toggle_night_mode
Hujjat 06.03.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Bitimlarni notarial tasdiqlash tartibini idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat notarial idoralari faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish va aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining:
notarial harakatlarni amalga oshirish bilan bogʻliq tartib-taomillarni avtomatlashtirishni;
koʻchmas mulk va avtomototransport vositalarini boshqaga oʻtkazish taqiqlanganligi yoki xatlanganligi boʻyicha yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirishni;
notarial harakatlarni amalga oshirishda idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan davlat xizmatlari koʻrsatishni nazarda tutuvchi “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimini amalga kiritish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar:
Koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda notarial tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan almashinadigan maʼlumotlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki, idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini notarial tasdiqlash:
Toshkent shahrida — 2017-yil 1-iyuldan boshlab;
Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududida (Toshkent shahri bundan mustasno) — 2018-yil 1-iyuldan boshlab amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. “Oʻzkommunxizmat” agentligi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻztransgaz” AK, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi oʻzaro hisob-kitoblar, elektr energiyasi, tabiiy gaz, sovuq va issiq suv isteʼmolchilari shaxsiy hisob raqamlarining hisobga olish maʼlumotlari, shu jumladan yakka tartibda hisobga olish asboblari holati toʻgʻrisida 3-ilovaga muvofiq batafsil maʼlumotlarni shakllantirish tizimi joriy etilishini va idoralararo elektron tarzda hamkorlik qilish tizimiga aniq vaqt rejimida yuborilishini:
Keyingi tahrirga qarang.
Toshkent shahri boʻyicha — 2017-yil 1-iyuldan boshlab;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va respublika viloyatlari boʻyicha — 2018-yil 1-iyuldan boshlab taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK, issiqlik taʼminoti, suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarish tashkilotlari 2017-yil 1-iyulgacha boʻlgan muddatda idoralararo elektron hamkorlik vositasida almashinadigan maʼlumotlarni dolzarblashtirish, olish va berish yuzasidan axborot tizimlarini oʻzaro muvofiqlashtirsinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:
2017-yil 1-aprelgacha boʻlgan muddatda — notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan davlat boji va boshqa toʻlovlarni elektron tarzda amalga oshirish boʻyicha takliflar kiritsin;
2017-yil 1-iyulgacha boʻlgan muddatda — ariza beruvchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida shaxsiy kabinet orqali bitimlar loyihalarini tayyorlash, notarial harakatlar haqida tushuntirishlar olish va notarius qabuliga oldindan yozilish uchun murojaat qilish mexanizmini joriy qilsin;
2017-yil mobaynida ushbu qarorning qoʻllanilishi yuzasidan monitoring olib borsin va tahlil qilsin hamda, zaruriyat boʻlganda, koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini notarial tasdiqlash tartibini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalar Toshkent shahri boʻyicha — 2017-yil 1-iyuldan boshlab, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va respublika viloyatlari boʻyicha — 2018-yil 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi.
8. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov, Gʻ.I. Ibragimov, Z.T. Mirzayev va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri M.M. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 27-fevral,
106-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 106-son qaroriga
1-ILOVA
Koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda notarial tasdiqlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Notariat toʻgʻrisida”gi va “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini (bundan buyon matnda bitim deb ataladi) idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda notarial tasdiqlash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Nizom maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ariza beruvchi — bitimni notarial tasdiqlash maqsadida notarial idoraga murojaat etuvchi koʻchmas mulk mulkdori yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uning nomidan harakat qilishga vakolatli boʻlgan vakili;
Keyingi tahrirga qarang.
elektron ariza — ariza beruvchining bitimni notarial tasdiqlash haqida elektron hujjat shaklidagi murojaati;
kommunal xizmatlar — gaz taʼminoti, sovuq suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarish, issiqlik taʼminoti (markaziy isitish va issiq suv taʼminoti) boʻyicha xizmatlar;
“Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (bundan buyon matnda “Notarius” AAT deb ataladi) — notarial harakatlarni amalga oshirish bilan bogʻliq tartib-taomillarni avtomatlashtirish uchun moʻljallangan axborot tizimi;
elektron arizaning noyob raqami — elektron ariza toʻldirilgandan keyin “Notarius” AAT tomonidan shakllantiriladigan ramzlarning noyob toʻplami.
3. Bitimlarni idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda notarial tasdiqlash ushbu nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga binoan amalga oshiriladi.
2-bob. Elektron arizani toʻldirish
4. Ariza beruvchi bitimni notarial tasdiqlash uchun notarial idoraga:
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida shaxsiy kabinet orqali ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi elektron arizani bevosita toʻldirish yoʻli bilan;
