1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga koʻchmas mulkka oid kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish tartibini yanada takomillashtirishga yoʻnaltirilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2016-2017-yillar davrida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan oʻtkazish toʻgʻrisida” 2016-yil 3-avgustdagi 251-son qaroriga muvofiq, shuningdek koʻchmas mulkka oid kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 21-sentabr,
317-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 21-sentabrdagi 317-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining koʻrgan zararlarini, shuningdek qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 5-son, 40-modda):
birinchi xatboshidagi “loyihasini tuzadigan” soʻzlaridan keyin “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyiha instituti va uning hududiy boʻlinmalari” soʻzlari qoʻshilsin;
b) 18-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
“qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrni yer uchastkalari quyidagilar uchun olib qoʻyilgan holatlarda qoplanmaydi:
yakka tartibda uy-joy qurish va turar joy binosiga xizmat koʻrsatish;
maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va davolash muassasalari qurish;
suv xoʻjaligi, melioratsiya obyektlari va gidrotexnika inshootlari qurish;
muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar barpo etish”;
“24. Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash uchun hududiy boshqarmalarning maxsus hisob raqamlariga tushgan mablagʻlarning 90 foizidan “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan tasdiqlangan ishchi reja asosida quyidagilar uchun foydalaniladi:
yangi yerlarni oʻzlashtirish va sugʻoriladigan yerlarni kompleks rekonstruksiya qilish;
tuproq unumdorligini oshirish;
kollektor-drenaj tarmogʻini qurish va qayta qurish, sugʻoriladigan yerlarni kapital planirovka qilish va ularning suv taʼminotini oshirish;
pichanzorlar va yaylovlarni tubdan yaxshilash;
oʻrmonlar va mevali oʻrmonzorlarni barpo etish, tiklash;
qumliklar, suv havzalari va daryolarning qirgʻoqboʻyi mintaqalarini daraxtzorlashtirish;
togʻ yonbagʻirlarini terrasalash va eroziyaga qarshi boshqa tadbirlarni amalga oshirish;
yer tuzish, kadastr va oʻrmon barpo etish ishlari;
yaylovlarda sugʻorish punktlarini (skvajinalar, quduqlar va suv quvurlarini) qurish va jihozlash;
fermer xoʻjaliklarining yer uchastkalarini maqbullashtirish boʻyicha yer tuzish hujjatlarini tuzish;
Ushbu bandda koʻrsatilgan ishlarni bajarish uchun jalb etiladigan pudrat tashkilotlarini yonilgʻi-moylash materiallari bilan taʼminlash melioratsiya, irrigatsiya va yerlarni tekislash ishlari uchun belgilangan tartibda “Oʻzdavneftgazinspeksiya” DI tomonidan tasdiqlanadigan rejalashtirilgan hajmlar hisobiga amalga oshiriladi.
Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash uchun tushgan mablagʻlar hisobidan hududiy boshqarmalarga bittadan shtatdagi xodim ajratiladi, uning vazifasiga yuqorida koʻrsatilgan, shu jumladan tashkiliy texnika vositalari, jihozlar va uskunalar xarid qilish ishlarini tashkillashtirish kiradi.
Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari tomonidan mablagʻlarni sarflash “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan smeta boʻyicha amalga oshiriladi.
Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash hisobiga tushgan mablagʻlardan yer munosabatlari bilan bogʻliq boshqa maqsadlar uchun foydalanish Vazirlar Mahkamasining qarori boʻyicha amalga oshiriladi”;
e) quyidagi mazmundagi 241-band qoʻshilsin:
“241. Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash hisobiga tushgan mablagʻlarning 10 foizi qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash boʻyicha qarzlarni toʻlash uchun sudlarga daʼvolar kiritilganda davlat bojlarini va sud xarajatlarini toʻlashga, tegishli shtat birliklarini taʼminlashga, xodimlarni ijtimoiy himoyalashga va moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga quyidagi tartibda taqsimlanadi:
mablagʻlarning 7 foizi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
3 foizi hududiy boshqarmalarda qoladi.
