1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish]
[TSZ:
1.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
BUDJET TASHKILOTLARINI MABLAGʻ BILAN TAʼMINLASH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Davlat budjeti hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadigan tarmoqlarda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash mexanizmini takomillashtirish, budjet mablagʻlaridan samarali va aniq foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2000-yil 1-yanvardan boshlab budjet tashkilotlari xarajatlarini mablagʻ bilan taʼminlashning yangi tartibini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin. U quyidagilarni nazarda tutadi:
budjet mablagʻlaridan tejab, samarali va aniq foydalanish hamda budjet intizomini mustahkamlash uchun budjet tashkilotlari rahbarlarining mustaqilligini kengaytirish va masʼuliyatini oshirish;
budjetdan mablagʻ oluvchi tashkilotlarni mablagʻ bilan taʼminlash mexanizmini soddalashtirish va budjet mablagʻlaridan foydalanishda yuqori natijalarga erishish maqsadida mavjud mablagʻlarni oqilona taqsimlash uchun shart-sharoitlar yaratish;
budjet tashkilotlari xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish, ular faoliyati samaradorligini oshirish va kadrlarning oʻrnashib qolishi uchun shart-sharoitlar yaratish.
2. Belgilansinki, yangi tartibga muvofiq budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash normativlar boʻyicha (faoliyat turiga koʻra) xarajatlarning quyidagi guruhlarini bir satrda mablagʻ bilan taʼminlash usulida amalga oshiriladi:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish]
3. Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash manbalarini:
faoliyat turi boʻyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.03 Binolar va inshootlar, korxonalar ijarasi]
budjet tashkilotlari tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mol-mulkini boshqa tashkilotlarga ijaraga berishdan;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.06.00 Ijtimoiy va boshqa sohalarni moliyalashtirish]
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotlariga homiylik (begʻaraz) yordami berilishidan qoʻshimcha daromadlar olish hisobiga kengaytirish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning 3-bandida koʻrsatib oʻtilgan manbalardan qoʻshimcha daromad olayotgan budjet tashkilotlari 2000-yil 1-yanvardan boshlab 2008-yil 1-yanvargacha Davlat budjetiga undiriladigan soliqlar va yigʻimlarning barcha turlaridan ozod qilinsin, boʻshab qolgan mablagʻlar moddiy-texnika va ijtimoiy bazani mustahkamlashga, shuningdek ularning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga maqsadli yoʻnaltirilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-dekabrdagi 610-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 52-son, 523-modda)
5. Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan budjet tashkilotlariga Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirish huquqi berilsin, jamgʻarma:
rejaga muvofiq budjetdan mablagʻ bilan taʼminlash hisobiga tushgan va hisobot choragining oxirgi ish kuni oxirida budjet tashkilotlari hisobvaraqlarida qolgan tejab qolingan (foydalanilmagan) mablagʻlar (kapital qoʻyilmalarni mablagʻ bilan taʼminlash uchun nazarda tutilgan mablagʻlar bundan mustasno);
budjet tashkilotlari faoliyati turiga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan olingan daromadlar;
vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mol-mulkini boshqa tashkilotlarga ijaraga berishdan olingan mablagʻlarning 50 foizi, qolgan 50 foiz mablagʻ mahalliy budjetlar daromadiga oʻtkazilishi belgilab qoʻyilsin;
avvalo vaqtincha mehnatga layoqatsizlik boʻyicha nafaqalarni va mavjud kreditorlik qarzlarni toʻlashga;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 51-52-son, 507-modda)
budjet tashkilotining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash tadbirlariga;
ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish tadbirlariga sarflanadi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
tijorat banklarida joriy hisobvaraqlar ochgan holda yuridik shaxs maqomi beriladigan budjet tashkilotlari roʻyxatini 1999-yil 1-oktabrgacha belgilasin;
budjet tashkilotlari faoliyati turini hisobga olgan holda budjetdan mablagʻ bilan taʼminlash normativlarini 1999-yil 1-noyabrgacha ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
budjet tashkilotlarini 2000-yil 1-yanvardan boshlab mablagʻ bilan taʼminlashning yangi shartlariga oʻtkazishga tayyorlash boʻyicha zarur tadbirlarni amalga oshirsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda:
tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda — Budjet tashkilotlari tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish tartibini, Budjet tashkilotlari daromadlari va xarajatlarining buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi nizomni;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda — Budjet tashkilotlari tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan davlat mol-mulkini boshqa korxonalar va tashkilotlarga ijaraga berish tartibni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi budjet intizomiga rioya qilinishi ustidan qattiq nazoratni taʼminlasin, bunda:
xarajatlarni mablagʻ bilan taʼminlashning belgilangan navbatiga, ularni toʻlash muddatlari va toʻliqligiga rioya qilmaslik hollarining oldini olsin.
