1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish, tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish va mustahkamlash, hududlarni kompleks rivojlantirishni taʼminlash, ijtimoiy soha rivojini yanada ragʻbatlantirish, ishlab chiqarish kuchlarini optimal joylashtirish, hududlarning tabiiy-xom ashyo, yer-suv, ishlab chiqarish va mehnat salohiyatidan oqilona foydalanish, aholi bilan muloqot qilish, ularning manfaatlarini himoya qilish uchun ehtiyoj va talablarini oʻrganish asosida turmush darajasi va sifatini izchil oshirib borish, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishni samarali tashkil qilish maqsadida:
1. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Moliya vazirligining:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.02.00 Hokimni tayinlash va tasdiqlash. Vakolatlari]
viloyatlar, Toshkent shahri, shahar va tumanlar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari hamda yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimlarini joriy qilish;
viloyatlar, Toshkent shahri, shahar va tumanlar hokimliklarida hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari boʻyicha tarkibiy tuzilmalarini tugatish boʻyicha taklifi qabul qilinsin.
2. Viloyatlar, Toshkent shahri, shahar va tumanlar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlarining quyidagi asosiy vazifalarni taʼminlashda shaxsiy masʼuliyati belgilansin:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish]
Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan hujjatlarda belgilanadigan iqtisodiy, ijtimoiy va tadbirkorlik sohasining eng muhim ustuvor vazifalariga muvofiq hududni kompleks rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. Respublika miqyosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan maqsadli dasturlarni ijrosini taʼminlash;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.11.00 Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari. Moddiy balanslar]
viloyat, shahar va tumanlarning makroiqtisodiy koʻrsatkichlarini, shu jumladan, yalpi hududiy mahsulot, sanoat, investitsiya, xizmat koʻrsatish, chakana savdo aylanmasi, eksport, inflyatsiya, bandlik, mahalliy budjetning har yilgi prognoz parametrlarini asoslangan holda ishlab chiqish va uni samarali ijrosini tashkil qilish, debitor-kreditor qarzdorliklarni yuzaga kelishini oldini olish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshirish va qarzdorlikni bartaraf qilishning samarali usullarini joriy etish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.06 Kreditlashning boshqa turlari]
iqtisodiyot masalalari boʻyicha tegishli vazirlik, idoralar, qoʻmitalar, tijorat banklarining hududiy tuzilmalari ish faoliyatini muvofiqlashtirish, aholini tadbirkor qilish maqsadida ular bilan tijorat banklari oʻrtasida muloqot oʻrnatish uchun har bir xonadonga kompleks bank va moliyaviy xizmatlarni taklif qilish orqali imtiyozli kreditlash dasturlarini ishlab chiqish va soʻzsiz amalga oshirish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.08.00 Investitsiya boʻyicha boshqa masalalar]
tarmoq va hududiy boshqaruv organlari uzviy hamkorligini yoʻlga qoʻyish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini, shu jumladan, bazaviy tarmoqlarini uzviy rivojlanishi, bunda tuman, shahar va viloyat kesimida ishlab chiqarish va mehnat resurslarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, tarkibiy oʻzgartirish va diversifikatsiyalashni amalga oshirish, investitsiyalarni, shu jumladan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni moliyaviy mablagʻ hamda zamonaviy texnologiyalar shaklida jalb qilish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.10.00 Iqtisodiy islohotlar sohasida davlat boshqaruvi]
