1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.02.00 Sanoat sohasidagi boshqaruv / 09.10.02.02 Sanoat sohasida boshqaruv;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.14.00 Ximiya va neft-kimyo sanoati]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
KIMYO SANOATINI BOSHQARISH TUZILMASINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Kimyo sanoati korxonalari va tashkilotlarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda ular faoliyatining iqtisodiy samaradorligini oshirish, tarmoq korxonalarini aksiyalashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, kimyo ishlab chiqarishini rivojlantirish, texnika bilan qayta jihozlash va zamonaviylashtirish uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.14.00 Ximiya va neft-kimyo sanoati]
1. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi rahbariyatining, shuningdek tarmoq korxonalari rahbarlarining, mamlakatda isloh qilish va xususiylashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan umumiy strategiyaga qaramay, kimyo sanoatining yetakchi korxonalarini aksiyalashtirish, xususiylashtirishdan oldin reklama qilish hamda chet el va mamlakatimiz investorlarini jalb etish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish borasida hanuzgacha amaliy qadam qoʻyishmaganligi mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan hol hisoblansin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.14.00 Ximiya va neft-kimyo sanoati]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 27-dekabrdagi F-1313-son farmoyishi bilan tuzilgan kimyo tarmogʻini boshqarish tizimini va qishloq xoʻjaligini kimyoviy preparatlar bilan taʼminlashni takomillashtirish boʻyicha maxsus komissiyaning ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi “Oʻzkimyosanoat” DAKni tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Oʻzbekiston kimyo sanoati korxonalari uyushmasi “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi qatnashchilari tomonidan uyushmani tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Quyidagilar “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
kimyo sanoati korxonalarini chuqur isloh qilish va xususiylashtirish, ushbu maqsadlar uchun chet el va mamlakatimiz investorlarini keng jalb etish;
tarmoqni rivojlantirishning kimyo sanoatini barqaror rivojlantirishga, respublikaning mineral oʻgʻitlarga hamda kimyo mahsulotlarining boshqa turlariga boʻlgan ehtiyojini taʼminlashga yoʻnaltirilgan oʻrtacha va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
kimyo mahsulotlari tashqi bozorlarining marketing tadqiqotlarini amalga oshirish hamda shu asosda eksport salohiyatini kengaytirishni taʼminlash, jahon bozorlarida raqobatga bardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish va ularni eksportga yetkazib berish;
kimyo sanoatini zamonaviylashtirish, rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlashga yoʻnaltirilgan yagona texnika siyosatini oʻtkazish, resurslarni tejaydigan samarali texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni va butlovchi buyumlar tayyorlashni mahalliylashtirishni rivojlantirish;
menejmentning zamonaviy usullarini egallagan va bozor sharoitlarida samarali ishlashga qodir boʻlgan muhandis-texnik va boshqaruv kadrlari malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash.
4. “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining tashkiliy tuzilmasi hamda uning shtatdagi xodimlarining cheklangan soni (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) 57 kishidan iborat boʻlgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi 4 nafar aʼzodan, shu jumladan rais va uning 3 nafar oʻrinbosaridan iborat boʻladi. Rais va uning oʻrinbosarlari yuqori boshqaruv organi tomonidan saylanadi, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi hamda maqomi, maishiy taʼminot, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlari boʻyicha: rais — vazirga, raisning birinchi oʻrinbosari — vazirning birinchi oʻrinbosariga, rais oʻrinbosarlari esa — vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
“Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisiga, zarur boʻlganda, uning boshqaruvi ijro etuvchi apparati tuzilmasiga shtatdagi xodimlarning belgilangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritishiga ruxsat etilsin.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.13.00 Kimyolashtirish. Oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish]
5. Kimyo tarmogʻini boshqarish tizimini va qishloq xoʻjaligini kimyoviy preparatlar bilan taʼminlashni takomillashtirish boʻyicha maxsus komissiya, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda belgilangan tartibda:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
2001-yil 1-maygacha asosiy fondlarni 2001-yil 1-yanvargacha boʻlgan holati boʻyicha qayta baholashni hisobga olgan holda “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining ustav fondini shakllantirsinlar, davlat mulki boʻlgan aksiyalar paketini shakllangan ustav fondining 51 foizi miqdorida saqlab qolgan holda emissiya prospekti roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasinlar;
3-ilovaga* muvofiq kompaniya korxonalarini xorijiy investorlarni jalb qilgan holda bosqichma-bosqich ochiq aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish tadbirlarini belgilangan tartibda amalga oshirsinlar.
2001-yilda birja va birjadan tashqari bozorlarda “Sharq taronasi” va “Laktam” aksiyadorlik jamiyatlari, “Kimyosavdotaʼminot” yopiq aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining davlat ulushlari sotilishini taʼminlasinlar;
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.03 Davlat mulki obyektlarini sotish]
2001-2002-yillarda “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining 4-ilovaga* muvofiq ijtimoiy infratuzilma obyektlarini sotsinlar, shu jumladan xususiy mulk sifatida sotsinlar.
* 2—4-ilovalar berilmaydi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga kimyo sanoati korxonalarini xususiylashtirish uchun xorijiy konsalting va baholash kompaniyalarini, moliyaviy agentliklarni jalb etishga ruxsat berilsin, buning uchun zarur mablagʻlar ajratilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi 2-Fargʻona tuzatish-qurilish-montaj boshqarmasi, 3-Samarqand tuzatish-qurilish-montaj boshqarmasi va 4-Navoiy tuzatish-qurilish-montaj boshqarmasi ixtisoslashtirilgan tuzatish-qurilish aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining davlatga tegishli paketlarini belgilangan tartibda “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga ishonchli boshqaruvga bersin.