elektron arizani toʻldirish uchun koʻchmas mulkning kadastr yigʻmajildi, pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat bilan notarial idoraga oʻzi kelib murojaat qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzi kelib murojaat qilinganda elektron ariza qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlov undirilgandan soʻng ariza beruvchining nomidan notarial idoraning xodimi tomonidan toʻldiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Elektron ariza toʻldirilgandan keyin soliqlar, kommunal xizmatlar va elektr energiyasi boʻyicha qarzdorlik, koʻchmas mulkka nisbatan taqiq va xatlash mavjudligi Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yoki “Notarius” AATda idoralararo elektron hamkorlik orqali avtomatik tarzda tekshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Soliqlar, kommunal xizmatlar va elektr energiyasi boʻyicha qarzdorlik yoki koʻchmas mulkka nisbatan taqiq va xatlash mavjudligi aniqlansa, ariza beruvchiga qarzdorlik bartaraf etilganidan yoki taqiq va xatlash olib tashlanganidan keyin bitimni notarial tasdiqlash uchun murojaat qilish huquqi borligi haqida xabar beriladi. Ariza beruvchining talabiga koʻra bildirishnoma yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Bunda ariza beruvchiga soliqlar, kommunal xizmatlar yoki elektr energiyasi boʻyicha aniqlangan qarzdorlikni notarial idorada, shu jumladan elektron toʻlov tizimlari orqali toʻlash imkoniyati beriladi. Ariza beruvchi tomonidan amalga oshirilgan toʻlovlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tezkorlik bilan “Notarius” AATda aks ettiriladi.
7. Soliqlar, kommunal xizmatlar va elektr energiyasi boʻyicha qarzdorlik yoki koʻchmas mulkka nisbatan taqiq va xatlash mavjud boʻlmasa, elektron arizaga noyob raqam beriladi.
Ariza beruvchiga bitimni notarial tasdiqlash mumkinligi, davlat boji miqdori, shuningdek bitimni notarial tasdiqlash uchun zarur boʻlgan hujjatlar haqida xabar beriladi.
Ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan hujjatlar mavjud boʻlsa, ariza beruvchi elektron arizaga noyob raqam berilgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida bitimni notarial tasdiqlashni amalga oshirishni talab qilish huquqiga ega.
8. Ariza beruvchi bitimni notarial tasdiqlash uchun notarial idoraga keladigan kun va qulay vaqtni belgilagan holda notarius qabuliga oldindan yozilishi mumkin.
Ariza beruvchining xohishiga koʻra elektron arizaning noyob raqamini, notarial idoraga kelinadigan kun va vaqtni, notarial idoraning notariusi familiyasi, ismi va otasining ismini koʻrsatgan holda notarius qabuliga oldindan yozilganligi haqida unga yozma shaklda bildirishnoma beriladi. Ariza beruvchi bildirishnomada koʻrsatilgan vaqtda notarial idoraga kelishi kerak.
9. Elektron arizaga noyob raqam berilgan kundan boshlab 10 kalendar kun ichida ariza beruvchi notarial idoraga kelishi mumkin.
Koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin notarial idoraga murojaat etilsa, elektron arizani toʻldirish ushbu Nizomning 4 — 7-bandlarida nazarda tutilgan tartibda qayta amalga oshiriladi.
10. Ariza beruvchining xohishiga koʻra notarial idoraning xodimlari tomonidan bitimning dastlabki loyihasi tuziladi. Bunda bitim loyihasi notarial tasdiqlash uchun notarial idoraga kelingan kuni taqdim etiladi. Bitim loyihasi tuzilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlov undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Bitimni notarial tasdiqlash uchun taqdim etiladigan hujjatlar
11. Bitimni notarial tasdiqlash qonun hujjatlarida belgilangan notarial harakatlarni amalga oshirish qoidalariga muvofiq tomonlarning ishtirokida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Bitimni notarial tasdiqlash uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
elektron arizaning noyob raqami;
pasport yoki bitim tomonlarining shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat;
koʻchmas mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat bilan birgalikda koʻchmas mulkning kadastr yigʻmajildi;
Keyingi tahrirga qarang.
xususiylashtirilgan koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishda — koʻchmas mulkni xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslarning notarial tasdiqlangan roziligi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmalaridan (Toshkent shahrida — “Toshkent shahrida uy-joyga davlat orderlari va maʼlumotlar berish markazi” davlat unitar korxonasidan) olingan xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
Keyingi tahrirga qarang.
agar koʻchmas mulk birgalikdagi nikoh davomida orttirilgan boʻlsa — erning (xotinning) notarial tasdiqlangan roziligi;
agar koʻchmas mulkning qurilishi tugallanmagan boʻlsa — mahalliy davlat hokimiyati organining qarori va yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;
Keyingi tahrirga qarang.
agar koʻchmas mulk garovga qoʻyilgan boʻlsa — garovga oluvchining roziligi;
agar vasiylikdagi (homiylikdagi) shaxs nomidan vasiy (homiy) shartnoma tuzsa — vasiylik va homiylik organining roziligi;
yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxs vakolatli organining qarori (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuvchi kengashning qarori, buyruq va hokazolar);
davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Bino va inshootlarning tarkibi va tegishliligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, shuningdek doimiy propiskaga ega shaxslar yoki vaqtinchalik hisobda turuvchi (vaqtincha propiska qilingan) shaxslarning pasportiga oid maʼlumotlarni notariuslar idoralararo elektron hamkorlik orqali mustaqil oladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
13. Bitim notarial tasdiqlangandan keyin koʻchmas mulkning kadastr raqami toʻgʻrisidagi maʼlumot va sotib oluvchi haqidagi quyidagi maʼlumotlar “Notarius” ATT orqali tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasiga yuboriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
jismoniy shaxsning shaxsiy indentifikatsiya raqami;
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
doimiy propiska manzili;
Keyingi tahrirga qarang.
telefon raqami (mavjud boʻlsa);
elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa);
notarial harakat amalga oshirilgan kun va uning qayd etilgan raqami.
14. Ishonchsiz va buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar taqdim etilgani uchun ushbu maʼlumotlarni taqdim etgan shaxslar javob beradilar.
15. Ushbu Nizomni buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda notarial tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda notarial tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda notarial tasdiqlashni amalga oshirishga
ARIZA
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlar

1.

Familiyasi, ismi, otasining ismi/yuridik shaxsning nomi

2.

Tugʻilgan sanasi (yil, kun, oy)

3.

Pasport seriyasi va raqami, qachon va kim tomonidan berilgan/yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning seriyasi va raqami

4.

Doimiy propiska manzili/yuridik shaxsning joylashgan joyi

5.

Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami

Aloqa qilinadigan maʼlumotlar (mavjud boʻlsa)

6.

Pochta manzili

7.

Telefon raqami

8.

Elektron pochta manzili

Koʻchmas mulk haqidagi maʼlumotlar

9.

Koʻchmas mulkning kadastr raqami (kadastr yigʻmajildiga muvofiq)

10.

Koʻchmas mulkning manzili

Sana: 20___ y. “___” __________

Imzo: ____________________‎‎

Izoh:
Idoralararo axborot tizimlarida maʼlumotlar mavjud boʻlsa, elektron arizaning tegishli bandlari avtomatik tarzda toʻldiriladi.
Elektron ariza notarial idoraning xodimlari tomonidan toʻldirilsa, elektron ariza qogʻozga chiqariladi va ariza beruvchi tomonidan koʻrsatilgan maʼlumotlar tasdiqlangan holda imzolanadi. Qogʻozga chiqarilgan ariza bitim boʻyicha hujjatlar bilan birga qoʻshib tikiladi.
Soliqlar, kommunal xizmatlar va elektr energiyasi boʻyicha qarzdorlik yoki koʻchmas mulkka nisbatan taqiq va xatlash mavjud emasligi elektron arizaga noyob raqam berish uchun asos boʻladi. Bunda ariza beruvchi elektron arizaga noyob raqam berilgan kundan boshlab 10 kalendar kun ichida notarial idoraga kelishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 106-son qaroriga
2-ILOVA
Idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan almashiladigan maʼlumotlar
ROʻYXATI

T/r

Maʼlumotning nomi

Maʼlumotlarni qabul

qiluvchi idora

Maʼlumotlarni taqdim

etuvchi idora

Maʼlumotlarni taqdim qilish sharti

1.