Moliya organlari, budjet tashkilotlari rahbarlari budjet intizomiga rioya qilinishi uchun mehnat, maʼmuriy va jinoyat qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda shaxsan javob berishlari toʻgʻrisida ogohlantirilsin. Bunda budjet tashkilotlarining qoʻshimcha daromadlar olish boʻyicha faoliyati budjet mablagʻlari hisobiga bajarilayotgan ishlar, koʻrsatilayotgan xizmatlar hajmi va sifatiga zarar yetkazmasligi kerak.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni ikki hafta muddatda kiritsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 3-sentabr,
414-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qaroriga ILOVA
1. Mazkur Tartib Davlat budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan tashkilotlarga tatbiq etiladi. Mustaqil ravishda xoʻjalik hisobi faoliyatini yurituvchi, maxsus kelishib olingan tadbirlar uchun budjetdan dotatsiya va mablagʻlar oluvchi vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarga nisbatan mazkur Tartibni qoʻllash xususiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
2. Budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlashning mazkur tartibi quyidagilarni nazarda tutadi:
budjet mablagʻlaridan tejab, samarali va aniq foydalanish hamda budjet intizomini mustahkamlash uchun budjet tashkilotlari rahbarlarining mustaqilligini kengaytirish va masʼuliyatini oshirish;
budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash mexanizmini soddalashtirish va budjet mablagʻlaridan foydalanishda yuqori natijalarga erishish maqsadida mavjud mablagʻlarni oqilona taqsimlash uchun imkoniyatlar yaratish;
ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni, ish haqiga qoʻshimchalar, kapital qoʻyilmalar va boshqa xarajatlarni guruhlagan holda bir satrda mablagʻ bilan taʼminlash usulida budjet tashkilotlarini normativlar boʻyicha (faoliyat turiga koʻra) mablagʻ bilan taʼminlashning yangi tartibini joriy etish;
budjetdan mablagʻ bilan taʼminlashni budjet tashkilotlarining faoliyat turi boʻyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish faoliyatini kengaytirish bilan birga qoʻshib olib borish;
budjet tashkilotlari xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish, ular faoliyati samaradorligini oshirish va kadrlarning oʻrnashib qolishi uchun shart-sharoitlar yaratish.
3. Davlat mudofaa qobiliyatini, xavfsizligini taʼminlash, mamlakatda ichki tartibni saqlash va boshqalar bilan bogʻliq xarajatlarni mablagʻ bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
5. Mablagʻ bilan taʼminlash budjet ijrosi jarayonida xarajatlar roʻyxati va smetasiga kiritiladigan oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda tegishli yil uchun tasdiqlangan budjet parametrlariga hamda budjet tashkilotlarining xarajatlar smetalariga muvofiq tuzilgan budjet xarajatlarining choraklar boʻyicha taqsimlangan yillik roʻyxatiga binoan amalga oshiriladi.
6. Budjet tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan budjetdan mablagʻ bilan taʼminlash normativlari asosida smeta va shtatlar jadvalini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil ravishda ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar.
Smetalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining amaldagi tasnifnomasiga muvofiq xarajatlarning toʻliq yoyilmasi ilova qilingan holda xarajatlarning toʻrt guruhi boʻyicha tuziladi.
Ilova smetaning ajralmas qismi hisoblanadi, smetaning prognoz hisob-kitoblarini asoslash uchun xizmat qiladi va hisobot maqsadlari uchun foydalaniladi.
7. Budjet tashkilotlari tasdiqlangan smeta va shtatlar jadvalini roʻyxatdan oʻtkazish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yoki uning hududiy moliya organlariga taqdim etadilar.
8. Tasdiqlangan smeta va shtatlar jadvalini roʻyxatdan oʻtkazish, ilovalarni kelishish taqdim etilgan hujjatlarning tasdiqlangan budjet xarajatlari limitlariga va normativlariga hamda budjet parametrlariga muvofiqligi tahlili asosida tegishli moliya organlarida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
9. Budjet tashkilotlarining tasdiqlangan smetasi va shtatlar jadvalini roʻyxatdan oʻtkazish mazkur budjet tashkiloti mablagʻ bilan taʼminlanadigan, budjet parametrlari tasdiqlangan paytdan boshlab 40 kundan kechiktirmay tegishli moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
10. Budjet tashkilotlarining tasdiqlangan xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini, shuningdek amaldagi smeta va shtatlar jadvaliga kiritiladigan oʻzgartirishlar ular Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida yoki hududiy moliya organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng amalga kiritiladi.
11. Xarajatlarning I va II guruhlariga kiritilgan budjet tashkilotlari birinchi navbatda mablagʻ bilan taʼminlanadi. Bunda II xarajatlarning guruhiga tegishli mablagʻ oʻtkazmasdan I guruh xarajatlarini amalga oshirish taqiqlanadi.
12. Kapital qoʻyilmalarga ajratmalar joriy budjet yili uchun tasdiqlangan Respublika investitsiya dasturiga muvofiq qurilishlarning aniq roʻyxatlariga va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ajratiladi.
13. Xarajatlarning I va II guruhlarini respublika va mahalliy budjetlardan mablagʻ bilan taʼminlash smetalarga va budjet xarajatlari roʻyxatlariga, ularga kiritilgan oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda, shuningdek oldingi hisobot davri uchun belgilangan baholash koʻrsatkichlarining bajarilishiga muvofiq har oyda amalga oshiriladi.
Kapital qoʻyilmalarni va boshqa xarajatlarni mablagʻ bilan taʼminlash budjetga mablagʻlar tushishiga qarab har oyda amalga oshiriladi.
respublika budjetidan mablagʻ bilan taʼminlash — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida belgilangan shakldagi (unda budjet tasnifnomasi paragraflari va xarajatlar guruhlarini koʻrsatgan holda) xarajat jadvallari va xarajatlarning har bir guruhi boʻyicha bir satrda mablagʻ oʻtkazish uchun toʻlov qogʻozi bilan rasmiylashtiriladi;
mahalliy budjetlardan mablagʻ bilan taʼminlash — tegishli moliya tashkilotlarida belgilangan shakldagi farmoyish bilan va xarajatlarning har bir guruhi boʻyicha bir satrda mablagʻ oʻtkazish uchun toʻlov qogʻozi bilan rasmiylashtiriladi.
15. Budjet tashkilotlarining xarajatlarini mablagʻ bilan taʼminlashda yangi budjet yilida mablagʻ ajratish rejasi debitorlik qarzlar kreditorlik qarzlardan ortiq summaga va budjet tashkilotlarining hisobot yilidan keyingi yilning 1-yanvaridagi holatiga koʻra tovar-moddiy boyliklarning normativdan ortiq qoldigʻi summasiga kamaytiriladi.
