

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3137590" id="onLBC-3137590">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7370"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.01 Tibbiyot muassasalariga qoʻyiladigan talablar]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-3137590" id="onLS-3137590">[<b>TSZ:</b><div id="LS3700"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-3137700" id="-3137700">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3137702" id="-3137702">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-3137705" id="-3137705">Respublika xirurgik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3137706" id="-3137706"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3137708" id="-3137708">Surunkali miya qon-tomir yetishmovchiligi bilan bogʻliq kasalliklarning oldini olish va davolashning samarali tizimini tashkil etish, uyqu arteriya stenoziga chalingan bemorlarni xirurgik davolashning zamonaviy usullarini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3137712" id="-3137712">1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-klinikasining angionevrologiya boʻlimi negizida Respublika xirurgik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazini (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish, uning bemorlar oʻrin fondini 40 oʻringacha yetkazish, shu jumladan 20 ta oʻrin pulli asosda tibbiy xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga taʼminlanishi haqidagi taklifi qabul qilinsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3137716" id="-3137716">Belgilansinki, Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz muhriga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida gʻaznachilik hisob raqamlariga egadir. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3137719" id="-3137719">2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3137722" id="-3137722">angionevrologiya sohasida muvofiqlashtirish markazi funksiyalarini amalga oshirish, miya qon-tomir yetishmovchiligi kasalliklari profilaktikasi, diagnostikasi va ularni davolashning zamonaviy usullarini eng avvalo hududiy tibbiyot muassasalari amaliyotiga joriy etish boʻyicha metodik rahbarlikning samarali vertikalini shakllantirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3137726" id="-3137726">malakali angionevrolog mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini muvofiqlashtirish, hududiy tibbiyot muassasalarida mahorat darslari hamda koʻrgazmali operatsiyalar, taʼlim beruvchi maʼruzalar va seminarlar tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3137728" id="-3137728">miya qon-tomir yetishmovchiligi bilan bogʻliq kasalliklar sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3137731" id="-3137731">miya qon-tomir yetishmovchiligi kasalliklarini davolashning zamonaviy usullarini joriy etish yoʻli bilan uyqu va yurakning qon tomirlari arteriyalari shikastlanishiga chalingan bemorlarni davolash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3137734" id="-3137734">surunkali miya qon-tomir yetishmovchiligi kasalligiga chalinish bilan bogʻliq holatlarni doimiy ravishda tahlil qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasida insult kasalligi milliy registrini ishlab chiqish. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3137738" id="-3137738">3. Belgilansinki:</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5987433" id="edi-5987433"><a href="/mact/-3137590?ONDATE=28.08.2021 00#-5635415">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5987433" id="-5987433"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5987434" id="-5987434">“Sogʻliqni saqlash” tarmogʻiga ajratiladigan budjet mablagʻlari, Davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirish doirasidagi grantlar mablagʻlari, pulli xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi; </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5987443" id="-5987443">(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5939115">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3137746" id="-3137746">Markazning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan bemorlar oʻrin fondi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan respublika muassasalarining bemorlar oʻrin fondi doirasida shakllantiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3137750" id="-3137750">4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bir oy muddatda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3137753" id="-3137753">Markazning tuzilmasi va ustavini tasdiqlasin, uning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin, shuningdek Markazni amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan yuqori malakali tashabbuskor kadrlar bilan butlasin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3137757" id="-3137757">Markazni Toshkent shahri, Olmazor tumani, Farobiy koʻchasi, 2-uy manzili boʻyicha Toshkent tibbiyot akademiyasining 2-kilinkasi hududida joylashtirish tadbirlari amalga oshirilishini taʼminlasin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3137760" id="-3137760">diagnostika va statsionarda davolanish uchun Markazga yoʻllanma (order)ni birinchi navbatda olish huquqini beruvchi miya qon-tomir yetishmovchiligiga chalingan bemorlar toifalari roʻyxatini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3137762" id="-3137762">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda Magistratura oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari tasniflagichiga “qon-tomir xirurgiyasi” mutaxassisligini kiritsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3137764" id="-3137764">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Mehnat vazirligi bilan birgalikda Markazning shtat normativlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3137767" id="-3137767">5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari parametrlarida Markazni joriy taʼminlash va tibbiyot uskunalari bilan jihozlash uchun zarur budjet mablagʻlari ajratilishini nazarda tutsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3137769" id="-3137769">6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shodmonov zimmasiga yuklansin. </div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3137772" id="-3137772">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3137775" id="-3137775">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3137777" id="-3137777">2017-yil 14-mart,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-3137778" id="-3137778">136-son</div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-3140100" id="-3140100">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 11-son, 164-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
