1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.03 Ruxsat berish;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.01.00 Alohida turdagi mahsulotlarni olib kirish va olib chiqish;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.01 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologiya xizmati tizimida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 849-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Yangi maxsus kiritiladigan biologik aktiv moddalarni olib kirish va ishlab chiqarishga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga* muvofiq;
Yangi oziq-ovqat qoʻshimchalarini olib kirish va ishlab chiqarishga ruxsatnomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga*;
Yangi kimyoviy moddalar, biologik vositalar va materiallar, polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika vositalarini olib kirish hamda ishlab chiqarishga ruxsatnomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 55-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar roʻyxatiga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
ushbu qarorning maqsadlari, mazmuni va amaliy ahamiyati tadbirkorlik subyektlari orasida keng yoritilishiga doir tadbirlar tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 30-aprel,
131-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 30-apreldagi 131-son qaroriga 4-ILOVA
Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar roʻyxatiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. “Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi (tartib-taomillar)” ustunining 159-pozitsiyasidagi “xulosa” soʻzi “ruxsatnoma” soʻzi bilan almashtirilsin.
2. 160-pozitsiyada:
a) “Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi (tartib-taomillar)” ustunidagi “yangi kimyoviy moddalar, biologik vositalar, materiallarni qoʻllash” soʻzlari “yangi kimyoviy moddalar, biologik vositalar va materiallarni olib kirish va ishlab chiqarish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) “Sodir etilishi va (yoki) amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat zarur boʻlgan xatti-harakat va (yoki) muayyan faoliyat” ustunidagi “Yangi kimyoviy moddalar, biologik vositalar, materiallarni qoʻllash” soʻzlari “Yangi kimyoviy moddalar, biologik vositalar va materiallarni olib kirish va ishlab chiqarish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 18-son, 192-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)