlaydi.
2. Markazlarda arizani oʻzi kelib yoki elektron shaklda olinganligi toʻgʻrisida xabarnoma bilan elektron imzosi tasdiqlangan xolda Yagona portal orqali taqdim etadi.
Xohishiga koʻra
2-bosqich
Markaz
1. Farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish boʻyicha litsenziya berish uchun arizani qabul qiladi. Arizachiga ariza qabul qilingan sana qayd etilgan roʻyxatga olish nusxasini beradi.
2. Litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur maʼlumotlari bilan birga litsenziyalovchi organga koʻrib chiqish uchun beriladi.
1 ish soati mobaynida
3-bosqich
Litsenziyalovchi organ
Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qiladi. Litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari va davlat bojini toʻlash muddati koʻrsatilgan xabarnoma yoʻllaydi.
Ariza kelib tushgandan soʻng 5 ish ish kuni mobaynida
4-bosqich
Litsenziya talabgori
Litsenziya berish uchun davlat bojini toʻlaydi va litsenziya bitimini imzolaydi.
3 oy mobaynida
5-bosqich
Litsenziyalovchi organ
Litsenziyani rasmiylashtiradi va litsenziya talabgoriga beradi.
Davlat boji toʻlanganidan soʻng
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Litsenziyalovchi organga taqdim etiladigan maʼlumotlar nomi
Maʼlumotlar taqdim etilishi uchun masʼul organ
1.
Litsenziya talabgoriga nisbatan — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (INN), davlat roʻyxatiga olingan sana, joylashgan joyi (pochta manzili), firma nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, mulkchilik shakli.
Roʻyxatga oluvchi organ (Davlat xizmatlari markazlari)
2.
Dorixona mudiriga, dorixona filiali mudiriga, dori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotning omborxona mudiriga nisbatan — familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport seriyasi va raqami, pasport berilgan sana, pasportni bergan organ, pasportning amal qilish muddati.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
3.
Dorixona mudiri, dorixona filiali mudiriga, dori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotning omborxona mudiriga nisbatan — soliq toʻlovchining identifikatsion raqami.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
4.
Yuridik shaxs — litsenziya talabgoriga nisbatan — nazorat-kassa apparati, tovar cheki beruvchi vositalar mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotlar.
5.
Litsenziya talabgori (litsenziat)ga nisbatan — arizani koʻrib chiqish, dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishga litsenziya berilgani uchun toʻlangan yigʻimlar, davlat bojlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Koʻrsatilgan davlat xizmatlari uchun toʻlangan davlat bojlari va yigʻimlar miqdorlarini hisobga olish yagona billing tizimi tashkiloti — operator
6.
Litsenziya talabgorining binosi (xonasi)ga nisbatan — binoning litsenziya talabgoriga tegishli ekanligi, undan foydalanish huquqi va litsenziyalanadigan faoliyat turi bilan shugʻullanishga moʻljallangan binodan foydalanish holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi
7.
Dorixona mudiriga nisbatan:
oliy farmatsevtik maʼlumoti borligi, diplom berilgan sana va uni bergan muassasa toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
dorixona filiali mudiriga nisbatan — farmatsevtik maʼlumoti borligi, diplom berilgan sana va uni bergan muassasa toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
dori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotning omborxona mudiriga nisbatan — farmatsevtik maʼlumoti borligi, diplom berilgan sana va uni bergan muassasa toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy, oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
8.
Dorixona mudiriga, filial mudiriga nisbatan — malaka oshirish guv�hnomasining mavjudligi, berilgan sana va uni bergan muassasa;
Dorixona mudiriga, filial mudiriga — malaka oshirish guvohnomasining mavjudligi, berilgan sana va uni bergan muassasa toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotning omborxona mudiriga nisbatan — malaka oshirish guvohnomasining mavjudligi, berilgan sana va uni bergan muassasa toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
ishlab chiqarish va sifat nazorati sohasidagi masʼul mutaxassislarga nisbatan — malaka oshirish guvohnomasining mavjudligi, berilgan sana va uni bergan muassasa toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 284-son qaroriga 6-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 13-maydagi 91-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 5-son, 21-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2011-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-292 Qonuni)” 2012-yil 1-fevraldagi 26-son qaroriga ilovaning 40-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 2-son, 5-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son Farmoni)” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga 1-ilovaning 103-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 11-son, 79-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 15-apreldagi PQ–2164-son qarori)” 2014-yil 17-iyuldagi 196-son qaroriga 1-ilovaning 34-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 73-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 20-son, 364-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son, 25.10.2018-y., 09/18/862/2097-son, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son, 30.10.2018-y., 09/18/885/2129-son, 30.10.2018-y., 09/18/885/2129-son, 21.11.2018-y., 09/18/934/2197-son, 14.05.2019-y., 09/19/398/3124-son, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son, 02.07.2019-y., 09/19/549/3364-son, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son, 17.08.2019-y., 09/19/678/3577-son, 28.09.2019-y., 09/19/818/3828-son, 22.10.2019-y., 09/19/886/3941-son, 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 15.01.2020-y., 09/20/24/0053-son, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)