III. BUDJET TASHKILOTLARI TOMONIDAN DAVLAT BUDJETIDAN OLINGAN MABLAGʻLARNING SARFLANISHI
16. Budjet mablagʻlari budjet tashkilotlari tomonidan mustaqil ravishda, budjet ijrosi jarayonida belgilangan tartibda ularga kiritilgan oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida sarflanadi. Bunda xarajatlarning I va II guruhlari birinchi navbatda mablagʻ bilan taʼminlanadi .
17. Xarajatlarning III guruhi budjet tashkilotlari tomonidan Respublika investitsiya dasturida joriy moliya yili uchun belgilangan limitlar doirasida mablagʻ bilan taʼminlanadi.
19. Budjet tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki uning hududiy moliya organlari bilan kelishgan holda mavsumiy yoki shoshilinch tadbirlar (birinchi sinf oʻquvchilari uchun maktab anjomlari, kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun qishki kiyimlar xarid qilish, epidemiyaga qarshi, yuqumli kasalliklarga qarshi tadbirlar va boshqa tadbirlar)ni mablagʻ bilan taʼminlash uchun mablagʻlarni IV guruh mablagʻlari hisobiga tezkorlik bilan xarajat qilishlari mumkin.
20. IV guruh hisobiga avtomobillar va boshqa avtotransport vositalarini (maxsus avtotransport bundan mustasno), uyali telefonlar va ortiqcha dabdabali buyumlar (import ofis mebeli, audio-video texnika (oʻquv, ilmiy va tibbiy jarayonlarda foydalaniladiganlardan tashqari) ofislar uchun gilamlar va boshqalar) xarid qilishga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda yoʻl qoʻyiladi.
21. Xarajatlarning u yoki bu guruhida paydo boʻlgan kreditorlik qarzlar joriy moliya yiliga belgilangan limitlar doirasida ularning paydo boʻlishi navbatiga koʻra har qaysi guruh boʻyicha toʻlanadi.
22. Hisobot choragining oxirgi ish kuni oxirida Budjet tashkilotlarining hisobvaraqlarida qolgan tejab qolingan (foydalanilmagan) budjet mablagʻlari (kapital qoʻyilmalarni mablagʻ bilan taʼminlash uchun nazarda tutilgan mablagʻlar bundan mustasno) olib qoʻyilmaydi, Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi va belgilangan tartibda sarflanadi.
25. Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi:
rejaga muvofiq budjetdan mablagʻ bilan taʼminlash hisobiga tushgan va hisobot choragining oxirgi ish kuni oxirida budjet tashkilotlari hisobvaraqlarida qolgan tejab qolingan (foydalanilmagan) mablagʻlar (kapital qoʻyilmalarni mablagʻ bilan taʼminlash uchun nazarda tutilgan mablagʻlar bundan mustasno);
budjet tashkilotlari faoliyati turiga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan olingan daromadlar;
vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mol-mulkini boshqa tashkilotlarga ijaraga berishdan olingan mablagʻlarning 50 foizi. Mablagʻlarning qolgan 50 foizini budjet tashkilotlari mahalliy budjetlar daromadiga oʻtkazadilar;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotlariga berilayotgan homiylik (begʻaraz) yordami hisobiga shakllantiriladi.
avvalo vaqtincha mehnatga layoqatsizlik boʻyicha nafaqalarni va mavjud kreditorlik qarzlarni toʻlashga;
(26-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 51-52-son, 507-modda)
budjet tashkilotining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash tadbirlariga;
ijtimoiy rivojlantirish va budjet tashkilotlarining xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tadbirlariga sarflanadi.
27. Budjet tashkilotida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik boʻyicha toʻlanmagan nafaqalar muddati oʻtkazib yuborilgan kreditorlik qarz mavjud boʻlsa, Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari tejab qolingan budjet mablagʻlari doirasida ushbu qarzlarni toʻlashga (ishlar, xizmatlar tovarlar ishlab chiqarish va sotish boʻyicha jami xarajatlar oʻrni qoplangandan soʻng) sarflanadi.
