1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5017-sonli Farmonini ijro etish yuzasidan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi faoliyatini samarali tashkil etishni taʼminlash maqsadida:
1. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, transport, kapital qurilish, qurilish industriyasi masalalari kompleksi tarkibiga kiradi.
LexUZ sharhi
1-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyundagi PF-5457-sonli Farmoniga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tizimining tashkiliy tuzilmasi va unga kiruvchi tashkilotlar roʻyxati 1-va 1a-ilovalariga* muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining markaziy apparati tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi PF-5883-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2019-y., 06/19/5883/4074-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmalari, Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi, tumanlar (shaharlar) uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimlarining tuzilmalari 3-5-va 5a-ilovalariga* muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va hududiy inspeksiyalarning tuzilmalari 6-va 6a-ilovalarga* muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziriga, zarur hollarda, vazirlikning markaziy apparati va hududiy boʻlinmalari tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining belgilab qoʻyilgan cheklangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmalari, Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, “Kommunxizmat” Agentligi taʼminoti sarf-xarajatlarini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi bir oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmalari, Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi huzurida “Taʼmirlash-tiklash xizmati” davlat unitar korxonalari hamda ularning shahar va tuman filiallari tashkil etilishini taʼminlasin, ularning zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:
xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari yoki turar-joy va noturar-joy mulkdorlari bilan shartnoma asosida koʻp xonadonli uy-joy fondini hamda uning atrofidagi hududlarni saqlash va foydalanish borasidagi tizimli ishlarni samarali tashkil qilish;
5. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi zimmasiga “ToshuyjoyLITI” aksiyadorlik jamiyatining ustav jamgʻarmasidagi aksiyalarning davlat paketi boʻyicha aksiyadorlik funksiyalarini bajarish vazifasi yuklansin, “ToshuyjoyLITI” AJ koʻp xonadonli uylarning loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha ixtisoslashtirilgan bosh loyiha tashkiloti etib belgilansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi hamda “Oʻzbekkommunalloyihaqurilish” MCHJ qatnashchilarining “Oʻzbekkommunalloyihaqurilish” MCHJni oʻrnatilgan tartibda “Oʻzbekkommunalloyihaqurilish” davlat unitar korxonasi etib qayta tashkil etish, uni suv taʼminoti va kanalizatsiya sohasidagi loyihalarni ishlab chiqish boʻyicha ixtisoslashtirilgan bosh loyiha tashkiloti etib belgilash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 8-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin, quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan solinadigan jarimalardan tushadigan mablagʻlar;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi PF-5883-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2019-y., 06/19/5883/4074-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.05 Chet el kreditlari va zayomlari. Xorijiy valyutada kreditlar]
uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirishga jalb etiladigan kreditlar, shu jumladan xalqaro moliya institutlari va Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining imtiyozli kreditlari;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof-muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganligi uchun oqova suvga taalluqli qismi boʻyicha kompensatsiya toʻlovlarining 74 foizi;
xalqaro donorlarning grantlari, xayriya mablagʻlari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan hududiy moliya organlari bilan kelishilgan holda belgilanadigan ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmatlari tariflariga maxsus ustama haq summasi;
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Belgilansinki, ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmatlari tariflariga maxsus ustama haq summasi maqsadli tushum hisoblanadi, barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblashda soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi, shuningdek, suv taʼminoti va oqova suv tashkilotlarining moliyaviy natijalari toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda xizmat koʻrsatuvchi banklarda suv taʼminoti tashkilotlariga ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmatlari tariflariga maxsus ustama haq mablagʻlarini jamlash uchun maxsus hisobvaraq ochilishini taʼminlasin va mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatishni rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltirilsin.
