1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.04.00.00 Milliy iqtisodni himoya qilish borasida davlatning chora-tadbirlari / 10.04.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Eksport va import]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Eksport-import operatsiyalarini tartibga keltirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-dekabrdagi PF-5286-sonli “Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlar raqobatdoshligini taʼminlash va eksportini ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Shu narsa qayd etib oʻtilsinki, qabul qilingan qarorlarga qaramay, tashqi iqtisodiy faoliyatda turli bahonalar barter (mavoza) operatsiyalari hamon amalga oshirilayapti, ular boʻyicha nomutanosib tarzdagi ayirboshlash hollari mavjud boʻlib, soliqlarning oʻz vaqtida va toʻla hajmda kelib hamda valyuta daromadining bir qismini majburiy ravishda sotish taʼminlanmayapti. Shu munosabat bilan:
1. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat soliq qoʻmitasi (Gataulin), Prokuratura (Mustafoyev) 1994-yil hamda 1995-yilning birinchi choragi yakunlariga koʻra ushbu masala boʻyicha ishlarning ahvolini tahlil etsinlar va “Barter (mavoza) asosida amalga oshiriladigan eksport-import operatsiyalaridagi buzgʻunchiliklar va suiisteʼmollarni bartaraf etish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 9-iyuldagi Farmonini buzganlik uchun aybdorlarni javobgarlikka tortish haqida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
2. Yuqorida aytilgan Farmonning 2-bandiga qoʻshimcha qilib shu narsa belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining ruxsati bilan istisno tarzidagi barter (mavoza) boʻyicha eksport-import operatsiyalariga yoʻl qoʻyiladi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.08 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini hisoblab chiqarish, hisobot va toʻlash / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
3. Barter operatsiyalarini amalga oshirish chogʻida soliq solish maqsadlarida mahsulot joʻnatilgan kunni mahsulot (ishlar xizmatlar) realizatsiya qilingan payt deb hisoblansin.
4. Belgilab qoʻyilsinki, barcha eksport va barter shartlari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligida va vakil qilingan banklarda qayd etilgan shartnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan tartibda hisobga olinishi lozim.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 15-yanvardagi PF-3194-son Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 3-modda)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.11.00 Valyutani tartibga solish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
5. Valyuta daromadining bir qismini majburiy sotish va belgilangan tartib buzilgan hollarda soliq organlari aybdorlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida belgilangan tartib va miqdorlarda moliyaviy jazo choralari hamda maʼmuriy jarimalarni qoʻllasinlar.
6. Eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda belgilangan tartibga rioya etilishi uchun shaxsan javobgar ekanliklari toʻgʻrisida Davlat bojxona qoʻmitasining, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligining, vakil qilingan banklarning rahbarlari ogohlantirilsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 15-yanvardagi PF-3194-son Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 3-modda)