1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.04 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkasi / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.13.00 Qazilma xomashyolarni qazib olish sanoati]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat;
2.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
SANOATNING KON QAZISh TARMOQLARI AYRIM KORXONALARINING YuQORI DAROMADIGA SOLIQ SOLISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Mineral-xomashyo resurslaridan oqilona foydalanish, yuqori likvidli mahsulotlarga jahon narxlari qulay konyunkturasi sharoitlarida sanoatning kon qazish tarmoqlari korxonalarini ragʻbatlantirish mexanizmini takomillashtirish, olingan yuqori daromadni maqbul ravishda taqsimlash, shuningdek Davlat budjeti daromadlarini koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2004-yil 1-iyundan boshlab sanoatning kon qazish tarmoqlari ayrim korxonalarining yuqori daromadiga soliq solish joriy etilsin.
Belgilansinki, yuqori daromadi uchun soliq toʻlaydigan aniq korxonalar roʻyxati, shuningdek soliq stavkalari miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda kiritadigan takliflar asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyati 2004-yil 1-iyundan boshlab misning jahon narxlariga qarab undiriladigan yuqori daromadi uchun soliq toʻlovchi hisoblanadi;
bir tonna mis narxi 1,9 ming AQSh dollaridan ortiq boʻlganda olingan summadan yuqori daromad soligʻi toʻlangandan keyin kombinat ixtiyorida qoladigan mablagʻlar, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda maqsadli foydalanish uchun “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati”ning vakolatli bankdagi maxsus raqamida jamlanadi;
maxsus hisob raqamida jamlangan mablagʻlardan maqsadli foydalanilmagan taqdirda ushbu mablagʻlar toʻliq hajmda, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jarima sanksiyalari qoʻllangan holda davlat budjetiga olib qoʻyiladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyatining yuqori daromadini hisoblab chiqarish va undirish tartibini bir hafta muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 1-iyun,
252-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-iyundagi 252-son qaroriga ILOVA
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyatining yuqori daromadi uchun soliq stavkalari
Soliq solinadigan baza miqdori
Soliq stavkasi
Bir tonna mis narxi 1901 AQSh dollaridan 2100 AQSh dollarigacha boʻlganda
30 foiz
Bir tonna mis narxi 2101 AQSh dollari va undan yuqori boʻlganda