1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat turlari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Eksport va import]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
LITSENZIYALASHNI BEKOR QILISH HAMDA ISTEʼMOL TOVARLARINI OLIB KELISH VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ICHKI BOZORIDA SOTISHNI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
“Raqobat toʻgʻrisida”, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq va respublikaga isteʼmol tovarlarini olib kelish va sotish tizimini yanada takomillashtirish, ichki isteʼmol bozorida raqobat muhitini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
1. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tayyor isteʼmol tovarlarini import qiluvchi korxonalar va tashkilotlarga soʻmlarni erkin muomaladagi valyutaga konvertatsiya qilishning ustuvor huquqini beruvchi litsenziyalar berish mexanizmi bekor qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.06.00 Chet el valyutasini sotib olish va sotish. Konvertatsiya. Valyuta almashtirish shohobchalari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import]
2. 2002-yil 1-oktabrdan boshlab ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan xalq isteʼmol tovarlari va dori-darmonlarni import qiluvchi korxonalar va tashkilotlar uchun birjadan tashqari valyuta bozorida xorijiy valyutani sotib olishga vakolatli banklarga har choraklik limitlar bekor qilinsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-maydagi 127-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 20-son, 253-modda)
4. Belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan barcha yuridik va jismoniy shaxslarga:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.05.00.00 Tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasidan olib oʻtilganda undiriladigan soliqlar va yigʻimlar / 10.05.08.00 Soliqlar va bojxona yigʻimlarini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi]
bojxona chegarasi orqali isteʼmol tovarlarini olib kelishda bojxona toʻlovlari va qonunchilikda belgilangan boshqa majburiy toʻlovlar va yigʻimlarni oʻz vaqtida va toʻliq toʻlash;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.04 Majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.03.00.00 Tarifsiz tartibga solish / 10.03.02.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi tovarlarni sertifikatlashtirish]
olib kelinayotgan isteʼmol tovarlariga muvofiqlik sertifikatini taqdim etish;
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.03.00 Hisob-kitoblar va kassa operatsiyalari (shuningdek, 03.11.17.00, 07.21.04.00 larga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.06.00 Chakana savdo (shuningdek, 03.11.01.02 ga qarang);
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import]
turgʻun savdo shoxobchalari orqali chakana savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qonunchilikda belgilangan soliqlarni toʻlash va naqd savdo tushumini har kuni banklarning kassalariga majburiy topshirish qoidalariga qatʼiy rioya qilish kabi xalqaro amaliyotda umumiy qabul qilingan normalarga rioya etilgan taqdirda isteʼmol tovarlarini respublikaga import qilish va ularni sotish huquqi berilsin.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-oktabrdagi 446-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 20-son, 187-modda)
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-oktabrdagi 446-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 20-son, 187-modda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.03.00 Hisob-kitoblar va kassa operatsiyalari (shuningdek, 03.11.17.00, 07.21.04.00 larga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.12.00 Savdo qoidalari]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki, tijorat banklari savdo qiluvchi tashkilotlar tomonidan belgilangan savdo qoidalariga rioya etilishi va isteʼmol tovarlarini sotishdan tushgan naqd savdo tushumi har kuni banklarning kassalariga toʻliq topshirilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatilishini taʼminlasinlar.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.11.00 Tovarlar sotishda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.15.00 Mahsulot sifati xavfsizligi, belgilangan normalarga va savdo qoidalariga rioya etish ustidan nazorat;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.03.00.00 Tarifsiz tartibga solish / 10.03.03.00 Olib kirishga cheklovlar va taqiqlar]
8. Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida 2003-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovar yorliqlarida (etiketkalarida) Oʻzbekiston Respublikasining davlat tilida tovarning xususiyatlari toʻgʻrisidagi axborot va ularni qoʻllash, ulardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomalar mavjud boʻlmagan erkin muomalaga chiqarishga moʻljallangan isteʼmol tovarlarining ayrim turlarini olib kelish taqiqlansin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang);
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import]
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, “Oʻzdavstandart” markazi Oʻzbekiston Respublikasiga import qilinadigan tovarlarning ayrim turlarini markalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ikki hafta muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.02.00 Monopoliya faoliyati. Raqobatli siyosat;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.03.00 Monopoliya faoliyati yuzasidan davlat nazorati. Monopoliyaga qarshi davlat organi;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.11.00 Tovarlar sotishda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish]
9. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga qatʼiy rioya qilinishi, isteʼmol tovarlari bozorida raqobat munosabatlarining samarali ishlashi, narxlarning sunʼiy ravishda oshirilishiga, nohalol raqobatga, eng avvalo, tovarlarning tayyorlanish joyi, isteʼmol xususiyatlari va sifati yuzasidan isteʼmolchilarning chalgʻitilishiga yoʻl qoʻyilmasligi yuzasidan nazoratni taʼminlasin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-maydagi 152-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 23-son, 302-modda)
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2002-yil 20-sentabrgacha boʻlgan muddatda:
ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan isteʼmol tovarlari va dori-darmonlar importini tarif bilan va notarif boshqarish tizimini joriy etishni;
import isteʼmol tovarlari tender asosida olib kelinishini nazarda tutuvchi mexanizmni ishlab chiqsinlar va joriy etsinlar.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-oktabrdagi 446-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 20-son, 187-modda)
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, tijorat banklari, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2002-yil 1-dekabrgacha boʻlgan muddatda Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimini yaratsinlar.
13. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 18-iyuldagi 305-son qarorining 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda normativ hujjatlarga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar kiritsin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 20-avgust,
295-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 15-16-son, 122-modda, 23-son, 188-modda; 2003-y., 1-2-son, 12-modda; 2003-y., 20-son, 187-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda; 2012-y., 21-son, 232-modda; 2013-y., 20-son, 253-modda, 23-son, 302-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)