toggle_night_mode
Hujjat 01.03.2022 02 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2016-yil 22-sentabrdagi OʻRQ-410-son Qonunini amalga oshirish, shuningdek mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Tashkilotlardagi mehnatni muhofaza qilish tizimida audit oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Mehnatni muhofaza qilish sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Mehnat sharoitlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
bir oy muddatda oʻzining rasmiy veb-saytida mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilarining faoliyati masalalariga bagʻishlangan, mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning toʻliq roʻyxati joylashtirilgan hamda ular doimiy ravishda yangilanib boriladigan boʻlim ochsin;
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda ushbu qarorning maqsad va vazifalarining ommaviy axborot vositalarida keng tushuntirilishini taʼminlasin.
3. Ushbu qaror u rasman eʼlon qilingandan keyin uch oy muddat oʻtgach kuchga kiradi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 27-aprel,
246-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-apreldagi 246-son qaroriga
2-ILOVA
Tashkilotlardagi mehnatni muhofaza qilish tizimida audit oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tashkilotlardagi mehnatni muhofaza qilish tizimida audit oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
mehnatni muhofaza qilish — mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, hayoti va sogʻligʻi, ish qobiliyati saqlanishini taʼminlashga doir huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika, reabilitatsiya tadbirlari hamda vositalari tizimi;
mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi — maʼlum bir ish beruvchining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi siyosati va maqsadlarini belgilovchi, oʻzaro bogʻliq va bir-biriga taʼsir koʻrsatuvchi elementlar kompleksi hamda ushbu maqsadlarga erishish tartibi;
tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining auditi (keyingi oʻrinlarda mehnatni muhofaza qilish auditi deb ataladi) — mehnatni muhofaza qilish tizimini baholash ish beruvchining qaroriga binoan oʻtkaziladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash;
mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining ishlashi sifatini, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar va kasb kasalliklarining oldini olishga, darajasini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini baholash;
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar va kasb kasalliklarining oldini olishga qaratilgan takliflar hamda tavsiyalar ishlab chiqish;
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari — mehnatni muhofaza qilish sohasida shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslar.
mehnatni muhofaza qilish auditi mezonlari — audit maʼlumotlari, mehnatni muhofaza qilish siyosati va tartibi hamda chora-tadbirlari bilan solishtiriladigan tahliliy maʼlumotlar;
mehnatni muhofaza qilish auditini oʻtkazishda mustaqillik — tekshirilayotgan subyektga nisbatan moliyaviy, mulkiy, qarindoshlik yoki boshqa manfaatlarsiz mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari bilan taʼminlash tamoyili.
3. Tashkilotda mehnatni muhofaza qilish tizimida auditni oʻtkazish ish beruvchining qarori bilan mazkur Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda jamoa kelishuvlariga, shartnomalariga va boshqa lokal talablariga meʼyoriy hujjatlarning muvofiqligini aniqlash;
mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi faoliyat yuritishini sifati, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar va kasb kasalliklarining darajasini kamaytirish va oldini olishga qaratilgan tadbirlar samaradorligini baholash;
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar va kasb kasalliklarining ularning oldini olishga qaratilgan takliflar hamda tavsiyalar ishlab chiqish.
4. Tashkilotda mehnatni muhofaza qilish auditini oʻtkazish mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari Yagona reyestriga “mehnatni muhofaza qilish auditini oʻtkazish” xizmat turi boʻyicha kiritilgan mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
5. Mehnatni muhofaza qilish auditi oʻtkazilgan va uning natijalari koʻra aniqlangan barcha kamchiliklar bartaraf etilgan (yoki kamchiliklar aniqlanmagan) tashkilotlar, keyingi uch yil mobaynida mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishi boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirish maqsadida tashkilotlarda oʻtkaziladigan rejali tekshirishlar roʻyxatiga kiritilmaydi.
6. Mehnatni muhofaza qilish auditini oʻtkazish mustaqillik, xolislik, kasbiy mahorat va maxfiylik tamoyillari asosida amalga oshiriladi.
7. Tekshirilayotgan tashkilot quyidagilarga majbur:
auditor tashkilotiga mehnatni muhofaza qilish auditining oʻz vaqtida va toʻlaqonli oʻtkazilishi uchun koʻmaklashish, zarur maʼlumot va hujjatlarni taqdim etish, auditor tashkilotining soʻrovlariga asosan ogʻzaki va yozma shaklda audit maqsadlariga taalluqli boʻlgan masalalar boʻyicha tushuntirishlar berish;
mehnatni muhofaza qilish auditi oʻtkazilayotganda tahlil va baholash uchun moʻljallangan masalalar koʻlamini qisqartirishga, shuningdek mehnatni muhofaza qilishga oid maqsadlarga tegishli boʻlgan maʼlumot va hujjatlarni yashirish (cheklash)ga qaratilgan oldindan koʻzlangan xatti-harakatlarni sodir etmaslik.
Mehnatni muhofaza qilish auditi oʻtkazilayotgan tashkilot tomonidan zarur boʻlgan hujjat va maʼlumotlar taqdim etilmasa yoki audit tashkil etish uchun zarur boʻlgan sharoitlar taʼminlanmasa auditor tashkiloti audit oʻtkazishdan bosh tortish huquqiga ega.
8. Auditor tashkiloti quyidagilarga majbur:
tekshirilayotgan tashkilotga audit boshlanishidan oldin auditor tashkilotining qonunchilikda belgilangan mehnatni muhofaza qilish auditini oʻtkazish talablariga muvofiqligi boʻyicha rasmiylashtirilgan asosni taqdim etish;
mehnatni muhofaza qilish auditi hisobotida mehnatni muhofaza qilish talablarining buzilishi faktlarini hamda ularni bartaraf etish boʻyicha takliflarni yoritish;
oʻtkazilgan mehnatni muhofaza qilish auditlari hisobotlari va xulosalarining kamida besh yil muddatda saqlanishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining soʻroviga asosan reyting baholash maqsadlarida oʻtkazilgan mehnatni muhofaza qilish auditlari boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etish;
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
tekshirilayotgan tashkilot soʻroviga asosan tekshirilayotgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish holati boʻyicha aniqlangan kamchiliklarning mehnatni muhofaza qilish auditini oʻtkazish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga asoslanganligi boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etish.
2-bob. Tashkilotda mehnatni muhofaza qilish auditini rejalashtirish va oʻtkazish
9. Mehnatni muhofaza qilish auditi tashkilot qarori bilan auditor tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
10. Mehnatni muhofaza qilish auditi beshta asosiy bosqichdan iborat boʻladi:
tashkilotda mehnatni muhofaza qilish auditi oʻtkazilishini rejalashtirish;
tashkilotda mehnatni muhofaza qilish auditini oʻtkazish;
tashkilotda mehnatni muhofaza qilish auditi natijalarini rasmiylashtirish;
oʻtkazilgan mehnatni muhofaza qilish auditi natijalari asosida kamchiliklarni bartaraf etuvchi va ularning oldini oluvchi harakatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
kamchiliklarni bartaraf etuvchi va ularning oldini oluvchi harakatlarni amalga oshirish samaradorligini baholash.
11. Mehnatni muhofaza qilish auditini oʻtkazishni rejalashtirish audit tashkiloti tomonidan mehnatni muhofaza qilishni audit qilishga qadar ishlab chiqiladigan audit rejasi quyidagilarni nazarda tutadi:
mehnatni muhofaza qilish auditini oʻtkazish maqsadlari;
audit oʻtkazish sabablarini koʻrsatish (tashkiliy oʻzgarishlar, mehnat xavfsizligi va muhofazasi talablari buzilishi holatlarining aniqlanganligi, joriy tekshirish va nazorat, sodir boʻlgan avariya, kelishmovchiliklar va baxtsiz hodisalar, boshqa sabablar);
mehnatni muhofaza qilish auditi meʼyorlari va mehnatni muhofaza qilish sohasini tartibga soluvchi hujjatlar;
audit oʻtkazish sohasi (faoliyat turlari va sohalari roʻyxati);
audit oʻtkazish sanasi va joyi;
audit grafigi;
mehnatni muhofaza qilish auditini oʻtkazayotgan mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchisi masʼul xodimi (keyingi oʻrinlarda auditor deb ataladi) yoki auditor guruhi (agar audit oʻtkazish boʻyicha guruh tashkil etilsa) majburiyatlari.
Mehnatni muhofaza qilish auditi rejasi oʻz ichiga tashkilotda audit oʻtkazish jarayoniga oid boshqa maʼlumotlarni ham qamrab olishi mumkin.
Mehnatni muhofaza qilish auditi rejasiga audit oʻtkazish davomida oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
12. Mehnatni muhofaza qilish rejasi mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchisi rahbari tomonidan imzolanadi.
Mehnatni muhofaza qilish auditi rejasi tekshirilayotgan tashkilot rahbariga mehnatni muhofaza qilish auditi boshlanishidan oldin taqdim etiladi va u tomonlarning kelishuviga muvofiq oʻzgartirilishi mumkin.
13. Tashkilotda mehnatni muhofaza qilish auditini oʻtkazish tashkilotning mehnatni muhofaza qilish tizimini boshqarishning belgilangan talablarga muvofiqligi masalalarini kompleks tarzda koʻrib chiqish faqat tasdiqlangan audit rejasi doirasida amalga oshirilishi mumkin.
14. Mehnatni muhofaza qilish auditini oʻtkazish quyidagilarni oʻrganishni nazarda tutadi:
mehnatni muhofaza qilish auditining maqsadlari, sohasi va meʼyorlariga oid maʼlumotlar, shu jumladan tarkibiy boʻlimlar faoliyati va ular oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarga oid maʼlumotlar;
ishlab chiqarish jarayonlari va hujjatlarining mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligi;
amaldagi jarayonlar tartibi va rasmiylashtirilgan hujjatlarning mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga, shuningdek tashkilotda mavjud boʻlgan mehnatni muhofaza qilish masalalariga oid hujjatlarga muvofiqligi;
