toggle_night_mode
Hujjat 01.05.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGINING
Qarori
Qishloq xoʻjaligi texnikasiga servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarni rivojlantirish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 24-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2876]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 17-noyabrdagi PF-4857-son “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni va 2016-yil 17-noyabrdagi PQ-2658-son “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladi:
1. Qishloq xoʻjaligi texnikasiga servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarni rivojlantirish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 28-mart,
30-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2017-yil 28-mart,
128-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining 2017-yil 28-martdagi 30, 128-sonli qaroriga
ILOVA
Qishloq xoʻjalik texnikasiga servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarni rivojlantirish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 17-noyabrdagi PF-4857-sonli “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni va 2016-yil 17-noyabrdagi PQ-2658-sonli “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Qishloq xoʻjalik texnikasiga servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarni rivojlantirish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash jamgʻarmasi (bundan buyon matnda Jamgʻarma deb yuritiladi) faoliyatini tartibga soladi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Jamgʻarma “Oʻzagroservis” aksiyadorlik jamiyati (bundan buyon matnda Jamiyat deb yuritiladi) huzurida hukumatlararo shartnomalar boʻyicha olingan kreditlarni qoplash, shuningdek Jamiyat tarkibiga kiruvchi tashkilotlarni hamda Jamiyat tarkibiga kiruvchi tashkilotlar bilan tuzilgan xoʻjalik shartnomasiga asosan qishloq xoʻjalik texnikasiga servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarni (bundan buyon matnda servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlar deb yuritiladi) modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish maqsadida tashkil etiladi.
2. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanmaydi.
2-bob. Jamgʻarmani boshqarish
3. Jamgʻarmani boshqarish faoliyati “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ (bundan buyon matnda Xolding deb yuritiladi) boshqaruvi tomonidan har yili tayinlanadigan besh nafar aʼzodan iborat Jamgʻarma kengashi (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Xolding boshqaruv raisi va Jamiyat bosh direktori tegishlicha Kengashning raisi hamda rais oʻrinbosari hisoblanadi.
Kengash raisi Jamgʻarma faoliyatiga rahbarlik qiladi va uning zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarilishi uchun javobgar hisoblanadi.
4. Kengashning majlislari har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi. Zaruriyat tugʻilganida navbatdan tashqari majlislar oʻtkazilishi mumkin. Muhokama qilinayotgan barcha masalalar yuzasidan qarorlar Kengash aʼzolarining kamida toʻrtdan uch qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi.
5. Kengashning majlisi qarorlari bayonnoma koʻrinishda rasmiylashtiriladi, masʼul kotib tomonidan imzolanadi va Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi.
6. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning ustuvor yoʻnalishlari va shartlarini belgilash;
mablagʻlarni mazkur Nizomda belgilangan maqsadlar uchun yoʻnaltirish (ajratish) toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Jamgʻarmaning mablagʻlari maqsadli sarflanishini nazorat qilish;
maqsadli ishlatilmagan Jamgʻarma mablagʻlarini qaytarilishini taʼminlash choralarini koʻrish;
mazkur Nizomning 17-bandida belgilangan Jamgʻarma daromadlarini shakllantirish manbalaridan kelib tushayotgan mablagʻlarni Jamgʻarmaning maxsus hisobvaragʻida shakllantirish (jamlash);
servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarga mablagʻlar ajratilishida ularni ishlatish shartlarini belgilash;
Jamgʻarma ishchi organini shakllantirish;
Jamgʻarma ishchi organining takliflarini koʻrib chiqish;
Jamgʻarmaning Taftish komissiyasini shakllantirish.
7. Quyidagilar Kengashning asosiy huquqlari hisoblanadi:
Jamgʻarma tomonidan ajratiladigan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishini nazorat qilish;
Jamgʻarma tomonidan ajratiladigan mablagʻlarning belgilangan maqsadlarda ishlatmaslik holatlari aniqlanganda ularni moliyalashtirishni toʻxtatish yoki ajratilgan mablagʻlarni qaytarilishini talab qilish.
8. Quyidagilar Kengashning asosiy majburiyatlari hisoblanadi:
Jamgʻarma mablagʻlarini mazkur Nizom va qonun hujjatlariga qatʼiy rioya qilgan holda boshqarilishini taʼminlash hamda ulardan samarali foydalanish;
Keyingi tahrirga qarang.
mazkur Nizomda belgilangan muddatlarda Jamgʻarma mablagʻlarining daromadlar va xarajatlar smetasini Oʻzbekiston Respublika Moliya vazirligi bilan kelishish;
Keyingi tahrirga qarang.
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilmaganlik holatlari aniqlanganda zudlik bilan ularni bartaraf etish, asossiz xarajatlar va keltirilgan zarar oʻrnini qoplash boʻyicha tegishli choralar koʻrish.
9. Kengash oʻz faoliyatini Jamgʻarma ishchi organi (bundan buyon matnda Ishchi organ deb yuritiladi) orqali amalga oshiradi.
10. Quyidagilar Ishchi organning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Jamgʻarma mablagʻlarining daromadlar va xarajatlar smetasi loyihasini tayyorlash va Kengashga koʻrib chiqish uchun taqdim etish;
