toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.11.2023
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining
buyrugʻi
Daryo transportida yuk tashish qoidalariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 20-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2468-1]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 26-oktabrdagi 27-sonli ““Daryo transportida yuk tashish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruq, shuningdek, unga oʻzgartirishni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2468-2, 10.11.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi OʻRQ-400-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 3(I)-son, 31-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2013-yil 26-apreldagi 76-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan (roʻyxat raqami 2468, 2013-yil 13-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 24-son, 320-modda) Daryo transportida yuk tashish qoidalarining 29-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“29. Bojxona nazoratidan oʻtkazish va bojxona rasmiylashtiruvi Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.”.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq V. ISMAILOV
Toshkent sh.,
2016-yil 10-iyun,
44-son
Kelishilgan:
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
2016-yil 10-iyun
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
2016-yil 10-iyun
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi D. XIDOYATOV
2016-yil 10-iyun
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 25-son, 314-modda)