tekshirilayotgan tashkilotning tashkiliy tuzilmasi;
maʼmuriy va ish tartiblari, inson va moddiy resurslar, asbob-uskunalar;
uchastkalar, operatsiya va ishlab chiqarish jarayonlari ishchilari;
mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash va tashish jarayonlari (ularning belgilab qoʻyilgan xavfsizlik talablariga muvofiqligi);
xavfli ishlab chiqarish obyektlarida ishlatiladigan texnik moslamalarning zarur boʻlgan sinov va texnik tekshiruvlarini oʻtkazishni tashkillashtirish;
nazorat-oʻlchov vositalarining taʼmirlanishi va tekshirilishini tashkillashtirish;
energetika xoʻjaligi obyektlari;
texnologik ekspertiza talablariga muvofiqlik;
hisobotlarni rasmiylashtirish, maʼlumotlarni roʻyxatga olish va saqlash tartiblari;
mehnatni muhofaza qilish, sanoat xavfsizligi sohasidagi tartib va boshqa hujjatlarning kelishilganligi;
mehnatni muhofaza qilish auditi rejasida hamda mehnatni muhofaza qilishni tashkil etish sohasida koʻzda tutilgan boshqa yoʻnalishlar.
15. Audit natijasida olingan haqiqiy maʼlumotlar mehnatni muhofaza qilish auditi mezonlari bilan muvofiq kelishi yoki kelmasligini aniqlash hamda tegishli xulosalarni chiqarish maqsadida solishtiriladi.
16. Audit mobaynida aniqlangan mehnatni muhofaza qilish mezonlariga muvofiqlik faktlari boʻyicha audit amalga oshirilgan joy, boʻlimlar yoki jarayonlar koʻrsatilgan holda umumlashtiriladi. Mehnatni muhofaza qilish meʼyorlariga muvofiqlik toʻgʻrisida tashkilotda oʻtkazilgan auditning barcha xulosalari va uning dalillari nazorat varaqlariga yozilishi lozim.
17. Toifalarni aniqlashda: auditor (audit boʻyicha guruh aʼzolari) ularni alohida holatlar boʻyicha tizimli xatolar hamda talablarga rioya etmaslik holatlari boʻyicha tasniflaydi. Mehnatni muhofaza qilish auditining nomuvofiqlik toʻgʻrisidagi xulosalari va ularga asos boʻladigan dalillar yozma shaklda keltirilishi lozim.
18. Nomuvofiqliklar muhim va muhim boʻlmagan turlarga boʻlinadi.
19. Muhim nomuvofiqliklarning asosiy mezonlariga quyidagilar kiradi:
xodimlarning sogʻligi va xavfsizligi uchun yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan xavf-xatarning mavjudligi;
tashkilotning tashkiliy tuzilmasida oʻzgartirishlar keltirib chiqaradigan, katta moddiy xarajatlar talab qiladigan, mutaxassislarni uzoq muddatda (ikki oydan ortiq) tayyorlashni koʻzda tutadigan, mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimiga jiddiy taʼsir koʻrsatadigan darajada mehnatni muhofaza qilish talablaridan uzoqlashish.
20. Muhim boʻlmagan nomuvofiqliklarning asosiy mezonlariga quyidagilar kiradi:
mehnatni muhofaza qilish va xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qoʻyilgan talablarga rioya etmaslik;
xodimlarning sogʻligʻi va xavfsizligi uchun yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan xavf-xatarlar hisoblanmagan, tashkilotning tashkiliy tuzilmasida oʻzgartirishlar va katta moddiy xarajatlar talab qilmaydigan hamda audit guruhining faoliyati mobaynida bartaraf etish mumkin boʻlgan, belgilangan mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi talablaridan uzoqlashish boʻyicha nomuvofiqliklar.
21. Muhim va muhim boʻlmagan nomuvofiqliklar, nomuvofiqlik protokollarida qayd etiladi va mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablari bilan solishtiriladi.
Nomuvofiqlik protokollari aniqlangan har bir nomuvofiqlik boʻyicha alohida tuziladi.
22. Nomuvofiqlik protokollari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
tekshirilayotgan tashkilot tarkibiy boʻlimining nomi yoki mansabdor shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;
mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimiga qoʻyiladigan talablar, shuningdek jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari va boshqa ichki normativ hujjatlar asosida belgilangan talablar;
nomuvofiqlikni belgilash va uning toifasi;
muvofiqlashtiruvchi harakatning mazmuni va uni oʻtkazish muddatlari;
muvofiqlashtiruvchi harakat oʻtkazilganligi haqida belgi (mavjud boʻlsa);
tashkilot rahbarining va auditor guruhi rahbarining imzolari.
23. Nomuvofiqlik protokoli auditor (auditor guruhi rahbari) va tashkilot rahbari yoki tashkilot rahbarining vakili, mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining ishlashiga masʼul bilan birgalikda koʻrib chiqilishi lozim.
3-bob. Mehnatni muhofaza qilish auditi natijalarini rasmiylashtirish
24. Tashkilotning mehnatni muhofaza qilish auditi natijalari boʻyicha hisobot tuzish bilan audit qilish davomida yigʻilgan xulosalar va maʼlumotlar, audit maqsadlariga muvofiqligi tekshiriladi.
25. Tashkilotning mehnatni muhofaza qilish auditi boʻyicha hisobot quyidagilarni oʻz ichiga olishi shart:
audit maqsadi;
audit sohasi;
tekshirilayotan tashkilotning nomlanishi va uning rekvizitlari;
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchisining nomi;
hisobot tuzilgan sana;
mehnatni muhofaza qilish auditi mezonlari;
auditor haqida maʼlumot (audit guruhi aʼzolari);
mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimidagi tahlil qilinadigan hujjatlar roʻyxati;
mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimiga oid hujjatlarning tahlili natijalari;
mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimiga oid hujjatlardagi kamchiliklar bartaraf etilganligi haqidagi maʼlumotlar;
mehnatni muhofaza qilish auditi natijalari;
tashkilot tomonidan audit natijasida aniqlangan nomuvofiqliklarning bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi chora-tadbirlar;
hisobot taqdim etiladigan tashkilotlar roʻyxati;
hisobotdagi mavjud maʼlumotlarning maxfiyligini koʻrsatish.
26. Hisobot auditor (audit guruhining rahbari) tomonidan imzolanadi va tekshirilayotgan tashkilot rahbariyatiga taqdim etiladi.
27. Mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining auditi natijalari va ishlab chiqilgan hisobotlarni inobatga olgan holda dalolatnoma tuziladi hamda auditor tomonidan imzolanadi (audit guruhining rahbari tomonidan) va tekshirilayotgan tashkilot rahbariyatiga taqdim etiladi.
28. Mehnatni muhofaza qilish auditi natijalari boʻyicha dalolatnoma mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining audit mezonlariga muvofiqlik toifalari baholanishini oʻz ichiga oladi.
Mehnatni muhofaza qilish auditi natijalari boʻyicha dalolatnoma aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga yoʻnaltirilgan, ishlab chiqarishdagi jarohatdan va kasbiy kasallanishdan ogohlantiruvchi taklif va tavsiyalarni oʻz ichiga olishi shart.
29. Tashkilotning mehnatni muhofaza qilish auditi natijalarida quyidagi xulosalar boʻlishi mumkin:
mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari va boshqa ichki normativ hujjatlar asosida oʻtkaziladigan audit talablariga muvofiq;
mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shuningdek jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari va boshqa ichki normativ hujjatlar asosida oʻtkaziladigan audit talablariga muvofiq emas;
30. Mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq hisoblanadi, agar:
nomuvofiqlik mavjud boʻlmasa;
aniqlanganidan boshlab ikki oy davomida bartaraf etish mumkin boʻlgan, unchalik ahamiyatli boʻlmagan nomuvofiqlik boʻlsa;
31. Agar, hech boʻlmaganda bitta, ikki oy davomida bartaraf qilish mumkin boʻlmagan ahamiyatli nomuvofiqlik aniqlansa, mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga nomuvofiq hisoblanadi.
32. Dalolatnomaga shuningdek, auditor (auditor guruhi rahbari) va tekshirilayotgan korxona oʻrtasida kelishuvga erishilmagan barcha savollar, tomonlarning yozma shakldagi fikrlarining bayonlari bilan kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
33. Dalolatnoma va nomuvofiqlik protokoli uch nusxada tuziladi va tekshirilayotgan tashkilotda, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchisida saqlanadi hamda bir nusxasi tekshirish yakunlangandan soʻng 10 kun mobaynida mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchisi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari Davlat mehnat inspeksiyasi davlat inspeksiyalariga yuboriladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son)
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Muvofiqlashtiruvchi va ogohlantiruvchi harakatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish
34. Tekshirilayotgan tashkilot, dalolatnoma va nomuvofiqlik protokolida koʻrsatilgan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan 6 oydan koʻp boʻlmagan muddatda muvofiqlashtiruvchi va ogohlantiruvchi harakatlarni ishlab chiqishi shart.
35. Nomuvofiqliklarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilgan muvofiqlashtiruvchi harakatlar yakunlari boʻyicha tekshirilayotgan tashkilot, auditor tashkilotiga nomuvofiqliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrilgan choralar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
36. Auditor tashkiloti taqdim etilgan maʼlumotni joyiga borib oʻrganadi va oʻrganish yakunlari yuzasidan nomuvofiqliklarni bartaraf etish natijalari boʻyicha xulosa tuzadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Nomuvofiqliklarni bartaraf etish natijalari boʻyicha xulosa uch nusxada tuziladi va tekshirilayotgan tashkilotda, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchisida saqlanadi hamda bir nusxasi tekshirish yakunlangandan soʻng 10 kun mobaynida mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchisi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari Davlat mehnat inspeksiyasiga yuboriladi.
(36-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son)
Keyingi tahrirga qarang.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
37. Tashkilotlar ichki auditni mustaqil ravishda idoraviy hujjatlarda belgilangan tartibda amalga oshirishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
38. Mazkur Nizom talablariga rioya etilishi yuzasidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va uning hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
39. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 49-moddasi.
Tashkilotlardagi mehnatni muhofaza qilish tizimida audit oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Tashkilotlardagi mehnatni muhofaza qilish tizimida audit oʻtkazish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-apreldagi 246-son qaroriga
