1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yoʻl harakati xavfsizligi. Texnik koʻrik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang);
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining
buyrugʻi
Avtomobilda tashuvchi tomonidan haydovchilarga yoʻl harakati xavfsizligi masalalari boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 16-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2582-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi 370-sonli “Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2014-yil 22-apreldagi 22-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2582, 2014-yil 13-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 20-son, 234-modda) bilan tasdiqlangan Avtomobilda tashuvchi tomonidan haydovchilarga yoʻl harakati xavfsizligi masalalari boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “2000-yil 11-dekabrdagi 472-sonli” degan soʻzlar “2015-yil 24-dekabrdagi 370-sonli” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mehnat vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq V. ISMAILOV
Toshkent sh.,
2016-yil 13-dekabr,
49-son
Kelishilgan:
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
2016-yil 9-dekabr
Mehnat vaziri A. ABDUXAKIMOV
2016-yil 9-dekabr
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
2016-yil 9-dekabr
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
2016-yil 9-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 50-son, 577-modda)