Jamgʻarma mablagʻlari moliyalashtirilishi taklif etilayotgan servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarni modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilishning yillik dasturlari loyihalarini tayyorlash va Kengashga koʻrib chiqish uchun kiritish;
servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlardan Jamgʻarma mablagʻlarini ajratish toʻgʻrisida kelib tushgan arizalarni roʻyxatdan oʻtkazish va taqdim qilingan hujjatlarni toʻliqligi va muvofiqligini tekshirish;
servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qilish;
servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlardan Jamgʻarma mablagʻlarini ajratish toʻgʻrisida kelib tushgan arizalarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Kengashga asosli takliflar kiritish;
Jamiyat va servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlar oʻrtasida maqsadli moliyalashtirish toʻgʻrisida tuzilgan shartnomalarning shartlariga muvofiq Jamgʻarma mablagʻlarining ishlatilishi yuzasidan oylik monitoring oʻtkazish;
servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarning Jamgʻarmadan olgan mablagʻlarini maqsadli sarflanishi boʻyicha hisobotlarini koʻrib chiqish;
Jamgʻarmaning mablagʻlaridan foydalanilishi toʻgʻrisida hisobot tayyorlash va har oyda Kengashga taqdim etish;
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va yanada toʻldirib borish toʻgʻrisida takliflar tayyorlash.
11. Servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarga ajratilgan mablagʻlar maqsadsiz ishlatilgan holatlarda Ishchi organ Kengashga mablagʻlarni qaytarish boʻyicha taklif kiritish huquqiga ega.
12. Quyidagilar Ishchi organning asosiy majburiyatlari hisoblanadi:
mazkur Nizomda belgilangan muddatlarda servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlardan kelib tushayotgan arizalarni va ularga ilova qilinayotgan hujjatlarni toʻliqligini, Jamgʻarma mablagʻlarini ajratishning zarurligini va asoslantirilganligini har tomonlama koʻrib chiqish;
Jamgʻarmaning mablagʻlarining harakatiga doir tegishli tahliliy va hisobot materiallarini tayyorlash va Kengashga taqdim etilishini taʼminlash.
13. Jamgʻarmada har yili Xolding tomonidan uch nafar aʼzodan iborat taftish komissiyasi (bundan buyon matnda Taftish komissiyasi deb yuritiladi) tayinlanadi. Xolding ichki audit xizmatining rahbari Taftish komissiyasining rahbari hisoblanadi.
14. Taftish komissiyasi tegishli hisobot materiallarini tahlil qilish, shu jumladan joyiga chiqib oʻrganish yoʻli bilan Jamgʻarma mablagʻlaridan servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarga ajratilgan mablagʻlarning maqsadli foydalanilganligi, shuningdek hukumatlararo shartnomalar boʻyicha olingan kreditlarni qoplash uchun yoʻnaltirilganligi ustidan nazoratni taʼminlaydi.
15. Quyidagilar Taftish komissiyasining asosiy huquqlari hisoblanadi:
Jamgʻarmaning mablagʻlarini maqsadli ishlatilishi toʻgʻrisida servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlardan tegishli maʼlumotlarni soʻrab olish;
Jamgʻarma mablagʻlarini olgan servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarda nazorat tadbirlarini tashkil etish;
nazorat tadbirlari natijalariga koʻra aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ularga kelgusida yoʻl qoʻymaslik borasida Kengashga takliflar kiritish;
Kengash bilan kelishilgan holda nazorat tadbirlarini oʻtkazish uchun Xolding va Jamiyatdan tegishli mutaxassislarni jalb qilish.
16. Quyidagilar Taftish komissiyasining asosiy majburiyatlari hisoblanadi:
nazorat tadbirlarini oʻtkazishda oʻz majburiyatlarini toʻliq bajarish;
Kengash tomonidan belgilangan muddat ichida Jamgʻarma mablagʻlarini maqsadli sarf qilinishi toʻgʻrisida hisobot taqdim etish;
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning belgilangan tartibi buzilganligi holati aniqlangan taqdirda Kengashga maʼlum qilish va tegishli choralarni koʻrish toʻgʻrisida takliflar kiritish.
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish
17. Quyidagilar Jamgʻarma daromadlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Jamiyat tarkibiga kiruvchi hududiy tashkilotlar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan tushadigan sof tushumning 5 foizi miqdoridagi ajratmalar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Jamgʻarmaning mablagʻlarini shakllantirish uchun Jamiyat tomonidan asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻi joylashgan tijorat bankida maxsus hisobvaraq ochiladi. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish uchun boshqa hisobvaraqlar ochish taqiqlanadi.
19. Jamiyat tarkibiga kiruvchi hududiy tashkilotlar buxgalteriya maʼlumotlari asosida Jamiyatning maxsus hisobvaragʻiga mazkur Nizomda belgilangan ajratmalarni har oyda, kelgusi oyning 10 sanasidan kechiktirmasdan toʻlanishini taʼminlaydi.
20. Jamiyat tarkibiga kiruvchi hududiy tashkilotlar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan tushadigan sof tushumning hajmi asoslangan ravishda oʻzgartirilganda Jamgʻarmaga toʻlangan ajratmalar ham oʻzgartirish kiritilgan hisobot davriga mutanosib ravishda oʻzgartiriladi (qoʻshimcha toʻlanadi yoki chegiriladi).
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish
21. Jamiyat har yili 1-dekabrgacha boʻlgan muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligiga Kengash tomonidan tasdiqlangan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda Jamgʻarma mablagʻlarining daromadlar va xarajatlar smetasini taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 10 kun ichida Jamgʻarma mablagʻlarining daromadlar va xarajatlar smetasini kelishadi va Jamiyatga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Jamgʻarmaning mablagʻlari quyidagi maqsadlarga yoʻnaltiriladi:
hukumatlararo shartnomalar boʻyicha olingan kreditlarni qoplashga;
servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarni modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilishga.
24. Hukumatlararo shartnomalar boʻyicha olingan kreditlarni qoplash uchun Jamgʻarmaning mablagʻlarini yoʻnaltirish Jamgʻarma mablagʻlarining maxsus hisobvaraqda shakllanishiga qarab, daromadlar va xarajatlar smetasi doirasida amalga oshiriladi.
25. Servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish maqsadida Jamgʻarma mablagʻlarini olish uchun Ishchi organga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
ariza;
Jamgʻarmaning mablagʻlarini jalb qilish zarurati toʻgʻrisidagi servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarning tegishli boshqaruv organi qarori nusxasi;
servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarning tegishli boshqaruv organi tomonidan tasdiqlangan Jamgʻarmaning mablagʻlarini olish maqsadga muvofiqligini asoslovchi biznes-reja;
ariza berilayotgan chorakdan oldingi chorak uchun moliyaviy hisobot;
budjet va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar yuzasidan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud emasligi haqida davlat soliq inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotnoma;
bank kreditlari boʻyicha qarzdorlik va 2-son kartoteka holati haqida xizmat koʻrsatuvchi bankdan maʼlumotnoma.
Jamiyat tarkibiga kirmaydigan servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan Jamiyat tarkibiga kiruvchi tashkilotlar bilan tuzilgan xoʻjalik shartnomasi nusxasi ham taqdim etiladi.
26. Modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish uchun servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarga mablagʻ ajratish, Jamgʻarma mablagʻlarining daromadlar va xarajatlar smetasi doirasida amalga oshiriladi.
27. Servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar Ishchi organ tomonidan kelib tushgan kundan boshlab 10 kun ichida koʻrib chiqiladi.
28. Ishchi organ koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Kengashga mablagʻlarni ajratish maqsadga muvofiqligi yoki ajratilmasligini asoslantiruvchi taklif taqdim etadi.
29. Kengash 5 kun ichida Ishchi organ tomonidan taqdim etilgan takliflar asosida servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarga mablagʻlarni ajratish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
Kengash tomonidan Jamgʻarma mablagʻlarini ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilishga quyidagilar asos boʻladi:
servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan Jamgʻarma mablagʻlarini olish uchun mazkur Nizomning 25-bandida koʻrsatilgan hujjatlarning toʻliq taqdim etilmaganligi;
servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarning Jamgʻarma mablagʻlarini ajratish haqidagi murojaati Jamgʻarma mablagʻlarini ishlatish maqsadlariga nomuvofiqligi;
servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri maʼlumotlarning mavjudligi.
30. Kengash tomonidan Jamgʻarma mablagʻlarini ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, bayonnomada rad etishning sabablari koʻrsatilib, Jamgʻarma mablagʻlari ajratilishni soʻrab murojaat qilgan servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilot xabardor qilinadi.
31. Kengash tomonidan Jamgʻarma mablagʻlarini ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Jamiyat va servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlar oʻrtasida maqsadli moliyalashtirish toʻgʻrisida shartnoma tuziladi va mazkur shartnomada nazarda tutilgan muddatlarda Jamgʻarma mablagʻlari ajratiladi.
5-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish hisobi va hisoboti
32. Jamgʻarma mablagʻlarining buxgalteriya hisobini yuritish Jamiyat tomonidan buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Jamiyat tarkibiga kiruvchi hududiy tashkilotlar har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10 sanasidan kechikmasdan mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda Jamgʻarmaga ajratmalar toʻlanganligi toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
Jamgʻarmaning mablagʻlarini olgan servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlar har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10 sanasidan kechikmasdan Jamiyatga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda mablagʻlarning ishlatilishi toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
34. Moliya yili yakunlanganidan soʻng oʻttiz kun ichida Jamiyat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda oʻtgan yil uchun Jamgʻarma mablagʻlarining daromadlar va xarajatlar smetasi ijrosi toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6-bob. Yakuniy qoidalar
35. Servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlar Jamgʻarma mablagʻlarini mazkur Nizomda belgilangan maqsadlarda ishlatilishi uchun javobgardir.
36. Jamgʻarma mablagʻlaridan mazkur Nizomda belgilangan maqsadlarda va samarali ishlatilishi yuzasidan Kengash va Ishchi organ javobgardir.
37. Mazkur Nizom talablarini buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
38. Mazkur Nizom “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati va “Oʻzagroservis” aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan.
“Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi N. OTAJONOV
2017-yil 28-mart
“Oʻzagroservis” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori U. TURSUNOV
2017-yil 28-mart
Qishloq xoʻjalik texnikasiga servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarni rivojlantirish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