3-ILOVA
Mehnatni muhofaza qilish sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirish tartibi toʻgʻrisida
Nizom
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish va qayta tayyorlashning yagona tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
mehnatini muhofaza qilish sohasida malaka oshirish — mehnatni muhofaza qilish sohasidagi bilim va koʻnikmalarni, kasbiy mahoratni tizimli ravishda yangilab borish va chuqurlashtirishni taʼminlash;
mehnatni muhofaza qilish sohasida qayta tayyorlash — mehnatni muhofaza qilish sohasida ishlash uchun zarur va yetarli hajmda yangi kasbiy bilimlar va koʻnikmalarni egallash;
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis — mehnatni muhofaza qilish xizmati xodimi yoxud qonunchilikda belgilangan holatlarda mehnatni muhofaza qilish xizmati vazifalarini amalga oshiradigan shaxs;
3. Mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish va qayta tayyorlash mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Tashkilotlar rahbarlari qonun hujjatlari va ushbu Nizom talablariga muvofiq xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha kurslarda malaka oshirish va qayta tayyorlashdan oʻtishlarini taʼminlashlari shart,oʻqish vaqtida ularning oʻrtacha ish haqlari saqlanadi.
4. Mehnatni muhofaza qilish sohasida xodimlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashdan oʻtishlariga har bir ish beruvchi qonun hujjatlari, jamoa shartnomasi shuningdek jamoat kelishuvlari yoki boshqa lokal normativ hujjatlarda belgilanadigan miqdorda yetarli mablagʻlar ajratadi.
Xodimlar ushbu maqsadlar uchun xarajat qilmaydilar.
2-bob. Mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish
5. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha malaka oshirish:
tashkilotlarning mehnatni muhofaza qilish xizmati rahbari va mutaxassislari, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislari;
Oldingi tahrirga qarang.
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilarining bevosita mazkur xizmatlar bilan shugʻullanuvchi xodimlari, shuningdek mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan foydalaniladigan texnik jihatdan malakaliligi maqullangan sinov laboratoriyalari rahbarlari;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmati va kasaba uyushmalari (yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari) bilan kelishilgan holda ish beruvchilar tomonidan aniqlangan mehnatni muhofaza qilishni taʼminlashga javobgar rahbarlar va mutaxassislar. Bunday lavozimlar boʻyicha shakllantirilgan roʻyxatga tashkilotlarning muhandis-texnik xodimlari, shu jumladan, bosh muhandis, bosh energetik, bosh mexanik, sexlar boshliqlari, shuningdek zararli va xavfli ish sharoitlari mavjud ishlab chiqarishlar ustalari kiritilishi shart;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat mehnat texnik inspektorlari va mehnat sharoitlari ekspertlari, kasaba uyushmalarining Mehnat inspeksiyasi texnik inspektorlari uchun majburiydir.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
6. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davomiyligi 72 akademik soatdan kam boʻlmagan malaka oshirishdan quyidagilar oʻtkaziladi:
tashkilotlarning mehnatni muhofaza qilish xizmati rahbari va mutaxassislari;
Oldingi tahrirga qarang.
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilarining bevosita mazkur xizmatlar bilan shugʻullanuvchi xodimlari, shuningdek mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan foydalaniladigan texnik jihatdan malakaliligi maqullangan sinov laboratoriyalari rahbarlari.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
Davomiyligi 72 akademik soatdan kam boʻlmagan mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish kurslaridan oʻtgan shaxslarga malaka oshirish kurslaridan oʻtgandan keyin bir yilgacha mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassisning malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlari topshirish huquqi beriladi.
7. Mehnatni muhofaza qilish sohasida davomiyligi 36 akademik soatdan kam boʻlmagan malaka oshirish kurslari quyidagilar uchun oʻtkaziladi:
ish beruvchilar tomonidan oʻrnatilgan tartibda belgilangan mehnatni muhofaza qilishni taʼminlashga javobgar rahbarlar va mutaxassislar;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat mehnat texnik inspektorlari va mehnat sharoitlari ekspertlari, kasaba uyushmalarining Mehnat inspeksiyasi texnik inspektorlari.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
8. Ish beruvchining xohishiga koʻra mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish quyidagilar uchun oʻtkazilishi mumkin:
tashkilotlar rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari;
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vazifalar yuklangan masʼul xodimlar;
kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari tomonidan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakil etilgan shaxslar;
malaka oshirishi zarurligi aniqlangan boshqa shaxslar.
Mazkur bandda keltirilgan toifadagi shaxslar uchun malaka oshirish kurslarining davomiyligi 18 akademik soatdan kam boʻlmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Davlat mehnat texnik inspektorlari va mehnat sharoitlari ekspertlari, kasaba uyushmalarining Mehnat inspeksiyasi texnik inspektorlari har yili malaka oshirishdan oʻtishlari shart.
Tashkilotlarning mehnatni muhofaza qilish xizmati rahbarlari, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislar, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilarining bevosita mazkur xizmatlar bilan shugʻullanuvchi xodimlari, shuningdek mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan foydalaniladigan texnik jihatdan malakaliligi maqullangan sinov laboratoriyalari rahbarlari uch yilda kamida bir marta malaka oshirish kurslaridan oʻtadilar.
Tashkilotlarning mehnatni muhofaza qilish xizmatlari mutaxassislari, tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmati va kasaba uyushmalari (yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari) bilan kelishilgan holda ish beruvchilar tomonidan aniqlangan mehnatni muhofaza qilishni taʼminlashga javobgar rahbarlari va mutaxassislari besh yilda kamida bir marta mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirishdan oʻtishlari shart.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish boʻyicha kasbiy bilimlari yetarli boʻlmagan xodimlar aniqlanganda, mehnatni muhofaza qilish sohasida davlat nazorati organlari mazkur xodimlarning ushbu Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan muddatlar oʻtmasdan ham mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish kurslaridan majburiy oʻtishlari yuzasidan yozma koʻrsatma berishga haqli.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
3-bob. Mehnatni muhofaza qilish sohasida qayta tayyorlash
11. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlashning maqsadi bilim olish, tashkilotda mehnatni muhofaza qilish ishlarini tashkil etish, shuningdek mehnatni muhofaza qilish sohasi amaliyotida bilim va koʻnikmalarni shakllantirish, ishlab chiqarish va xavfsiz texnologik jarayonlarni tashkil etishdan iborat.
12. Ish beruvchining buyrugʻi bilan mehnatni muhofaza qilish vazifasi yuklangan, texnik yoʻnalishdagi oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimiga ega boʻlmagan rahbarlar (yoki ularning oʻrinbosarlari), shuningdek tashkilot xodimlari 288 akademik soatdan kam boʻlmagan hajmdagi oʻquv kurslarida mehnatni muhofaza qilish sohasida qayta tayyorgarlikdan oʻtadilar.
Bunda, bir haftalik oʻquv yuklamasi barcha turdagi, shu jumladan auditoriyada va auditoriyadan tashqari (mustaqil) oʻquv ishlari bilan birgalikda 54 akademik soatdan ortiq miqdorda belgilanadi. Auditoriya ishlari bir haftada 36 akademik soatdan oshmasligi kerak.
Mehnatni muhofaza qilishni tashkil etish vazifasi yuklangandan keyin olti oy ichida mehnatni muhofaza qilish boʻyicha qayta tayyorgarlikdan oʻtilishi shart.
4-bob. Mehnatni muhofaza qilish sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirishni tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
13. Mehnatni muhofaza qilish sohasida qayta tayyorlash va malakasini oshirish, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilarining Yagona reyestriga “mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish” xizmat turi boʻyicha kiritilgan mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari (keyingi oʻrinlarda — taʼlim tashkiloti) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlik va mehnatni muhofaza qilish Respublika ilmiy markazi (keyingi oʻrinlarda — Ilmiy markaz deb ataladi) yoki Mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish respublika kurslari (keyingi oʻrinlarda — Respublika malaka oshirish kurslari deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislik malaka sertifikatini oluvchi nomzodlar Ilmiy markazda yoki Respublika malaka oshirish kurslarida yoxud taʼlim tashkilotlarida malaka oshirishdan oʻtadilar.
Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis malaka sertifikatini oluvchi nomzodlar tegishli taʼlim tashkilotining xodimi boʻlsa, ularning ushbu tashkilotlarda malaka oshirishlariga yoʻl qoʻyilmaydi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Ilmiy markaz Respublika malaka oshirish kurslari va taʼlim tashkilotlari tashkilotlar xodimlarining oʻqitish boʻyicha talabni hisobga olgan holda, hududlarda ham mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislarning malakasini oshirish kurslarini tashkil etishi mumkin.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
Taʼlim tashkilotlari mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini oʻquv jarayonlari olib borish uchun zarur shart-sharoitlar mavjud boʻlgan ish beruvchilarning hududida ham tashkil etishi mumkin.
16. Mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish va qayta tayyorlash ishdan ajralgan holda yoki qisman ajralgan holda amalga oshirilishi mumkin.
17. Mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari yakunida, olingan bilimlarni tekshirish boʻyicha uch kishidan kam boʻlmagan tarkibda imtihondan oʻtkazish komissiyasi tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Imtihon komissiyasi tarkibiga hududiy mehnat organlarining Davlat mehnat inspeksiya xodimlari doimiy asosda kiritilishi lozim.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
Kurs yakuni boʻyicha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda:
mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirganlarga mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shaklda Davlat namunasida sertifikat;
mehnatni muhofaza qilish sohasida qayta tayyorlashdan oʻtganlarga mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shaklda Davlat namunasida diplom beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Taʼlim tashkilotlari oʻquv kursi yakuni boʻyicha bayonnoma rasmiylashtirilgandan keyin oʻn kun ichida oʻquv kursidan oʻtganlar boʻyicha toʻliq maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasiga yuboradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish va qayta tayyorlashdan oʻtgan shaxslar boʻyicha toʻliq maʼlumotlarni taʼlim tashkilotlari boʻyicha har chorak yakuni bilan hisobot davri keyingi oyining 10-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy saytiga joylashtirib boradi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
5-bob. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha oʻquv dasturlariga boʻlgan talablar
19. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash mehnatni muhofaza qilish boʻyicha oʻquv dasturlari va oʻquv-tematik rejalar asosida oʻtkaziladi (keyingi oʻrinlarda Taʼlim dasturlari deb ataladi).
Oldingi tahrirga qarang.
Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha Taʼlim dasturlari Ilmiy markaz tomonidan ishlab chiqiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
Taʼlim dasturlari, zaruratga koʻra, kamida uch yilda bir marta yangilab boriladi.
20. Taʼlim dasturlari tinglovchilarning amaliy ehtiyojlarini va tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda shakllantiriladi. Taʼlim dasturlari alohida-alohida, har xil sohalar boʻyicha, ularning ishlab chiqarish xususiyatidan kelib chiqib ham ishlab chiqilishi mumkin.
Taʼlim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamenti dasturlari asosiy (majburiy) va qoʻshimcha (ixtiyoriy) oʻquv modullariga ajratilgan holda alohida oʻquv modullariga boʻlinadi.
21. Taʼlim dasturlari mazmuniga quyiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:
mehnatni muhofaza qilish sohasida ishlarni amalga oshiradigan mutaxassislarga qoʻyiladigan professional kasbiy malaka talablariga muvofiq boʻlishi;
oliy taʼlim davlat standartlariga nisbatan izchil ketma-ketlikda boʻlishi;
zamonaviy taʼlim texnologiyasi va oʻquv vositalariga moʻljallangan boʻlishi;
dastur mazmuni mehnatni muhofaza qilish boʻyicha amalga oshiriladigan kasbiy faoliyatga muvofiq boʻlishi kerak.
22. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash taʼlim dasturlari nazorat tadbirlarini nazarda tutishi shart, jumladan:
tinglovchilarni test sinovidan oʻtkazish;
hajmi 25 varaqdan (shrift -14, interval-1,5) kam boʻlmagan malaka ishi (referat) tayyorlash va himoya qilish;
imtihon topshirish.
23. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash oʻquv yuklamalarni rejalashtirishda ularning mustaqil ishlashiga alohida eʼtibor qaratiladi.
24. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashdan oʻtgan tinglovchilar Taʼlim dasturlarini oʻzlashtirish natijalariga koʻra quyidagi kasbiy bilimlarga ega boʻlishlari kerak:
mehnatni muhofaza qilish masalalarini texnik jihatdan tartibga solish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlar talablari;
tashkilotlarda ishlab chiqiladigan, mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimini tashkil etish hamda ularning faoliyat olib borishini taʼminlaydigan lokal normativ hujjatlar roʻyxati;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan ogohlantirish boʻyicha profilaktika ishlarini oʻtkazish shaxsiy himoya vositalarini toʻgʻri qoʻllanishi, normativ-huquqiy hujjatlarning talablariga rioya etilishini nazorat qilish uslublari, ishlab chiqarish va kasb kasalligiga chalinish, xavfsiz mehnat sharoitlari yaratish va ish joylarini attestatsiyadan oʻtkazish natijalari boʻyicha aniqlangan nomuvofiqliklarni tugatishga qaratilgan chora-tadbirlarni bajarish;
xodimlarni mehnatni muhofaza qilish boʻyicha oʻqitish va mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlarini moliyalashtirish hajmlari boʻyicha ehtiyojlarni aniqlash;
shaxsiy va jamoaviy himoya vositalarining klasslari, turlari va asosiy xususiyatlarini, himoya vositalariga hamda ulardan foydalanishga va saqlashga qoʻyiladigan umumiy talablar, ularning sozligi va ahvolini baholashning mezonlari;
kasb kasalliklari turlari va kasbiy xavflarni boshqarish usullari;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalligiga chalinishini tekshirish va hisobga olishda shuningdek, ishlab chiqarishda jarohatlanganlarning sugʻurtasini taʼminlash uchun zarur hujjatlar roʻyxati;
ish beruvchining mehnat sharoitlari, ishlab chiqarish faoliyatining xususiyatlarini hisobga olgan holda mehnatni muhofaza qilish sohasida vazifa va maqsadlarini shakllantirish asoslari;
ish beruvchi faoliyatining xususiyatini inobatga olgan holda aholining sanitariya-gigiyena osoyishtaligi toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari;
zararli va xavfli mehnat sharoitlarida band boʻlgan xodimlarga belgilangan kompensatsiya turlari va miqdori, ularni berish shartlari va tartibi;
mehnatni muhofaza qilish talablarini buzganligi uchun javobgarlik (intizomiy, maʼmuriy, fuqaroviy-huquqiy, jinoiy) va javobgarlikka tortish tartibi;
texnologik jarayonlarning asoslari, mashinalar, qurilmalar va uskunalarning vazifalari, ish beruvchining faoliyati xususiyatlarini inobatga olgan holda xomashyo va materiallarni qoʻllash;
texnologiyalar, uskunalar, mashinalar va moslamalarga mehnatni muhofaza qilish boʻyicha qoʻyiladigan asosiy talablar, shuningdek ularni qabul qilish va foydalanishga topshirish, ishlab chiqarish obyektlarini nazorat qilish bilan bogʻliq hujjatlar roʻyxati;
ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayonining zararli va xavfli omillari, ularning manbalari va xususiyatlari, ularning klassifikatsiyasi;
mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimini rejalashtirish, mehnatni muhofaza qilish faoliyati boʻyicha koʻrsatkichlarni ishlab chiqish, mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining natijalarini va boshqarish tizimining samaradorligini baholash.
25. Mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini oʻtagan,taʼlim dasturini muvaffaqiyatli oʻzlashtirgan shaxslar quyidagi bilimlarga ega boʻlishlari shart:
qonun hujjatlari talablariga muvofiq korxonalarda mehnatni muhofaza qilish boʻyicha samarali ish tizimini tashkil etish, mehnatni muhofaza qilish tizimining barcha jarayonlarini nazorat qilish va muvofiqlashtirishni taʼminlash va mehnatni muhofaza qilish tizimiga tuzatishlar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash;
jamoa kelishuvi, jamoa shartnomasi va xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasining mehnatni muhofaza qilish qismini ishlab chiqish;
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xodimlar oʻrtasida vakolatlar va majburiyatlarni taqsimlash;
xodimlarga ishlab chiqarishda jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uslub va usullarini oʻrgatish;
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalar, xodimlarni xavfsiz mehnat usullariga oʻqitish dasturlarini, xavfsiz mehnat sharoitlarini taʼminlash va mehnat sharoitlari hamda mehnat muhofazasini yaxshilash boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek mehnatni muhofaza qilish boʻyicha instruktajlar oʻtkazish va xodimlarning mehnat muhofazasi boʻyicha bilimlarini tekshirishni taʼminlash;
kasbiy xavflarni baholash orqali korxonalarda tashkil etilgan mehnatni muhofaza qilish tizimi va haqiqiy sharoitlarni tahlil qilish;
ish beruvchiga mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari masalalari boʻyicha hisobot (shu jumladan statistika) hujjatlarini tayyorlash;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalligiga chalinishni tekshirish boʻyicha komissiya ishini tashkil qilish, taqdim etilgan materiallar asosida ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalligi holatini oʻrganish;
ish joylarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalardan foydalanishda jarohatlanish jihatidan xavfliligi boʻyicha attestatsiya komissiyasi ishini tashkil etish, ish joylarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha hujjatlarni tayyorlash;
xodimlarni ishga qabul qilishda dastlabki, davriy va navbatdan tashqari tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, davolash-profilaktik xizmat koʻrsatish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqish, xodimlarga sanitariya-maishiy xizmat koʻrsatish talablarini ishlab chiqish;
xodimlarning xavfsiz ishlash darajasini yaxshilash,mehnat sharoitlarining yaxshilanishidan manfaatdorliklari darajasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni aniqlash, shuningdek xodimlarning mehnat qilish va dam olish rejimini taʼminlash boʻyicha takliflar tayyorlash;
xodimlarni mehnat sharoitlari va ish joylaridagi mehnat muhofazasi, sogʻligʻiga yetkaziladigan jarohatlar xavflari, taqdim etiladigan kompensatsiyalar va kafolatlar boʻyicha atroflicha maʼlumotlar bilan taʼminlash;
mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari masalalari boʻyicha xodimlarning vakillik organlari bilan ishlarni tashkil etish.
6-bob. Yakunlovchi qoida
26. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislarning oʻz vaqtida malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etish uchun ish beruvchi javob beradi.
Mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish va qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish va qayta tayyorlash
SXEMASI
Mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish va qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Gerbi tasviri