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 51-52-son, 507-modda)
Agar kreditorlik qarzi budjet tashkilotining xarajatlari vaqtincha yetarli miqdorda mablagʻ bilan taʼminlanmaganligi munosabati bilan paydo boʻlgan taqdirda, kreditorlik qarzning Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobiga toʻlangan miqdori joriy moliya yiliga belgilangan xarajatlar limiti doirasida budjetdan qoplanadi.
28. Agar kreditorlik qarzi budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasiga ilovada nazarda tutilgan tegishli xarajatlar toʻlanmaganligi va (yoki) xarajatlarning har qaysi guruhi boʻyicha belgilangan limitlarning oshib ketganligi munosabati bilan paydo boʻlgan boʻlsa, toʻliq hajmda budjetdan mablagʻ bilan taʼminlangan taqdirda, Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari (ishlar, xizmatlar, tovarlar ishlab chiqarish va sotish boʻyicha jami xarajatlar oʻrni toʻldirilgandan soʻng) avvalo xarajatlarning toʻlanmagan qismi va belgilangan limitlarning ortib ketgan miqdori doirasida kreditorlik qarzlarni uzishga yoʻnaltiriladi.
29. Budjet tashkilotida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik boʻyicha toʻlanmagan nafaqalar va kreditorlik qarz mavjud boʻlmasa yoxud ushbu qarzlar mazkur Tartibda belgilangan doirada va shartlarda toʻlangan taqdirda Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasining qolgan mablagʻlari (homiylik yordami, begʻaraz yordam miqdori bundan mustasno):
(29-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 51-52-son, 507-modda)
tushgan barcha mablagʻlarning kamida 75 foizi (sogʻliqni saqlash budjet tashkilotlarida kamida 50 foizi) tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish boʻyicha jami xarajatlarning oʻrnini toʻldirishga va moddiy-texnika bazani mustahkamlashga;
tushgan barcha mablagʻlarning koʻpi bilan 25 foizi (sogʻliqni saqlash budjet tashkilotlarida kamida 50 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda) budjet tashkilotlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy ragʻbatlantirish tadbirlariga sarflanadi.
(29-bandning ikkinchi, uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2005-y., 51-son, 380-modda)
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotiga koʻrsatilgan homiylik (begʻaraz) yordamidan olingan mablagʻlarning barcha summasi, agar homiy bilan maxsus oʻzgacha hol kelishilmagan boʻlsa, moddiy-texnika bazani mustahkamlashga sarflanadi.
V. BUDJETDAN AJRATILADIGAN MABLAGʻLARNI VA BUDJETDAN TASHQARI MABLAGʻLARNI HISOBGA OLISH TARTIBI
30. Moliya organlari va budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va hisoboti “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonunga, Davlat budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan muassasalar va tashkilotlarda buxgalteriya hisobi boʻyicha yoʻriqnomaga, Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining amaldagi tasnifnomasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining boshqa meʼyoriy hujjatlariga muvofiq yuritiladi.
31. Faoliyat turiga koʻra tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan olingan daromadlar Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasiga tushadi hamda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hisobga olinadi.
Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish munosabati bilan budjet tashkilotlari tomonidan buxgalteriya hisobining umumiy qoidalarini qoʻllash xususiyatlari tarmoq xususiyatini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan Budjet tashkilotlari daromadlari va xarajatlari buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi nizomda qayd etiladi.
32. Yuridik shaxs maqomini olgan budjet tashkilotlari belgilangan tartibda hisobga turadilar, bunda tegishli moliya organlariga hisobot yilidan keyingi yilning 15-martigacha bir yilda bir marta “Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot” 2-raqamli shaklda moliyaviy hisobot taqdim etadilar.
VI. BUDJET TASHKILOTLARI XARAJATLARI IJROSINI NAZORAT QILISH
33. Budjet mablagʻlaridan foydalanilishini nazorat qilish ham budjetdan ajratiladigan xarajatlarni mablagʻ bilan taʼminlash jarayonida (joriy nazorat), ham budjet tashkiloti tegishli xarajatlarni qilgandan keyin (keyinchalik nazorat qilish) amalga oshiriladi.