8. “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga maqsadli Kimyo sanoati tashkilotlarini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda “Jamgʻarma” deb ataladi) tashkil etish huquqi berilsin, Jamgʻarma mablagʻlari:
2005-yilgacha boʻlgan davrda — “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining ishonchli boshqaruvida boʻlgan aksiyalarning davlat ulushi boʻyicha dividendlar;
davlat mulkini xususiylashtirishdan va “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvida boʻlgan tashkilotlar aksiyalarini sotishdan, shuningdek kompaniyaning oʻz aksiyalarini sotishdan tushgan mablagʻlar, budjetga yoʻnaltiriladigan operatsiya xarajatlari va ulushlar bundan mustasno;
eksportga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarishlarni tashkil etish va rivojlantirishni;
mahsulotlarning yangi turlarini oʻzlashtirishni, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini mablagʻ bilan taʼminlashda maqsadli foydalaniladi.
Moliya vazirligi “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda Kimyo sanoati tashkilotlarini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan maqsadli foydalanish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, istisno tariqasida, 4-ilovaga muvofiq obyektlarni xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlarni (qonun hujjatlariga muvofiq korxonalar va Davlat mulki qoʻmitasi ixtiyorida qoldiriladigan mablagʻlardan tashqari), shuningdek “Sharq taronasi”, “Laktam” aksiyadorlik jamiyatlari va “Kimyosavdotaʼminot” yopiq aksiyadorlik jamiyatidagi davlatga tegishli aksiyalarni sotishdan tushgan mablagʻlarni “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ixtiyoriga yoʻnaltirsin, koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlardan Kimyo sanoati tashkilotlarini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi orqali maqsadli foydalanilsin.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.14.00 Ximiya va neft-kimyo sanoati]
“Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi bilan tuzilgan shartnomalar va majburiyatlar boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi;
“Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi daromadlari (foydasi) kompaniya aksiyalarini sotish, xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar, mol-mulki kompaniyaning ustav fondiga toʻliq kirgan tashkilotlarning ajratmalari (ular sof foydasining 50 foizigacha miqdorda), kompaniya ustav fondiga berilgan aksiyalarning davlat paketlari boʻyicha dividendlardan, shuningdek amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlardan shakllantiriladi;
“Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi ijro etuvchi apparatining xarajatlari 2002-yil 1-yanvargacha kompaniya tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning ajratmalari hisobiga, keyinchalik — qonun hujjatlariga muvofiq kompaniya daromadlari hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadi.
11. Belgilansinki, 5-ilovaga muvofiq tarkibda 11 kishidan iborat shakllantiriladigan Kompaniya kengashi “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining yuqori boshqaruv organi hisoblanadi.
Kimyo tarmogʻini boshqarish tizimini va qishloq xoʻjaligini kimyoviy preparatlar bilan taʼminlashni takomillashtirish boʻyicha maxsus komissiya ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga Kompaniya kengashining shaxsiy tarkibi yuzasidan taklif kiritsin.
Kengash tarkibiga “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining aksiyalariga ega boʻlgan investor korxonalar va kompaniyalarning vakillari ham kirishi belgilab qoʻyilsin.
14. “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2002-yil 1-yanvargacha qabul qilish-topshirish dalolatnomalari asosida uy-joy fondi, poliklinikalar va kommunal sohaning muhandislik kommunikatsiyalari mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlariga belgilangan tartibda berilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.14.00 Ximiya va neft-kimyo sanoati]
15. Toshkent shahridagi “OʻzKimyoloyihaITI” institutini va “OʻzKimyoloyihaITI” institutining Chirchiqdagi filialini birlashtirish va ularning negizida Chirchiq shahar, Toshkent koʻchasi, 4-uyda joylashgan “OʻzKimyoloyihaITI” yagona loyiha-texnologiya institutini tashkil etish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
16. “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi apparati quyidagi manzilga joylashtirilsin: 700060, Toshkent shahar, Shahrisabz koʻchasi, 42-uy.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 8-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hukumat qarorlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida ikki oy muddatda takliflar kiritsin.
18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 13-mart,
124-son
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-martdagi 124-sonli qaroriga 1-ILOVA
“Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining tashkiliy tuzilmasi
*Barcha mol-mulki bilan “Oʻzkimyosanoat” DAK ustav fondiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar, uy-joy fondi obyektlari, muhandislik kommunikatsiyalari va mazkur qarorga 4-ilovaga muvofiq roʻyxatga kiritilgan ijtimoiy infratuzilma obyektlari qiymati bundan mustasno.
**Aksiyalar davlat paketlari “Oʻzkimyosanoat” DAK ustav fondiga beriladigan aksiyadorlik jamiyatlari.
*Aksiyalar davlat paketlari “Oʻzkimyosanoat” DAKga ishonchli boshqaruvga beriladigan aksiyadorlik jamiyatlari.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasidan
Izoh: Kengash tarkibiga “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi aksiyalariga ega boʻlgan investor korxonalar va kompaniyalar vakillari ham kiradi.
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-martdagi 124-son qaroriga 8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston kimyo sanoati korxonalari (“Oʻzkimyosanoat”) uyushmasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1994-yil 19-martdagi 149-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “1998—2002-yillarda Oʻzbekiston kimyo sanoati korxonalarini kompleks rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida” 1998-yil 25-martdagi 129-son qarorining 3-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 5-son, 28-modda; 2002-y., 19-son, 148-modda; 2003-y., 7-8-son, 61-modda; 2004-y., 3-son, 33-modda; 43-son, 456-modda; 2017-y., 16-son, 269-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)