1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yoʻl xoʻjaligi. Yoʻl fondi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.01 (Кучини йукотган) Maktabgacha ta'lim tashkilotlari / 13.01.61.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalari;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim;
2.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi sohasida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Avtomobil yoʻllari qurilishi sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va shuning asosida Oʻzbekiston milliy avtomagistralini, umumrespublika va mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yoʻllarini istiqbolda rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish talablari hamda vazifalarini hisobga olgan holda respublikaning loyiha, qurilish va eksplutatsiya qilish tashkilotlarining yuqori malakali muhandis kadrlarga nisbatan ortib borayotgan talab-ehtiyojlarini taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda “Oʻzavtoyoʻl” aksiyadorlik kompaniyasining Toshkent avtomobil-yoʻllar institutini Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va eksplutatsiyasi instituti etib qayta tashkil qilish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va eksplutatsiyasi institutining asosiy vazifalari etib belgilansin:
avtomobil yoʻllari, koʻpriklar, tonnellar va yoʻl oʻtkazgichlarni loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish va ekspluatatsiyasi hamda yer usti transport tizimlari sohasida xalqaro standartlarga muvofiq sifatli bakalavr va magistrlar tayyorlashni taʼminlash;
avtomobil yoʻllari hamda boshqa muhandislik yoʻl inshootlarini loyihalash va qurish, qurilishda yangi materiallar va texnologiyalarni tatbiq etish, konstruksiyalar mustahkamligini va energiya samaradorligini oshirish, materiallar hajmini kamaytirish bilan bogʻliq boʻlgan, shuningdek, yer usti transport tizimlari logistikasi, ularni tashkil etish hamda ulardan foydalanish borasidagi yoʻnalishlar boʻyicha ilgʻor jahon tajribasi va texnologiyalarini chuqur oʻrganish;
mahalliy materiallardan keng foydalanish, yoʻl qurilishi hamda yoʻl-qurilish texnikasi va transport tizimlaridan foydalanishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etishni hisobga olgan holda, avtomobil yoʻllari, tonnellar, koʻpriklar va yoʻl oʻtkazgichlar puxta ishlashini taʼminlashga yoʻnaltirilgan amaliy ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar olib borishga, tematik ishlarni bajarishga talabalar va professor-oʻqituvchilarni keng jalb qilish;
qoʻshma taʼlim dasturlari, ilmiy loyihalarni amalga oshirish, zamonaviy taʼlim dasturlarini tatbiq etish va ilmiy-taʼlim jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish maqsadida chet ellardagi yetakchi turdosh (ixtisoslashgan) oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.
3. Quyidagilar:
Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va eksplutatsiyasi institutining tuzilmasi 1 va 1a-ilovalarga muvofiq;
Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va eksplutatsiyasi institutida kadrlar tayyorlash boʻyicha asosiy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziriga, zarur hollarda, institutning tashkiliy tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan soni doirasida oʻzgartishlar kiritish huquqi berilsin.
bir oy muddatda tugatilayotgan Toshkent avtomobil-yoʻllar institutining rahbarlari va professor-oʻqituvchilarini attestatsiyadan oʻtkazib, soʻngra institutning tasdiqlangan tuzilmasiga muvofiq, Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va eksplutatsiyasi institutining fakultet va kafedralarini yuqori malakali kadrlar bilan butlasin;
2016-yil 30-avgustga qadar muddatda Toshkent avtomobil-yoʻllar institutining tugatilayotgan va qayta tashkil etilayotgan taʼlim yoʻnalishlari hamda mutaxassisliklar boʻyicha bakalavriat va magistratura talabalarining respublika turdosh (ixtisoslashgan) oliy oʻquv yurtlarining tegishli taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklariga oʻtkazilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi “Oʻzavtoyoʻl” aksiyadorlik kompaniyasi, manfaatdor vazirliklar, idoralar, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va eksplutatsiyasi instituti bakalavriati va magistraturasiga har yilgi qabul kvotalarini shakllantirishni turdosh (ixtisoslashgan) loyiha va yoʻl-qurilish tashkilotlari, eksplutatsiya qilish korxonalari va buyurtmachilar xizmatlarining oliy maʼlumotli mutaxassislarga boʻlgan istiqboldagi talab-ehtiyojlari asosida amalga oshirsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi va “Oʻzavtoyoʻl” AK Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda:
Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va eksplutatsiyasi instituti oʻquv auditoriyalari va oʻquv-ilmiy laboratoriyalari zamonaviy texnik vositalar, maxsus sinov mashinalari, stendlar, asbob-uskunalar va axborot-kommunikatsiya vositalari bilan jihozlanishini, shuningdek oʻquv binolari va talabalarning yashash joylari muhandislik infratuzilmasi bilan kompleks holda rekonstruksiya qilinishini;
yetakchi taʼlim va ilmiy markazlar, tashkilotlar va korxonalarning, shu jumladan xorijiy mamlakatlarning eng tajribali, yuqori malakali mutaxassislarini oʻquv jarayoniga shartnoma asosida jalb etishni taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 26-avgust,
PQ-2580-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 8-avgustdagi PQ-2580-son qaroriga 1-ILOVA
Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutining
TAShKILIY TUZILMASI
LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima.
Ishchilarning cheklangan soni (xizmat koʻrsatuvchi, oʻquv-yordamchi xodimlar va professor-oʻqituvchilar tarkibini hisobga olmagan holda) — 223 nafar, shu jumladan maʼmuriy-boshqaruv xodimlari — 38 nafar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 8-avgustdagi PQ-2580-son qaroriga 1-a-ILOVA
Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti fakultetlari va kafedralarining
TAShKILIY TUZILMASI
LexUZ sharhi
1-a-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 8-avgustdagi PQ-2580-son qaroriga 2-ILOVA
Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutida kadrlar tayyorlash boʻyicha asosiy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar
T/r
Klassifikator boʻyicha shifr
Taʼlim va mutaxassisliklar yoʻnalishi
Bakalavriat
1.
5340800
Avtomobil yoʻllari, koʻpriklar, tonellar, yoʻl oʻtkazgichlar va aerodromlarni loyihalash va qurish
2.
5310600
Avtomobil transporti, yoʻl-qurilish mashinalari �a uskunalari ekspluatatsiyasi
3.
5620100
Transport logistikasi (avtomobil transporti)
4.
5110014
Kasb-hunar taʼlimi (avtomobil yoʻllari va inshootlarini qurish va ekspluatatsiyasi, avtomobil transporti)
Magistratura
1.
5A340801
Avtomobil yoʻllarini loyihalash va qurish
2.
5A620101
Transport logistikasi
3.
5A310602
Avtomobil transporti va yoʻl-qurilish texnikasi ekspluatatsiyasi
4.
5A340205
Koʻpriklar, tonellar va yoʻl oʻtkazgichlar qurish
LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 35-son, 409-modda; 2017-y., 28-son, 442-modda)