1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2015 — 2020-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasi aholisining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash Konsepsiyasini va chora-tadbirlar kompleksini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2015-yil 29-avgustdagi 251-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2015 — 2020-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasi aholisining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash Konsepsiyasini va chora-tadbirlar kompleksini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2015-yil 29-avgustdagi 251-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda yodlangan tuzni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Salomatlik-3” loyihasini amalga oshirish Markaziy byurosining (keyingi oʻrinlarda Markaziy byuro deb ataladi) maxsus hisob raqamida jamlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi yodlangan tuzning sifati, uni ishlab chiqarish, saqlash, olib kelish va realizatsiya qilishning tizimli monitoringini, shuningdek yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi boʻyicha tadbirlarning samaradorligini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mikronutriyentlarni xarid qilish va Markaziy byuroning Oziq-ovqat mahsulotlarini boyitish dasturini amalga oshirish guruhini saqlash uchun nazarda tutilgan Markaziy byuroning maxsus hisob raqamida jamlangan mablagʻlardan samarali foydalanilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
5. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 24-fevral,
50-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-fevraldagi 50-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimchalar va oʻzgartirish
1. Vazirlar Mahkamasining “Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlar haqida” 2010-yil 23-noyabrdagi 260-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 47-son, 428-modda):
a) quyidagi mazmundagi 31-band qoʻshilsin:
“31. Belgilansinki:
tuzni yodlashtirish uchun zarur boʻlgan mikronutriyentlarni dastlabki xarid qilish boyitilgan 1-navli bugʻdoy unini sotishdan tushgan jamlangan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi;
yodlangan tuz ishlab chiqaruvchi korxonalarga mikronutriyentlarni yetkazib berish oldindan haq toʻlanmasdan amalga oshiriladi, yodlangan tuzni sotishdan tushgan tushumning mikronutriyentlarni xarid qilishni taʼminlash uchun ularning qiymatiga teng boʻlgan bir qismi keyinchalik korxonalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Salomatlik-3” loyihasini amalga oshirish Markaziy byurosining maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi”;
2. Vazirlar Mahkamasining “Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida” 2013-yil 14-maydagi 129-son qarorining 4-bandiga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 20-son, 255-modda) “TIF TN kodi 2106 90 980 3” soʻzlaridan keyin “va 2829 90 800 0” soʻzlari qoʻshilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 8-son, 79-modda)