toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.08.2024
Hujjat 17.11.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining
buyrugʻi
Tovar belgisiga va xizmat koʻrsatish belgisiga doir guvohnomaning hamda tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish qoidalarini tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 10-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2873]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 26-avgustdagi 24-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3553, 27.08.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Tovar belgisiga va xizmat koʻrsatish belgisiga doir guvohnomaning hamda tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bosh direktor A. FAYZULLAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 27-mart,
17-son
Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Bosh direktorining 2017-yil 27-martdagi 17-son buyrugʻiga
ILOVA
Tovar belgisiga va xizmat koʻrsatish belgisiga doir guvohnomaning hamda tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish
qoidalari
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) muvofiq tovar belgisiga va xizmat koʻrsatish belgisiga doir guvohnomaning hamda tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning (bundan buyon matnda guvohnoma deb yuritiladi) amal qilish muddatini uzaytirish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Qonunning 21-moddasiga muvofiq guvohnoma Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligiga (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) talabnoma berilgan sanadan eʼtiboran oʻn yil mobaynida amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Guvohnomaning amal qilish muddati guvohnoma amal qilayotgan oxirgi yil mobaynida uning egasi tomonidan berilgan arizaga binoan har safar oʻn yilga uzaytirilishi mumkin.
3. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-apreldagi 65-son qarori bilan tasdiqlangan Patent bojlari va toʻlovlari stavkalarida belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi.
4. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi arizani berish muddati guvohnomaning amal qilish muddati tugagandan keyin olti oy mobaynida guvohnoma egasi bergan iltimosnomaga binoan, qoʻshimcha patent bojini toʻlash sharti bilan uzaytirilishi mumkin.
2-bob. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi arizani taqdim etish
5. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza Agentlikka mazkur Qoidalarning ilovasiga muvofiq shaklda, guvohnomaning egasi yoki guvohnoma egasining ishonchnomasi bilan patent vakili tomonidan taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza guvohnoma egasi yoki patent vakili tomonidan imzolanadi. Yuridik shaxs nomidan ariza lavozimi koʻrsatilgan holda rahbar tomonidan imzolanadi va muhr bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlanadi.
7. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
patent vakili orqali ariza berilgan taqdirda guvohnoma egasining ishonchnomasi;
tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxs mazkur joʻgʻrofiy obyektda ekanligini va guvohnomada koʻrsatilgan xususiyatlarga ega boʻlgan tovar ishlab chiqarayotganligini tasdiqlovchi hujjat.
Patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmaganda guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqishga doir yuridik ahamiyatga ega boʻlgan harakatlar amalga oshirilmaydi.
8. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar Agentlikka bevosita taqdim etiladi yoki pochta orqali yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish
9. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar Agentlikka kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kunlik muddat ichida barcha hujjatlarning mavjudligi va ularning mazkur Qoidalarning talablariga muvofiqligi yuzasidan tekshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Taqdim etilgan hujjatlar mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq kelganida guvohnomaning amal qilishi muddati uzaytiriladi.
11. Ushbu Qoidalarning 7-bandida nazarda tutilgan hujjatlar mavjud boʻlmagan va/yoki notoʻgʻri rasmiylashtirilgan taqdirda, guvohnoma egasiga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida Agentlik tomonidan soʻrov yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Guvohnoma egasi soʻrov joʻnatilgan sanadan eʼtiboran uch oy mobaynida mavjud boʻlmagan hujjatlarni yoki notoʻgʻri rasmiylashtirilgan hujjatlardagi kamchiliklarni bartaraf etgan holda taqdim etishi lozim. Bunda arizani koʻrib chiqishning belgilangan muddatining oʻtishi kamchiliklari bartaraf etilgan hujjatlar Agentlikka kelib tushgunga qadar toʻxtatib turiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Mavjud boʻlmagan hujjatlar yoki notoʻgʻri rasmiylashtirilgan hujjatlardagi kamchiliklar bartaraf etilib, Qoidalarning 11-bandida koʻrsatilgan muddat ichida taqdim etilmagan taqdirda, Agentlik tomonidan guvohnoma egasiga guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirishni rad etish asoslarini koʻrsatgan holda bildirishnoma yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Arizani qanoatlantirish rad etilgan taqdirda guvohnoma egasi guvohnomaning amal qilish muddati yoki mazkur Qoidalarning 4-bandida nazarda tutilgan muddat oʻtmagan boʻlsa, Agentlik bildirishnomasida nazarda tutilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda, qoʻshimcha patent boji toʻlamasdan takroran guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida ariza taqdim etishi mumkin. Bunda mazkur Qoidalarning 7-bandida nazarda tutilgan hujjatlar mavjud boʻlmagan va/yoki notoʻgʻri rasmiylashtirilgan taqdirda, Agentlik tomonidan soʻrov yuborilmagan holda arizani qanoatlantirish rad etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun guvohnomaning amal qilish muddati va mazkur Qoidalarning 4-bandida nazarda tutilgan muddat oʻtkazib yuborilgan taqdirda, guvohnomaning amal qilishi muddati uzaytirilmaydi. Mazkur holatda Qonunda belgilangan tartibda tovar belgisini va xizmat koʻrsatish belgisini hamda tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatga olish umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Tovar belgilari davlat reyestriga yoki Tovar kelib chiqqan joy nomlari davlat reyestriga kiritiladi va Agentlikning oʻz rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy axborotnomasida eʼlon qilinadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Bosh direktorining 2017-yil 6-noyabrdagi 21-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2873-1 16.11.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2017-y., 10/17/2873-1/0270-son)
Keyingi tahrirga qarang.
17. Guvohnomaning amal qilishi muddati uzaytirilganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan keyin Agentlik guvohnoma egasiga uch kun ichida “Guvohnomaga ilova”ni yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Yakuniy qoida
18. Mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Tovar belgisiga va xizmat koʻrsatish belgisiga doir guvohnomaning hamda tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish qoidalariga
ILOVA

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligiga
‎_______________________________
‎(F.I.O., yoki yuridik shaxsning nomi) _______________________________

‎‎
‎Manzil: ________________________ Telefon: _______________________
‎ ‎


‎‎‎ARIZA


‎‎
‎‎— tovar belgisiga va xizmat koʻrsatish belgisiga doir

‎‎
‎‎— tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi

‎‎________ — raqamli guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirib berishingizni soʻrayman.

Ilova qilinayotgan hujjatlar: (keraklisi [X] bilan qayd etilsin)
‎‎


‎‎

‎‎— guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;

‎‎— tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxs mazkur joʻgʻrofiy obyektda ekanligini va guvohnomada koʻrsatilgan xususiyatlarga ega boʻlgan tovar ishlab chiqarayotganligini tasdiqlovchi hujjat;


‎‎
‎‎— guvohnoma egasining ishonchnomasi*.

‎‎Guvohnoma egasi (yoki patent vakili) _________________________________

______‎

‎‎‎‎(F.I.O., yoki yuridik shaxs rahbarining F.I.O.)

(imzo)‎

‎‎Sana ______________

‎‎(M.Oʻ.) (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)

* Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza patent vakili tomonidan taqdim etilganda.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 15-son, 260-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2017-y., 10/17/2873-1/0270-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)