Turar joyda doimiy propiska qilingan yoki vaqtinchalik hisobda turuvchi (vaqtincha propiska qilingan) shaxslarning soni, propiska qilingan/propiskadan chiqarilgan kun

Gaz taʼminoti tashkilotlari, issiqlik taʼminoti, suv taʼminoti va oqova suvni chiqarish tashkilotlari

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

Koʻchmas mulkning kadastr

raqami boʻyicha bir martalik soʻrovlar boʻyicha

2.

Turar joyda doimiy propiska qilingan yoki vaqtinchalik hisobda turuvchi (vaqtincha propiska qilingan) shaxslar (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, F.I.O, pasport seriyasi va raqami, bergan organ, berilgan sana) haqidagi maʼlumotlar

Notarial idoralar

Koʻchmas mulkning kadastr

raqami boʻyicha bir martalik soʻrovlar boʻyicha

3.

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, STIR, sotib oluvchining doimiy propiska manzili, mobil telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa), notarial harakat amalga oshirilgan kun va qayd etilgan raqam, koʻchmas mulkning kadastr raqami

“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi

Notarial idoralar

Notarial tasdiqlangandan keyin

4.

Koʻchmas mulk oldi-sotdi shartnomalari, mol-mulk ijarasi shartnomalari tasdiqlanganligi va ijara haqi miqdori, shuningdek meros qilib olish yoki hadya tarzida fuqarolarning mulkiga oʻtayotgan mol-mulk qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Oʻzbekiston Respublikasi

Davlat soliq qoʻmitasi

Notarial harakatlar amalga oshirilgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechikmay

5.

STIR, soliqlar boʻyicha qarzdorlik mavjudligi yoki yoʻqligi haqidagi maʼlumot

Notarial idoralar

Oʻzbekiston Respublikasi

Davlat soliq qoʻmitasi

Koʻchmas mulkning kadastr

raqami boʻyicha bir martalik soʻrovlar boʻyicha

6.

Bino va inshootlarning tarkibi va tegishliligi, koʻchmas mulkni boshqaga oʻtkazish taqiqlanganligi va xatlanganligi haqidagi maʼlumotlar

Notarial idoralar

“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi

Koʻchmas mulkning kadastr

raqami boʻyicha bir martalik soʻrovlar boʻyicha

7.

Mulkdorning familiyasi, ismi va otasining ismi, doimiy propiska qilingan manzili, notarial harakat amalga oshirilgan sana va qayd etilgan raqam, koʻchmas mulkning kadastr raqami va umumiy (turar joy) maydoni, mulkdorning mobil telefon raqami (mavjud boʻlsa), mulkdorning elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)

Davlat soliq qoʻmitasi,

hududiy elektr tarmoqlari korxonalari, gaz taʼminoti tashkilotlari, issiqlik taʼminoti, suv taʼminoti va oqova suvni chiqarish tashkilotlari

“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi

Mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin, bir vaqtda — amaldagi mulkdorning mulk huquqi paydo boʻlgandan keyin mulkdorga mulk huquqini beruvchi hujjatlarni toʻliq bir-biriga moslashtirish

Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 106-son qaroriga
3-ILOVA
Aniq vaqt rejimida idoralararo elektron oʻzaro hamkorlik tizimida beriladigan oʻzaro hisob-kitoblar, elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiq va sovuq suv isteʼmolchilari shaxsiy hisob raqamlarining hisobga olish maʼlumotlari, shuningdek yakka tartibda hisobga olish asboblari holati toʻgʻrisida
BATAFSIL MAʼLUMOT

Koʻchmas mulkning kadastr raqami

Isteʼmolchi tomonidan koʻrsatilgan yakka tartibda hisobga olish asbobining koʻrsatkichi

