toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Hujjat 20.06.2016 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga davlat uy-joy fondini xususiylashtirish tartibini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 7-iyun,
190-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-iyundagi 190-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni davom ettirish toʻgʻrisida” 1993-yil 1-martdagi 114-son qarorida:
a) 1-ilovada (Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi Nizom):
Nizomning nomiga havola chiqarib tashlansin;
4-banddagi “vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, birlashmalar” soʻzlari “davlat organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“dalolatnomasi” va “dalolatnomasini” soʻzlari tegishli ravishda “orderi” va “orderini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “hokimiyatning mahalliy organida” soʻzlari “tuman (shahar) hokimligida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
21-banddagi “idoralar” soʻzi “davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovada (Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish, saqlash va undan foydalanish qoidalari):
havola chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Ushbu Qoidalar yer uchastkalari davlat ehtiyojlari va ijtimoiy ehtiyojlar uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan buziladigan uylar (uylarning bir qismi) yoki kvartiralarning oʻrniga zararlarni qoplash tartibida davlat uy-joy fondidan mulkdorlarga beriladigan uylarga (uylarning bir qismiga) yoki kvartiralarga nisbatan qoʻllanilmaydi”;
3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining uy-joylarini xususiylashtiruvchi organlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining tegishli qarorlari bilan belgilanadi”;
12-banddagi “Uy-joy fondi egasi boʻlgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va korxonalarning” soʻzlari “Uy-joy fondini balansda saqlovchi davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13-banddagi “hokimlikning uy-joyni xususiylashtirish boʻyicha tuman organiga” soʻzlari “idoraviy uy-joy fondi joylashgan joydagi tuman (shahar) hokimligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
14-banddagi “idoraviy boʻlinmalarga yoki tuman hokimliklariga” soʻzlari “davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning boʻlinmalariga yoki tumanlar (shaharlar) hokimliklariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
16-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“16. Alohida uy (uyning bir qismi) yoki kvartirani, shu jumladan idoralarga qarashli uy-joy fondiga tegishli boʻlgan uyni (uyning bir qismini) yoki kvartirani xususiylashtirgan fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy organlari (Toshkent shahrida — “Toshkent shahrida uy-joyga davlat orderlari va maʼlumotlar berish markazi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda vakolatli organ deb ataladi) tomonidan mulk huquqini beruvchi davlat orderlari beriladi. Mulk huquqini beruvchi davlat orderlarini rasmiylashtirish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan xususiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida vakolatli organga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qarorning (buyruqning) nusxasi;
uy-joyni xususiylashtirayotgan fuqaroning pasporti nusxasi;
uy daftarining nusxasi (kvartiralar boʻyicha kartochkaning nusxasi (17-shakl);
fuqaroning imtiyozli asosda xususiylashtirish huquqini tasdiqlaydigan maʼlumotnoma.
Vakolatli organ oʻn besh kun mobaynida ushbu bandning uchinchi — oltinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hujjatlar asosida fuqaroning nomiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini rasmiylashtiradi, shuningdek uni fuqaroga belgilangan tartibda beradi”;
quyidagi mazmundagi 161 va 162-bandlar qoʻshilsin:
“161. Mulk huquqini beruvchi davlat orderi blankasi ushbu Qoidalarga ilovaga muvofiq shakl boʻyicha maxsus qogʻozda tayyorlanadi, tartib raqamiga ega boʻladi va qatʼiy hisobot beriladigan hujjat hisoblanadi.
162. Vakolatli organ tomonidan mulk huquqini beruvchi davlat orderi rasmiylashtirilganligi va berilganligi boʻyicha xizmatlar uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan mulk huquqini beruvchi davlat orderlari oʻrniga vakolatli organ tomonidan dublikat beriladi. Mulk huquqini beruvchi davlat orderi dublikati berilishi boʻyicha xizmatlar uchun vakolatli organ tomonidan bir eng kam oylik ish haqi miqdorida yigʻim undiriladi”;
18-banddagi “xalq deputatlari mahalliy Kengashlari” soʻzlari “mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
19-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“19. Fuqarolarning alohida uyga (uyning bir qismiga), kvartiraga va xonaga egalik qilish huquqi uy-joy qiymati toʻliq toʻlangan (sotib olingan) va mulk huquqini beruvchi davlat orderi olingan paytdan boshlab kuchga kiradi”;
20-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“20. Uy-joyni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga muvofiq xususiylashtiruvchi fuqarolar uchun mulk huquqi ariza tuman (shahar) hokimligida roʻyxatdan oʻtkazilgan va mulk huquqini beruvchi davlat orderi olingan paytdan boshlab kuchga kiradi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga muvofiq kvartira, uy (uyning bir qismi) uchun badalni toʻliq toʻlagan yoki arizani tuman (shahar) hokimligida roʻyxatdan oʻtkazgan, biroq mulk huquqini beruvchi davlat orderini olmagan fuqaro vafot etgan taqdirda merosxoʻrlar ushbu kvartirani, uyni (uyning bir qismini) meros qilib olishga haqlidir”;
quyidagi mazmundagi ilova qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish, saqlash va undan foydalanish qoidalariga
ILOVA