(7-bandning toʻrtinchi — sakkizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi PF-5883-son Farmoniga asosan toʻrtinchi — toʻqqizinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2019-y., 06/19/5883/4074-son)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻzbekneftgaz” MXK, “Oʻztransgaz” AK bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha, shuningdek elektr energiyasi, tabiiy gaz, sovuq suv va issiqlik energiyasi yetkazib beruvchilar oldida 2017-yilning 1-apreligacha boʻlgan holatiga koʻra qarzdorlik, suv taʼminoti va issiqlik taʼminoti tashkilotlari tomonidan hisoblangan penya va jarimalar, shu jumladan muddati uzaytirilganlarini ham xatlovdan oʻtkazsin va buning yakunlari boʻyicha qarzdorlikni restrukturizatsiya qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni;
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomni;
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi “Kommunxizmat” Agentligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi bir oy muddatda:
koʻp xonadonli uy-joy fondi, issiqlik taʼminoti obyektlarini qurish va taʼmirlash boʻyicha buyurtmachi funksiyasini amalga oshiruvchi “Koʻp xonadonli uylarni, issiqlik taʼminoti obyektlarini qurish boʻyicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi (DUK) hamda uning hududiy filiallari;
suv taʼminoti va kanalizatsiya obyektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish boʻyicha buyurtmachi funksiyasini amalga oshiruvchi “Suv taʼminoti va kanalizatsiya obyektlari qurilishi boʻyicha injiniring kompaniyasi” DUK va uning mintaqalararo filiallari toʻgʻrisidagi Nizomlarni, ularning tuzilmalari va shtat jadvallarini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlasin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Niyozbek yoʻli koʻchasi, 1-uyda joylashtirilsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi:
Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Niyozbek yoʻli koʻchasi, 1-uy manzilidagi Respublika “Oʻzkommunoʻquvtashkilotchi” oʻquv-metodik, normativ-injiniring markazi binolarini tezkor boshqaruv huquqi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga topshirsin;
Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Niyozbek yoʻli koʻchasi, 1-uy manzilida joylashgan, ilgari boshqa shaxslarga sotilgan binoning bir qismini xarid qilish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin, bunda ularning egalariga Toshkent shahrining boshqa qismlaridan teng qimmatga ega xonalar ajratilishini yoki belgilangan tartibda konpensatsiya toʻlanishini nazarda tutsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang)]
12. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmalari va Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi 9-ilovaga* muvofiq manzillarda;
tumanlar (shaharlar) uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimlari — tegishli tuman (shahar) hokimliklarining binolarida joylashtirilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
13. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga, asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha, vazirlik va uning hududiy boʻlinmalari maʼmuriy binolarini rekonstruksiya qilish, shuningdek ularni xizmatga oid inventarlar, tashkiliy texnika bilan jihozlash hamda zarur miqdorda yengil avtotransport vositalarini xarid qilishga kerakli mablagʻlar ajratsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligini belgilangan tartibda telefon aloqasi, shu jumladan hukumat aloqasi bilan taʼminlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
14. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining statistik axborotlari tarqatilishi majburiy boʻlgan tashkilotlar roʻyxatiga kiritilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Mehnat vazirligi bilan birgalikda uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi xodimlari kasblarining jazibadorligini oshirish va ularning ijtimoiy muhofazasini takomillashtirish maqsadida, bir oy muddatda uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashni ragʻbatlantirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
16. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda:
“2017 — 2021-yillar davrida ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturi toʻgʻrisida”;
“2017 — 2021-yillar davrida koʻp xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”;
“2018 — 2022-yillar davrida issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari loyihalarini belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritsin.
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PQ-2900-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tizimining
TASHKILIY TUZILMASI
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi*
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmalari va Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi*
Koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va hududiy inspeksiyalar*
“Koʻp xonadonli uylar, issiqlik taʼminoti obyektlari qurilishi boʻyicha injiniring kompaniyasi” DUK va uning hududiy filiallari
Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va hududiy inspeksiyalar*
“Suv taʼminoti va kanalizatsiya obyektlari qurilishi boʻyicha injiniring kompaniyasi” DUK va uning hududiy boshqarmalari
“Kommunxizmat” agentligi*
“Oʻzbekkommunalloyihaqurilish” DUK va uning hududlararo filiallari
“Kommunaloʻquv” oʻquv-metodika markazi” DUK
* Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi PF-5883-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2019-y., 06/19/5883/4074-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PQ-2900-son qaroriga 1a-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar
ROʻYXATI
T/r
Nomlanishi
Tashkilotlar soni
I. Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmalari va Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi
14
2.
Koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi
1
Hududiy inspeksiyalar
14
3.
Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi
1
Hududiy inspeksiyalar
14
4.
“Kommunxizmat” agentligi
1
5.
“Koʻp xonadonli uylar, issiqlik taʼminoti obyektlari qurilishi boʻyicha injiniring kompaniyasi” DUK
1
Hududiy filiallar
14
6.
“Suv taʼminoti va kanalizatsiya obyektlari qurilishi boʻyicha injiniring kompaniyasi” DUK
1
Hududiy boshqarmalar
13
7.
“Kommunaloʻquv” oʻquv-metodika markazi” DUK
1
8.
“Oʻzbekkommunalloyihaqurilish” DUK
1
Hududlararo filiallar
7
II. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmalarining tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar
9.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning issiqlik taʼminoti davlat tashkilotlari
20
10.
“Taʼmirlash-tiklash xizmati” DUK
14
11.
“Yagona hisob-kitob markazi” DUK
14
(1a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi PF-5883-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2019-y., 06/19/5883/4074-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PQ-2900-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi markaziy apparatining
TUZILMASI
Yigʻma axborot-tahlil boshqarmasi
1
Vazirlik hayʼati
Vazir
Yordamchi
Axborot-tahlil boʻlimi
2
Vazirning birinchi oʻrinbosari
Vazir oʻrinbosari
Vazir oʻrinbosari
Vazir oʻrinbosari
UJKX va hududlarni obodonlashtirish sohalarining metodologik bazasini takomillashtirish boshqarmasi
4
Yagona suv balansini shakllantirish va monitoring qilish bosh boshqarmasi
8
Investitsiya dasturlarini shakllantirish va iqtisodiy tahlil bosh boshqarmasi
13
Koʻp xonadonli uylarni boshqarish organlarini muvofiqlashtirish va rivojlantirish boshqarmasi
13
Issiqlik taʼminoti tizimlarini kompleks rivojlantirish boshqarmasi
9
Kanselyariya
3
Yagona davlat suv fondi suvlarining xavfsizligi va sifatini taʼminlash boshqarmasi
8
Issiqlik taʼminoti tizimlarini saqlash va ekspluatatsiya qilish boshqarmasi
8
“Kommunxizmat” agentligi
Koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boʻlimi
2
“Koʻp xonadonli uylar, issiqlik taʼminoti obyektlari qurilishi boʻyicha injiniring kompaniyasi” DUK
Suv taʼminoti va suv chiqarish tizimiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish boshqarmasi
5
“Kommunaloʻquv” oʻquv-metodika markazi” DUK
Matbuot xizmati
3
“Suv taʼminoti va kanalizatsiya obyektlari qurilishi boʻyicha injiniring kompaniyasi” DUK
Yuridik boʻlim
2
Kadrlar boshqarmasi
4
Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi
“Oʻzbekkommunalloyiha-qurilish” DUK
Buxgalteriya
4
“Oʻzsuvtaʼminot” AJ
Birinchi boʻlim
2
Ishlar boshqarmasi
1
Avtomobil va maxsus texnikadan foydalanish, AKT va dispetcherlashtirish boshqarmasi
8
UJKX fondini rivojlantirish boʻlimi
2
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 108 nafar.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi PF-5883-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2019-y., 06/19/5883/4074-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PQ-2900-son qaroriga 3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi
TUZILMASI
Vazir
Vazir oʻrinbosari
Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini prognozlashtirish va rivojlantirish boshqarmasi
2
Matbuot xizmati
1
Buxgalter
1
UJMSH va professional boshqaruv kompaniyalari, binolarning bevosita mulkdorlari faoliyatini muvofiqlashtirish va rivojlantirish boʻlimi
2
Issiqlik taʼminoti tizimlarini rivojlantirish boʻlimi
2
Moliya-iqtisodiyot boʻlimi
2
Avtomobil va maxsus texnikadan foydalanish boʻlimi
2
Kadrlar boʻyicha bosh mutaxassis
1
“TTX” DUKni muvofiqlashtirish va rivojlantirish boʻyicha bosh mutaxassis
1
Bosh yuriskonsult
1
Tuman (shahar) uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimlari
“YAHKM” DUKni muvofiqlashtirish va rivojlantirish boʻlimi
2
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boʻyicha mutaxassis
1
Issiqlik taʼminoti davlat tashkilotlari
“Taʼmirlash-tiklash xizmati” DUK
Umumiy boʻlim
1
“Yagona hisob-kitob markazi” DUK
Mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi, safarbarlik, fuqaro himoyasi va favqulodda vaziyatlar boʻyicha mutaxassis
1
