1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Eksport va import]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi ixtisoslashtirilgan “Oʻzagroeksport” tashqi savdo kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida
Mamlakatimizning eksport salohiyatidan yanada toʻliq va samarali foydalanish, jahon bozorlarini marketing jihatdan chuqur tadqiq qilish asosida tashqi bozorlarda xaridorgir boʻlgan raqobatdosh yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksportga yetkazib berish hajmlari va turlarini koʻpaytirish, shuningdek mahsulotlarni eksportga chiqarishning zamonaviy talablarga mos savdo-logistika infratuzilmasini jadal rivojlantirish maqsadida:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, Oʻzbekiston Fermerlar kengashi va boshqa manfaatdor tuzilmalarning “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK tarkibida yangi va qayta ishlangan meva- sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi aksiyadorlik jamiyati shaklidagi ixtisoslashtirilgan “Oʻzagroeksport” tashqi savdo kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
2. Quyidagilar ixtisoslashtirilgan “Oʻzagroeksport” tashqi savdo kompaniyasi faoliyatining asosiy vazifa va yoʻnalishlari etib belgilansin:
meva-sabzavot mahsulotlarining jahon va mintaqaviy bozorlari konyunkturasini marketing jihatdan chuqur tadqiq qilish, mamlakatimizning yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari eksportga chiqarilishini taʼminlash, ularni sotish uchun yangi bozorlarni izlash va oʻzlashtirish;
Oʻzbekistonda yetishtiriladigan oʻziga xos sabzavot, meva, uzum va poliz mahsulotlariga tashqi bozorlardagi talab va takliflarni tizimli asosda oʻrganish va shuning asosida ushbu ekinlarni joylashtirish hamda fermer va dehqon xoʻjaliklari tomonidan yetishtirish, tayyor raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
ishonchli xorijiy xaridorlar bilan doimiy aloqa oʻrnatish, yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot eksport qilish boʻyicha ular bilan uzoq muddatli va qisqa muddatli shartnomalar tuzish;
Oʻzbekiston Respublikasida har yili Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasini eksport shartnomalari tuzilgan holda oʻtkazilishini tashkillashtirish hamda tomonlarning shartnomaviy majburiyatlari toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
xorijiy investorlarning keng koʻlamli ishtirokida kompaniyaga kiruvchi korxona va tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash, meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish uchun maxsus sabzavot omborlari va sovutish qurilmalarini barpo etish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash, ilgʻor xorijiy texnologiyalar va dizayndan foydalangan holda zamonaviy tara-qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil qilish;
yetishtirilgan yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksportga chiqarish boʻyicha zamonaviy logistika tizimini keng joriy etish, mahsulotni xalqaro talablar va standartlarga mos keladigan holda saralash, kalibrlash va qadoqlash yoʻli bilan eksportga chiqarishdan oldin tayyorlashni tashkillashtirish;
meva-sabzavot mahsulotlarini eksportga chiqarishning zamonaviy usullarini egallagan hamda ushbu mahsulotga boʻlgan talabni va sotish bozorlarini oʻrganishga ixtisoslashgan menejer hamda mutaxassislarni tanlash va tarbiyalashni taʼminlash.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
3. “Oʻzulgurjisavdoinvest” uyushmasi va “Oʻztadbirkoreksport” AJ muassislarining:
1-ilovaga* muvofiq savdo-xarid bazalari, sovutish omborlari va savdo uylarini “Oʻzulgurjisavdoinvest” uyushmasi tarkibidan;
2-ilovaga* muvofiq savdo-xarid bazalari va sovutish omborlarini “Oʻztadbirkoreksport” AJ tarkibidan “Oʻzagroeksport” kompaniyasi tarkibiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Meva-sabzavot mahsulotlari eksporti bilan shugʻullanish “Oʻztadbirkoreksport” AJ faoliyati yoʻnalishlaridan chiqarilsin.
“Oʻzagroeksport” kompaniyasining tashkiliy tuzilmasi hamda boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 50 nafardan iborat uning ijro etuvchi apparati tuzilmasi 3 va 4-ilovalarga* muvofiq;
“Oʻzagroeksport” kompaniyasi tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlar roʻyxati 5-ilovaga* muvofiq;
“Oʻzbekoziqovqatxolding” XKning yangilangan tashkiliy tuzilmasi va ijro etuvchi apparatining yangilangan tuzilmasi 6 va 7-ilovalarga* muvofiq maʼqullansin.
Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzagroeksport” kompaniyasining bosh direktori lavozimi boʻyicha “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi boshqaruvi raisining oʻrinbosari hisoblanadi, kompaniyaning kuzatuv kengashi tomonidan saylanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadi va maqomi boʻyicha vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Sh.M. Mirziyoyev) “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi bilan birgalikda bir oy muddatda puxta tanlov asosida “Oʻzagroeksport” kompaniyasining ijro etuvchi apparatini tasdiqlangan tuzilma va shtat jadvaliga muvofiq zamonaviy menejment va marketing usullarini egallagan yuqori malakali mutaxassislar bilan butlasin.
6. 2016-yilning 1-mayidan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, eksport qiluvchi korxona va tashkilotlar, shu jumladan mikrofirmalar, kichik korxonalar, fermer va dehqon xoʻjaliklari yangi meva-sabzavot mahsulotlari, uzum va poliz ekinlarini eksport qilishdan tushadigan valyutaning 50 foizini belgilangan tartibda majburiy sotadilar.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
7. Oʻzi ishlab chiqargan mahsulotni eksport qiluvchi korxonalar uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari va yengilliklari “Oʻzagroeksport” kompaniyasiga hamda uning tarkibiga kirgan yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi korxona va tashkilotlarga tatbiq qilinsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
8. “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Adliya vazirligi bir oy muddatda:
kompaniya aksiyalarining 51 foizidan kam boʻlmagan qismi davlatda saqlanib qolishini nazarda tutgan holda “Oʻzagroeksport” kompaniyasining ustav jamgʻarmasini uning tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlar, shuningdek davlatning ishtirokida yangidan tashkil etilayotgan korxona va tashkilotlarning ustav jamgʻarmalaridagi davlat aktivlari va aksiyalari paketlari (ulushlari)ning balans (nominal) qiymati hisobidan shakllantirish chora-tadbirlari amalga oshirilishini taʼminlasinlar;
“Oʻzagroeksport” kompaniyasi muassislarining umumiy yigʻilishini oʻtkazsinlar, uning Ustavi va boshqa taʼsis hujjatlarini belgilangan tartibda tasdiqlasinlar, ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni taʼminlasinlar, kuzatuv kengashi va taftish komissiyasini tashkil etsinlar.
“Oʻzagroeksport” kompaniyasiga Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan holda olingan mablagʻlarni kompaniyaning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishga yoʻnaltirish sharti bilan qoʻshimcha aksiyalar chiqarishga ruxsat berilsin.
“Oʻzagroeksport” kompaniyasi emission qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyxatiga olish uchun hamda qimmatli qogʻozlar chiqarilishi toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish uchun yigʻimlar toʻlashdan ozod qilinsin.
9. “Oʻzagroeksport” kompaniyasining ijro etuvchi apparati Toshkent shahri, Beruniy koʻchasi, 41-uyga joylashtirilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Oʻzagroeksport” kompaniyasini zarur aloqa, shu jumladan hukumat aloqa vositalari bilan taʼminlashga koʻmaklashsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora- tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 18-fevraldagi PQ-2492-sonli qarori 4-bandining ikkinchi xatboshi va uning 1 va 2-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
“Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.