1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.91.00 (Кучини йукотган) Darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar va oʻquv qurollari;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON MATBUOT VA AXBOROT AGENTLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI JISMONIY TARBIYA VA SPORT DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
Umumtaʼlim maktablarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 27-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2577-2]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining 2014-yil 20-martdagi 14, 25, 15-qq va 08-05-04-son qarori (roʻyxat raqami 2577, 2014-yil 28-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 18-son, 202-modda) bilan tasdiqlangan Umumtaʼlim maktablarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2017-yil 11-aprel,
3-mh-son
Moliya vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 11-aprel,
38-son
Madaniyat vaziri M. MURATOV
Toshkent sh.,
2017-yil 11-aprel,
1-son
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi Bosh direktori oʻrinbosari K. MANSUROV
Toshkent sh.,
2017-yil 11-aprel,
20-mh-son
Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi R. KURBANOV
Toshkent sh.,
2017-yil 11-aprel,
1-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining 2017-yil 11-apreldagi 3-mh, 38, 1, 20-mh va 1-mh-son qaroriga ILOVA
Umumtaʼlim maktablarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“darslik — davlat taʼlim standartlariga muvofiq oʻquv dasturi asosida didaktik, metodik, pedagogik-psixologik, estetik va gigiyenik talablarga javob beradigan, oʻquv fanining mavzulari toʻliq yoritilgan, uning asoslari mukammal oʻzlashtirilishiga qaratilgan, oʻquv fanining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda taʼlim oluvchilarning yoshi va psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan, nazariy maʼlumotlardan tashqari amaliy-tajriba va sinov mashqlarini qamrab olgan kitob shaklidagi oʻquv nashri;”;
toʻrtinchi xatboshidagi “Xalq taʼlimi vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi (bundan buyon matnda Xalq taʼlimi vazirligi deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 6 va 7-ilovalardagi “XXTUT” degan qisqartmalar “IFUT” degan qisqartmalar bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 17-son, 308-modda)