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, hudud iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini kompleks rivojlantirishning asosiy dasturlarini, shu jumladan, sanoat, investitsiya, mahalliylashtirish, qishloq xoʻjaligining barcha sohasini, ayniqsa paxta tolasini va meva-sabzavotni qayta ishlash, xizmatlar sohasini rivojlantirish kabi maqsadli dasturlarni kafolatlangan moliyaviy manbalarini aniqlagan holda tuman, shahar va viloyatning mahalliy budjeti parametrlari bilan uzviy tarzda ishlab chiqish va soʻzsiz amalga oshirishni taʼminlash;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash, ularning huquqlarini himoya qilish va erkinliklarining kafolatlarini taʼminlash, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, yangi korxonalar, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida korxonalarni tashkil etish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholining turli qatlamlari bandligi masalalarini hal etish orqali mahalliy budjetning daromad bazasini kengaytirish, respublika va mahalliy budjetga tushumlar hajmini oshirish hisobiga mahalliy budjet subvensiyasi hajmini bosqichma-bosqich qisqartirish va bartaraf etish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
qishloq xoʻjaligi sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, bu sohani industriyalashgan tarmoqqa aylantirish maqsadida qishloq xoʻjaligining barcha turdagi mahsulotlarini qayta ishlash va eksport qilishni keskin kengaytirish uchun maxsus dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.04.00.00 Milliy iqtisodni himoya qilish borasida davlatning chora-tadbirlari / 10.04.03.00 Eksportni qullab-quvvatlash]
ishlab chiqarilgan mahsulotlarni, hududiy sanoat mahsulotlarini eksport qilish dasturlarini ishlab chiqish, dunyodagi narx konyukturasini oʻrganib tahlil qilib borish va yangi turdagi mahsulotlarni oʻzlashtirish hamda ularni yangi bozorlarda eksport qilishini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.07.00 Aholi daromadini indeksatsiyalash]
inson manfaatlarini taʼminlash, ayniqsa aholining qishloq joylarda hayot darajasini va sifatini oshirish, yanada farovon hayot kechirishi uchun pensiya va nafaqalar, real daromadlarini barqaror oshirish manbalarini yaratish, zamonaviy bank va moliya infratuzilmasini yaratish hisobiga naqd pul toʻlovlarini oʻz vaqtida amalga oshirishni yangi mexanizmi va tizimini joriy qilish.
3. Viloyatlar, Toshkent shahri, shahar va tumanlar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlarining quyidagi asosiy vazifalarni taʼminlashda shaxsiy masʼuliyati belgilansin:
Yoshlar siyosati sohasida:
yoshlar, yaʼni oʻttiz yoshdan oshmagan shaxslar, xususan, taʼlim bilan qamrab olingan yoshlar, uyushmagan yoshlar, yosh mutaxassislar, tadbirkor yoshlar, yosh fermerlar, yosh oilalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
umumtaʼlim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini kasbga yoʻnaltirish va ularni keyinchalik oʻrta maxsus, professional taʼlim tizimida oʻqish bilan toʻliq qamrab olish, kasb-hunar maktablari bitiruvchilarini ishga joylashtirish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etish;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
akademik litseylar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, jumladan, ularni hududlar kesimida optimal joylashtirish, isteʼdodli yoshlarni qamrab olish, oʻquv jarayoni sifatini oshirish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
oliy taʼlim yoʻnalishlari va oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash koʻrsatkichlarining hududlar boʻyicha optimal taqsimoti yuzasidan asoslangan takliflar ishlab chiqish, bitiruvchilarni chuqur professional bilimlarga ega boʻlishlariga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
taʼlim tizimining barcha bosqichlarida oʻquv jarayoni sifatini, oʻquvchi-talabalarning davomatini taʼminlash yuzasidan aniq choralarni koʻrish va nazorat qilish, bu borada taʼlim muassasasi, nodavlat va notijorat tashkilotlari, profilaktika inspektorlari va ota-onalarni oʻzaro hamkorlikdagi ishlarini muvofiqlashtirish;
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.02.00 Madaniyat sohasida boshqaruv. Madaniyat sohasida faoliyatni amalga oshirishni litsenziyalash]
aholi, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng yaxshi namunalarini keng targʻib qilish, “ommaviy madaniyat”ning koʻrinishlariga qarshi maʼnaviy profilaktika ishlariga rahbarlik qilish;
taʼlim tizimining barcha bosqichlarida chet tillariga, kompyuter texnologiyalari va internet-resurslaridan foydalanishning ilgʻor koʻnikmalariga oʻrgatish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar bajarilishini nazorat qilish;
yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha ularning mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda aniq va manzilli chora-tadbirlar dasturlari ishlab chiqish, turli toʻgaraklarga, shu jumladan, bolalar musiqa va sanʼat, bolalar va oʻsmirlar sport maktablariga qamrab olish ishlarini tizimli tashkil etish;
yoshlarni yuksak axloqiy tarbiyalash, ularni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish va jamiyatda yuksak maʼnaviyatini qaror toptirish borasidagi ishlarga rahbarlik qilish;
yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, aholining ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar tarbiyasi masalasida jamoatchilik nazoratini tashkil etish, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash sohasidagi vazifalarni samarali bajarishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ota-onalarning pedagogik madaniyatini yuksaltirishga, barkamol avlod tarbiyasida “oila-mahalla-taʼlim muassasasi” hamkorlik konsepsiyasini amalga oshirishga rahbarlik qilish;
uyushmagan yoshlarning manfaatlarini roʻyobga chiqarishda ishtirok etuvchi davlat organlari, muassasalar va nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan ustuvor yoʻnalishlarni belgilash;
uyushmagan yoshlarning muammolarini aniqlash va hal qilish uchun ularning ehtiyojini aniqlash boʻyicha monitoring olib borish va baholash, kasbga oʻrgatish, ishga joylashtirish, jumladan, kichik va oʻrta biznes va oilaviy tadbirkorlikka keng jalb etish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;
yosh mutaxassislarni ishga joylashtirishning tizimli monitoringini tashkil etish, mehnat bozorida ularning raqobatbardoshligini taʼminlashga qaratilgan maxsus dasturlarni ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish, yosh kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha ishlarni amalga oshirish;
yoshlar tadbirkorligi xamda yosh fermerlar faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yoshlar tadbirkorligini tashkil etishda koʻmaklashish, imtiyozli kreditlar berish, joy ajratish, moddiy va texnik vositalar bilan taʼminlanishiga doir dasturlarni ishlab chiqish va roʻyobga chiqarish;
yosh oilalarni maʼnaviy va moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish, kam taʼminlangan yosh oilalarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moddiy yordam berish choralarini koʻrish.
Ijtimoiy rivojlantirish sohasida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish]
aholiga ijtimoiy xizmat koʻrsatish darajasi va sifatini oshirish, hayot va mehnat faoliyati, malakali tibbiy yordam olish, madaniy meroslardan bahramand boʻlish, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish, dam olishini tashkil etish uchun qulay tashkiliy-huquqiy va ijtimoiy shart-sharoitlarni yaratish hamda sifat jihatdan yangi darajaga koʻtarish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish]
aholining ijtimoiy ehtiyoj va talablarini oʻrganish asosida hududlarda ijtimoiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va ijrosini monitoring qilish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish, aholiga yuqori malakali tibbiy yordamni koʻrsatish, sogʻliqni saqlash muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash va kadrlar salohiyatini oshirish borasida tizimli ishlarni amalga oshirish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarning ish samaradorligini oshirish, har bir inson va butun oila darajasida eng koʻp uchraydigan kasalliklar profilaktikasi va davolash jarayonini tashkil etish, oilalarni patronaj tizimi bilan toʻliq qamrab olish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish sogʻlom turmush tarzini, shu jumladan sogʻlom ovqatlanishni targʻib qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar, bolalar va oʻsmirlar sogʻligʻini muhofaza qilish, tugʻma va irsiy kasalliklarni oldini olish, rivojlanish nuqsoni boʻlgan bolalarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish sifatini oshirish, ularning jamiyat hayotida toʻlaqonli qatnashishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
aholiga tashxis qoʻyishning zamonaviy usullarini joriy etish va yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻlamini yanada kengaytirish. Jahon standartlari darajasidagi eng samarali, murakkab va yuqori texnologiyali usullarga boʻlgan aholi ehtiyojini qondirishga yoʻnaltirilgan tadbirlar ijrosini taʼminlash;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.08.00 Investitsiya boʻyicha boshqa masalalar]
