1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Maʼmuriy-hududiy tuzilish;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining
Qarori
Yuridik shaxslarning nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni qoʻshish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 15-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2633-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat statistika qoʻmitasining 2014-yil 9-dekabrdagi 6 va 5-mb-son qarori (roʻyxat raqami 2633, 2014-yil 10-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 50-son, 601-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik shaxslarning nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni qoʻshish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomagailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror 2017-yil 1-apreldan kuchga kiradi.
Adliya vaziri oʻrinbosari N. JOʻRAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 14-mart,
4-son
Davlat statistika qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari B. MIRUSMANOV
Toshkent sh.,
2017-yil 14-mart,
3-mb-son
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat statistika qoʻmitasining 2017-yil 14-martdagi 4 va 3-mb-son qaroriga ILOVA
Yuridik shaxslarning nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni qoʻshish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“9. Roʻyxatga oluvchi organlar ikki ish kuni mobaynida murojaatni koʻrib chiqib, murojaat qilgan shaxsning firma nomi zaxiraga olinganligini tasdiqlaydi yoki murojaatni qayta koʻrib chiqish uchun qaytaradi.
Tasdiqlangan firma nomi tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatga oluvchi organlarning masʼul xodimi tomonidan kiritiladi.”.
5. 16-banddagi “hududiy adliya organlariga, Toshkent shahrida tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga” degan soʻzlar “adliya organlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“20. Adliya organlari ikki ish kuni mobaynida murojaatni koʻrib chiqib, murojaat qilgan shaxsning firma nomi zaxiraga olinganligini tasdiqlaydi yoki murojaatni qayta koʻrib chiqish uchun qaytaradi.
Tasdiqlangan firma nomi tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatga oluvchi organlarning masʼul xodimi tomonidan kiritiladi.”.
8. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
2017-yil 14-mart
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi D. XIDOYATOV
2017-yil 14-mart
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
2017-yil 14-mart
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 11-son, 180-modda)