1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash;
2.18.00.00.00 PROKURATURA. ADVOKATURA. NOTARIAT. YURIDIK XIZMAT. ADLIYA ORGANLARI / 18.04.00.00 Yuridik xizmat]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Yuridik xizmat xodimining ish joyini moddiy-texnika jihatidan jihozlashga doir minimal talablarni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 28-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2863]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-sonli “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 7-bandiga muvofiq buyuraman:
[OKOZ:
1.18.00.00.00 PROKURATURA. ADVOKATURA. NOTARIAT. YURIDIK XIZMAT. ADLIYA ORGANLARI / 18.04.00.00 Yuridik xizmat]
1. Yuridik xizmat xodimining ish joyini moddiy-texnika jihatidan jihozlashga doir minimal talablar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.04.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish]
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Huquqiy targʻibot va axborot boshqarmasi (A. Ochilov) mazkur idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 PROKURATURA. ADVOKATURA. NOTARIAT. YURIDIK XIZMAT. ADLIYA ORGANLARI / 18.04.00.00 Yuridik xizmat]
4. Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik taʼminlash boshqarmasi (Sh. Saidov) tegishli davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari vakillari ishtirokida bir oylik muddatda Yuridik xizmat xodimining ish joyini moddiy-texnika jihatidan jihozlashga doir minimal talablarni tushuntirish boʻyicha targʻibot ishlarini amalga oshirsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir M. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2017-yil 28-fevral,
41-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 28-fevraldagi 41-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Yuridik xizmat xodimining ish joyini moddiy-texnika jihatidan jihozlashga doir minimal talablar
[OKOZ:
1.18.00.00.00 PROKURATURA. ADVOKATURA. NOTARIAT. YURIDIK XIZMAT. ADLIYA ORGANLARI / 18.04.00.00 Yuridik xizmat]
Mazkur Minimal talablar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-sonli “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 7-bandiga muvofiq davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmati (bundan buyon matnda davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati deb yuritiladi) xodimlarining ish joyini moddiy-texnika jihatidan jihozlashga doir minimal talablarni belgilaydi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish;
2.18.00.00.00 PROKURATURA. ADVOKATURA. NOTARIAT. YURIDIK XIZMAT. ADLIYA ORGANLARI / 18.04.00.00 Yuridik xizmat]
kanselyariya anjomlari (soni va miqdori zaruriyatga koʻra).
[OKOZ:
1.18.00.00.00 PROKURATURA. ADVOKATURA. NOTARIAT. YURIDIK XIZMAT. ADLIYA ORGANLARI / 18.04.00.00 Yuridik xizmat]
4. Bitta shtatdan iborat bosh yuriskonsult, yetakchi yuriskonsult, katta yuriskonsult yoki yuriskonsult shaklidagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati uchun quyidagi zarur shart-sharoitlar yaratilishi lozim:
1 ta alohida xizmat xonasi;
mebel jihozlari (stol, stullar va shkaf);
1 ta seyf yoki metall shkaf;
zamonaviy kompyuter texnikasi;
1 ta skaner, 1 ta nusxa koʻchiruvchi apparat, 1 ta printer;
kanselyariya anjomlari (soni va miqdori zaruriyatga koʻra).
5. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati uchun quyidagilarni oʻzida mujassam etgan qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlar fondi yaratilishi lozim:
huquqiy nashrlar va boshqa yuridik adabiyotlar (soni va miqdori zaruriyatga koʻra).
6. Davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining rahbarlari yuridik xizmat faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi uchun shaxsan javobgar boʻladi.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 PROKURATURA. ADVOKATURA. NOTARIAT. YURIDIK XIZMAT. ADLIYA ORGANLARI / 18.04.00.00 Yuridik xizmat]
7. Davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlar oʻz mablagʻlari hisobidan yuridik xizmat xodimlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha mazkur Minimal talablarda nazarda tutilmagan boshqa shart-sharoitlarni ham yaratishi mumkin.
8. Mazkur Minimal talablar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bilan kelishilgan.
Mehnat vaziri A. ABDUXAKIMOV
2017-yil 28-fevral
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 9-son, 139-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2021-y., 10/21/2863-1/0221-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)