Yakka tartibda hisobga olish asbobining avvalgi koʻrsatkichi bilan farqi

Hisob-kitobning boshqa mezoni

Oʻlchov birligi

Amalga oshirilgan toʻlov (soʻm)

Toʻlov amalga oshirilgan sana

Yakka tartibda hisobga olish asbobi holati tekshirilgan sana

Yakka tartibda hisobga olish asbobini navbatdagi tekshirish sanasi

Inspektor tomonidan koʻrsatilgan yakka tartibda hisobga olish asbobining koʻrsatkichi

Isteʼmolchining balansi (soʻm)




Izoh.
Ushbu jadvalda oxirgi uch yil mobaynidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari, gaz taʼminoti tashkilotlari, issiq suv taʼminoti, suv taʼminoti va oqova suvni chiqarish tashkilotlari oʻz xususiyatlaridan kelib chiqib ushbu jadvalda koʻrsatilmagan qoʻshimcha maʼlumotlarni taqdim etishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 106-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 4-son, 20-modda) bilan tasdiqlangan Xususiylashtirilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), uylar (uylarning bir qismi)ni boshqalarga berish va meros qilib qoldirishda mulkchilik huquqining oʻtishi haqidagi shartnomalarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Xususiylashtirilgan uy-joyni boshqa shaxsga oʻtkazish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Alohida uy (uyning bir qismi) yoki kvartirani xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yarmi miqdorida yigʻim undiriladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasidan foydalanganlik uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 1-noyabrdagi 511-son qarorining 2-bandi toʻrtinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 11-son, 103-modda) quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish shartnomalarini notarial tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish faqat elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiqlik taʼminoti, suv taʼminoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari uchun qarzlar toʻliq toʻlangan taqdirda amalga oshiriladi”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 8-son, 64-modda) bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarida:
4-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari shaxsiy hisob raqami va elektr energiyasini hisobga olish asboblarining holati haqidagi batafsil maʼlumotlar doimiy asosda shakllantirilishini va idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimiga aniq vaqt rejimida yuborilishini taʼminlaydi”.
ikkinchi xatboshidagi “5” raqami “30” raqam bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya bitimlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga yangi mulkdorning familiyasi, ismi, otasining ismi, notarial harakat amalga oshirilgan kun va qayd etilgan raqam, koʻchmas mulkning kadastr raqami va koʻchmas mulkning umumiy (turar joy) maydoni, mobil telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) haqidagi maʼlumotni yuboradi. Bunda hududiy elektr tarmoqlari korxonalari maʼlumot tushgandan keyin bir oy muddatda mulkdor bilan elektr taʼminoti shartnomasi tuzilishini taʼminlashi shart”.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 1-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 1-son, 1-modda) bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
8-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlari tasdiqlanganligi haqida maʼlumot olinsa, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va uning bilan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizalar reyestriga mulkdorning familiyasi, ismi, otasining ismi, obyektning nomlanishi, notarial harakat amalga oshirilgan sana va qayd etilgan raqam haqidagi maʼlumotlar kiritiladi”;
quyidagi mazmundagi II1 boʻlim qoʻshilsin:
II1. Notarial tasdiqlangan koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlari asosida idoralararo elektron hamkorlik vositasida koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi
181. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish belgilangan tartibda “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlari notarial tasdiqlanganligi haqida maʼlumot olingandan keyin amalga oshiriladi.
Bunda davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlar tegishli toʻlovlar amalga oshirilgandan va notariuslarning maʼlumoti olingandan boshlab 5 kun muddat mobaynida kadastr yigʻmajildini tayyorlaydi va koʻchmas mulkka boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani rasmiylashtiradi, bu haqda koʻchmas mulk mulkdoriga xabarnoma yuboradi.
182. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish uchun ushbu Nizomda koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlsa, roʻyxatga oluvchi mulkdorni yozma shaklda yoki elektron pochta orqali xabardor qiladi, bu haqda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va u bilan bogʻliq bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizalar reyestriga belgi qoʻyadi. Xabarnomada aniq sabablar va taqdim etilgan maʼlumotlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga doir tavsiyalar koʻrsatiladi.
183. Davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlar koʻchmas mulkka boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani rasmiylashtirgandan keyin kommunal xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarga quyidagi maʼlumotlarni yuboradi:
mulkdorning familiyasi, ismi va otasining ismi hamda doimiy propiska qilingan manzili;
notarial harakat amalga oshirilgan sana va qayd etilgan raqam;
koʻchmas mulkning kadastr raqami va umumiy (turar joy) maydoni;
mulkdorning mobil telefon raqami (mavjud boʻlsa);
mulkdorning elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa).
184. Kadastr yigʻmajildini olish uchun mulkdor oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish shartnomalarining asl nusxalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlarga taqdim etadi.
185. Davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlar koʻchmas mulk obyektlarini vaqti-vaqti bilan rejali xatlashlar oʻtkazish yoʻli bilan besh yilda kamida bir marta, shuningdek rejadan tashqari tekshirishlar jarayonida hisobga olish koʻrsatkichlari oʻzgarishlari aniqlanishiga qarab texnik xatlovni amalga oshirishlari lozim”;
57-banddagi “davlat notarial idoralarining” soʻzlari “idoralararo elektron hamkorlik orqali davlat notarial idoralarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
59-bandga “bino va inshootlarni” soʻzlaridan keyin “ikki kun ichida” soʻzlari qoʻshilsin;
64-bandga “jismoniy shaxsga joʻnatiladi” soʻzlaridan keyin “, ushbu Nizomning 57-bandi ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno” soʻzlari qoʻshilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “Kommunal xizmatlar koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 72-modda):
58-bandga “maʼlumotlar taqdim etilishi” soʻzlaridan keyin “, shuningdek zarur hollarda yoki Isteʼmolchining talabiga koʻra uy ichidagi issiqlik taʼminoti tizimi yoki uy ichidagi asbob-uskunalarni tekshirishi” soʻzlari qoʻshilsin;
75-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“shaxsiy hisob raqami va yakka tartibda hisobga olish asboblarining holati haqida batafsil maʼlumotni shakllantirishga va idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimiga aniq vaqt rejimida yuborishga”;
107 va 108-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“107. Shaxsiy hisob raqami va yakka tartibda hisobga olish asboblarining holati toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlar Yetkazib beruvchi tomonidan shakllantiriladi va aniq vaqt rejimida idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimiga yuboriladi.
108. Yangi mulkdor koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 30 kun muddatda shartnoma tuzishi shart.
Koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan Yetkazib beruvchiga yangi mulkdorning familiyasi, ismi, otasining ismi, yangi doimiy propiska qilingan manzili, notarial harakat amalga oshirilgan sana va qayd etilgan raqam, koʻchmas mulkning kadastr raqami va umumiy (turar joy) maydoni, mobil telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) haqidagi maʼlumotni yuboradi. Bunda Yetkazib beruvchi maʼlumot tushgandan keyin bir oy muddatda mulkdor bilan issiqlik taʼminoti shartnomasi tuzilishini taʼminlashi shart”;
ikkinchi va uchinchi xatboshisidagi “7 kun muddatda” soʻzlari “30 kun muddatda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan ISKX tashkilotiga yangi mulkdorning familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy propiska qilingan manzili, notarial harakat amalga oshirilgan sana va qayd etilgan raqam, koʻchmas mulkning kadastr raqami va umumiy (turar joy) maydoni, mobil telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) haqidagi maʼlumotni yuboradi. Bunda ISKX tashkiloti maʼlumot olingandan keyin bir oy muddatda mulkdor bilan issiqlik suv taʼminoti va (yoki) oqova suvni chiqarish xizmatlaridan foydalanishga shartnoma tuzilishini taʼminlashi shart”;
119-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“shaxsiy hisob raqami va yakka tartibda hisobga olish asboblarining holati haqida batafsil maʼlumotni shakllantirish va idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimiga aniq vaqt rejimida yuborish”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 9-son, 131-modda, 33-son, 863-modda, 35-son, 931-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son, 06.04.2018-y., 09/18/269/1041-son, 29.12.2018-y., 09/18/1060/2405-son, 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son; 01.04.2020-y., 09/20/195/0391-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 16.09.2023-y., 09/23/470/0707-son; 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)