Hududiy boshqarmalar mablagʻlarning tushishiga koʻra, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasiga tegishli boʻlgan mablagʻlarni uning maxsus hisob raqamiga oʻtkazadilar”;
“25. Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash tartibida kelib tushgan mablagʻlardan ushbu Nizomning 24 va 241-bandlarida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun, qoidaga koʻra, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon yerlari olib qoʻyilgan tumanlarda foydalaniladi.
Debitorlik qarzning undirilgan summasi unga qoʻshib yozilgan penya bilan birga ushbu Nizomning 24 va 241-bandlarida va ushbu bandda belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Ayrim hollarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining yoki viloyat hokimining qarorlari asosida ulardan Qoraqalpogʻiston Respublikasining yoki oʻsha viloyatning boshqa tumanlarida foydalanish mumkin”;
Ps/xp = {[(Cor. x Bb x Sor x Km.) + (Cbog. x Sbog. x Km) + (Cor x Bb x Sz.or. x Km x 0,1) + (Cbog. x Sz.b. x Km x 0,1) + (Cs.p. x Ss.p. x Km)] x Ki} + PCh,
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Bb — olib qoʻyiladigan sugʻoriladigan yerlar tuproqlarining oʻrtacha bonitet ballari, ball”;
“32. Olib qoʻyiladigan lalmi shudgor va sugʻorilmaydigan koʻp yillik daraxtzorlar oʻrniga beriladigan bir xil yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish qiymati tabiiy zonalardagi joyiga qarab 1 gektar uchun quyidagi miqdorlarda qabul qilinadi:
tekislik (yogʻinlar bilan taʼminlanmagan) zonasida — 1462 ming soʻm;
tekislik-adir (yogʻinlar bilan yarim taʼminlangan) zonasida — 2162 ming soʻm;
togʻoldi va togʻ (yogʻinlar bilan taʼminlangan) zonasida — 2641 ming soʻm”;
“Ch — qishloq xoʻjaligi yerlari doimiy foydalanishga olib qoʻyilganda, qishloq xoʻjaligi nobudgarchiliklari summasidan qishloq xoʻjaligi yerlari olib qoʻyilgani uchun hisoblanadigan foiz miqdori 10 yilgacha — 4 foiz (Ch1x4), 11 yildan 30 yilgacha — har bir yil uchun 2 foizdan (Ch2x2) va 31 dan 50 yilgacha — 1 foizdan (Ch3x1)”;
“48. Yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish qiymati, lalmi shudgor va sugʻorilmaydigan koʻp yillik daraxtzorlar olib qoʻyilganda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining ushbu qiymatni inobatga olib hisoblangan miqdori, shuningdek ushbu Nizomning 32-bandi va unga 1 va 2-ilovalarda nazarda tutilgan pichanzorlar va yaylovlar holatini tubdan yaxshilash qiymati “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining qoʻshma qarori bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlari boʻyicha qurilish materiallari narxlari indeksining oʻtgan yilgi oʻzgarishi darajasidan kelib chiqib, joriy yilning 31-dekabriga qadar har yili indeksatsiyalanishi lozim”;
m) Nizomga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Olib qoʻyiladigan sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlari oʻrniga beriladigan ular bilan bir xil yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish QIYMATI
Hududlar
1 gektar bir xil yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirishning bir bonitet balli uchun qiymati, ming soʻm
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
444,2
viloyatlar:
Andijon
761,6
Buxoro
634,8
Jizzax
507,8
Qashqadaryo
507,8
Navoiy
507,8
Namangan
698,2
Samarqand
761,6
Surxondaryo
825,0
Sirdaryo
507,8
Toshkent
761,6
Fargʻona
698,2
Xorazm
634,8
Toshkent shahri
761,6
”;
n) Nizomga 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Pichanzorlar va yaylovlar holatini tubdan yaxshilash QIYMATI
Vertikal
zonalarga boʻlinish
1 gektar pichanzorlar va yaylovlar holatini tubdan yaxshilash qiymati, ming soʻm
Ulardan
tubdan yaxshilash qiymati
oʻrni qoplanadigan mahsulotning qiymati
“Choʻl” mintaqasi
242,9
50,1
192,8
“Adir” mintaqasi
283,9
88,8
195,1
“Togʻ” mintaqasi
398,6
66,5
332,1
”;
2. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 1-son, 1-modda):
a) 6-bandning ikkinchi xatboshidagi “koʻchmas mulkka boʻlgan huquqqa ega boʻlgan” soʻzlaridan keyin “tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatadigan yagona markazlar (keyingi oʻrinlarda “yagona darcha” markazlari deb ataladi)” soʻzlari bilan toʻldirilsin”;
“8. Koʻchmas mulk mulkdorlari yoxud unga ashyoviy huquqlar egalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar (tadbirkorlik subyektlaridan tashqari) yoki ularning vakolatli vakillari koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar vujudga kelgan, boshqa shaxsga oʻtgan, cheklangan yoki bekor boʻlgan kundan boshlab bir oy muddatda koʻchmas mulkning oʻrnashgan joyi boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun murojaat qilishlari shart. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun tadbirkorlik subyektlari belgilangan tartibda “yagona darcha” markazlariga murojaat qiladilar.
