1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.05 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi / 07.10.02.04 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
PREZIDENT KUBOGI UChUN HAR YILGI TENNIS TURNIRI BUDJETINI MABLAGʻ BILAN TAʼMINLAShDA QATNAShUVChI HOMIYLARNI SOLIQLARDAN OZOD QILISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-iyundagi 168-sonli “Soliq imtiyozlari tartibga solinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vatanimiz tennisini rivojlantirish, uning xalqaro maydondagi obroʻ-eʼtiborini mustahkamlash va vazirliklar, idoralar, birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar hamda fuqarolarning har yili oʻtkaziladigan Prezident kubogi tennis turnirida homiy sifatida qatnashishini ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, yuridik shaxslarning, shu jumladan xorijiy yuridik shaxslarning, shuningdek jismoniy shaxslarning har yilgi Prezident kubogi tennis turnirini mablagʻ bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan mablagʻlari foyda (daromad)ga soliq solinadigan bazadan chiqarib tashlanadi.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 28-may,
273-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 5-son, 29-modda)