aholini dori vositalari bilan taʼminlashni yanada yaxshilash, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan sifatli dori vositalar va tibbiy buyumlar bilan taʼminot darajasini oshirish, mahalliy farmatsevtika sanoatiga investitsiyalar kiritish uchun chet el yetakchi kompaniyalari va investorlarini jalb qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
sport sohasida olib borilayotgan ishlar koʻlamini yanada kengaytirish, sportni ommaviyligini oshirish, qizlar oʻrtasida sportni rivojlantirish, barcha hududlar, ayniqsa eng chekka qishloqlarida xalqaro talablarga javob beradigan moddiy-texnik bazaga ega zamonaviy sport inshootlarini barpo etish;
aholining turmush madaniyatini, hayot sifatini oshirishga qaratilgan taʼlim, dam olish va hordiq chiqarish, bandlik, maishiy xizmatlar koʻrsatish, madaniyat, sanʼat va sport sohalari muassasalaridan foydalanish koʻlamini kengaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
yoshlar tashkilotlari, fuqarolik jamiyatlari institutlari, ommaviy axborot vositalarining tinch osoyishta hayotimizni asrash va mustahkamlashga qaratilgan vazifalar ijrosini muvofiqlashtirish.
(3-bandning yigirma toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar sohasida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.09.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha davlat siyosati / 02.08.09.01 Huquqiy targʻibot]
aholi oʻrtasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari, keng koʻlamli isloxotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlari ahamiyatining targʻibot va tashviqotini tashkil qilish;
aholining maʼnaviy muammo va ehtiyojlarini oʻrganib borish asosida hududda maʼnaviy muhit sogʻlomligini taʼminlash, tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar barcha tashkilotlarning maʼnaviy-maʼrifiy faoliyatini muvofiqlashtirish va rahbarlik qilish;
aholining maʼnaviy-axloqiy, diniy-maʼrifiy, madaniy saviyasini oshirish va uning doimiy ravishda oʻsib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini taʼminlash, maʼnaviy-maʼrifiy merosni, urf-odat va qadriyatlarni saqlash, targʻib qilish ishlariga rahbarlik qilish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.13.00 Millatlararo munosabatlar]
hududda sogʻlom turmush tarzi, millatlararo totuvlik, oʻzaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga qaratilgan ommaviy tadbirlarni tayyorlash va tashkil etish masalalarini muvofiqlashtirish, tadbirlarning maqsadli, rejali, tartibli tashkil etish va tarbiyaviy samaradorligini taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrish;
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.05.00 Jinoyatchilikka qarshi kurashishda faoliyatni muvofiqlashtirish]
hududda jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, odamlarni hushyorlik va ogohlikka daʼvat etish, yoshlarda yot gʻoyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarda qonunga hurmat, huquqbuzarlik holatlariga murosasizlik hissini kuchaytirishga qaratilgan samarali targʻibot tizimini yoʻlga qoʻyish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.10.00 Terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.04.00 Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Oʻzbekistondan chiqishi va kirishi;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi, kirishi va chiqishi;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
aholi orasida diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, “ommaviy madaniyat” tahdidlaridan ogoh qilishga qaratilgan profilaktik maʼrifiy, tarbiyaviy chora-tadbirlarga rahbarlik qilish;
aholi orasida mehr-oqibat, mehr-shafqat, muruvvat va himmat, insofu diyonat, vijdoniylik, ahillik va totuvlik, fidoyilik, vatanparvarlik, oliyjanoblik va boshqa fazilatlarni targʻib qilish hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni rivojlantirishda mahalla institutining oʻrni va rolini oshirish borasidagi ishlarga rahbarlik qilish;
mamlakatda olib borilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha siyosatning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, hududda tashkil etiladigan chora-tadbirlar mazmuni, samaradorligini tahlil qilish, sohalarning tizimli faoliyatini tashkil qilish.
