1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
“Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq va elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlarning (keyingi oʻrinlarda davlat organlari deb ataladi) idoraviy va idoralararo axborot tizimlari va axborot resurslari hamda elektron hukumat markaziy maʼlumotlar bazalarining oʻzaro hamkorligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlarining idoraviy va idoralararo axborot tizimlari va axborot resurslari hamda elektron hukumatning markaziy maʼlumotlar bazalari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik qilish uchun Elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻini (keyingi oʻrinlarda Idoralararo tarmoq deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Asosiy vazifalari quyidagilardan iborat boʻlgan “Oʻzbektelekom” AK Idoralararo tarmoqning operatori etib belgilansin:
zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida Idoralararo tarmoqni tashkil etish, uning uzluksiz ishlashini va yanada rivojlantirilishini taʼminlash;
elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlariga idoraviy va idoralararo axborot tizimlari va axborot resurslari, shuningdek elektron hukumatning markaziy maʼlumotlar bazalari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik qilish imkoniyatini berish;
Idoralararo tarmoq orqali oʻzaro elektron hamkorlikni amalga oshirishda axborot xavfsizligini va maʼlumotlar himoya qilinishini taʼminlash.
3. Belgilab qoʻyilsinki, 2017-yil 1-yanvardan boshlab elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlarining idoraviy va idoralararo axborot tizimlari va axborot resurslari hamda elektron hukumatning markaziy maʼlumotlar bazalari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik Idoralararo tarmoq orqali amalga oshiriladi.
4. Quyidagilar:
Elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻiga birinchi navbatda ulanadigan elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻini tashkil etish va undan samarali foydalanishni taʼminlash boʻyicha tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Elektron hukumat sohasidagi vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga yangi elektron davlat xizmatlari joriy qilinishiga koʻra ushbu qaror bilan tasdiqlangan Roʻyxatga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
6. Vazirliklar va idoralar har yili oʻzlariga budjetdan ajratilishi nazarda tutiladigan va budjetdan tashqari mablagʻlar doirasida Idoralararo tarmoqqa ulanish va undan samarali foydalanishni taʼminlasinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 12-avgust,
262-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 12-avgustdagi 262-son qaroriga 1-ILOVA
Elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻiga birinchi navbatda ulanadigan elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar
ROʻYXATI
I. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
II. Davlat boshqaruvi respublika organlari
Vazirliklar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi
8. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-maydagi 288-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 367-modda)
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
I. Elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻini (keyingi oʻrinlarda Idoralararo tarmoq deb ataladi) va faoliyatini tashkil etish
1.
Idoralararo tarmoqni ishonchli faoliyat koʻrsatish va axborot xavfsizligi talablari bajarilishini hisobga olgan holda tashkil etish.
Tashkil etish va ishga tushirish
2016-yil avgust
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzbektelekom” AK
2.
Idoralararo tarmoqqa elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlarni (keyingi oʻrinlarda davlat organlari deb ataladi) ulash va foydalanish uchun tariflar ishlab chiqish.
Tarmoqqa ulanish va foydalanish uchun tariflarni tasdiqlash
2016-yil avgust
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzbektelekom” AK, Moliya vazirligi
3.
Elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlarining axborot tizimlari va axborot resurslarini Idoralararo tarmoqqa ulash boʻyicha texnik talablarni ishlab chiqish.
Texnik talablarni tasdiqlash
2016-yil avgust
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzbektelekom” AK , “Elektron hukumat” markazi
4.
Elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlarining idoraviy va idoralararo axborot tizimlari va axborot resurslarini hamda elektron hukumatning markaziy maʼlumotlar bazalarini Idoralararo tarmoqqa ulash.
Ulash jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash
2016-yil avgust
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzbektelekom” AK, elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari
5.
Elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari tomonidan idoralararo tarmoqdan foydalanish samaradorligini tahlil qilish.
Oʻrganishni oʻtkazish va samaradorlikni oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish
doimiy
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Elektron hukumat” markazi
6.
Talabnomalar asosida elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻiga birinchi navbatda ulanadigan elektron davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar roʻyxatini qayta koʻrib chiqish.
Zarur hollarda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish
zaruriyatga koʻra
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Elektron hukumat” markazi, elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari
7.
Elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻini yaratish, rivojlantirish, undan foydalanish, unga ulanish va xizmat koʻrsatishni tartibga soluvchi Nizomni ishlab chiqish.
Ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash
2016-yil dekabr
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Elektron hukumat” markazi, Axborot xavfsizligini taʼminlash markazi
8.
Davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlarining axborot tizimlari va axborot resurslarining doimiy kengayishini hamda xalqaro tajribani hisobga olgan holda Idoralararo tarmoqni 2020-yilgacha istiqbolli rivojlantirish rejasini ishlab chiqish.
Istiqbolli rivojlantirish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash
2016-yil dekabr
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Elektron hukumat” markazi, “Oʻzbektelekom” AK
II. Idoralararo tarmoq doirasida axborot xavfsizligini va maʼlumotlarni himoya qilishni taʼminlash
9.
Idoralararo tarmoqning axborot xavfsizligini monitoring qilish tizimini ishlab chiqish va joriy etish.
1. Texnik topshiriqni ishlab chiqish
2016-yil avgust
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Axborot xavfsizligini taʼminlash markazi,
“Oʻzbektelekom” AK
2. Tizimni joriy etish
2016-yil dekabr
10.
Idoralararo tarmoq orqali elektron hamkorlikni amalga oshirishda axborot xavfsizligini va maʼlumotlar himoya qilinishini taʼminlash.
Tizimli monitoring olib borish va zarur choralar koʻrish
doimiy
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Axborot xavfsizligini taʼminlash markazi, “Oʻzbektelekom” AK
11.
Idoralararo tarmoq doirasida maʼlumotlarni himoya qilish uchun litsenziyalangan dasturiy taʼminotdan foydalanish boʻyicha talablarga rioya etilishini taʼminlash.
Litsenziyaga ega dasturiy taʼminotni xarid qilish
zaruriyatga koʻra
Elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari
12.
Idoralararo tarmoqqa ulangan elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari hisoblash tarmoqlarining xavfsizligini taʼminlash talablariga rioya qilish holatini oʻrganish.
Axborot xavfsizligini taʼminlash holatini oʻrganish
jadval boʻyicha (har yili kamida 1 marotaba)
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Axborot xavfsizligini taʼminlash markazi, “Oʻzbektelekom” AK, elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari
13.
Idoralararo tarmoqning fizik xavfsizligini taʼminlash va fizik xavfsizlik buzilishi bilan bogʻliq holatlar boʻyicha tezkor choralar koʻrish.
Tizimli monitoring olib borish va zarur choralar koʻrish
doimiy
“Oʻzbektelekom” AK
III.Elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlarining mutaxassislarini oʻqitishni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish
14.
Idoralararo tarmoqdan samarali foydalanish boʻyicha elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari mutaxassislarini oʻqitish va ularning malakasini oshirishni tashkil etish.
Oʻqitish va malaka oshirish kurslarini tashkil etish
alohida jadval boʻyicha
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, “Elektron hukumat” markazi,
“Axborot xavfsizligini taʼminlash markazi, elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari
15.
Elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari mutaxassislari uchun chet el mutaxassislari ishtirokida seminarlar, trening va “davra suhbatlari” tashkil etish va oʻtkazish.
Seminarlar, treninglar va “davra suhbatlari” tashkil etish
alohida jadval boʻyicha
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyundagi 350-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 474-modda)