toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.01.2018
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VAZIRLIGINING
Qarori
Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlariga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 21-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2834-1]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018-yil 8-yanvardagi 1-2018, 1-mh va 2-q/q-sonli “Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2965, 18.01.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2829-son “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Mehnat vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Mehnat vazirligining 2016-yil 19-oktabrdagi 5-2016, 12-mh, 34-q/q-son qarori (roʻyxat raqami 2834, 2016-yil 24-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 43-son, 508-modda) bilan tasdiqlangan Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlarining izohi quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʻldirilsin:
“31. Akademik litseylarga oʻqituvchilik faoliyatiga mehnatga soatbay haq toʻlash shartlarida jalb etiladigan oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilar tarkibi mehnatiga soatbay haq toʻlashda oliy taʼlim muassasalari talabalari bilan oʻquv mashgʻulotlari olib boruvchi shaxslar uchun nazarda tutilgan mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari qoʻllaniladi.”.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri R. KASIMOV
Toshkent sh.,
2017-yil 17-aprel,
1-2017-son
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2017-yil 17-aprel,
23-son
Mehnat vaziri A. ABDUXAKIMOV
Toshkent sh.,
2017-yil 17-aprel,
10-q/q-son
Kelishilgan:
Moliya vaziri B. XODJAYEV
2017-yil 17-aprel
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 16-son, 283-modda)