Arizada koʻchmas mulkning turi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan huquq, unga kadastr yigʻmajildi tayyorlangan yoki qayta rasmiylashtirilgan koʻchmas mulk obyektining nomi va u tayyorlangan sana (mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi.
Tadbirkorlik subyektlaridan “yagona darcha” markazi orqali va boshqa ariza beruvchilardan bevosita davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga kelib tushgan ariza mazkur Nizomning 1- ilovasida keltirilgan shakl boʻyicha koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizalar reyestrida roʻyxatga olinadi. Ariza olingani haqida “yagona darcha” markaziga bildirishnoma joʻnatiladi, boshqa ariza beruvchilarga tilxat beriladi”;
“9. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlarini Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi, u mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shakl boʻyicha elektron tarzida yer uchastkalariga, binolarga, inshootlarga va koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha yagona hujjat sifatida yuritiladi.
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqning vujudga kelishini va boshqa shaxsga oʻtishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish yuridik shaxsning nomini, jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini va koʻchmas mulk obyektlari toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlarni Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga navbatdagi raqam bilan kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning cheklanishi va bekor boʻlishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish esa unga boʻlgan huquqning cheklanishi yoki bekor boʻlishi toʻgʻrisidagi yozuvni yozuv uning asosida qilingan hujjatning sanasi va raqamini Davlat reyestrining 9-, 10, 21 va 28-ustunlarida koʻrsatgan holda koʻchmas mulkka boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi yozuv kiritilgan satrga yozib qoʻyish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqning (u mavjud boʻlgan taqdirda) vujudga kelishi va boshqa shaxsga oʻtishi birinchi navbatda roʻyxatdan oʻtkaziladi. Ushbu yer uchastkasida qurilgan yoki barpo etilgan binolar, inshootlar va koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan huquqlarning vujudga kelishi va boshqa shaxsga oʻtishining keyingi roʻyxatdan oʻtkazilishi binolar, inshootlar va koʻp yillik dov-daraxtlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yer uchastkasiga huquq roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi yozuv kiritilgan satrga kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi”;
birinchi xatboshi “yuridik yoki jismoniy shaxsga” soʻzlaridan keyin “(tadbirkorlik subyektlaridan tashqari)” soʻzlari qoʻshilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Tadbirkorlik subyektlarining koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisida tayyorlangan va rasmiylashtirilgan guvohnoma tadbirkorlik subyektlariga berish uchun bir kun mobaynida “yagona darcha” markaziga joʻnatiladi”;
“221. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yoki xalq deputatlari viloyatlar kengashlarining (Qoraqalpogʻiston Respublikasida — Joʻqorgʻi Kengesning) qarorlari bilan qishloq aholi punktlari yoki ularning qismlari shaharlar va posyolkalar chegaralariga kiritilgan hollarda jismoniy shaxslarga dehqon (shaxsiy tomorqa) xoʻjaligini yuritish uchun belgilangan tartibda ilgari berilgan yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi mazkur Nizomning 20, 21 va 22-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar asosida davlat hokimiyati organlarining qarorlarida koʻrsatilgan oʻlchamlarda roʻyxatdan oʻtkaziladi”;
“23. Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga yoki huquqni belgilovchi hujjatlarsiz foydalanilayotgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydi, ushbu bandning uchinchi xatboshida koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno.