‎Mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirganlik haqida

‎SERTIFIKAT PK


‎№ 0000000 ________________________________________________________________

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎20__ yil “___” _________dan 20__ yil “__” _________gacha ‎

‎‎________________________________________________________________
‎(malaka oshirish va qayta tayyorlash taʼlim muassasasining nomi)

________________________________________________________________(xodimlarni malakasini oshirish dasturining nomi)


‎dastur boʻyicha ______soat hajmida malaka oshirish kursidan oʻtdi:

‎‎________________________________________________________________
‎(Mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish boʻyicha dasturning nomi)

Muhr oʻrni:‎
Imtihon komissiyasi raisi

__________ ‎

___________________ ‎‎

(imzo) ‎

‎‎(F.I.O.)

Taʼlim muassasasi rahbari

__________ ‎

‎‎___________________

(imzo) ‎ ‎

‎‎‎‎(F.I.O.)

‎‎Shahar (tuman) ____________

‎‎Sana_____________

‎‎Roʻyxatdan oʻtish raqami № _____
Mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish va qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Gerbi tasviri

‎Mutaxassisni mehnatni muhofaza qilish sohasida tayyorlash haqida

‎DIPLOM

‎PS ‎№ 0000000


‎_______________________________________________________

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎20__ yil “___” _________dan 20__ yil “__” _________gacha ‎

‎‎________________________________________________________________
‎(malaka oshirish va qayta tayyorlash taʼlim muassasasining nomi)

________________________________________________________________
‎(mutaxassisni qayta tayyorlash dasturining nomi)


‎boʻyicha ______ soat hajmida mehnatni muhofaza qilish mutaxassisligi kursidan oʻtdi: ____________________________________________________

‎‎________________________________________________________________

‎‎
‎mavzusidagi malaka ishini “___” bahoga himoya qildi va imtihon komissiyasi qaroriga asosan unga _____________________________________________

‎‎(kasb, lavozim nomi)

‎‎lavozimida ishlash huquqi berildi.

‎Muhr oʻrni:‎
Imtihon komissiyasi raisi

__________ ‎

___________________ ‎‎

(imzo) ‎

‎‎(F.I.O.)

Taʼlim muassasasi rahbari

__________ ‎

‎‎___________________

(imzo) ‎ ‎

‎‎‎‎(F.I.O.)

