1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.08.00 Sanoat qurilishi;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza;
5.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.06.00 Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining bajarilishi ustidan nazorat;
6.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Chet el investitsiyalari. Konsessiya shartnomalari. Xorijdan mablagʻ jalb qilish. Erkin iqtisodiy zonalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻindan saqlash boshqarmasi Davlat yongʻindan saqlash nazorati tomonidan respublika hududida xorijiy investitsiyalar va (yoki) texnologiyalar jalb qilinib amalga oshirilayotgan obyektlarni loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, tuzatish va texnik qayta jihozlash nazorat qilinishi tartibi toʻgʻrisidagi Qoidalarni tasdiqlash haqida” 1995-yil 23-martdagi 93-son qarorini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatiga shaharsozlik sohasida yuklangan vazifalarni Oʻzbekiston Respublikasining “Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi va “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining “Davlat yongʻin nazorati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 4-oktabrdagi 272-son qarori talablariga muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻindan saqlash boshqarmasi Davlat yongʻindan saqlash nazorati tomonidan respublika hududida xorijiy investitsiyalar va (yoki) texnologiyalar jalb qilinib amalga oshirilayotgan obyektlarni loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, tuzatish va texnik qayta jihozlash nazorat qilinishi tartibi toʻgʻrisidagi qoidalarni tasdiqlash haqida” 1995-yil 23-martdagi 93-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 14-noyabr,
386-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 46-son, 531-modda)