1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Chet el investitsiyalari. Konsessiya shartnomalari. Xorijdan mablagʻ jalb qilish. Erkin iqtisodiy zonalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-sonli Farmoniga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 16-mart,
PF-4986-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan
oʻzgartish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etish toʻgʻrisida” 2008-yil 2-dekabrdagi PF-4059-sonli Farmonida:
a) nomlanishidagi “industrial-” soʻzi chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshidagi “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zona” (keyingi oʻrinlarda — EIIZ)” soʻzlari “Navoiy” erkin iqtisodiy zona” (keyingi oʻrinlarda — EIZ)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“erkin iqtisodiy zona faoliyatini muvofiqlashtirish va tezkor boshqarish erkin iqtisodiy zonalar Maʼmuriy kengashi tomonidan amalga oshiriladi”;
oltinchi xatboshidagi “industrial-iqtisodiy” va “EIIZ faoliyat koʻrsatadigan” soʻzlari “iqtisodiy” va “EIZ faoliyat koʻrsatadigan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 3, 4 va 9-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
birinchi xatboshidagi “Angren” maxsus industrial zonasini (keyingi oʻrinlarda — “Angren” MIZ)” soʻzlari “Angren” erkin iqtisodiy zonasini (keyingi oʻrinlarda — “Angren” EIZ)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “maxsus industrial” soʻzlari “erkin iqtisodiy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 2, 4 va 5-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
“Angren” EIZ qatnashchisi maqomi erkin iqtisodiy zonalar Maʼmuriy kengashining qarori bilan beriladi”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Angren” EIZda roʻyxatdan oʻtgan xoʻjalik subyektlariga nisbatan soliq toʻlovchining holatini yomonlashtiradigan Oʻzbekiston Respublikasining soliq qonunchiligi aktlari qoʻllanilmaydi, aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga soliq solishni tartibga soluvchi aktlar bundan mustasno.”;
d) 6-bandning birinchi xatboshidagi “Angren” maxsus industrial zonasi” va “MIZda loyihalarni” soʻzlari tegishli ravishda “erkin iqtisodiy zonalar va “EIZda loyihalarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 7-banddagi “MIZ” va “DAK” qisqartmalari tegishli ravishda “EIZ” va “AJ” qisqartmalari bilan almashtirilsin;
j) 1-ilova nomidagi “maxsus industrial” soʻzlari “erkin iqtisodiy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jizzax” maxsus industrial zonasini barpo etish toʻgʻrisida” 2013-yil 18-martdagi PF-4516-sonli Farmonining:
a) nomlanishidagi “maxsus industrial” soʻzlari “erkin iqtisodiy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Jizzax” maxsus industrial zonasini (keyingi oʻrinlarda — “Jizzax” MIZ)” soʻzlari “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasini (keyingi oʻrinlarda — “Angren” EIZ)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Belgilab qoʻyilsinki, “Jizzax” EIZ tarkibiga kiritilgan yer maydonlari Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimligining bevosita tasarrufida boʻladi hamda erkin iqtisodiy zonalar Maʼmuriy kengashi bilan kelishilgan holda ajratiladi”;
v) 2, 4 va 5-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
“Jizzax” EIZ qatnashchisi maqomi “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi Maʼmuriy kengashining qarori bilan beriladi”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Jizzax” EIZda roʻyxatdan oʻtgan xoʻjalik subyektlariga nisbatan soliq toʻlovchining holatini yomonlashtiradigan Oʻzbekiston Respublikasining soliq qonunchiligi aktlari qoʻllanilmaydi, aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga soliq solishni tartibga soluvchi aktlar bundan mustasno.”;
“Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimligi erkin iqtisodiy zonalar Maʼmuriy kengashining qarorlari boʻyicha belgilangan tartibda “Jizzax” EIZda loyihalarni amalga oshiruvchi investorlar uchun quyidagilarni taʼminlasin”:
e) 7-banddagi “MIZ” va “DAK” qisqartmalari tegishli ravishdagi “EIZ” va “AJ” qisqartmalari bilan almashtirilsin;
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni ilovasining 18-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy va fuqaro obyektlarini loyihalash va qurishda tegishli tartib oʻrnatish chora- tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 27-dekabrdagi PQ-1666-sonli qarori 5-bandi sakkizinchi xatboshidagi “Angren” maxsus industrial zonasi” va “Jizzax” maxsus industrial zonasi” soʻzlari “erkin iqtisodiy zonalar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Motor moylari ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 25-maydagi PQ-1759-sonli qarori:
a) kirish qismidagi “maxsus industrial” soʻzlari “erkin iqtisodiy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 8-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Imtiyozlarning qoʻllanilishi iqtisodiy zonalar ishtirokchilari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda “Uz-Prista Recycling” MChJ qoʻshma korxonasiga ham tatbiq etilsin”.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Angren” erkin industrial zonasi hududida rezina-texnika buyumlari zavodi qurishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2269- sonli qarorida:
a) nomlanishidagi “industrial” soʻzi “iqtisodiy” soʻziga almashtirilsin;
v) nomlanishi va ilovaning oʻn oltinchi xatboshidagi “MIZ” qisqartmasi “EIZ” qisqartmasiga almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 12-son, 182-modda, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)