‎‎Shahar (tuman) ____________

‎‎Sana_____________

‎‎Roʻyxatdan oʻtish raqami № _____
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-apreldagi 246- son qaroriga
4-ILOVA
Mehnat sharoitlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda tashkilotlarda mehnat sharoitlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish tartibini va uni oʻtkazish talablarni belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasi (keyingi oʻrinlarda davlat ekspertizasi deb ataladi) — ekspertiza obyektlarining mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiqligini baholash;
Oldingi tahrirga qarang.
mehnat sharoitlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish organi — Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hududiy organlarining davlat mehnat inspeksiyalari;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son)
Keyingi tahrirga qarang.
mehnatni muhofaza qilish — mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, hayoti va sogʻligʻi, ish qobiliyati saqlanishini taʼminlashga doir huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika, reabilitatsiya tadbirlari hamda vositalari tizimi;
ish oʻrni — mehnat faoliyati jarayonida xodimning doimiy yoki vaqtinchalik boʻlish joyi;
mehnat sharoitlari — mehnatni amalga oshirish chogʻidagi ijtimoiy va ishlab chiqarish omillari yigʻindisi;
ish oʻrinlarining mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyasi — mehnat sharoitlarining, ish oʻrinlaridagi mehnat jarayoni ogʻirligi va tigʻizligining hamda ularning jarohatlanish jihatidan xavfliligini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash, zararli ishlab chiqarish omilini va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omilini aniqlash maqsadida oʻtkaziladigan tadbirlar majmui;
zararli ishlab chiqarish omili — taʼsiri xodimning kasb kasalligiga chalinishiga olib kelishi mumkin boʻlgan ishlab chiqarish omili;
xavfli ishlab chiqarish omili — taʼsiri xodimning shikastlanishiga olib kelishi mumkin boʻlgan ishlab chiqarish omili;
shaxsiy himoya vositalari — xodimga zararli ishlab chiqarish omili va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omili taʼsirining oldini olish yoki uni kamaytirish, shuningdek ifloslanishlardan himoyalanish uchun foydalaniladigan texnikaviy va boshqa vositalar;
jamoaviy himoya vositalari — tuzilishi yoki vazifasi jihatidan ishlab chiqarish binosi va ishlab chiqarish jarayoni bilan bogʻliq boʻlgan, xodimlarga zararli ishlab chiqarish omili va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omili taʼsirining oldini olish yoki uni kamaytirish, shuningdek ifloslanishlardan himoya qilish uchun moʻljallangan texnik va boshqa vositalar;
attestatsiyadan oʻtkazuvchi tashkilot — “ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiya oʻtkazish” xizmat turi boʻyicha mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilarining Yagona reyestriga kiritilgan mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmat bozorining professional ishtirokchisi.
3. Davlat ekspertizasi:
ish oʻrinlarining mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish sifatini;
xodimlarga zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlaridagi ishi uchun kafolatlar va kompensatsiyalar berilishining toʻgʻriligini;
xodimlarning haqiqiy mehnat sharoitlarini baholash maqsadida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Davlat ekspertizasi Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining mehnat sharoitlari boʻyicha davlat ekspertlari (keyingi oʻrinlarda davlat eksperti deb ataladi) tomonidan, mazkur Nizom bilan tasdiqlangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
5. Davlat ekspertizasi:
Oldingi tahrirga qarang.
xodimlarning umumiy soni 100 kishidan kam boʻlgan tashkilotlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hududiy organlarining davlat ekspertlari tomonidan;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
xodimlarning umumiy soni 100 va undan koʻp kishi boʻlgan tashkilotlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining davlat ekspertlari tomonidan amalga oshiriladi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
6. Quyidagilarni baholash davlat ekspertizasining obyekti hisoblanadi:
ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayonining omillari, ish oʻrinlarining jarohatlanish jihatidan xavfliligi;
xodimlarning shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlanganligi;
ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish natijalari va xulosalarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligi;
mehnat sharoitlari xavfli va (yoki) zararli ishlar, ogʻir ishlar uchun xodimlarga berilayotgan kompensatsiyalar va kafolatlarning belgilangan mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiqligi;
ish oʻrinlaridagi mehnat sharoitlarining haqiqiy holati.
7. Davlat ekspertizasini oʻtkazish uchun:
mehnat sharoitlari boʻyicha ish oʻrinlarini attestatsiyadan oʻtkazish sifatini baholashda — oʻtkazilgan mehnat sharoitlari boʻyicha ish oʻrinlarining attestatsiyasi natijalari yuzasidan attestatsiya oʻtkazuvchi tashkilotlarning;
mehnatning zararli va (yoki) xavfli sharoitlarida ishlashda hamda ish oʻrnidagi haqiqiy mehnat sharoitlarida xodimlarga kompensatsiya va kafolatlar toʻgʻri berilayotganligini baholashda — ish beruvchilar, ish beruvchilarning birlashmalari, kasaba uyushmalarining (xodimlarning boshqa vakillik organlarining) murojaatlari asos boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bandlik va mehnat munosabatlari va uning hududiy boʻlinmalariga davlat nazorati va tekshiruvi organlarining, shuningdek sudlar murojaat qilgan holatlarida davlat ekspertizasi oʻtkazilishi mumkin.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
8. Davlat ekspertizasi oʻtkazilishida davlat ekspertizasi organlari quyidagilarga majbur:
qonunchilik talablariga amal qilish;
ekspertizaga taqdim qilingan hujjatlar va materiallarning atroflicha, xolisona va kompleks tahlilini amalga oshirish, ularni mehnatni muhofaza qilishning belgilangan talablariga muvofiqligini aniqlash;
davlat ekspertizasini amalga oshirishning mazkur Nizomda belgilangan tartibi va muddatlariga rioya etish, materiallarning kelib tushish navbatini hisobga olgan holda davlat ekspertizasini oʻtkazish;
davlat ekspertizasi obyektlarining belgilangan mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiqligi (nomuvofiqligi) toʻgʻrisida davlat ekspertizasi natijalari boʻyicha xulosalar tuzish;
davlat ekspertizasi xulosalarida va boshqa hujjatlarda bayon etilgan xulosalarning xolisonaligini va asoslanganligini taʼminlash;
davlat ekspertizasiga qabul qilingan hujjatlarning va boshqa materiallarning saqlanishini va ulardagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash;
davlat ekspertizasini oʻtkazish tartibi boʻyicha manfaatdor shaxslarning soʻrovi boʻyicha bepul tushuntirishlar berish;
mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari sohasi boʻyicha belgilangan muddatlarda davlat ekspertlarining malakasini oshirish.
9. Mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasini oʻtkazishda davlat eksperti quyidagi huquqlarga ega:
nazorat va tekshirish vazifalarini bajarish uchun, shuningdek davlat ekspertizasini oʻtkazish uchun zarur axborotlarni tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslaridan soʻrash va olish;
tashkilotlarning rahbarlariga va boshqa mansabdor shaxslariga mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishlarini bartaraf qilish toʻgʻrisida ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar koʻrish haqida taqdimnomalar kiritish, shuningdek mehnatni muhofaza qilishga oid talablar va shartlarni buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslarni belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortish;
mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga muvofiq boʻlmagan shaxsiy himoya vositalaridan va jamoaviy himoya vositalaridan foydalanishni taqiqlash;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat xavfsizligi talablariga javob bermaydigan va xodimlarning hayoti yoki sogʻligʻiga xavf tugʻdiradigan tashkilotlarning faoliyatini yoki asbob-uskunalardan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish;
mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi hamda ishlab chiqarishda xodimlarning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash haqidagi daʼvolar yuzasidan sudda ekspert sifatida ishtirok etish;
Oldingi tahrirga qarang.
belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan yoki texnik jihatdan malakaliligi maqullangan laboratoriyalarni jalb qilgan holda, zarur boʻlgan holatlarda tegishli kuzatishlar, oʻlchashlar va hisoblashlarni amalga oshirish.
(9-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
Mehnat sharoitlari boʻyicha davlat ekspertlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
10. Davlat eksperti, agar ekspertiza natijalarida uning uchun mulkiy yoki boshqa shaxsiy manfaat mavjud boʻlsa, jumladan, agar davlat ekspertizasini oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni tayyorlashda uning yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (xotin), aka-uka, opa-singil, bolalar) ishtirok etgan boʻlsa, davlat ekspertizasida ishtirok etishga haqli emas.
11. Murojaat etuvchi quyidagi huquqlarga ega:
davlat ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida davlat ekspertizasi organlaridan tushuntirish olish;
davlat ekspertizasi oʻtkazilishida mazkur Nizom talablarining buzilishini bartaraf etish talabi bilan davlat ekspertiga (davlat ekspertizasi organiga) murojaat etish;
davlat ekspertizasi bilan bogʻliq savollar boʻyicha ogʻzaki yoki yozma shaklda tushuntirish, eʼtiroz va takliflarni taqdim etish.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Mehnat sharoitlari boʻyicha oʻtkazilgan attestatsiyaning sifatini baholash yuzasidan bir ish oʻrnini davlat ekspertizasidan oʻtkazish uchun toʻlov Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan, xizmat koʻrsatish boʻyicha haqiqiy xarajatlardan kelib chiqib, bazaviy hisoblash miqdorining 25 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Xodimlarga zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlaridagi ishi uchun kafolatlar va kompensatsiyalar berilishining toʻgʻriligini, shuningdek xodimlarning haqiqiy mehnat sharoitlarini baholash yuzasidan davlat ekspertizasini oʻtkazish uchun toʻlov undirilmaydi.
Davlat nazorati va tekshiruvi organlari, shuningdek sudlarning murojaatlari boʻyicha davlat ekspertizasini oʻtkazish uchun toʻlov undirilmaydi.
2-bob. Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish sifatini baholash yuzasidan davlat ekspertizasi oʻtkazish tartibi
13. Mehnat sharoitlari boʻyicha ish oʻrinlarni attestatsiyadan oʻtkazilishi sifatini baholash yuzasidan davlat ekspertizasi attestatsiya oʻtkazuvchi tashkilotlarning murojaatlari boʻyicha mazkur Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
14. Attestatsiya oʻtkazuvchi tashkilot ariza va tashkilotlar boʻyicha mehnat sharoitlari attestatsiyasi materiallarini, xodimlarning umumiy soni:
Oldingi tahrirga qarang.
100 kishidan kam boʻlsa — Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tegishli hududiy organlariga;
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
100 kishi va undan koʻp boʻlsa — Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markaziga (keyingi oʻrinlarda Ilmiy markaz deb ataladi) yuboradi.
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
15. Arizada:
attestatsiya oʻtkazuvchi tashkilotning toʻliq nomi;
pochta manzili va elektron pochta manzili;
ish oʻrinlari attestatsiyadan oʻtkazilgan tashkilot haqidagi maʼlumotlar (tashkilotning toʻliq nomi, pochta manzili, STIR, IFUT kodi, MHOBT kodi, tashkilot xodimlarining umumiy soni, mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiya oʻtkazilishi lozim boʻlgan ish oʻrinlarining soni) koʻrsatiladi.
16. Attestatsiya oʻtkazuvchi tashkilot tomonidan arizaga:
ish oʻrinlarining mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq tuzilgan qogʻoz va elektron formatdagi attestatsiya hisoboti;
Oldingi tahrirga qarang.
ilgari oʻtkazilgan ekspertizalar toʻgʻrisida maʼlumotlar (mavjud boʻlsa) ilova qilinadi;
(16-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish sifatini baholash yuzasidan davlat ekspertizasi uchun toʻlov ushbu Nizomning 14-bandiga muvofiq ish oʻrinlarini attestatsiyadan oʻtkazgan tashkilot tomonidan Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga yoki Ilmiy markazga toʻlanadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
18. Davlat ekspertizasini oʻtkazishda quyidagilar tekshiriladi:
ish oʻrinlari attestatsiyadan oʻtkazilishi lozim boʻlgan roʻyxatda koʻrsatilgan ish oʻrinlari (kasblar, lavozimlar) nomlanishining xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari Klassifikatoriga, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlar roʻyxatlariga mosligi;
attestatsiyadan oʻtkazilishi lozim boʻlgan ish oʻrinlariga takrorlanmaydigan tartib raqamlarining toʻgʻri berilganligi;
instrumental oʻlchovlarni oʻtkazish uslublarining toʻgʻri tanlanganligi;
oʻxshash ish oʻrinlarining toʻgʻri tasniflanganligi (bunday ish oʻrinlari boʻlsa);
mehnat sharoitlarini maxsus baholash jarayonida foydalanilgan ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayonidagi zararli va (yoki) xavfli omillarni oʻlchash vositalarining belgilangan talablarga mosligi;
ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish davomida foydalanilgan oʻlchash vositalarining Davlat reyestri roʻyxatida mavjudligi;
ish oʻrinlarini attestatsiyadan oʻtkazish davomida oʻlchash vositalarining qiyoslovdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlarning mavjudligi;
ish oʻrinlarini attestatsiyadan oʻtkazish uslublari va xulosalarining qonunchilikda belgilangan ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish tartibi talablariga muvofiqligi;
mehnat sharoitlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va maksimal ruxsat etilgan konsentratsiyalarga (MRK) va maksimal ruxsat etilgan (MRD) darajalarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligi natijalari boʻyicha belgilangan mehnat sharoitlari klasslari (darajalari)ning toʻgʻri belgilanganligi;
ish oʻrinlarining jarohatlash xavfliligini baholash natijalariga asosan ish oʻrinlaridagi mehnat sharoitlarining jarohatlash xavfliligi boʻyicha klasslarning (darajalarning) toʻgʻri belgilanganligi;
xodimlarning yakka tartibdagi himoya vositalari bilan toʻgʻri taʼminlanganligi, yakka tartibdagi himoya vositalari bilan taʼminlanganlik darajasining belgilangan meʼyorlarga muvofiqligi;
ish oʻrinlarining attestatsiyasi natijalariga koʻra belgilangan zararli va (yoki) xavfli sharoitlarda ishlash uchun imtiyoz va kompensatsiyalar, imtiyozli pensiya taʼminotini olish huquqining, shuningdek tibbiy koʻrikdan oʻtkazish zaruratining toʻgʻriligi;
ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan oʻtkazilgan attestatsiya natijalarining yigʻma qaydnomalardagi mehnat sharoitlari xaritalaridagi maʼlumotlarga mosligi va ularning toʻgʻri toʻldirilganligi;
ish oʻrinlarida mehnat sharoitlarini yaxshilash boʻyicha tavsiya etilgan tadbirlar rejasining toʻgʻri toʻldirilganligi va maʼlumotlarning mehnat sharoitlari xaritalaridagi maʼlumotlar bilan muvofiqligi.
19. Ilmiy markaz 15 kalendar kunidan koʻp boʻlmagan muddatda xodimlarining umumiy soni 100 kishi va undan koʻp boʻlgan tashkilotlar boʻyicha mazkur Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan talablarga muvofiq ish oʻrinlarining mehnat sharoitlari yuzasidan attestatsiya oʻtkazish sifatini oʻrganadi va dastlabki bahoni beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ilmiy markaz mehnat sharoitlari boʻyicha oʻtkazilgan attestatsiyaning dastlabki baholash natijalariga koʻra Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan hisobot shakli boʻyicha dalolatnoma tuzadi va Mehnat vazirligining davlat ekspertizasi organiga tegishli hujjatlar bilan qoʻshib joʻnatadi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ilmiy markaz “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasida belgilangan, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarni koʻrsatishga haqli emas, mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha xizmat koʻrsatish bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining mehnat sharoitlari boʻyicha davlat eksperti tomonidan, Ilmiy markaz tuzgan dastlabki baholash dalolatnomasi va taqdim etilgan hujjatlar hisobga olinib, ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari yuzasidan oʻtkazilgan attestatsiyalash sifati boʻyicha 10 kalendar kundan koʻp boʻlmagan muddatda Davlat ekspertizasi oʻtkaziladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
21. Mehnat sharoitlari boʻyicha ish oʻrinlarini attestatsiyadan oʻtkazish sifatini Davlat ekspertizasidan oʻtkazish va xulosa berish (yoki qayta ishlashga qaytarish) muddati ariza roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab 25 kalendar kundan oshmasligi shart.
Agar belgilangan muddatlarda davlat ekspertizasini oʻtkazish imkoniyati boʻlmasa, muddat Davlat ekspertizasi organi rahbari tomonidan, arizachini yozma ravishda ogohlantirgan holda, koʻpi bilan besh ish kuniga uzaytirilishi mumkin.
22. Mehnat sharoitlari boʻyicha ish oʻrinlarini attestatsiyadan oʻtkazish sifati boʻyicha Davlat ekspertizasini oʻtkazishda davlat ekspertlari va Ilmiy markaz mutaxassislari tanlov asosida, joyiga (attestatsiya oʻtkazilayotgan tashkilotga) borgan holda attestatsiya oʻtkazayotgan tashkilot taqdim qilgan maʼlumotlarning haqqoniyligini va oʻlchov usullarining toʻgʻriligini tekshirish huquqiga ega.
Attestatsiya oʻtkazayotgan tashkilot tomonidan taqdim qilingan maʼlumotlarning haqqoniyligini va oʻlchov usullarining toʻgʻriligi tekshirish jarayonida ish beruvchilarga nisbatan choralar koʻrilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Amalga oshirilgan ishlar natijasiga koʻra ushbu Nizomga 2-ilovadagi shaklga muvofiq xulosa beriladi yoki rad etish sabablari asoslangan, mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlarning buzilgan normalari va ish oʻrinlari attestatsiyasi materiallarini qayta kiritish muddatlari koʻrsatilgan holda aniqlangan nomunosibliklarni bartaraf etish uchun ish oʻrinlari attestatsiyasi materiallari attestatsiya oʻtkazuvchi tashkilotga qaytariladi.
Aniqlangan nomunosibliklarni bartaraf etish muddatlari tuzatishlar kiritilishi zarur boʻlgan ish hajmini inobatga olinib, ammo oʻn kundan kam boʻlmagan muddatda belgilanadi.
Ish oʻrinlari attestatsiyasi materiallarini qayta ishlash uchun qaytarish xabarnomasida koʻrsatilgan muddatlar (xabarnomani laboratoriyaga taqdim etish sanasini hisobga olgan holda) oʻtib ketgandan keyin topshirilgan ariza va materiallar yangidan topshirilgan deb hisoblanadi va ular umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Attestatsiya oʻtkazuvchi tashkilot aniqlangan nomunosiblikdan norozi boʻlsa, ularni bartaraf etish boʻyicha xabarnomani olgan kundan boshlab 5 kalendar kun ichida aniqlangan nomunosibliklarni asoslab va mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlarning talablari koʻrsatilgan holda yozma rad etish xatini taqdim qilish huquqiga ega.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
24. Agar mazkur Nizomning 21-bandida koʻrsatilgan muddatlarda ish oʻrinlarini attestatsiyadan oʻtkazish sifatining davlat ekspertizasini oʻtkazish natijalari boʻyicha attestatsiya oʻtkazuvchi tashkilotga xulosa berilmagan yoki ish oʻrinlari yuzasidan attestatsiya materiallari kamchiliklarni bartaraf etishga qaytarilmagan yoki koʻrib chiqish muddatlari uzaytirilganligi haqida yozma xabarnoma yoʻllanmagan boʻlsa attestatsiya oʻtkazuvchi tashkilot davlat ekspertizasi organlari tomonidan ijobiy xulosa olgan deb hisoblanadi.
Mazkur bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan holatlarda davlat ekspertizasi organi attestatsiyadan oʻtkazuvchi tashkilotga ijobiy xulosani uch ish kuni davomida taqdim qilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Attestatsiya oʻtkazuvchi tashkilot qayta ishlash uchun attestatsiya hujjatlarining qaytarilganligi haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddatlarda ish oʻrinlarining attestatsiya hujjatlarini qaytarish sabablari bartaraf etilgandan soʻng davlat ekspertizasiga qayta topshirish huquqiga ega. Bunda ish oʻrinlarini attestatsiyadan oʻtkazish materiallarini avval koʻrsatilmagan yangi sabablarni koʻrsatib, takroran qaytarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Davlat ekspertizasini qayta oʻtkazish uchun toʻlov undirilmaydi.
Davlat ekspertizasini qayta oʻtkazish oʻn kun ichida amalga oshiriladi.
Agar rad etish uchun asos boʻlgan sabablar attestatsiya oʻtkazuvchi tashkilot tomonidan bartaraf etilmagan boʻlsa (ish oʻrinlari attestatsiyasi materiallarini qayta ishlash uchun qaytarish xabarnomasiga eʼtiroz berilgan xolatlar bundan mustasno), hujjatlar arizachiga qaytariladi. Bunda navbatdagi davlat ekspertizasiga ish oʻrinlari attestatsiyasi hujjatlari qaytarilgan kundan boshlab oʻttiz kun oʻtgandan soʻng umumiy tartibda kiritilishi lozim.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
26. Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish materiallarini maqsadga muvofiq emas degan asos bilan Davlat ekspertizasidan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
3-bob. Zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlarida ishlaganligi uchun xodimlarga imtiyoz va kafolatlar toʻgʻri berilganligi va haqiqiy mehnat sharoitlarini baholashda davlat ekspertizasini oʻtkazish tartibi
27. Zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlarida ishlaganligi uchun xodimlarga imtiyoz va kafolatlar toʻgʻri berilganligini baholashda davlat eksperti hisobot va taqdim qilingan boshqa hujjatlarni, ularning mehnat qonunchiligi, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar, mahalliy normativ hujjatlar, shuningdek tarmoq (hududiy) kelishuvlari va jamoa shartnomalariga (mavjud boʻlsa) muvofiqligini hamda zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarda band ishchi (xodimlarga) quyidagi imtiyoz va kafolatlarning:
davomiyligi qisqartirilgan ish haftasini;
har yilgi haq toʻlanadigan qoʻshimcha taʼtilni;
mehnatga oshirilgan miqdorda haq toʻlanishini;
mehnat qonunchiligi, tarmoq (tarmoqlararo) kelishuvlar, jamoa shartnomalarida va ish beruvchining mahalliy normativ hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa imtiyoz va kafolatlarning berilishi hajmi va tartibini tahlil qiladi.
28. Xodimlarning haqiqiy mehnat sharoitlari davlat ekspertizasini amalga oshirish uchun arizachi tomonidan davlat ekspertizasini oʻtkazish haqidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayonining zararli va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omillarini oʻlchash va oʻrganish (sinash) natijalarini qamrab oluvchi ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish hisoboti yoki boshqa hujjatlar;
jamoa shartnomasi (mavjud boʻlsa), mehnat shartnomasi (mehnat shartnomalari), xodimning (xodimlarning) mehnat sharoitlarini mehnat sharoitlarini, jumladan mehnat va dam olish rejimlarini belgilovchi mahalliy normativ hujjatlar.
29. Xodimlarning haqiqiy mehnat sharoitlarini davlat ekspertizasini oʻtkazishda davlat eksperti:
binolar, inshootlar, uskunalar, texnologik jarayonlar, ishlab chiqarishda foydalaniladigan asboblar, xomashyo va materiallar, shuningdek xodimlarning ish oʻrinlaridagi yakka tartibdagi va jamoaviy himoya vositalarining texnikaviy holatini;
xodimlarga sanitariya-maishiy va davolash-profilaktika xizmatlarini koʻrsatish holatini;
oʻrnatilgan mehnat va dam olish rejimlarini;
ish oʻrinlarida ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayonining zararli va (yoki) xavfli omillari mavjudligini aniqlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni va mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni, mahalliy normativ hujjatlarni mehnat qonunchiligi talablariga, shuningdek tarmoq (hududiy) kelishuvlar va jamoa shartnomalariga (mavjud boʻlsa) muvofiqligini ketma-ket tekshiradi.
30. Ish beruvchi bilan kelishilgan holda davlat eksperti kerakli maʼlumotlarni olish uchun tekshirilayotgan ish oʻrnini (ish oʻrinlarni) joyiga borib koʻrish huquqiga ega.
31. Haqiqiy mehnat sharoitlarini va zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlarida ishlagani uchun xodimlarga imtiyoz va kafolatlar toʻgʻri berilganligini davlat ekspertizasidan oʻtkazish natijalariga koʻra ushbu Nizomning 3-ilovasidagi shaklga muvofiq xulosa beriladi.
32. Haqiqiy mehnat sharoitlarini hamda zararli va xavfli mehnat sharoitlarida ishlagani uchun xodimlarga imtiyoz va kafolatlar toʻgʻri berilganligini davlat ekspertizasidan oʻtkazish muddati 20 ish kunidan oshmasligi lozim.
4-bob. Davlat nazorati va tekshiruvi organlari, shuningdek sud organlarining murojaatlari boʻyicha davlat ekspertizasini oʻtkazish tartibi
33. Davlat nazorati va tekshiruvi organlari, shuningdek sud organlarining murojaatlari boʻyicha davlat ekspertizasi ushbu organlarning soʻrovlari boʻyicha oʻtkaziladi.
Soʻrovlarga quyidagilar ilova qilinadi:
tashkilotda ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish hisoboti yoki ish oʻrinlarida ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayonining zararli va (yoki) xavfli omillarini oʻlchash natijalarini qamrab oluvchi boshqa hujjatlar;
jamoa shartnomasi (mavjud boʻlsa), mehnat shartnomasi, xodimlarning mehnat sharoitlarini, jumladan ishlash va dam olish rejimlarini belgilaydigan mahalliy meʼyoriy hujjatlar.
34. Davlat eksperti mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasini oʻtkazish uchun mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasi oʻtkazilayotgan ish oʻrinlari boʻyicha zarur hujjat va materiallarni ish beruvchidan soʻrab olishga haqli.
Ish beruvchi davlat ekspertizasi organidan soʻrovnoma kelgan sanadan boshlab oʻn ish kunidan kechikmagan muddatda soʻralgan hujjatlar va materiallarni yuboradi yoki aniq sabablar koʻrsatilgan holda ularni berish imkoni yoʻqligi haqida yozma ravishda xabardor qiladi.
35. Mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasi oʻtkazilayotganda davlat eksperti taqdim etilgan hujjatlarni, ularning mehnat qonunchiligiga, texnikaviy tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarga, mahalliy normativ hujjatlarga, shuningdek tarmoq (hududiy) kelishuvlar va jamoaviy shartnomalarga (mavjud boʻlsa) muvofiqligini ketma-ket tahlil qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
36. Qonunchilikda belgilangan holatlarda davlat ekspertizasi oʻtkazilganda davlat eksperti oʻrnatilgan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan yoki texnik jihatdan malakaliligi maqullangan laboratoriyalarni jalb qilgan holda ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayoni omillarini tekshiradi va oʻlchaydi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
Davlat ekspertizasini oʻtkazish natijalari boʻyicha ushbu Nizomning 2, 3-ilovalarida keltirilgan shakllar boʻyicha tegishli xulosalar beriladi.
5-bob. Davlat ekspertizasi xulosalarini rasmiylashtirish, davlat ekspertizasi blankalari hisobini va davlat ekspertizasi xulosalari reyestrini yuritish boʻyicha talablar
Oldingi tahrirga qarang.
37. Davlat ekspertizasi xulosalari Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining buyurtmasi boʻyicha, Ilmiy markazning mablagʻi hisobidan markazlashgan tartibda chiqariladigan, tegishli himoya darajasiga ega boʻlgan maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi.
(37-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat ekspertizasi xulosasi blankasi qatʼiy hisobotdagi hujjat hisoblanib, hisobga olish seriyasi, raqami va himoya darajasiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Blankalar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining buyurtmasi boʻyicha matbaa usulida “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadi.
(37-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
38. Rasmiylashtirilgan davlat ekspertizasi xulosalari blankalari Davlat ekspertizasi xulosalari blankalarini sarflash kitobida qayd etiladi.
39. Davlat ekspertizasi xulosasi blankalarini sarflash kitobi raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan hamda mehnat sharoitlari boʻyicha davlat ekspertizasi organi rahbari tomonidan imzolangan boʻlishi zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
40. Yaroqsiz holga kelgan davlat ekspertizasi xulosalari blankalari tuzilgan protokol bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga qaytarilishi kerak.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
41. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan berilgan Davlat ekspertizasi xulosalari reyestri yuritiladi.
(41-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat ekspertizasi xulosalari reyestrida quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi:
ariza topshirilgan va davlat ekspertizasi xulosasi berilgan sana;
ish oʻrinlarida attestatsiya oʻtkazilgan tashkilot haqidagi maʼlumotlar;
attestatsiya oʻtkazuvchi tashkilot haqidagi maʼlumotlar;
davlat ekspertizasi xulosasi blankasining seriyasi va hisobga olish tartib raqami.
Oldingi tahrirga qarang.
42. Reyestrga kiritilgan maʼlumotlar ochiq maʼlumotlar hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
43. Davlat ekspertizasini oʻtkazish masalalari boʻyicha kelishmovchiliklar qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Mehnat sharoitlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish sifatini baholash yuzasidan davlat ekspertizasini oʻtkazish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Mehnat sharoitlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri

‎Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi‎
‎‎DAVLAT EKSPERTIZASI
‎ XULOSASI
‎XX № 00000000

20___ yil “___” ______________

‎‎_________________


‎Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish materiallari asosida quyidagilar aniqlandi:

‎1. Ish oʻrinlari mehnat sharoitlari yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazilgan tashkilot toʻgʻrisida maʼlumotlar:‎
Tashkilotning nomi‎‎ ‎‎
Yuqori turuvchi tashkilot‎‎ ‎‎
Yuridik manzil‎‎ ‎‎
STIR‎

IFUT‎‎

MXBT‎‎

‎‎
Attestatsiyadan oʻtkazilgan ish oʻrinlari soni‎‎ ‎‎
‎‎
‎2. Attestatsiyadan oʻtkazuvchi tashkilot toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
Tashkilot nomi ‎‎
Yuridik manzili ‎‎

Sinov laboratoriyasining akkreditatsiyadan oʻtgan yoki texnik jihatdan malakaliligi maqullanganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi raqami va sanasi

‎‎

STIR

IFUT ‎‎

MXBT‎‎

‎‎

3. Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish davomida mazkur ish turi boʻyicha amaldagi normalar va normativlardan chetga chiqilmagan.
‎4. Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha ishlar Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshirilgan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi boshligʻi (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hududiy organlarining Davlat mehnat inspeksiyasi boshligʻi)

________
(imzo)‎‎

_______________
‎(F.I.O.)‎‎

M.Oʻ.‎‎


‎Mehnat sharoitlari boʻyicha Davlat eksperti

‎‎________ ‎
‎(imzo)‎‎

_______________ (F.I.O.)‎‎

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi direktori (xodimlarning umumiy soni 100 kishi va undan koʻp boʻlgan tashkilotlar boʻyicha)

‎‎________ ‎
‎(imzo)‎‎

_______________ (F.I.O.)

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Mehnat sharoitlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri

‎Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi


‎________-son XULOSA

‎(oʻtkazilgan ekspertizaning turi koʻrsatiladi)
‎20___ yil “___”______________________

_______________________________________________________________da
(ish joyining nomi yoki ish turi, kasb, lavozim nomi, shuningdek sex, uchastka, ishlab chiqarish va tashkilotning aniq nomi koʻrsatiladi)


‎_______dan __________gacha oʻtkazilgan mehnat sharoitlari ekspertizasi va taqdim etilgan hujjatlar (roʻyxati ilova qilinmoqda) asosida quyidagilar aniqlandi:

‎1.________________________________________________________________

‎_________________________________________________________________

(taqdim etilgan imtiyozlar va kompensatsiyalar hamda ularning mehnat sharoitlariga muvofiqligi, ushbu ish joyida yoki mazkur kasb, ishlar turi, lavozimi boʻyicha xodimga belgilangan barcha imtiyozlar va kompensatsiyalarning turi va ularni berish asosi bilan birgalikda)

‎2. _______________________________________________________________

‎‎_________________________________________________________________

(ekspertizaning mazkur turi boʻyicha aniqlangan amaldagi norma va normativlardan ogʻishlar yoki amaldagi qonunchilikning buzilishi holatlari, buzilgan qonunchilik va normativ hujjatlar koʻrsatilgan holda).


‎3. Xulosa va qarorlar: _______________________________________________

‎‎_________________________________________________________________

(oʻtkazilgan ekspertiza natijalari boʻyicha tegishli hujjatlar asosida mehnat sharoitlari boʻyicha xulosalar va davlat eksperti tomonidan qabul qilingan qarorlar bayon etiladi)

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi boshligʻi (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hududiy organlarining Davlat mehnat inspeksiyasi boshligʻi)

________
(imzo)‎‎

_______________
‎(F.I.O.)‎‎

M.Oʻ.‎‎


‎Mehnat sharoitlari boʻyicha Davlat eksperti

‎‎________ ‎
‎(imzo)‎‎‎‎

_______________ (F.I.O.)‎‎

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 17-son, 305-modda, 37-son, 990-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son; 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son; 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son; 25.12.2025-y., 09/25/819/1210-son)