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.01.00 Umumiy masalalar]
31. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari zimmasiga quyidagi kommunal xizmatlar koʻrsatuvchi korxona va tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish vazifalari yuklansin:
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.04.00 Isitish;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti]
aholiga kompleks uy-joy kommunal xizmatlar koʻrsatish, uni ichimlik suvi, markaziy isitish, kanalizatsiya bilan taʼminlash;
uy-joy kommunal xoʻjaligi obyektlarini mavsumiy foydalanishga tayyorlash borasidagi ishlarni oʻtkazish;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.08.00 Koʻp kvartirali uylarni boshqarish]
koʻp xonadonli uylarni kapital taʼmirlash boʻyicha ishlarni belgilangan tartibda tashkil etish;
uy-joy egalari shirkatlari hamda yagona buyurtmachi xizmatlarini, uy-joy fondiga xizmat qilish va kommunal xizmatlar koʻrsatish boʻyicha muqobil pudrat tashkilotlarini tuzish uchun zarur tashkiliy-iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratish;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.05.00 Uy oldidagi hududlarni obodonlashtirish va saqlash. Maishiy chiqindilarni yigʻishtirish]
shaharlar va aholi punktlarini obodonlashtirish hamda sanitariya jihatidan tozalash borasidagi ishlarni tashkil etish.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.01.00 Umumiy masalalar]
32. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining aholiga kommunal xizmatni tashkil qilish sohasidagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat etib belgilansin:
kommunal xizmatlar bozorida raqobatchilik muhitini shakllantirish, uy-joy fondi va boshqa kommunal obyektlarni boshqarish hamda ularga xizmat koʻrsatish vazifalarini ajratish maqsadida mintaqadagi kommunal xizmat tizimida islohotlarni amalga oshirish;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.03.00 Gaz taʼminoti;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti]
aholini toza ichimlik suvi va gaz bilan taʼminlash uchun suv quvurlari va gaz tarmoqlarini rivojlantirish borasidagi maqsadli davlat dasturlarini oʻz qaramogʻidagi hududda roʻyobga chiqarish;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda oʻz qaramogʻidagi hududda kommunal xizmatlarga boʻlgan tarif siyosatini shakllantirish;
suv, gaz, issiqlik hamda boshqa energiya manbalar sarfini yakka tartibda hisobga olish va tartibga solish asbob-uskunalarini joriy etish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;
oʻz qaramogʻidagi hududda texnikaviy inventarizatsiya byurosining faoliyatini tashkil qilish.
(31 va 32-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
viloyat hokimliklari boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
mahalliy ijroiya hokimiyati organlari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 3, 3a — 3g-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
41. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Andijon, Jizzax, Namangan, Navoiy, Sirdaryo, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlari hokimlari hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari kotibiyatining bir nafar shtat birligini oʻtkazish, shuningdek, qoʻshimcha bir nafar shtat birligini ajratish hisobiga hokimning turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosarining ikki nafar shtat birligidan iborat boʻlgan kotibiyatini tashkil qilsin.
Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlari hokimlari hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari kotibiyatining bir nafar shtat birligini oʻtkazish hisobiga hokimning turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosarining ikki nafar shtat birligidan iborat boʻlgan kotibiyatini tashkil qilsin.
Belgilansinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari, Andijon, Jizzax, Namangan, Navoiy, Sirdaryo, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlari hokimlarining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlarining kotibiyatiga qoʻshimcha bir nafar shtat birligini ajratish Turizm va sport vazirligi tizimidagi sport-taʼlim muassasalarining shtat birliklarini qisqartirish hisobiga amalga oshiriladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tuzilmasini ushbu qarorda belgilangan talablarga muvofiq qayta koʻrib chiqib, yangi tuzilmasi va boshqaruv xodimlarining shtat birligini tasdiqlash tavsiya etilsin.
viloyatlar, Toshkent shahar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari ikki tomonlama — viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari kompleksining rahbari boʻysunuvida boʻladi;
(6-banning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi PF-5526-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2018-y., 06/20/5526/0983-son)
viloyatlar, Toshkent shahar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari ikki tomonlama ― viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamenti, Taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari axborot-tahlil departamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari ― Taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari kompleksining rahbari boʻysunuvida boʻladi.
(6-banning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi PF-5526-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2018-y., 06/20/5526/0983-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi D.A. Nazarmuxamedov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov ikki hafta muddatda:
viloyatlar, Toshkent shahri, shahar va tumanlar hokimlarining yangi joriy etilayotgan iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari hamda yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy- maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari lavozimiga chuqur maxsus bilimlarga, yuqori kasbiy mahoratga ega boʻlgan, tajribali va malakali kadrlar bilan toʻldirish yuzasidan taklif kiritsin;
hokim, uning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlarining namunaviy funksional vazifalari taqsimoti, ularning kotibiyati va guruh (apparat)lari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash uchun kiritsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda oʻn kun muddatda viloyatlar, Toshkent shahri, shahar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparati xodimlarining shtatlar jadvallarini ushbu qarorga muvofiq qayta koʻrib chiqsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududiy davlat boshqaruvi organlari tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2016-yil 24-fevraldagi PQ-2497-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tizimida hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari boʻyicha tarkibiy tuzilmalarini tashkil etish yuzasidan taklif kiritilishini;
bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini taʼminlasin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi D.A. Nazarmuxamedov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmalariga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 22-dekabr,
PQ-2691-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-sonli qaroriga 1-ILOVA
Hokimning iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari
Hokimning sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari
Hokimning investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari**
Hokimning qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari
Hokimning turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari***
Hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari
Hokimning jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosari
Hokim oʻrinbosari — mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 52 — 57 nafar.
* Toshkent viloyatidan tashqari.
** Xorazm, Buxoro va Samarqand viloyatlarida hokimning innovatsiyalar, investitsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari deb yuritiladi.
*** Xorazm, Buxoro va Samarqand viloyatlariga tegishli.
**** Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni hududlarning toifasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
(2a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
(2b-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
(2v-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
(2g-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-sonli qaroriga 3-ILOVA
* Turizmni rivojlantirish departamenti (35 nafar) hisobga olinmagan xolda.
** Kapital qurilish boshqarmasi (8 nafar), Investitsiyalar va xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish boshqarmasi (6 nafar) xamda Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti (40 nafar) hisobga olinmagan xolda.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PQ-3374-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2017-y., 07/17/3374/0208-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-sonli qaroriga 3a-ILOVA
Viloyat markazlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi poytaxti hokimliklari boshqaruv apparati xodimlarining cheklangan soni
T/r
Shaharlar nomi
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni
Shundan
Hokimlik
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi
I toifa
1.
Andijon
36
30
6
2.
Buxoro
36
31
5
3.
Qarshi
35
30
5
4.
Navoiy
34
30
4
5.
Namangan
38
33
5
6.
Nukus
35
30
5
7.
Samarqand
38
32
6
8.
Fargʻona
38
33
5
II toifa
1.
Guliston
31
27
4
2.
Jizzax
31
27
4
3.
Termiz
31
27
4
4.
Urganch
33
29
4
5.
Nurafshon
31
27
4
Jami
445
386
61
(3a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
(3b-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
I toifa
1.
Qoʻngʻirot
36
32
4
2.
