1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.04.00.00 Milliy iqtisodni himoya qilish borasida davlatning chora-tadbirlari / 10.04.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Eksport va import]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Eksport-import operatsiyalarini tartibga keltirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-dekabrdagi PF-5286-sonli “Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlar raqobatdoshligini taʼminlash va eksportini ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Shu narsa qayd etib oʻtilsinki, qabul qilingan qarorlarga qaramay, tashqi iqtisodiy faoliyatda turli bahonalar barter (mavoza) operatsiyalari hamon amalga oshirilayapti, ular boʻyicha nomutanosib tarzdagi ayirboshlash hollari mavjud boʻlib, soliqlarning oʻz vaqtida va toʻla hajmda kelib hamda valyuta daromadining bir qismini majburiy ravishda sotish taʼminlanmayapti. Shu munosabat bilan:
1. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat soliq qoʻmitasi (Gataulin), Prokuratura (Mustafoyev) 1994-yil hamda 1995-yilning birinchi choragi yakunlariga koʻra ushbu masala boʻyicha ishlarning ahvolini tahlil etsinlar va “Barter (mavoza) asosida amalga oshiriladigan eksport-import operatsiyalaridagi buzgʻunchiliklar va suiisteʼmollarni bartaraf etish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 9-iyuldagi Farmonini buzganlik uchun aybdorlarni javobgarlikka tortish haqida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 27-oktabrdagi PF-4374-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 43-44-son, 461-modda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.08 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini hisoblab chiqarish, hisobot va toʻlash / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
3. Barter operatsiyalarini amalga oshirish chogʻida soliq solish maqsadlarida mahsulot joʻnatilgan kunni mahsulot (ishlar xizmatlar) realizatsiya qilingan payt deb hisoblansin.
4. Belgilab qoʻyilsinki, barcha eksport va barter shartlari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida va vakil qilingan banklarda qayd etilgan shartnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan tartibda hisobga olinishi lozim.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-sentabrdagi PF-3661-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 37-38-son, 282-modda)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.11.00 Valyutani tartibga solish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
5. Valyuta daromadining bir qismini majburiy sotish va belgilangan tartib buzilgan hollarda soliq organlari aybdorlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida belgilangan tartib va miqdorlarda moliyaviy jazo choralari hamda maʼmuriy jarimalarni qoʻllasinlar.
6. Eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda belgilangan tartibga rioya etilishi uchun shaxsan javobgar ekanliklari toʻgʻrisida Davlat bojxona qoʻmitasining, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining, vakil qilingan banklarning rahbarlari ogohlantirilsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-sentabrdagi PF-3661-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 37-38-son, 282-modda)
7. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklansin
8. Farmon eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon “Xalq soʻzi” gazetasining 1995-yil 12-apreldagi 70 (1072)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 11-aprel,
PF-1096-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 5-son, 81-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 3-modda; 2005-y., 37-38-son, 282-modda; 2011-y., 43-44-son, 461-modda; 2014-y., 28-son, 336-modda; 2017-y., 1-son, 4-modda)