34. Budjet mablagʻlaridan foydalanilishini nazorat qilish budjetdan mablagʻ bilan taʼminlashning belgilangan normativlari va limitlari, davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining amaldagi tasnifnomasi, tegishli budjetlarning tasdiqlangan parametrlari, tasdiqlangan shtat jadvallari va belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan budjet tashkilotlari xarajatlari smetasi, mazkur Tartibning qoidalari va boshqa qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
35. Budjet tashkilotlari tomonidan mablagʻlarning sarflanishini, shu jumladan Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi, uning hududiy organlari va joylardagi moliya organlari tomonidan qonun hujjatlari bilan berilgan vakolatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
36. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va tegishli hududiy moliya organlari quyidagi huquqlarga ega:
budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan tashkilotlardan budjetni rejalashtirish, mablagʻ bilan taʼminlash, tegishli tashkilot tomonidan budjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilish uchun zarur boʻlgan hisobot maʼlumotlarini soʻrash;
kredit muassasalaridan ularning ustavlariga muvofiq budjet tashkilotlarining operatsiyalari va hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish;
tashkilotlar tomonidan mablagʻlar gʻayriqonuniy sarflanganda, budjet intizomi buzilishi hollari aniqlangan taqdirda, shuningdek ilgari ajratilgan mablagʻlardan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotlar va boshqa belgilangan hisobot taqdim etilmaganda, bu haqda tegishli vazirliklar (idoralar), hokimliklar rahbarlarini xabardor qilgan holda tashkilotlarni budjetdan mablagʻ bilan taʼminlashni cheklash va zarur hollarda toʻxtatib qoʻyish;
VII. BUDJET TASHKILOTLARI RAHBARLARI VA MOLIYA ORGANLARI VAKOLATLI XODIMLARINING JAVOBGARLIGI
Budjet tashkilotlarining shtat jadvallari va xarajatlar smetasini tuzish va roʻyxatdan oʻtkazishning toʻgʻriligi va asoslanganligi uchun javobgarlik
37. Budjet tashkilotlarining smetalari va shtat jadvallarini tuzish hamda tasdiqlangan smetalar va shtat jadvallarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibiga rioya etilishi, ularning tasdiqlangan tasnifnomaga, xarajatlar normativlari va limitlariga muvofiqligi uchun amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq:
budjet tashkilotlarining rahbarlari va bosh buxgalterlari — budjet tashkilotlarining ishlab chiqilgan va roʻyxatdan oʻtkazish uchun kiritiladigan tasdiqlangan smetalari va shtat jadvallari toʻgʻriligi va asoslanganligi uchun;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimining vakolatli xodimlari, shu jumladan Moliya vazirligi rahbarlari va markaziy apparati xodimlari — budjet tashkilotlarining roʻyxatdan oʻtkazilgan shtat jadvallari va yigʻma smetalari toʻgʻriligi va asoslanganligi uchun shaxsan javob beradilar.
Budjet intizomiga rioya etilishi uchun javobgarlik
38. Ham budjet mablagʻlari hisobiga, ham mazkur Tartibda nazarda tutilgan boshqa manbalar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadigan tashkilotlarning rahbarlari amaldagi mehnat, maʼmuriy, jinoyat qonunchiligiga muvofiq budjet intizomi buzilishi uchun, shu jumladan:
budjet mablagʻlaridan va boshqa pul mablagʻlaridan nooʻrin foydalanilishi;
muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlar paydo boʻlishi;
xarajatlar guruhlari boʻyicha tasdiqlangan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar limitlari oshirib yuborilishi;
shtat-smeta intizomi buzilishi;
xarajatlar smetasi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi uchun shaxsan javob beradilar.
39. Moliya organlari rahbarlari budjet intizomiga rioya qilinishi uchun mehnat, maʼmuriy va jinoyat qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda shaxsan javob beradilar.