‎‎(Titul varaq)

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi

____________________________________________
‎‎‎(vakolatli organning nomi)


‎‎‎MULK HUQUQINI BERUVCHI
‎DAVLAT ORGANI

----------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------

‎‎(orderning birinchi ichki tomoni)

‎‎MULK HUQUQINI BERUVCHI
‎DAVLAT ORGANI

‎‎№ __________________

‎‎20 _____ yil “______” ________________

‎‎____________________________________ raqami bilan davlat reyestriga kiritilgan

‎‎Ushbu order _________________________________________________________________________________

‎‎(orderni berishning asosi)

‎‎__________________________________________________________________________ asosida berilgan va
‎‎_________________________ viloyati, _____________________ tumani, _______________________ massivi,
___________________________ koʻchasi, ______ uy manzilida joylashgan, umumiy maydoni __________ kv. m,
‎‎turar joy maydoni _____________________ kv. m, qiymati _________________________________________
‎‎_________________________________________________________soʻm boʻlgan_________________ kvartira

‎‎(summa soʻz bilan yoziladi)

‎‎(kvartira, uy (uyning
‎bir qismi)

‎‎________________________________________________________________________________________dan

‎‎(mahalliy davlat hokimiyati organi, davlat organi, korxona, muassasa va tashkilotning toʻliq nomi)

___________________________________________________________________________________________
‎‎__________________________________________________________________________________tomonidan

‎‎(F.I.O., pasportga oid maʼlumotlar, yuridik shaxsning toʻliq nomi va uning davlat
‎‎roʻyxatidan ‎oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot)

‎sotib olinganligini tasdiqlaydi.‎‎
‎‎Vakolatli organning rahbari

‎‎_________________

‎‎_________________________________________

‎‎(imzo)

‎‎(F.I.O)

M.Oʻ.‎
‎‎----------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------

‎‎‎‎(Orderning ikkinchi ichki
‎tomoni)

Boʻlishi mumkin boʻlgan oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi belgilar

‎‎_______________________________________________________________________

‎‎(faqat vakolatli organ tomonidan kiritiladi)

_______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________”.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 4-son, 20-modda) bilan tasdiqlangan Xususiylashtirilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), uylar (uylarning bir qismi)ni boshqalarga berish va meros qilib qoldirishda mulkchilik huquqi oʻtishi haqidagi shartnomalarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 6-bandiga quyidagi mazmundagi sakkizinchi-toʻqqizinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy organlaridan (Toshkent shahrida — “Toshkent shahrida uy-joyga davlat orderlari va maʼlumotlar berish markazi” davlat unitar korxonasidan) olingan alohida uy (uyning bir qismi) yoki kvartirani xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma.
Alohida uy (uyning bir qismi) yoki kvartirani xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yarmi miqdorida yigʻim undiriladi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 24-son, 282-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/124/0203-son)