toggle_night_mode
Hujjat 26.12.2016 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
2016 — 2020-yillarda qurilish industriyasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Qurilish industriyasini yanada modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni taʼminlash, mineral-xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash negizida eksportga moʻljallangan raqobatbardosh va import oʻrnini bosadigan qurilish materiallari sanoati tayyor mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish, energiya samaradorligini oshiradigan va resurslarni tejaydigan zamonaviy ilgʻor texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish, buning uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish maqsadida:
1. 2016 — 2020-yillarda mineral-xom ashyo resurslarini qayta ishlash negizida qurilish industriyasining tashqi bozorlarda xaridorgir boʻlgan yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha topshiriqlar 1-ilovaga* muvofiq belgilansin.
“Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, aksiyadorlik jamiyatlari va korxonalarning rahbarlari — masʼul ijrochilar zimmasiga 1-ilovada nazarda tutilgan, mineral-xom ashyo resurslarini qayta ishlash negizida qurilish industriyasining tashqi bozorlarda xaridorgir boʻlgan yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha topshiriqlar belgilangan muddatlarda sifatli va toʻla hajmda bajarilishini taʼminlash yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
2. 2016 — 2020-yillarda mineral-xom ashyo resurslarini qayta ishlash negizida qurilish industriyasining eksportga moʻljallangan yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalari roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
* 1-2-ilovalar berilmaydi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Oʻzqurilishmateriallari” AK, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda boshqa manfaatdor idora va tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qarorning 2-ilovasida koʻrsatilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishning tarmoq jadvallarini tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin, bunda loyiha hujjatlarini ishlab chiqarish va ekspertizadan oʻtkazishning aniq muddatlari, qurilish-montaj ishlarining zamonaviy texnologik talablarga javob beradigan ilgʻor texnologiyalarini tanlab olish hamda quvvatlarni belgilangan muddatlarda ishga tushirish nazarda tutilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yangi quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan ishlab chiqarish quvvatlari loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishini, texnika va texnologiyalarni ekspertizadan oʻtkazib baholash agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi 2-ilovaga kiritilgan loyiha hujjatlari va investitsiya shartnomalarini yetkazib berilayotgan uskunalar hamda texnologiyalarning parametrlari zamonaviy texnologiya talablariga va jahon narxlari darajasiga qanchalik mos kelishini sinchiklab ekspertizadan oʻtkazsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Oʻzqurilishmateriallari” AK, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari boshqa aksiyadorlik jamiyatlari va korxonalar — 2-ilovaga kiritilgan investitsiya loyihalarining masʼul ijrochilari bilan birgalikda bir oy muddatda zamonaviy texnologiyalarga ega boʻlgan hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tashqi bozorlarga chiqarilishini kafolatlaydigan xorijiy kompaniyalarni investitsiya loyihalarini amalga oshirishga keng koʻlamda jalb etish chora-tadbirlari kompleksini ishlab chiqsin va amalga oshirilishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi har yili Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini shakllantirishda unga ushbu qarorning 2-ilovasida koʻrsatilgan investitsiya loyihalari moliyalashtirish hajmi va manbalari aniqlangan holda belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Ushbu qarorning 2-ilovasida koʻrsatilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha olib kiriladigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik uskunalar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar 2021-yilning 1-yanvariga qadar bojxona toʻlovlaridan ozod qilinsin (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno).
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 28-sentabr,
PQ-2615-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 51-son, 582-modda; 2017-y., 22-son, 419-modda)