

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                        
                        <div class="act_warning">
                            <b>Hujjat 10.05.2016 sanasi holatiga</b>
                            <br />
                            <a style="color: green" href="/mact/-2948409">Amaldagi versiyaga o‘tish</a>
                        </div>
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-2948409">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6648"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]</span></div></a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><a id="onLS-2948409">[<b>TSZ:</b><div id="LS3750"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]</span></div></a></div><div class="ACCEPTING_BODY"><a id="-2948411">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-2948412">qarori</a></div><div class="ACT_TITLE"><a id="-2948413">Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida Jahon bozorlari, investitsiyalar va texnologiyalarni tahlil qilish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-2948414"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948415">Jahon bozorlari chuqur tahlil qilinishini, rivojlangan mamlakatlarning ilgʻor texnologiyalari oʻrganilishini va shu asosda mahalliy iqtisodiyot aniq tarmoqlarining investitsiya faoliyati boʻyicha mufassal tavsiyalar ishlab chiqilishini taʼminlash, shuningdek investitsiya loyihalarini shakllantirishda iqtisodiy va texnologik baholashlarni samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948416">1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining (keyingi oʻrinlarda Oʻzmilliybank deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida Jahon bozorlari, investitsiyalar va texnologiyalarni tahlil qilish markazini (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948417">2. Quyidagilar:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948418">Jahon bozorlari, investitsiyalar va texnologiyalarni tahlil qilish markazining xodimlarning cheklangan umumiy soni 7 nafardan iborat boʻlgan tuzilmasi <a href="/mact/-2948409#-2948444">1-ilovaga </a>muvofiq;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948419">Jahon bozorlari, investitsiyalar va texnologiyalarni tahlil qilish markazi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Idoralararo guruh (keyingi oʻrinlarda Muvofiqlashtirish guruhi deb ataladi) tarkibi <a href="/mact/-2948409#-2948448">2-ilovaga </a>muvofiq;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948420">Jahon bozorlari, investitsiyalar va texnologiyalarni tahlil qilish markazi toʻgʻrisidagi nizom <a href="/mact/-2948409#-2948457">3-ilovaga </a>muvofiq tasdiqlansin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948421">Muvofiqlashtirish guruhiga zaruriyat boʻlganda Markaz tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948422">3. Belgilansinki:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948423">Muvofiqlashtirish guruhi Markaz tahliliy faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini va mavzularini belgilaydi, oʻzining majlislarida Markazning hisobotlarini eshitadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948424">Markaz direktori Muvofiqlashtirish guruhi bilan kelishgan holda Oʻzmilliybank Boshqaruvi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948425">4. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948426">rivojlangan mamlakatlardagi texnologik, eng ilgʻor yoʻnalishlarni chuqur tahlil qilish va shu asosda mahalliy iqtisodiyotning aniq tarmoqlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun mufassal tavsiyalar ishlab chiqish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948427">ilgʻor kompaniyalar, tarmoqlar va bozorlarni, shuningdek ularning rivojlanish yoʻnalishlarini va investitsiya strategiyasini oʻrganish va tahlil qilish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948428">xorijiy banklar bilan sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun kreditlar va qarzlarni jalb etish yuzasidan hamkorlikni faollashtirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948429">ilgʻor texnologiyalar, shuningdek yuqori texnologiyali investitsiya loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha axborotlarni oʻrganish va ayirboshlash sohasida mahalliy hamda xorijiy tadqiqot, tahlil markazlari bilan hamkorlik qilish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948430">yangi texnologiyalar sohasida hisobotlar va sharhlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyoti tarmoqlari tomonidan koʻrib chiqish uchun takliflar tayyorlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948431">har haftalik jahon va mahalliy moliya indekslarini hamda tarmoqlar va korxonalar boʻyicha boshqa iqtisodiy koʻrsatkichlarni sharhlash.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948432">5. Belgilansinki, Markaz faoliyatini moliyalashtirish Oʻzmilliybankning boshqa tarkibiy boʻlinmalari uchun amaldagi tasdiqlangan xarajatlar smetasiga va mehnatga haq toʻlash fondiga muvofiq, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948433">6. Oʻzmilliybank:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948434">Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, vazirliklar va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari (bir nusxada) majburiy yuboriladigan tashkilotlar roʻyxatiga;</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-2948435">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, shuningdek boshqa vazirliklar va idoralarning statistika axborotini majburiy yuborish reyestriga kiritilsin.