Xoʻjayli
33
29
4
3.
Beruniy
32
28
4
4.
Toʻrtkoʻl
34
30
4
5.
Chimboy
32
28
4
6.
Ellikqalʼa
32
28
4
7.
Amudaryo
35
30
5
8.
Taxiatosh
31
28
3
II toifa
1.
Shumanay
27
24
3
2.
Qonlikoʻl
26
23
3
3.
Kegeyli
29
26
3
4.
Moʻynoq
30
27
3
5.
Qoraoʻzak
29
26
3
6.
Taxtakoʻpir
30
27
3
7.
Nukus
27
24
3
8.
Boʻzatov
27
24
3
Jami
490
434
56
Andijon viloyati
I toifa
1.
Qoʻrgʻontepa
38
32
6
2.
Shahrixon
34
28
6
3.
Andijon
34
28
6
4.
Jalaquduq
34
29
5
5.
Izboskan
34
29
5
6.
Marhamat
34
29
5
II toifa
1.
Asaka
33
27
6
2.
Baliqchi
28
23
5
3.
Boʻston
27
23
4
4.
Buloqboshi
28
24
4
5.
Paxtaobod
29
24
5
6.
Oltinkoʻl
28
23
5
7.
Xoʻjaobod
28
24
4
8.
Ulugʻnor
27
23
4
Jami
436
366
70
Buxoro viloyati
I toifa
1.
Gʻijduvon
34
28
6
2.
Romitan
37
32
5
3.
Qorakoʻl
34
29
5
4.
Shofirkon
33
28
5
II toifa
1.
Jondor
28
23
5
2.
Peshku
27
23
4
3.
Olot
28
24
4
4.
Buxoro
27
23
4
5.
Vobkent
28
23
5
6.
Kogon
27
23
4
7.
Qorovulbozor
26
23
3
Jami
329
279
50
Jizzax viloyati
I toifa
1.
Zomin
36
32
4
2.
Doʻstlik
31
28
3
3.
Gʻallaorol
32
28
4
4.
Forish
33
29
4
II toifa
1.
Baxmal
28
24
4
2.
Sh.Rashidov
28
23
5
3.
Paxtakor
26
23
3
4.
Mirzachoʻl
27
24
3
5.
Arnasoy
26
23
3
6.
Zarbdor
27
23
4
7.
Zafarobod
26
23
3
8.
Yangiobod
27
24
3
Jami
347
304
43
Qashqadaryo viloyati
I toifa
1.
Shahrisabz
34
29
5
2.
Nishon
36
32
4
3.
Muborak
32
28
4
4.
Mirishkor
34
30
4
5.
Chiroqchi
35
29
6
6.
Gʻuzor
34
29
5
7.
Yakkabogʻ
33
28
5
8.
Koson
34
28
6
9.
Qamashi
33
28
5
II toifa
1.
Qarshi
28
23
5
2.
Kitob
29
24
5
3.
Dehqonobod
29
24
5
4.
Kasbi
28
23
5
Jami
419
355
64
Navoiy viloyati
I toifa
1.
Uchquduq
32
29
3
2.
Qiziltepa
33
28
5
3.
Xatirchi
33
28
5
4.
Karmana
33
28
5
II toifa
1.
Konimex
26
23
3
2.
Navbahor
28
23
5
3.
Nurota
27
23
4
4.
Tomdi
27
24
3
Jami
239
206
33
Namangan viloyati
I toifa
1.
Kosonsoy
34
29
5
2.
Norin
33
28
5
3.
Uchqoʻrgʻon
34
29
5
4.
Chust
35
29
6
5.
Pop
34
28
6
6.
Toʻraqoʻrgʻon
32
27
5
II toifa
1.
Chortoq
31
26
5
2.
Mingbuloq
27
23
4
3.
Namangan
28
23
5
4.
Uychi
29
24
5
5.
Yangiqoʻrgʻon
30
24
6
6.