“TASDIQLAYMAN”
‎Qishloq xoʻjalik texnikasiga servis
‎ xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarni
‎ rivojlantirish, rekonstruksiya qilish
‎ va modernizatsiyalash jamgʻarmasi
‎kengashi raisi
‎___________________________
(‎F.I.O.)
‎“___” ____________ 20__ yil ‎‎

“KELISHILGAN”
‎Oʻzbekiston Respublikasi moliya
‎ vazirining oʻrinbosari



‎‎__________________________
(‎F.I.O.)
‎“___” ____________ 20__ yil. ‎‎

Qishloq xoʻjalik texnikasiga servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarni rivojlantirish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash jamgʻarmasi mablagʻlarining 20___ yildagi
‎DAROMADLAR VA XARAJATLAR SMETASI

T/r‎

Koʻrsatkichlar nomlanishi

Summa, ming soʻmda

1.‎

___ _________ 20__ y. holatiga qoldiq mablagʻlar‎‎

‎‎

2.‎

Tushumlar‎‎

‎‎

2.1.‎

Sof tushumning 5 foizi miqdoridagi ajratmalar‎‎

‎‎

2.2.‎

Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar‎‎

‎‎

3.‎

Foydalanish‎‎

‎‎

3.1.‎

Hukumatlararo shartnomalar boʻyicha olingan kreditlarni qoplash ‎‎

‎‎

3.2.‎

Modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish‎‎

‎‎

Shu jumladan:‎‎

‎‎

3.2.1.‎

____________ (har bir obyekt kesimida foydalanishning aniq yoʻnalishlarini koʻrsatgan holda)‎‎

‎‎

4.‎

‎‎___ _________ 20__ y. holatiga qoldiq mablagʻlar

‎‎
‎‎“Oʻzagroservis” AJ
‎bosh direktori

‎‎___________________
(‎imzo)

(M.Oʻ.)‎

‎‎“Oʻzagroservis” AJ
‎ bosh buxgalteri

‎‎‎‎___________________
‎ (‎imzo)

Keyingi tahrirga qarang.
Qishloq xoʻjalik texnikasiga servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarni rivojlantirish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Qishloq xoʻjalik texnikasiga servis xizmati koʻrsatuvchi
‎tashkilotlarni rivojlantirish, rekonstruksiya qilish va
‎ modernizatsiyalash jamgʻarmasiga ajratmalarni toʻlanishi toʻgʻrisida
‎20___ yil _______ uchun
‎HISOBOT*

