1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.04.00 Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.05.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek, 07.28.04.00 ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Chet el investitsiyalari. Konsessiya shartnomalari. Xorijdan mablagʻ jalb qilish. Erkin iqtisodiy zonalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2015 — 2019-yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy oʻzgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni taʼminlash chora-tadbirlari Dasturi toʻgʻrisida” 2015-yil 4-martdagi PF-4707-sonli Farmoniga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 4-oktabr,
PQ-2624-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 4-oktabrdagi PQ-2624-sonli qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga kiritiladigan qoʻshimcha va oʻzgartishlar
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 2-avgustdagi 180-sonli qarori bilan tasdiqlangan investitsiya shartnomalarini tuzish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 7-bandida:
“xalqaro standartlarga, shuningdek energiya samaradorligi va ekologiya normalari boʻyicha zamon talablariga mos keladigan zamonaviy uskunalar va texnologiyalarni yetkazib berish yuzasidan chet ellik investorning majburiyatlari”;
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 40-son, 469-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)