Huquqni belgilovchi hujjat mavjud boʻlmagan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy shaxslarining yer uchastkalariga boʻlgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tuman (shahar) hokimining ushbu jismoniy shaxsga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqida, qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida yer uchastkasi berish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilinishi sharti bilan amalga oshiriladi.
Bunda jismoniy shaxs tuman (shahar) hokimi nomiga ariza beradi, arizada uning yer uchastkasidan amalda foydalanganligi uchun sabab boʻlgan holatlar aks ettiriladi. Arizaga yer uchastkasiga oʻn besh yil mobaynida egalik qilinganini tasdiqlovchi hujjatlar (fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining ariza beruvchining yer uchastkasiga egalik qilgan muddatlari toʻgʻrisidagi va davlat soliq xizmati organlarining soʻnggi 5 yilda yer soligʻi toʻlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi) ilova qilinadi.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan tuman (shahar) arxitektura va qurilish boʻlimi (boshqarmasi) bilan birgalikda ariza kelib tushgan kundan boshlab yetti kun mobaynida yer uchastkasi berish boʻyicha materiallar va tuman (shahar) hokimining qarori loyihasi shartnoma asosida tayyorlanadi, ular yer uchastkasiga egalik qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlarni hamda koʻrilayotgan yer uchastkasida joylashgan binolar va ishootlarning foydalanish uchun yaroqliligi holatini va xulosa tayyorlash uchun yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaga kiritiladi.
Tuman (shahar) hokimining ariza beruvchiga qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida yer uchastkasi berish toʻgʻrisidagi qarori yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaning ijobiy xulosasi asosida qabul qilinadi. Ushbu qaror yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos hisoblanadi”;
“Obyekt qurish uchun yer uchastkasi olgan tadbirkorlik subyektlari yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizani tuman (shahar) arxitektura va qurilish boʻlimi (boshqarmasi) tomonidan yer uchastkasini tanlash hamda ajratish materiallarini tayyorlashda yer uchastkasini ajratish boʻyicha yigʻmajildni arizaga ilova qilgan holda “yagona darcha” markazlari orqali beradilar, davlat roʻyxatidan oʻtkazish esa ikki kun mobaynida amalga oshiriladi”;
k) 29-bandning beshinchi xatboshidagi “shaxslarni” soʻzidan keyin “yoki “yagona darcha” markazini (tadbirkorlik subyektlari murojaat qilgan taqdirda)” soʻzlari qoʻshilsin;
“30. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish uchun ushbu Nizomning 31-bandida nazarda tutilgan asoslar yoʻq boʻlgan taqdirda, roʻyxatdan oʻtkazuvchi yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni ariza olingan kundan boshlab ikki kun mobaynida davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.
Agar taqdim etilgan hujjatlarda texnik tusdagi ahamiyatsiz kamchiliklar va ularni bartaraf etish imkoniyati bor boʻlsa yoki qoʻshimcha hujjatlar talab qilinsa, shuningdek taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish zarurati boʻlsa, roʻyxatdan oʻtkazuvchi roʻyxatidan oʻtkazishni ariza olingan kundan boshlab besh kungacha toʻxtatib turish toʻgʻrisida bir kun mobaynida qaror qabul qiladi va bu haqda yuridik va jismoniy shaxslarni, “yagona darcha” markazini (tadbirkorlik subyektlari murojaat qilgan taqdirda) yozma ravishda xabardor qiladi. Hujjatlar koʻrsatilgan kamchiliklari bartaraf etilgan holda taqdim etilgan taqdirda, yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab ikki kun mobaynida amalga oshiriladi.
“Yagona darcha” markazi davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organdan yer uchastkalariga boʻlgan huquqni roʻyxatdan oʻtkazishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorni olgandan keyin koʻrsatilgan kamchiliklari bartaraf etilgan hujjatlarni taqdim etish haqida tadbirkorlik subyektini belgilangan tartibda xabardor qiladi.
Agar xabarnomada koʻrsatilgan kamchiliklar xabar berilgan paytdan boshlab uch kun mobaynida bartaraf etilmagan boʻlsa, davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, bu haqda ariza beruvchini, ariza beruvchi tadbirkorlik subyekti boʻlgan taqdirda — “yagona darcha” markazini yozma ravishda xabardor qiladi”;
m) 35-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Shuningdek bino va inshoot yoki ularning qismlari ijarasi huquqi ham bir yildan ortiq muddatga tuzilgan shartnoma asosida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak”;
o) 45-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
“binolar va inshootlar ipotekasi toʻgʻrisidagi shartnoma.
