toggle_night_mode
Hujjat 30.01.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat stomatologiya instituti faoliyatini tashkil etish va uning moddiy-texnika bazasini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 14-oktabrdagi 287-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Stomatologiya sohasida tibbiyot kadrlari tayyorlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 21-noyabrdagi PQ-2659-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Stomatologiya sohasida tibbiyot kadrlari tayyorlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 21-noyabrdagi PQ-2659-son qaroriga muvofiq, stomatologiya yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, boʻlajak stomatolog-mutaxassislarning nazariy tayyorgarlik va ular tomonidan amaliy koʻnikmalarni egallash sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat stomatologiya instituti faoliyatini tashkil etish va uning moddiy-texnika bazasini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 14-oktabrdagi 287-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 42-son, 522-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Sogʻliqni saqlash vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 24-yanvar,
34-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-yanvardagi 34-son qaroriga
ILOVA
“Toshkent davlat stomatologiya instituti faoliyatini tashkil etish va uning moddiy-texnika bazasini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 14-oktabrdagi 287-son qaroriga kiritilayotgan
OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChA
1. Nomlanishida “shakllantirish” soʻzidan keyin “shuningdek tibbiyot oliy taʼlim muassasalari stomatologiya fakultetlarining klinik bazalarini belgilash” soʻzlari qoʻshilsin.
2. 2 va 3-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining viloyat va shahar stomatologiya poliklinikalarini 2-ilovaga muvofiq Andijon, Buxoro va Samarqand tibbiyot institutlari hamda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali stomatologiya fakultetlarining klinik bazalari sifatida belgilash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. Belgilansinki, Toshkent davlat stomatologiya institutining klinikasi Toshkent tibbiyot akademiyasi 3-klinikasining ixtisosli boʻlinmalari, talabalar poliklinikasi va stomatologiya poliklinikalari negizida tashkil etiladi”.
3. 4-bandning ikkinchi xatboshidan, 6-bandning birinchi xatboshidan, 9-bandning uchinchi xatboshidan “va uning filiallari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
4. 2-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Andijon, Buxoro, Samarqand tibbiyot institutlari va Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali stomatologiya fakultetlariga klinik bazalar sifatida belgilanayotgan stomatologik poliklinikalar
ROʻYXATI

T/r

Fakultet nomi

Fakultetlarga klinik bazalar sifatida belgilanayotgan stomatologiya poliklinikalari nomi

Poliklinikalar manzili

1.

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali stomatologiya fakulteti

Respublika bolalar stomatologiya poliklinikasi

Nukus shahri, Shamuratov koʻchasi, 88-uy

Respublika stomatologiya poliklinikasi

Nukus shahri, K. Ayimbetov koʻchasi, 33-uy

2.

Andijon tibbiyot instituti stomatologiya fakulteti

Viloyat stomatologiya poliklinikasi

Andijon shahri, Bobur shoh koʻchasi, 87-uy

Shahar bolalar stomatologiya poliklinikasi

Andijon shahri, Baynalminal koʻchasi, 1-uy

3.

Buxoro tibbiyot instituti stomatologiya fakulteti

Buxoro tibbiyot instituti huzuridagi stomatologiya ilmiy-amaliy oʻquv markazi

Buxoro shahri, Koʻksaroy koʻchasi, 7-uy

2-son viloyat stomatologiya poliklinikasi

Buxoro shahri, Piridastgir koʻchasi, 18-uy

Shahar bolalar stomatologiya poliklinikasi

Buxoro shahri, Mustaqillik koʻchasi, 17/1-uy

4.

Samarqand tibbiyot instituti stomatologiya fakulteti

Viloyat stomatologiya poliklinikasi

Samarqand shahri, Ozod Sharq koʻchasi, 10-uy

Shahar bolalar stomatologiya poliklinikasi

Samarqand shahri, Nodirabegim koʻchasi, 5/4-uy”

”.

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 4-son, 55-modda)