‎______________________________________________________ MCHJ boʻyicha
‎(Jamiyatning hududiy tashkiloti nomi)

T/r‎

Koʻrsatkichlar nomlanishi

Summa, ming soʻmda

1.‎

Hisobot yili boshida Jamgʻarmaga toʻlovlar yuzasidan kreditorlik qarz

‎‎

2.‎

Yil boshidan Jamgʻarmaga hisoblangan ajratmalar

‎‎

2.1.‎

shu jumladan, hisobot oyi uchun

‎‎

3.‎

Hisobot yili boshidan Jamgʻarmaga toʻlangan summa

‎‎

4.‎

Hisobot oyi oxirida Jamgʻarmaga toʻlovlar yuzasidan kreditorlik qarz ‎‎
*Izoh: hisobotda har bir koʻrsatkich boʻyicha batafsil maʼlumot ilova qilinadi.
‎‎Rahbar /imzo/ ‎‎

/F.I.O./ ‎‎

‎‎(M.Oʻ.)
‎‎Bosh buxgalter /imzo/ ‎‎‎‎

/F.I.O./ ‎‎‎‎

Qishloq xoʻjalik texnikasiga servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarni rivojlantirish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

Qishloq xoʻjalik texnikasiga servis xizmati koʻrsatuvchi
‎ tashkilotlarni rivojlantirish, rekonstruksiya qilish va
‎modernizatsiyalash jamgʻarmasi mablagʻlarini ishlatilishi
‎toʻgʻrisida 20___ yil _______ uchun
‎HISOBOT*

‎______________________________________________________MCHJ boʻy
icha
‎(Jamiyat tashkilotining nomi)

T/r‎

Koʻrsatkichlar nomlanishi

Summa, ming soʻmda

2.1

Jamgʻarmadan olingan jami summa

‎‎

Shu jumladan:

‎‎

2.1.1.

Joriy yilda

‎‎

2.1.2.

Hisobot oyida

‎‎

2.2.

Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish, jami

‎‎

2.2.1.‎

Shu jumladan:‎‎

‎‎

2.2.2.‎

Joriy yilda‎‎ ‎‎

2.2.3.‎

Hisobot oyida‎‎ ‎‎

2.3.‎

Olingan jamgʻarma mablagʻlari qoldigʻi‎‎ ‎‎
*Izoh: hisobotda har bir koʻrsatkich boʻyicha batafsil maʼlumot ilova qilinadi.
‎‎Rahbar

/imzo/ ‎‎

/F.I.O./ ‎‎

M.Oʻ.(muhr mavjud boʻlgan taqdirda)

‎‎Bosh buxgalter

/imzo/ ‎‎‎‎

/F.I.O./ ‎‎‎‎

Qishloq xoʻjalik texnikasiga servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarni rivojlantirish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

Qishloq xoʻjalik texnikalariga servis xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarni rivojlantirish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish jamgʻarmasining
‎ daromadlar va xarajatlar smetasi ijrosi toʻgʻrisida 20__ yil uchun
‎‎ HISOBOT*

T/r‎

Koʻrsatkichlar nomlanishi

20__ yil uchun prognoz ming soʻmda‎‎

Haqiqatda, ming soʻmda‎‎

Farq ming soʻmda ‎‎

1.‎

___ ________ 20__ y. holatiga qoldiq mablagʻlar‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

2.‎

Tushumlar‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

2.1.‎

Sof tushumning 5 foizi miqdoridagi ajratmalar‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

2.2.‎

Qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

3.‎

Foydalanish‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

3.1.‎

Hukumatlararo shartnomalar boʻyicha olingan kreditlarni qoplash‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

3.2.‎

Modernizatsiya va rekonstruksiya qilish‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
shu jumladan:‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

3.2.1.‎

____________ (har bir obyekt boʻyicha foydalanishning aniq yoʻnalishlarini koʻrsatish kesimida)‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

4.‎

___ _________ 20__ y. holatiga qoldiq mablagʻlar.‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
*Izoh: hisobotda har bir koʻrsatkich boʻyicha batafsil maʼlumot ilova qilinadi.
“Oʻzagroservis” AJ
‎ bosh direktori

/imzo/ ‎‎

/F.I.O./ ‎‎

‎‎(M.Oʻ.)

“Oʻzagroservis” AJ
‎bosh buxgalteri

/imzo/ ‎‎‎‎

/F.I.O./ ‎‎‎‎

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 17-son, 306-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)