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-2948435"><a href="/mact/-2948409?ONDATE=25.07.2017 00#edi-3277785">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948436">7. Oʻzmilliybank bir oy muddatda Markazni tajribali va yuqori malakali mutaxassislar, zarur zamonaviy idora texnikasi va aloqa vositalari bilan taʼminlasin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948437">8. Oʻzmilliybankning Markazni bankning Toshkent shahri, Gʻ. Gʻulom koʻchasi, 1-uy manzilida joylashgan binosiga joylashtirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948438">9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. </a></div><div class="SIGNATURE"><a id="-2948439">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-2948440">Toshkent sh.,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-2948441">2016-yil 5-may,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><a id="-2948442">143-son</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-2948443"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-2948444">Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-maydagi 143-son <a href="/mact/-2948409">qaroriga</a><br />1-ILOVA</a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-2948445">Jahon bozorlari, investitsiyalar va texnologiyalarni tahlil qilish markazining</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-2948446"><strong>TUZILMASI</strong></a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-2950313"></a></div><div class="TEXT_CENTER"><a id="-2950316"><img src="/files/2950311" /></a></div><div class="FOOTNOTE"><a id="-2950319">Xodimlarning cheklangan umumiy soni — 7 kishi.</a></div><div class="FOOTNOTE"><a id="-2950321">Izoh: ayrim tahliliy loyihalar uchun Markaz yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni shartnomalar asosida jalb etish huquqiga ega.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-2948447"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-2948448">Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-maydagi 143-son <a href="/mact/-2948409">qaroriga<br /></a>2-ILOVA</a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-2948449">Jahon bozorlari, investitsiyalar va texnologiyalarni tahlil qilish markazi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Idoralararo guruh (Muvofiqlashtirish guruhi)</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-2948450"><strong>TARKIBI</strong></a></div><div class="BY_DEFAULT" style="color:#808080;"><a id="-2948451"></a></div><div class="BY_DEFAULT" style="color:#808080;"><a id="-3212000"></a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-3212000"><a href="/mact/-2948409?ONDATE=22.05.2017 00#edi-3212002">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT" style="color:#808080;"><a id="-2948454"><table style="BORDER-COLLAPSE: collapse; BACKGROUND: white" border="0" cellspacing="0" cellpadding="0" width="100%">
<tbody>
<tr>
<td style="BORDER-BOTTOM: #-ece9d8; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="22%">
<p><a id="2948454">Raximov S.B.</a></p></td>
<td style="BORDER-BOTTOM: #-ece9d8; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="5%">
<p align="center"><span><b>—</b></span></p></td>
<td style="BORDER-BOTTOM: #-ece9d8; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="72%">
<p><span>Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Boshqaruvi raisi, Muvofiqlashtirish guruhi raisi </span></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-BOTTOM: #-ece9d8; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="22%">
<p><span>Xoʻjayev B.A. </span></p></td>
<td style="BORDER-BOTTOM: #-ece9d8; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="5%">
<p align="center"><span><b>—</b></span></p></td>
<td style="BORDER-BOTTOM: #-ece9d8; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="72%">
<p><span>Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari, Muvofiqlashtirish guruhi raisining oʻrinbosari</span></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-BOTTOM: #-ece9d8; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="22%">
<p><span>Gʻulomov R.A. </span></p></td>
<td style="BORDER-BOTTOM: #-ece9d8; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="5%">
<p align="center"><span><b>—</b></span></p></td>
<td style="BORDER-BOTTOM: #-ece9d8; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="72%">
<p><span>Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ijrochi direktori </span></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-BOTTOM: #-ece9d8; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="22%">
<p><span>Salixov Sh.I.</span></p></td>
<td style="BORDER-BOTTOM: #-ece9d8; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="5%">
<p align="center"><span><b>—</b></span></p></td>
<td style="BORDER-BOTTOM: #-ece9d8; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="72%">
<p><span>Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi raisi </span></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-BOTTOM: #-ece9d8; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="22%">
<p><span>Mirzayev M.M.</span></p></td>
<td style="BORDER-BOTTOM: #-ece9d8; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="5%">
<p align="center"><span><b>—</b></span></p></td>
<td style="BORDER-BOTTOM: #-ece9d8; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="72%">
<p><span>Moliya vazirining oʻrinbosari </span></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-BOTTOM: #-ece9d8; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="22%">
<p><span>Tulaganov Sh.O.</span></p></td>
<td style="BORDER-BOTTOM: #-ece9d8; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="5%">