UJMSH va professional boshqaruv kompaniyalari, binolarning bevosita mulkdorlari
AKT, avtomatlashtirish va dispetcherlashtirish boʻlimi
2
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 24 nafar.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi PF-5883-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2019-y., 06/19/5883/4074-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PQ-2900-son qaroriga 4-ILOVA
Viloyatlar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmalarining namunaviy
TUZILMASI
Boshqarma boshligʻi
Boshqarma boshligʻining oʻrinbosari
Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini prognozlashtirish va rivojlantirish boshqarmasi
1 — 3
Matbuot xizmati
1
Buxgalter
1
UJMSH va professional boshqaruv kompaniyalari, binolarning bevosita mulkdorlari faoliyatini muvofiqlashtirish va rivojlantirish boʻlimi
3
Issiqlik taʼminoti tizimlarini rivojlantirish boʻlimi
2–3
Kadrlar boʻyicha bosh mutaxassis
1
Avtomobil va maxsus texnikadan foydalanish va dispetcherlashtirish boʻlimi
2
Bosh yuriskonsult
1
“TTX” DUKni muvofiqlashtirish va rivojlantirish boʻyicha bosh mutaxassis
1
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boʻyicha mutaxassis
1
Tuman (shahar) uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimlari
“YAHKM” DUKni muvofiqlashtirish va rivojlantirish boʻlimi
2-3
Issiqlik taʼminoti davlat tashkilotlari
Umumiy boʻlim
1
“Taʼmirlash-tiklash xizmati” DUK
“Yagona hisob-kitob markazi” DUK
UJMSH va professional boshqaruv kompaniyalari, binolarning bevosita mulkdorlari
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 19 — 23 nafar.
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 240 nafar, shu jumladan:
Toshkent va Fargʻona viloyatlarida — 23 nafardan;
Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida — 20 nafardan;
Andijon, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida — 19 nafardan.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi PF-5883-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2019-y., 06/19/5883/4074-son)
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 56 nafar.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-iyuldagi PF-5114-sonli Farmoni tahririda)
LexUZ sharhi
5-ilovaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-iyuldagi PF-5118-sonli Farmoniga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PQ-2900-son qaroriga 5a-ILOVA
Tumanlar (shaharlar) uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimlarining namunaviy
TUZILMASI
Boʻlim boshligʻi
Koʻp xonadonli uy-joy fondining texnik holati monitoringi, XUJMSHlar, suv taʼminoti va issiqlik taʼminoti faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi(mutaxassisi)
1 — 2
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishi monitoringi boʻlimi (mutaxassis)
1 — 2
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 3 — 5 nafar.
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 654 nafar, shu jumladan:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PQ-2900-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanish sohasida nazorat inspeksiyasining
TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 84 nafar, shu jumladan:
markaziy apparati boshqaruv xodimlari soni — 16 nafar;
hududiy inspeksiyalarning boshqaruv xodimlari soni — 68 nafar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PQ-2900-son qaroriga 8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlarini shakllantirish, foydalanish va boshqarish tartibini belgilaydi.
2. Jamgʻarma Koʻp xonadonli uy-joy fondini qurish, kapital va joriy taʼmirlash hamda koʻp xonadonli uy-joy fondiga tutash hududlarni obodonlashtirish, suv taʼminoti, kanalizatsiya va issiqlik taʼminoti obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash, shuningdek, kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlarini va “Taʼmirlash-tiklash xizmati” davlat unitar korxonalarini maxsus texnika, uskunalar, mashina va mexanizmlar bilan jihozlash boʻyicha dasturlar (keyingi oʻrinlarda — Dasturlar)ni moliyalashtirish uchun tashkil etilgan.
4. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan solinadigan jarimalardan tushadigan mablagʻlar;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.05 Chet el kreditlari va zayomlari. Xorijiy valyutada kreditlar]
uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirishga jalb etiladigan kreditlar, shu jumladan xalqaro moliya institutlari va Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining imtiyozli kreditlari;
kanalizatsiya chiqindilari qismida Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof muhitni ifloslantirganlik va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarining 74 foizi;
xalqaro donorlarning grantlari, xayriya mablagʻlari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan hududiy moliya organlari bilan kelishilgan holda belgilangan ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmatlari tariflariga maxsus ustama haq summasi;
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi PF-5883-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2019-y., 06/19/5883/4074-son)
5. Koʻrsatilgan xizmatlar uchun isteʼmolchilar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishda tariflar bilan bir vaqtda ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun isteʼmolchilardan undiriladigan tariflarga maxsus ustama haq (keyingi oʻrinlarda — maxsus ustama haq) hududiy moliya organlari bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadi.
Maxsus ustama haq maqsadli tushum hisoblanadi, barcha soliq turlarini va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblashda soliqqa tortiladigan bazaga kiritilmaydi, shuningdek, suv taʼminoti va kanalizatsiya tashkilotlarining moliyaviy natijalari toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirilmaydi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi PF-5883-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2019-y., 06/19/5883/4074-son)
6. Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahri boʻyicha Bosh boshqarmasining hisob-kitob kassa markazida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi tomonidan ochiladigan alohida gʻaznachilik hisobraqamlarida jamlanib boriladi.
III. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari
kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlarini va “Taʼmirlash-tiklash xizmati” davlat unitar korxonalarini (keyingi oʻrinlarda — “TTX” DUK) maxsus texnika, uskunalar, mashina va mexanizmlar bilan jihozlash;
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi]
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish.
Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
IV. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish
8. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini boshqarish boʻlimi tomonidan ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini boshqarish boʻlimi:
zarur boʻlganda joylarga chiqqan holda, koʻp xonadonli uy-joy fondini kapital va joriy taʼmirlash va koʻp xonadonli uy-joy fondiga tutash hududni obodonlashtirish, koʻp xonadonli arzon uy-joy fondini qurish, suv taʼminoti, kanalizatsiya va issiqlik taʼminoti obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash, shuningdek, kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlari va “TTX” DUKlarni maxsus texnika uskunalar, mashina va mexanizmlar bilan jihozlashga oid har yilgi dasturlarni shakllantirishda ishtirok etadi;
koʻp xonadonli uy-joy fondini kapital va joriy taʼmirlash va koʻp xonadonli uy-joy fondiga tutash hududni obodonlashtirish, koʻp xonadonli arzon uy-joy fondini qurish, suv taʼminoti, kanalizatsiya va issiqlik taʼminoti obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash, shuningdek, kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlari va “TTX” DUKlarni maxsus texnika uskunalari, mashina va mexanizmlar bilan jihozlashga oid dasturlar bajarilishi tahlili va monitoringini amalga oshiradi;
Dasturlar doirasida loyiha-qidiruv ishlarini tashkillashtiradi;
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari prognozini hamda choraklar va oylar boʻyicha taqsimlagan holda uning bir yildagi ijrosi toʻgʻrisida hisobot tayyorlaydi, keyinchalik bularni Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi rahbariyatiga maʼlum qiladi;
Jamgʻarma daromad va xarajatlari smetasini tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi rahbariyatiga kiritadi;
Dasturlarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan Jamgʻarma mablagʻlari hisobi yuritilishini taʼminlaydi;
Dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi rahbariyatiga takliflar kiritadi.
V. Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari prognozini tayyorlash, koʻrib chiqish va tasdiqlash
10. Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari prognozini tayyorlash, koʻrib chiqish va tasdiqlash mazkur Nizomga muvofiq Dasturlarning loyihalarini tayyorlash bilan bogʻliq holda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
11. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda har yili:
1-iyulga qadar yuqorida koʻrsatib oʻtilgan manbalardan kelib tushadigan tushumlarning kelgusi yilgi prognozlarini, Jamgʻarmaning barcha yoʻnalishlar boʻyicha xarajatlari prognozini va obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash, kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlarini va “TTX” DUKlarni maxsus texnika, uskunalar, mashina va mexanizmlar bilan jihozlash boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmalari hamda Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish Bosh boshqarmasi takliflarini hisobga olgan holda kelgusi yilgi dasturlarning loyihalarini tayyorlaydi;
obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, kapital va joriy taʼmirlash, maxsus texnika, uskunalar, mashina va mexanizmlar bilan jihozlashga oid dasturlarni tasdiqlash uchun uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasidagi dasturlarni muvofiqlashtirish va amalga oshirish boʻyicha respublika komissiyasiga kiritadi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, kapital va joriy taʼmirlash boʻyicha manzilli roʻyxatlarni, shuningdek maxsus texnika, uskunalar, mashina va mexanizmlar bilan jihozlashga oid roʻyxatni uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasidagi dasturlarni muvofiqlashtirish va amalga oshirish boʻyicha respublika komissiyalari tomonidan tasdiqlangan dasturlar asosida belgilangan tartibda tasdiqlaydi.
12. Jamgʻarmaning keyingi yilgi daromad va xarajatlari prognozi Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
13. Jamgʻarma mablagʻlari uning gʻaznachilik hisobraqamidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligining Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan ochiladigan shaxsiy hisobvaraqlari orqali sarflanadi.
14. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegishli xarajatlar smetasi, obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash boʻyicha manzilli roʻyxatlar hamda maxsus texnika, uskunalar, mashina va mexanizmlar bilan jihozlash roʻyxatlari asosida amalga oshiriladi.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi belgilangan tartibda:
koʻp xonadonli uy-joy fondini kapital va joriy taʼmirlash hamda koʻp xonadonli uy-joy fondiga tutash hududni obodonlashtirish, koʻp xonadonli arzon uy-joy fondini qurish, suv taʼminoti, kanalizatsiya va issiqlik taʼminoti obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash, shuningdek, kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlarini va “TTX” DUKlarni maxsus texnika, uskunalar, mashina va mexanizmlar bilan jihozlashga oid shartnomalar roʻyxatga olinishini;
tasdiqlangan manzilli roʻyxatlarga muvofiq xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida qatʼiy amal qilgan holda xarajatlar haqi toʻlanishini taʼminlaydi.
16. Koʻp xonadonli uy-joy fondini kapital va joriy taʼmirlash hamda koʻp xonadonli uy-joy fondiga tutash hududni obodonlashtirish, koʻp xonadonli arzon uy-joy fondini qurish, suv taʼminoti, kanalizatsiya va issiqlik taʼminoti obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash boʻyicha xarajatlarni qoplash Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining toʻlov-topshiriqnomalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi tomonidan amalga oshiriladi, ularda quyidagilar nazarda tutiladi:
qurilishning prognoz qilinayotgan yerida tender (tanlov) savdosi natijalariga koʻra belgilangan ishlar umumiy qiymatining 30 foiziga qadar miqdorda avans toʻlovlarining teng ulushlari bilan qurilish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlashni dastlabki ikki oy mobaynida haqini toʻlash;
ajratilgan avans proporsional ravishda ushlab qolinishini hisobga olgan holda har oy bajarilgan ishlar qiymatining 95 foizi miqdorida joriy moliyalashtirish;
pudratchiga qolgan 5 foizni toʻlash — shartnomada qayd etib oʻtilgan kafolat muddati tugagandan soʻng amalga oshiriladi.
17. Kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlari va “TTX” DUKlarni maxsus texnika uskunalar, mashina va mexanizmlarni jihozlash boʻyicha sarf-xarajatlar haqini toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining toʻlov-topshiriqnomalari asosida amalga oshiriladi, ularda quyidagilar nazarda tutiladi:
qonunchilikda belgilangan tartibda avans toʻlovini amalga oshirish;
ajratilgan avans toʻlovlarini ushlab qolgan holda mahsulot yetkazib berishning haqiqiy hajmidan kelib chiqib, har oygi joriy moliyalashni amalga oshirish.
18. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasida kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishga sarf-xarajatlar haqi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining toʻlov-topshiriqnomalari asosida tasdiqlangan oʻquv jadvali va dasturlariga muvofiq Jamgʻarmaning ushbu maqsadlarga sarf-xarajatlari smetasida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida “Oʻzkommunoʻquv” davlat unitar korxonasiga toʻlanadi.