Davlatobod
24
20
4
7.
Yangi Namangan
24
20
4
Jami
395
330
65
Samarqand viloyati
I toifa
1.
Urgut
37
31
6
2.
Narpay
35
30
5
3.
Jomboy
35
30
5
4.
Samarqand
36
30
6
5.
Ishtixon
35
30
5
6.
Payariq
36
31
5
7.
Pastdargʻom
37
31
6
8.
Kattaqoʻrgʻon
35
30
5
II toifa
1.
Bulungʻur
36
31
5
2.
Nurobod
34
30
4
3.
Paxtachi
35
30
5
4.
Oqdaryo
34
30
4
5.
Qoʻshrabot
35
30
5
6.
Toyloq
34
30
4
Jami
494
424
70
Sirdaryo viloyati
I toifa
1.
Sirdaryo
36
32
4
2.
Boyovut
32
28
4
3.
Sayxunobod
31
28
3
4.
Xovos
34
30
4
II toifa
1.
Sardoba
26
23
3
2.
Oqoltin
27
24
3
3.
Guliston
27
23
4
4.
Mirzaobod
27
24
3
Jami
240
212
28
Surxondaryo viloyati
I toifa
1.
Denov
42
36
6
2.
Shoʻrchi
35
30
5
3.
Sherobod
38
33
5
4.
Jarqoʻrgʻon
36
31
5
5.
Sariosiyo
38
33
5
6.
Muzrabot
35
31
4
II toifa
1.
Qumqoʻrgʻon
36
31
5
2.
Uzun
38
33
5
3.
Angor
34
30
4
4.
Boysun
34
30
4
5.
Qiziriq
34
30
4
6.
Bandixon
34
30
4
7.
Oltinsoy
35
30
5
8.
Termiz
35
31
4
Jami
504
439
65
Toshkent viloyati
I toifa
1.
Boʻstonliq
38
33
5
2.
Qibray
34
29
5
3.
Zangiota
35
29
6
4.
Oʻrtachirchiq
33
28
5
5.
Yangiyoʻl
34
29
5
II toifa
1.
Ohangaron
28
24
4
2.
Oqqoʻrgʻon
27
23
4
3.
Bekobod
29
24
5
4.
Boʻka
29
24
5
5.
Quyichirchiq
27
23
4
6.
Parkent
28
23
5
7.
Piskent
28
24
4
8.
Chinoz
29
24
5
9.
Yuqorichirchiq
28
23
5
10.
Toshkent
29
24
5
Jami
456
384
72
Fargʻona viloyati
I toifa
1.
Quva
33
28
5
2.
Bagʻdod
32
27
5
3.
Beshariq
32
27
5
4.
Oʻzbekiston
33
27
6
5.
Toshloq
31
26
5
6.
Uchkoʻprik
32
27
5
II toifa
1.
Buvayda
29
24
5
2.
Dangʻara
30
25
5
3.
Oltiariq
31
25
6
4.
Qoʻshtepa
29
24
5
5.
Rishton
31
25
6
6.
Fargʻona
31
25
6
7.
Yozyovon
28
24
4
8.
Soʻx
29
25
4
9.
Furqat
29
25
4
Jami
460
384
76
Xorazm viloyati
I toifa
1.
Xazorasp
33
29
4
2.
Tuproqqalʼa
33
30
3
3.
Xiva
30
26
4
4.
Xonqa
30
26
4
5.
Bogʻot
32
27
5
6.
Shovot
31
27
4
II toifa
1.
Urganch
30
25
5
2.
Qoʻshkoʻpir
30
26
4
3.
Gurlan
30
26
4
4.
Yangiariq
30
26
4
5.
Yangibozor
29
25
4
Jami
338
293
45
164
Respublika boʻyicha jami
5 147
4 410
737
(3v-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
* “Yoshlik” shaharchasi hokimligini hisobga olgan holda.
(3g-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)