Huquqlarning cheklanishi binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarning cheklanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga kiritish va huquq cheklanganligini, uning roʻyxatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatga ustxat bitilishi yoʻli bilan roʻyxatdan oʻtkaziladi”;
p) 46-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Huquqning bekor boʻlishi binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarning bekor boʻlgani toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestriga kiritish va huquq bekor boʻlganligini, uning roʻyxatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatga ustxat bitilishi yoʻli bilan roʻyxatdan oʻtkaziladi”;
“50. Taqdim etilgan materiallarda ahamiyatsiz kamchiliklar va ularni bartaraf etish imkoniyati mavjud boʻlsa, davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ roʻyxatdan oʻtkazishni uch ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish toʻgʻrisida ikki ish kuni mobaynida qaror qabul qiladi hamda yuridik va jismoniy shaxslarni, “yagona darcha” markazini (tadbirkorlik subyektlari murojaat qilgan taqdirda) bu haqda xabardor qiladi. Qarorda muayyan kamchiliklar va roʻyxatdan oʻtkazishni toʻxtatib turish sabablari hamda yuridik va jismoniy shaxslar koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun taqdim eta olishlari uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatiladi”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Yagona darcha” markazi davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organdan binolar va inshootlarga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi toʻxtatib turilishi toʻgʻrisidagi qarorni olgandan keyin tadbirkorlik subyektlarini koʻrsatilgan kamchiliklari bartaraf etilgan hujjatlarni taqdim etish toʻgʻrisida belgilangan tartibda xabardor qiladi”;
s) 57-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
“Soʻrovnomada yuridik shaxsning nomi, jismoniy shaxsning, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar egalarining familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatiladi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning soʻrovlari boʻyicha Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlar davlat reyestrida mavjud boʻlgan koʻchmas mulkka huquqlar ularga tegishliligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etilishi mumkin”;
“59. Binolar va inshootlarning haqiqiy holatini aniqlash uchun, zarurat boʻlganda, oʻzgaga oʻtadigan yoxud meros boʻyicha oʻtadigan bino va inshootlarni joyida tekshirish amalga oshirilishi mumkin”;
u) 72-bandining birinchi xatboshidagi “sonini” soʻzidan keyin “yer uchastkasiga boʻlgan huquqning roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi yozuv qayd etilgan satrda” soʻzlari qoʻshilsin;
f) 74-bandning birinchi xatboshidagi “kiritilgandan” soʻzidan oldin “vujudga kelishi va boshqa shaxsga oʻtishi toʻgʻrisidagi yozuv” soʻzlari qoʻshilsin;
“Subyektlar” ustuniga “shu jumladan tadbirkorlik subyektlari” soʻzlari qoʻshilsin;
“Harakatlar” ustuniga quyidagi mazmundagi jumla qoʻshilsin:
“Bunda tadbirkorlik subyektlari davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda “yagona darcha” markazlariga murojaat qiladilar”;
“3-bosqich” pozitsiyasidagi “Harakatlar” ustunining uchinchi blokiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma tadbirkorlik subyektlariga belgilangan tartibda “yagona darcha” markazlari orqali beriladi”;
ts) Nizomga 4-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“NAMUNAVIY MAʼLUMOTNOMA
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organning shtampi
Mazkur maʼlumotnoma ____________________________________________________________________ (uning talabi bilan
____________________________________________________________tomonidan maʼlumotnoma beradigan organning nomi)
___________________________________________________________________ga (yuridik shaxsning nomi, jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi)
________________________________________________ huquqida tegishli boʻlgan,
(bino va inshootga boʻlgan huquq turi)
__________________________________________________ manzilida joylashgan
(obyektning oʻrnashgan joyi)
bino, inshoot boʻyicha berildi.
________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ (maʼlumotlarning soʻrovga muvofiq tarkibi)
Ushbu maʼlumotnoma berilgan kundan eʼtiboran bir oy mobaynida amal qiladi.
Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi boshligʻi
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 38-son, 449-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2018-y., 09/18/1060/2405-son)