1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.04.00 Oʻrmondan va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish / 11.06.04.02 Qoʻshimcha foydalanish (pichan oʻrish, mol boqish, asalari uyalari va qutilarini joylashtirish, yovvoyi oʻsimliklar va texnik xomashyo, dorivor xomashyolarini tayyorlash, yigʻish va oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi oʻsimliklarni tayyorlash]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Eksport va import]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Qarori
Yalangʻoch qizilmiyani eksport qilishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Yovvoyi holda oʻsadigan oʻsimliklarni yetishtirish, yigʻish, tayyorlash va qayta ishlashni tizimli ravishda tashkil etishni yanada tartibga solish, yalangʻoch qizilmiyani xomashyo sifatida eksport qilishdan manfaatdor boʻlgan tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek tadbirkorlik subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada erkinlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari yalangʻoch qizilmiyani xomashyo sifatida Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqqanliklari uchun toʻlovlardan (1 tonnasi uchun 225 AQSh dollari) 2018-yil 31-dekabrgacha ozod qilinsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U.U. Rozukulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 14-aprel,
210-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 15-son, 259-modda)