toggle_night_mode
Hujjat 10.04.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
“Bojxona ishi sohasida qoʻllaniladigan ayrim hujjatlar va hisobotlar shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 6-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2778-1]
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 30-martdagi 01-02/12-19-son “Bojxona ishi sohasida qoʻllaniladigan ayrim hujjatlar va hisobotlar shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2778, 2016-yil 12-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 15-son, 155-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais M. TOXIRIY
Toshkent sh.,
2017-yil 24-mart,
01-02/12-15-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2017-yil 24-martdagi 01-02/12-15-son qaroriga
ILOVA
“Bojxona ishi sohasida qoʻllaniladigan ayrim hujjatlar va hisobotlar shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-banddagi “24” raqami “25” raqami bilan almashtirilsin.
2. 4-ilova quyidagi mazmundagi 51-band bilan toʻldirilsin:
“51. Tovar rejimda turadigan muddat: _________________________________________.‎‎

‎‎‎‎(vaqtincha olib chiqishga ruxsat berilgan muddat koʻrsatiladi)”.

3. 6-ilova quyidagi mazmundagi 51-band bilan toʻldirilsin:
“51. Tovar rejimda turadigan muddat:_________________________________________.

(vaqtincha olib kirishga ruxsat berilgan muddat koʻrsatiladi)”.

4. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirdagi 25-ilova bilan toʻldirilsin.
“Bojxona ishi sohasida qoʻllaniladigan ayrim hujjatlar va hisobotlar shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 30-martdagi 01-02/12-19-son qaroriga
25-ILOVA

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi
‎Davlat bojxona qoʻmitasiga
‎____________________________
‎ (yuridik shaxsning nomi)
‎________________________dan

‎‎Bojxona tashuvchilarining reyestriga kiritish uchun
‎ARIZA

‎‎Sizdan ________________________________________________________________ni

‎‎(yuridik shaxsning nomi)

‎‎bojxona tashuvchilari reyestriga kiritishingizni soʻrayman.
‎‎Joylashgan yeri (pochta manzili): _____________________________________________
‎Telefon raqami: _________________
‎KTUT kodi______________________
‎Soliq toʻlovchining identifikatsion raqami ____________________________________
‎Bank hisob raqami: ________________________________________________________
‎MFO ___________________________

‎‎Arizaga Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 237-moddasida belgilangan hujjatlar ilova qilinadi.

‎‎___________________________________

‎‎_________________

‎‎(yuridik shaxs rahbarining F.I.Sh.)

‎‎(imzo)‎

‎‎“____” _______________ 20__ yil”.

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 14-son, 241-modda)