toggle_night_mode
Hujjat 22.03.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI BOShLIGʻINING
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi aviatsiya qoidalari “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi bort kuzatuvchilarining ishlarini tashkil etish qoidalari”ga (OʻzR AQ-95) oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 13-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1733-1]
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-fevraldagi 90-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2007-yil 20-sentabrdagi 145-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1733, 2007-yil 26-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 43-son, 439-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi aviatsiya qoidalari “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi bort kuzatuvchilarining ishlarini tashkil etish qoidalari”ga (OʻzR AQ-95) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq T. ULJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 23-fevral,
90-N-son
Oʻzbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 23-fevraldagi 90-N-son buyrugʻiga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya qoidalari “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi bort kuzatuvchilarining ishlarini tashkil etish qoidalari”ga (OʻzR AQ-95) kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
1. 25-band quyidagi mazmundagi “k1” kichik band bilan toʻldirilsin:
“k1) malakasini oshirish va ushlab turish.”.
2. 56, 60 va 67-bandlardagi “ikki yilda bir marta” degan soʻzlar “bir yilda bir marta” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 11-son, 172-modda)