<p align="center"><span><b>—</b></span></p></td>
<td style="BORDER-BOTTOM: #-ece9d8; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="72%">
<p><span>Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining oʻrinbosari </span></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-BOTTOM: #-ece9d8; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="22%">
<p><span>Xoshimov Sh.R. </span></p></td>
<td style="BORDER-BOTTOM: #-ece9d8; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="5%">
<p align="center"><span><b>—</b></span></p></td>
<td style="BORDER-BOTTOM: #-ece9d8; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-BOTTOM: 0cm; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm" valign="top" width="72%">
<p><span>Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yangidan quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan ishlab chiqarish quvvatlari loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishini, texnika va texnologiyalarni ekspertizadan oʻtkazib baholash agentligining direktori </span></p></td></tr></tbody></table></a></div><div class="FOOTNOTE" style="color:#808080;"><a id="-2948455">Izoh. Muvofiqlashtirish guruhi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi. </a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-2948455"><a href="/mact/-2948409?ONDATE=25.06.2021 00#edi-5520119">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-2948456"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-2948457">Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-maydagi 143-son <a href="/mact/-2948409">qaroriga</a><br />3-ILOVA</a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-2948458">Jahon bozorlari, investitsiyalar va texnologiyalarni tahlil qilish markazi toʻgʻrisida</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-2948459"><strong>NIZOM</strong></a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-2948460"></a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-2948461">I. Umumiy qoidalar</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948464">1. Ushbu Nizom Jahon bozorlari, investitsiyalar va texnologiyalarni tahlil qilish markazining (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) maqomini, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini, faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948465">2. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/mact/-20596">Konstitutsiyasi</a> va qonunlariga, Oliy Majlis palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948466">3. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining (keyingi oʻrinlarda Oʻzmilliybank deb ataladi) tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi va oʻz faoliyatida Jahon bozorlari, investitsiyalar va texnologiyalarni tahlil qilish markazi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Idoralararo guruhga (keyingi oʻrinlarda Muvofiqlashtirishi guruhi deb ataladi) hisobot beradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948467">4. Muvofiqlashtirish guruhi Markaz tahliliy faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini va mavzularini belgilaydi, oʻz majlislarida Markazning hisobotlarini eshitadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948468">5. Markaz faoliyatiga mutasaddilik qilish Oʻzmilliybank boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari zimmasiga yuklanadi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-2948469">II. Markazning asosiy vazifalari va funksiyalari</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948470">6. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948471">rivojlangan mamlakatlardagi texnologik, eng ilgʻor yoʻnalishlarni chuqur tahlil qilish va shu asosda mahalliy iqtisodiyotning aniq tarmoqlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun mufassal tavsiyalar ishlab chiqish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948472">ilgʻor kompaniyalar, tarmoqlar va bozorlarni, shuningdek ularning rivojlanish yoʻnalishlarini va investitsiya strategiyasini oʻrganish va tahlil qilish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948473">xorijiy banklar bilan sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun kreditlar va qarzlarni jalb etish yuzasidan hamkorlikni faollashtirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948474">ilgʻor texnologiyalar, shuningdek yuqori texnologiyali investitsiya loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha axborotlarni oʻrganish va ayirboshlash sohasida mahalliy hamda xorijiy tadqiqot, tahlil markazlari bilan hamkorlik qilish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948475">yangi texnologiyalar sohasida hisobotlar va sharhlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyoti tarmoqlari tomonidan koʻrib chiqish uchun takliflar tayyorlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948476">har haftalik jahon va mahalliy moliya indekslarini hamda tarmoqlar va korxonalar boʻyicha boshqa iqtisodiy koʻrsatkichlarni sharhlash.