toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Aholiga transport xizmati koʻrsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yoʻlovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga transport xizmati koʻrsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yoʻlovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-yanvardagi PQ-2724-son qarorini bajarish yuzasidan, yoʻlovchilar tashish xavfsizligini va yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish madaniyatining zarur darajasini, yoʻlovchi tashish yoʻnalishlarida transport vositalari harakati maromini, belgilangan jadvallar va intervallarni, shuningdek tashuvchilarning moliyaviy barqarorligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan birgalikda — avtobus yoʻnalishlarini tashkil etish, yangi avtobuslar va mikroavtobuslar sotib olish, yoʻlovchilar avtovokzallari, avtostansiyalarini, toʻxtash bekatlarini qurish va rekonstruksiya qilish tadbirlarini amalga oshirish tarmoq jadvallarining bajarilishi yuzasidan muntazam monitoringni taʼminlasinlar;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
yangi avtostansiyalar, oxirgi toʻxtash bekatlarini qurish uchun yer uchastkalari ajratishda ularni yoʻlovchilar uchun qulay boʻlgan joylarda, yoʻlovchilar toʻplanadigan yirik punktlarda (temir yoʻl vokzallari, aeroportlar, bozorlar va boshqalarda), asosan xususiy investorlarni jalb etib, ularga yoʻlovchilar harakati xavfsizligiga toʻsqinlik qilmaydigan faoliyatning boshqa turlarini tashkil etish imkoniyatini bergan holda, joylashtirishni nazarda tutsinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi bilan birgalikda — har yili faoliyat koʻrsatib turgan va yangidan tashkil etilayotgan avtobus yoʻnalishlarida yoʻl sharoitlarining harakat xavfsizligi talablariga muvofiqligini tekshirsinlar, zarurat boʻlganda, taʼmirlash ishlari oʻtkazilishini taʼminlasinlar;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
yoʻlovchi tashishning amalda vujudga kelayotgan xarajatlarini qoplashni taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqqan holda shahar yoʻlovchi transportida yurish tariflarini oʻz vaqtida qayta koʻrib chiqsinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Transport vazirligi bilan birgalikda — tadbirlarni amalga oshirish natijalarini har tomonlama tahlil qilish asosida, zarurat boʻlganda, 2017 — 2021-yillarda shaharlar va qishloqlarda avtotransport xizmatlarini yanada rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan yangi avtobuslar va mikroavtobuslar sotib olish, avtobus yoʻnalishlarini tashkil etish, yoʻlovchilar avtovokzallari va avtostansiyalarini qurish va rekonstruksiya qilish parametrlariga tuzatishlar kiritish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 144-moddaning toʻrtinchi va beshinchi qismlari (transportda chiptasiz yurish), 145-moddaning ikkinchi qismi bilan (yoʻlovchilarni chiptasiz tashish), 1461-moddasida (tashuvchining oʻz fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha qonunda belgilangan majburiyatini bajarmasligi), 165-moddasida (faoliyat bilan litsenziyasiz va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz shugʻullanish), 1763-moddasida (avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shugʻullanish), 1764-moddasida (taksilarni yagona tanish belgilari bilan jihozlashga, yagona tanish belgilari bilan jihozlanmagan yoki belgilangan talablar buzilgan holda jihozlangan taksilarni yoʻlga chiqarmaslikka doir talablarni buzish,), 198-moddasida (hokimiyat vakilining qonuniy talablarini bajarmaslik yoki xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish) nazarda tutilgan avtomobillarda tashuvlar sohasida huquqbuzilishlar toʻgʻrisidagi protokollar Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi inspektorlari tomonidan tuziladi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 668-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son)
Oldingi tahrirga qarang.
undiriladigan jarimalar summasining 60 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-maydagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.05.2019-y., 09/19/429/3185-son)
7. “Oʻzavtosanoat” AK:
yetkazib berish va moliyalashtirishning tasdiqlangan tarmoq jadvallariga qatʼiy muvofiq ravishda avtobuslarning xaridorlarga belgilangan muddatlarda yetkazib berilishini taʼminlasin;
respublikada yoʻlovchilar tashish mikroavtobuslari ishlab chiqarishni tashkil etishni yetakchi xalqaro kompaniyalar bilan ishlab chiqishni jadallashtirsin va takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 25-aprel,
238-son
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 17-son, 300-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son; 27.05.2019-y., 09/19/429/3185-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 09/21/738/1133-son; 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)