19. Qurilish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash hamda jihozlashning manzilli roʻyxatlarida nazarda tutilgan toʻliq moliyalashtirilmay qolgan mablagʻlar joriy moliya yili yakunlariga koʻra Jamgʻarmaning daromad va xarajatlari balansliligini taʼminlashni hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan belgilangan tartibga kelgusi moliya yilida toʻlanishi lozim.
20. Quyidagilar:
Jamgʻarma mablagʻlarini ushbu Nizomda nazarda tutilmagan maqsadlarga sarflash;
Mazkur Nizomda koʻzda tutilmagan maqsadlarga Jamgʻarma hisobvaraqlaridan mablagʻlarni olish, shu jumladan vaqtincha olib qoʻyish taqiqlanadi.
VII. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish hisobi, hisoboti va nazorati
21. Jamgʻarma mablagʻlari tushumi va sarflanishi hisobini yuritish hamda ular yuzasidan hisobot tuzish Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
22. Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanish sohasida nazorat boʻyicha inspeksiya zimmasiga yuklanadi.
23. Tasdiqlangan xarajatlar smetalariga muvofiq Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi javobgar boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va foydalanish
SXEMASI
Bosqichlar
Tadbirlar
Masʼul bajaruvchilar
Amalga oshirish mexanizmi
I bosqich
Koʻp xonadonli uy-joy fondini kapital va joriy taʼminlash va koʻp xonadonli uy-joy fondiga tutash hududlarni obodonlashtirish, koʻp xonadonli arzon uy-joy fondini qurish, suv taʼminoti, kanalizatsiya va issiqlik taʼminoti obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash, shuningdek, kommunal xizmat tashkilotlarini va “TTX” DUKlarini maxsus texnika, uskunalar, mashina va mexanizmlar bilan jihozlash boʻyicha dasturlarni shakllantirish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi. viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmalari va Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi
Birinchi navbatdagi va ustuvor obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish kapital va joriy taʼmirlash boʻyicha dastlabki manzilli roʻyxatlarni, shuningdek, maxsus texnika, uskunalar, mashina va mexanizmlar roʻyxatini ishlab chiqib, ularni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga kiritish
Qurilish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash boʻyicha kiritilgan dastlabki manzilli roʻyxatlarni, shuningdek, maxsus texnika, uskunalar, mashina va mexanizmlar roʻyxatlarini tuzatish va qoʻshimchalar kiritilishini hisobga olgan holda kompleks tarzda koʻrib chiqish
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi
Koʻp xonadonli uy-joy fondi kapital va joriy taʼmirlash xamda koʻp xonadonli uy-joy fondiga tutash hududlarni obodonlashtirish, koʻp xonadonli arzon uy-joy fondi qurish, suv taʼminoti, kanalizatsiya va issiqlik taʼminoti obyektlari qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash. shuningdek. kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlari va “TGX” DUKlarini maxsus texnika. uskunalar. mashina va mexanizmlar bilan jihozlash boʻyicha dasturlarni koʻrib chiqish va shakllantirish xamda uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasida dasturlarni muvofiqlashtirish va amalga oshirish respublika komissiyasiga taqdim etish
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda
II bosqich
Loyiha oldi va loyiha hujjatlarining texnik topshiriqlarini kelishish, shuningdek, koʻp xonadonli uy-joy fondini kapital va joriy taʼmirlash xamda koʻp xonadonli uy-joy fondiga tutash hududlarni obodonlashtirish, koʻp xonadonli arzon uy-joy fondi qurish, suv taʼminoti, kanalizatsiya va issiqlik taʼminoti obyektlarini qurish rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash, shuningdek, kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlari va “TTX” DUKlarni maxsus texnika uskunalar, mashina va mexanizmlar bilan jihozlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlar chiqish uchun buyurtmanoma tayyorlash
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi. viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari hududiy issiqlik va suv taʼminoti tashkilotlari
Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun loyiha-texnik topshiriqni tayyorlash xamda unn koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga kiritish
Suv resurslaridan oqilona foydalanish usullarini joriy etish, shuningdek, loyiha boʻyicha optimal texnik yechimlar koʻllashni hisobga olgan xolda ichimlik suvining kafolatlangan manbalari boʻyicha xulosalar tayyorlash va tegishli qaror qabul qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga kiritish
Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi
Loyiha texnik topshiriqlarini koʻrib chiqish va kelishish hamda uni loyiha-smeta hujjatlarini (LSX) ishlab chiqish uchun “Oʻzbekkommunalloyihaqurilish” davlat unitar korxonasiga topshirish
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi
Loyihalarning idoraviy ekspertizasini oʻtkazish va keyinchalik ekspertiza natijalarini ekspertizadan oʻtkazish va belgilangan tartibda LSʼHni tasdiqlash uchun “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga topshirish
III bosqich
Koʻp xonadonli uy-joy fondini kapital va joriy taʼmirlash xamda koʻp xonadonli uy-joy fondiga tutash hududlarni obodonlashtirish, koʻp xonadonli arzon uy-joy fondi qurish, suv taʼminoti, kanalizatsiya va issiqlik taʼminoti obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash boʻyicha manzilli roʻyxatlarni, shuningdek, kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlari va “TTX” DUKlarini maxsus texnika, uskunalar, mashina va mexanizmlar bilan jihozlash roʻyxatlarini tasdiqlash
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi
Uzil-kesil manzilli roʻyxatga kiritilgan obyektlar boʻyicha belgilangan tartibda tender (tanlov) savdolarini tashkil etish va oʻtkazish, pudrat shartnomalarini tuzish
Uzil-kesil manzilli roʻyxatlar xamda maxsus texnika, uskunalar, mashina va mexanizmlarning roʻyxatlarini kelishib olish uchun belgilangan tartibda Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligiga kiritish
IV bosqich
Obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash, maxsus texnika, uskunalar, mashina va mexanizmlar bilan jihozlash dasturlarini moliyalashtirish
Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi
Obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash, kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlari va “TTX” DUKlarni maxsus texnika, uskunalar, mashina va mexanizmlar bilan jihozlanishini moliyalashtirish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PQ-2900-son qaroriga 9-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmalari va Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasini
JOYLASHTIRISH
T/r
Nomlanishi
Manzillari
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi
Nukus shahri, Beruniy koʻchasi, 20-uy
2.
Andijon viloyati uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi
Andijon shahri, Sarkuy koʻchasi, 5-uy
3.
Buxoro viloyati uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi
Buxoro shahri, Naqshband koʻchasi, 299-uy
4.
Jizzax shahri uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi
Jizzax shahri, Sh. Rashidov koʻchasi, 63-uy
5.
Qashqadaryo viloyati uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi
Qarshi shahri, Mustaqillik koʻchasi, 19-uy
6.
Navoiy viloyati uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi
Navoiy shahri, Xalqlar Doʻstligi koʻchasi,77a-uy
7.
Namangan viloyati uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi
Namangan shahri, Ibrat koʻchasi, 33-uy
8.
Samarqand viloyati uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi
Samarqand shahri, Koʻksaroy maydoni, 1a-uy
9.
Sirdaryo viloyati uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi
Guliston shahri, Mustaqillik koʻchasi,35-uy
10.
Surxondaryo viloyati uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi
Termiz shahri, Xumo koʻchasi, 5-uy
11.
Toshkent viloyati uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi
Toshkent viloyati, Toʻytepa shahri,Toshkentshoh koʻchasi, 9-uy
12.
Fargʻona viloyati uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi
Fargʻona shahri, B. Margʻiloniy koʻchasi,35-uy
13.
Xorazm viloyati uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi
Urganch shahri. Al-Xorazmiy koʻchasi,23-uy
14.
Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi
Toshkent shahri,Mirobod tumani,T. Shevchenko koʻchasi, 26-uy
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 17-son, 291-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2019-y., 06/19/5883/4074-son; 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 19.06.2021-y., 07/21/5152/0578-son, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son, 04.08.2022-y., 07/22/346/0709-son; 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son; 31.10.2023-y., 07/23/343/0812-son; 28.07.2026-y., 06/26/140/0792-son)