1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.14.00 Donorlik;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 6-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2556-1]
Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2013-yil 16-dekabrdagi 423-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2556, 2014-yil 15-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 3-son, 38-modda) bilan tasdiqlangan Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. ALIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 1-iyun,
54-son
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2016-yil 1-iyundagi 54-son buyrugʻiga ILOVA
Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“43. Yaxlit qon donatsiyasining hajmi donorni tibbiy koʻrikdan oʻtkazgan shifokor-terapevt tomonidan aniqlanadi. Yaxlit qon donatsiyasi hajmi, antikoagulyantni hisobga olmaganda, 500 ml dan, shuningdek laboratoriya tekshiruvlari uchun 40 ml dan oshmasligi kerak.”.
“45. Yaxlit qon donatsiyasining davriyligi bir yilda 5 marotabadan oshmagan holda — erkaklar uchun 5-martani, ayollar uchun 4-martani tashkil qiladi. Organizmda zardobdagi temir zaxirasini toʻldirish uchun donatsiyalar oʻrtasidagi vaqt oraligʻi erkaklar uchun — 2 oydan, ayollar uchun — 3 oydan kam boʻlmasligi kerak.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 23-son, 272-modda)