1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.02.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani boshqarish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari, yolgʻiz keksalar va aholining boshqa hojatmand qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish, ularning turmush darajasi va sifatini oshirish, shuningdek, aholini ijtimoiy himoya qilish hamda qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish samaradorligini oshirish maqsadida:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.07.00 Nafaqalar, kompensatsiya toʻlovlarini va moddiy yordamni, imtiyozlar va ijtimoiy xizmat koʻrsatishni moliyalashtirish]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligining nogironligi boʻlgan shaxslar, urush qatnashchilari, faxriylar, yolgʻiz keksalar va aholining boshqa hojatmand qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin, taklifda:
Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi, Agentlikning hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimlari zimmasiga — nogironligi boʻlgan shaxslar, shu jumladan nogironligi boʻlgan bolalarga, urush qatnashchilari, faxriylar, yolgʻiz keksalar va aholining boshqa hojatmand qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy xizmat koʻrsatish vazifasini;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga — muhtoj oilalarga va fuqarolarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash va toʻlash monitoringini amalga oshirish vazifasini yuklash nazarda tutilgan.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PF-5052-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 21-son, 379-modda)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PF-5052-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 21-son, 379-modda)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.24.00 Xodimlarni ishdan boʻshatib olish asoslari va tartibi]
5. Belgilansinki, mazkur Farmonga muvofiq vazirlikning funksiyalari va vazifalari boshqa vazirliklarga berilganligi sababli Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va uning hududiy organlari xodimlarining boʻshaydigan soni 5 foizga qisqartirilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligiga oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda, ushbu Farmonning ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining yangi tuzilmalarini tegishli ravishda tasdiqlagan holda ularning faoliyatini tashkil etish boʻyicha Hukumat qarorlari loyihalarini belgilangan tartibda kiritsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 22-fevral,
PF-4782-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 8-son, 73-modda; 2017-y., 21-son, 379-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)