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948477">7. Markaz yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948478">mashinasozlik, yoqilgʻi-energetika, kimyo va qazib olish tarmoqlarida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, yoʻl-transport infratuzilmasi, shuningdek agrosanoat ishlab chiqarishida va bogʻliq tarmoqlarda ilgʻor texnologiyalar sohalarida investitsiya loyihalari boʻyicha tahliliy maʼruzalar, hisobotlar va prognozlar tayyorlanishini taʼminlaydi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948479">mahalliy va xorijiy tadqiqot, tahlil markazlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda tahliliy ishlar oʻtkazilishida qatnashadi, keyinchalik ularning natijalari boʻyicha tegishli hisobotlar tayyorlaydi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948480">ilgʻor texnologiyalar va asbob-uskunalar jahon bozorining tizimli monitoringini olib borish, Markazga yuklangan vazifalar bajarilishi uchun zarur boʻlgan aloqalarni yoʻlga qoʻyish, shakllantiriladigan axborot-tahliliy maʼlumotlar bazasini yangilash va kengaytirish maqsadida ixtisoslashtirilgan xalqaro koʻrgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948481">xalqaro moliya institutlari va banklardan eng ilgʻor investitsiya loyihalarini investitsiyalash va kreditlash shartlari boʻyicha tushadigan takliflar toʻgʻrisidagi axborotni oladi va umumlashtiradi, iqtisodiyotning tanlangan tarmoqlarida yangi investitsiya loyihalarini investitsiyalash va kreditlash boʻyicha takliflarni ishlab chiqishda qatnashadi. </a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-2948482">III. Markazning huquqlari va javobgarlik</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948483">8. Markaz oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948484">davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari, oliy taʼlim muassasalari va boshqa tashkilotlarning, shu jumladan xorijiy tashkilotlarning yuqori malakali va tajribali xodimlarini tahlil jarayonida milliy ekspertlar sifatida shartnoma asosida jalb etish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948485">tadqiqot tashkilotlari va boshqa tashkilotlar, oliy taʼlim muassasalari, shu jumladan xalqaro va xorijiy tadqiqot tashkilotlari va boshqa tashkilotlar, oliy taʼlim muassasalari bilan birgalikda qoʻshma tahlillar oʻtkazish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948486">investitsiya va kredit bozorlarini rivojlantirishning dolzarb muammolari, texnologiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha axborot-tahliliy sharhlar va maʼruzalar chop etish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948487">davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari va boshqa tashkilotlardan Markazga yuklangan vazifalar doirasida (qonun bilan qoʻriqlanadigan bank siri yoki boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar bundan mustasno) zarur normativ, statistik va tahliliy axborotni soʻrash va belgilangan tartibda olish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948488">tahliliy va Markazga yuklangan vazifalar bajarilishi bilan bogʻliq boshqa xizmatlarni shartnomalar asosida koʻrsatish.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948489">Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948490">9. Markaz oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-2948491">IV. Markaz faoliyatini tashkil etish</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948492">10. Markazga Muvofiqlashtirish guruhi bilan kelishgan holda Oʻzmilliybank Boshqaruvi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor boshchilik qiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948493">11. Markaz direktori:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948494">Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948495">lavozimi boʻyicha Oʻzmilliybank departamenti direktoriga tenglashtiriladi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948496">mehnatga haq toʻlash fondi doirasida toʻlanadigan ustamalar va kompleks tahliliy ishlar oʻtkazilishining yuqori sifatini taʼminlaganligi uchun Markaz xodimlarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida Oʻzmilliybank rahbariyatiga iltimosnoma taqdim qiladi, shuningdek yuklangan vazifalar bajarilishining natijadorligini hisobga olgan holda ularni qayta koʻrib chiqadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948497">Direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948498">12. Markazning xodimlari Oʻzmilliybank Boshqaruvi raisining buyrugʻi bilan, belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948500">13. Markaz faoliyatini moliyalashtirish Oʻzmilliybankning boshqa tarkibiy boʻlinmalari uchun amaldagi tasdiqlangan xarajatlar smetasi va mehnatga haq toʻlash fondiga muvofiq, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948502">14. Muvofiqlashtirish guruhi tomonidan tasdiqlangan tahliliy loyihalar loyihalarning ijrochilari tomonidan amalga oshiriladi hamda ularga davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari, oliy taʼlim muassasalari va boshqa tashkilotlarning, shu jumladan xorijiy tashkilotlarning ilmiy ish boʻyicha tajribaga ega boʻlgan yuqori professional xodimlaridan tanlov asosida tayinlanadigan tegishli rahbarlar boshchilik qiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948503">15. Loyihalarning ijrochilari va rahbarlari bilan qonun hujjatlari talablariga muvofiq fuqarolik-huquqiy shartnomalar tuziladi, ularda loyihalarning mavzusi, maqsadlari, asosiy bosqichlari va ularni amalga oshirish muddatlari aniq belgilanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2948505">16. Loyihalar rahbarlarining hisobotlari Muvofiqlashtirishi guruhi majlislarida muntazam ravishda eshitib boriladi. Muvofiqlashtirish guruhi hisobotlar yakunlari boʻyicha amalga oshirilgan tahlillarning natijasi va sifatini baholaydi, shuningdek tahliliy loyihani davom ettirish yoki uni yopish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. </a></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><a id="-2950271">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 18-son, 203-modda; 2017-y., 20-son, 366-modda, 29-son, 693-modda, 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son)</a></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
