1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.11.00 Tashish. Transport ekspeditsiyasi (shuningdek, 09.15.14.00, 09.15.16.00larga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TRANSPORT-EKSPEDITORLIK KORXONALARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOM VA TRANSPORT-EKSPEDITORLIK XIZMATLARI KOʻRSATISh TARTIBIGA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinishini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2002-yil 12-iyuldagi 248-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 9-sentabrdagi 348-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 9-son, 59-modda) bilan tasdiqlangan Transport-ekspeditorlik korxonalari toʻgʻrisidagi Nizom va transport-ekspeditorlik xizmatlari koʻrsatish tartibining 9-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlar tijorat maqsadlari uchun olib kelinayotganda shartnomaga olib kelinayotgan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha transport-ekspeditorlik tashkilotlari tomonidan xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartlarning kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday hollarda bojxona rasmiylashtiruvi bevosita jismoniy shaxslar — tovarlarning egalari tomonidan amalga oshiriladi”.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 25-sentabr,
332-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 17-18-son, 140-modda)